Jumladan, dunyoning yetakchi konsalting kompaniyalaridan biri — McKinsey & Company rahbariyati bilan muzokaralar tashkil etildi. Uchrashuvda kompaniyaning Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika mintaqasida davlat sektori yo‘nalishiga mas’ul Senior Partneri Tarek Mansour, McKinsey & Company’ning Ozarbayjondagi ofisi rahbari va Senior Partneri Murat Gursoy hamda Associate Partner Orkhan Salmanli ishtirok etdi.
Muloqot davomida strategik rejalashtirish, infratuzilmani rivojlantirish, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning zamonaviy yondashuvlari muhokama qilindi.
Shuningdek, forum doirasida Hindistonning yetakchi infratuzilma kompaniyalaridan biri — Ashoka Buildcon Ltd. aksiyadori Sachin Singh bilan ham uchrashuv o‘tkazildi.
Tomonlar kompaniyaning istiqbolli infratuzilma loyihalaridagi ishtiroki, investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari hamda transport va yo‘l qurilishi sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
#TIIF2026 #SanoatKooperatsiyasi #DavlatXaridlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥5👏4❤1🫡1
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisi boshlandi.
Davlatimiz rahbarining forumdagi nutqini Prezident Matbuot xizmatining Telegram, YouTube va Facebook dagi rasmiy sahifalarida tomosha qiling.
—
В Международном конгресс-центре с участием Президента Шавката Мирзиёева начался пленарное заседание пятого Ташкентского международного инвестиционного форума.
Выступление главы нашего государства на форуме смотрите на официальных страницах Пресс-службы Президента в Telegram, YouTube и Facebook.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

👍6🫡2🔥1
Uchinchi yo‘nalish – yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirlarini kengaytirishga investitsiyalarni jalb etish.
Sanoatning barcha tarmoqlarida yangi texnologik bosqichga o‘tish va qo‘shilgan qiymatni yaratish bo‘yicha katta dasturlar boshlangan.
– dedi Prezidentimiz.
Mazkur sohadagi imkoniyatlarni xorijiy investorlarga taqdim etish maqsadida ochiq raqamli geologiya ma’lumotlar bazasi yaratiladi, auksionga qo‘yiladigan konlar 4 karra ko‘paytiriladi, “qazib olishdan tayyor mahsulotgacha” bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish uchun Toshkent va Samarqandda barpo etilayotgan “Kelajak metallari” texnoparklariga xorijiy sarmoya keng jalb qilinadi.
Mashinasozlik, robototexnika, yengil sanoat, qurilish materiallari, elektrotexnika, farmatsevtika kabi “drayver” tarmoqlarda ham 20 milliard dollarlik investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish taklif qilindi.
🌍 Veb-sayt 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 📹 Youtube X 🔹 Linkedin
Sanoatning barcha tarmoqlarida yangi texnologik bosqichga o‘tish va qo‘shilgan qiymatni yaratish bo‘yicha katta dasturlar boshlangan.
“Yaxshi xabardorsiz, O‘zbekiston boy tabiiy resurslar – oltin, mis, uran, volfram, gaz va boshqa noyob zaxiralarga ega. Strategik xomashyo bo‘lgan yer osti boyliklarimizning umumiy qiymati 3 trillion dollar deb baholanmoqda”,
– dedi Prezidentimiz.
Mazkur sohadagi imkoniyatlarni xorijiy investorlarga taqdim etish maqsadida ochiq raqamli geologiya ma’lumotlar bazasi yaratiladi, auksionga qo‘yiladigan konlar 4 karra ko‘paytiriladi, “qazib olishdan tayyor mahsulotgacha” bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish uchun Toshkent va Samarqandda barpo etilayotgan “Kelajak metallari” texnoparklariga xorijiy sarmoya keng jalb qilinadi.
Mashinasozlik, robototexnika, yengil sanoat, qurilish materiallari, elektrotexnika, farmatsevtika kabi “drayver” tarmoqlarda ham 20 milliard dollarlik investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish taklif qilindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏6👍3🔥3🫡1
➡️ Mazkur o'quv dasturiga jami 29 nafar mutaxassis jalb etildi, ularning 12 nafari investitsiya loyihalarini amalga oshirishda muhim o'rin tutuvchi loyiha ofislari rahbarlaridan iborat bo'ldi.🎤 Kurs davomida ishtirokchilarga davlat xaridlari sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, xaridlarni strategik rejalashtirish, mahalliy mahsulot va xizmatlarni xarid jarayonlariga
integratsiya qilish mexanizmlari, investitsiya loyihalarida iqtisodiy samaradorlikni baholash hamda davlat mablag'laridan oqilona foydalanish bo'yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi.🟢 Shuningdek, ishtirokchilar xalqaro tajriba asosida investitsiya loyihalarida mahalliy qiymat zanjirlarini rivojlantirish, import o'rnini bosuvchi mahsulotlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va davlat xaridlari orqali milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish bo'yicha ko'nikmalarga ega bo'ldilar.💬 Kurs yakunlarida ishtirokchilar o'z tashkilotlarida davlat xaridlarini yanada samarali tashkil etish, investitsiya loyihalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokini faollashtirish va mahalliylashtirish ko'rsatkichlarini oshirishga qaratilgan amaliy taklif va tashabbuslar ishlab chiqdilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥4🫡3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston milliy jamoasi birinchi marta jahon chempionatiga qadam qo'ydi – va bu faqat boshlanishi!
🇺🇿 Oʻzbekiston — Kolumbiya 🇨🇴
🏟 “Mexico city” stadioni. Meksika
Biz ham bu tarixiy lahzadan chetda qolmadik. Agentligimiz tizim va birja tashkilotlari bilan birgalikda milliy jamoamizni qo'llab-quvvatlash maqsadida maxsus videolavha tayyorladik.
Barchamiz bir maqsad sari:
Biz bir jamoamiz! Jamoani birgalikda qo'llab-quvvatlaymiz!
#JCh2026 #UZBvsCOL #JCh2026 #BirlikdaOlga
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥9❤5🫡3👏2
17-iyun kuni Namangan viloyatining Pop tumanida sanoat korxonalari va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi.
Unda agentlik, "Raqamli transformatsiya markazi", "O'zbekekspertiza" AJ, hududiy loyiha ofislari hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
✔️ Muloqot davomida 42 ta muammo va taklif ko'rib chiqildi:✅ 10 tasi joyida hal etildi;🎤 8 ta masala yuzasidan tushuntirish berildi;➡️ 14 ta muammo va 10 ta taklif tegishli tashkilotlarga yo'naltirildi.
Ochiq muloqotlar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan tadbirkorlarning VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida davom etmoqda – hududlardagi muammolarni aniqlash, amaliy yechimlar topish va tadbirkorlik muhitini yaxshilashga qaratilgan takliflar shakllantirish maqsad qilingan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5🔥3🫡3
McKinsey & Company bilan strategik uchrashuv
17-iyun kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori B.Xaydarov dunyo miqyosidagi yetakchi