Qurilish materiallari sohasidagi korxonalarga sertifikat olish bilan bog‘liq barcha xarajatni to‘liq qoplab beradigan tizim mavjud. Bu kabi imkoniyat boshqa birorta tarmoqda yo‘q.
Lekin bunday sertifikatlarning yagona ma’lumotlar bazasi yo‘qligi uchun xaridorlar o‘zi bilgan, xalqaro sertifikati bor chet el tovarlarini ko‘proq xarid qilmoqda.
Mutasaddilarga mahalliy va xorijiy sertifikati bor qurilish materiallarining elektron platformasini ishga tushirish, viloyat hokimlari bilan birga shu yil yana kamida 50 ta qurilish materiali korxonasiga xalqaro sifat sertifikati olishda ko‘maklashish topshirildi.
Umuman, bugungi yig‘ilishda aytilgan imkoniyat va vazifalar hisobidan joriy yilda qurilish materiallari sohasida 11 milliard dollarlik 900 dan ziyod yangi loyihalarni boshlash, 3 milliard 200 million dollarlik 622 ta loyihani ishga tushirib, 21 ming yangi ish o‘rni yaratish, ishlab chiqarish hajmini 65 trillion so‘mdan oshirish, 7,5 trillion so‘mlik yangi mahsulotlarni mahalliylashtirish, eksportni 1,5 milliard dollarga yetkazish muhim ekani qayd etildi.
Yig‘ilish davomida mutasaddilarning hisobotlari, qurilish materiallari korxonalari vakillarining taklif va tashabbuslari tinglandi.
🌍 Veb-sayt 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 📹 Youtube X 🔹 Linkedin
Lekin bunday sertifikatlarning yagona ma’lumotlar bazasi yo‘qligi uchun xaridorlar o‘zi bilgan, xalqaro sertifikati bor chet el tovarlarini ko‘proq xarid qilmoqda.
Mutasaddilarga mahalliy va xorijiy sertifikati bor qurilish materiallarining elektron platformasini ishga tushirish, viloyat hokimlari bilan birga shu yil yana kamida 50 ta qurilish materiali korxonasiga xalqaro sifat sertifikati olishda ko‘maklashish topshirildi.
Umuman, bugungi yig‘ilishda aytilgan imkoniyat va vazifalar hisobidan joriy yilda qurilish materiallari sohasida 11 milliard dollarlik 900 dan ziyod yangi loyihalarni boshlash, 3 milliard 200 million dollarlik 622 ta loyihani ishga tushirib, 21 ming yangi ish o‘rni yaratish, ishlab chiqarish hajmini 65 trillion so‘mdan oshirish, 7,5 trillion so‘mlik yangi mahsulotlarni mahalliylashtirish, eksportni 1,5 milliard dollarga yetkazish muhim ekani qayd etildi.
Yig‘ilish davomida mutasaddilarning hisobotlari, qurilish materiallari korxonalari vakillarining taklif va tashabbuslari tinglandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4👍3🔥3❤1🫡1
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlari respublika bo'ylab davom etmoqda. Navbatdagi ertaga 26-iyun kuni Sharof Rashidov tumanida o'tkaziladi.
Murojaat va takliflaringizni @Icppa_aloqa_bot orqali yuborishingiz mumkin. Mutaxassislar tomonidan bevosita javob beriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5👍3🔥3🫡1
Hududlarda ochiq muloqotlar davom etmoqda. 24-iyun kuni navbatdagi uchrashuv Andijon viloyatining Baliqchi tumanida bo‘lib o‘tdi. Bu galgi muloqotning o‘ziga xos jihati shundaki, unda tadbirkorlar bilan bir qatorda byudjet buyurtmachilari ham ishtirok etdi. Natijada davlat xaridlari tizimining har ikki tomoni bir maydonda ochiq fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Ochiq muloqotda "Raqamli transformatsiya markazi", "O'zbekekspertiza" AJ, hududiy loyiha ofisi hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
✔️ Muloqot davomida 15 ta muammo va taklif ko'rib chiqildi:✅ 3 tasi joyida hal etildi;🎤 2 ta masala yuzasidan tushuntirish berildi;➡️ 10 tasi tegishli tashkilotlarga yo'naltirildi.
Ochiq muloqotlar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan tadbirkorlarning VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida davom etmoqda – hududlardagi muammolarni aniqlash, amaliy yechimlar topish va tadbirkorlik muhitini yaxshilashga qaratilgan takliflar shakllantirish maqsad qilingan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5👍3🔥2❤1🫡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida dunyoning yetakchi konsalting kompaniyalaridan biri — KPMG Uzbekistan vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi hamda tomonlar o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.
Hamkorlik doirasida davlat xaridlari tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, institutsional salohiyatni oshirish hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning PF-17 va PF-259-son Farmonlarida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi.
Kelishuv quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab oladi:✔️ davlat xaridlari sohasida kadrlar salohiyatini oshirish va CIPS xalqaro professional sertifikatlash tizimini joriy etish;✔️ PMO (Loyihalarni boshqarish ofisi) yondashuvlarini tatbiq etish;✔️ komplayens, forenzik audit, risklarni boshqarish hamda davlat xaridlarida shaffoflik va halollik mexanizmlarini kuchaytirish.
Mazkur hamkorlik davlat xaridlari tizimini zamonaviy xalqaro amaliyotlar asosida takomillashtirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va tizimning samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏9🔥6❤4🫡2😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining faoliyati yuzasidan lavha
"O’zbekiston 24" telekanalining "Ortga qaytmas" dasturi
🌍 Veb-sayt 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 📹 Youtube X 🔹 Linkedin
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining faoliyati yuzasidan lavha
"O’zbekiston 24" telekanalining "Ortga qaytmas" dasturi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍4👏4❤2🫡2
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrik
—
Поздравление работникам печати и средств массовой информации
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Поздравление работникам печати и средств массовой информации
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍3🔥2👏2🫡2
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi barcha jurnalistlar, blogerlar, muharrirlar, operatorlar, fotomuxbirlar hamda axborot sohasida fidokorona mehnat qilayotgan barcha media vakillarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklaydi.
🤝 Agentligimiz OAV vakillari bilan ochiq muloqot va samarali hamkorlikni bundan buyon ham izchil davom ettiradi.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, ijodiy muvaffaqiyat va yangi yutuqlar tilaymiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👏5🫡3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍3🙏3🫡3
Forwarded from O'zbekiston 24 ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Axborot24 | 25.06.2026
Davlatimiz rahbari raisligida qurilish materiallari tarmog‘ida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi
mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
Davlatimiz rahbari raisligida qurilish materiallari tarmog‘ida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi
mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
👍6🔥3🫡3❤1
O'tgan hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan quyidagi muhim tadbirlar amalga oshirildi:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4👍3🔥3🫡1
Yoshlar — Yangi O‘zbekistonning eng katta boyligi, taraqqiyotining tayanchi va ertangi kun bunyodkorlaridir.
Bugun mamlakatimizda yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, innovatsion g‘oyalari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi ham yoshlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, ularning sanoat, ishlab chiqarish, davlat xaridlari va tadbirkorlik sohalaridagi faolligini oshirish hamda yangi g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida izchil ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Aziz yoshlar!
Sizlarning bilimga chanqoqligingiz, izlanuvchanligingiz va Vatan ravnaqi yo‘lidagi intilishingiz Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining eng muhim omillaridan biridir.
30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning barcha yoshlarini chin qalbdan tabriklaymiz!
Sizlarga mustahkam sog‘liq, cheksiz shijoat, ulkan marralar, yangi g‘oyalar va barcha ezgu maqsadlaringiz ro‘yobini tilaymiz.
Kelajak siz bilan bunyod bo‘ladi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5👍4🔥4❤1🫡1
Bugun, Yoshlar kunida Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqot qiladi hamda faol va tashabbuskor yigit-qizlardan bir guruhiga davlat mukofotlarini topshiradi. Shuningdek, davlatimiz rahbari iqtidorli yoshlar bilan uchrashib, ularning turli sohalardagi loyihalari bilan tanishadi.
🌍 Veb-sayt 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 📹 Youtube X 🔹 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4👍3🔥3🫡1
Missiya davlat xaridlari sohasidagi vakolatlar Agentlikka o‘tkazilgandan so‘ng hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, davlat xaridlari tizimining institutsional salohiyatini baholash, manfaatdor tomonlarni belgilash, pilot yo‘nalishlarni belgilash hamda kelgusidagi qo‘shma harakatlar rejasini ishlab chiqish maqsadida tashkil etildi.
Mazkur hamkorlik O‘zbekistonda davlat xaridlari tizimini xalqaro tajriba asosida takomillashtirish, barqaror davlat xaridlari amaliyotini bosqichma-bosqich joriy etish hamda davlat buyurtmachilarining institutsional salohiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5👍4🔥3🫡1
30-iyun kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida The Asia Foundation (TAF) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar davlat xaridlari tizimini takomillashtirish, institutsional salohiyatni mustahkamlash hamda ilm-fan, ta'lim va sanoat integratsiyasini rivojlantirish yo‘nalishlaridagi istiqbolli hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.
🎤 Uchrashuv avvalida Agentlik direktori tomonidan mamlakatimizda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish, sanoatni rivojlantirish, ilm-fan va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda inson kapitalini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma'lumot berildi. O‘z navbatida, The Asia Foundation vakillari tashkilotning Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi faoliyati, ustuvor yo‘nalishlari hamda amalga oshirilayotgan dasturlarni taqdim etdilar.➡️ Muloqot davomida davlat boshqaruvi va davlat xaridlari tizimida shaffoflik va halollik tamoyillarini mustahkamlash, korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish hamda zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini qo‘llash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Shuningdek, davlat organlari va davlat xaridlari sohasi mutaxassislarining institutsional salohiyatini oshirish maqsadida o‘quv dasturlari, malaka oshirish kurslari, trening va seminarlarni tashkil etish, xalqaro ekspertlar ishtirokida tajriba almashish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.🤝 Tomonlar, shuningdek, universitetlar, ilmiy-tadqiqot institutlari va sanoat korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, amaliy ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish, texnologiyalar transferini qo‘llab-quvvatlash hamda innovatsion ekotizimni rivojlantirish bo‘yicha AQSH Davlat departamenti dasturlari doirasida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni rivojlantirish, salohiyatni oshirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda muloqotni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏5🔥2🏆1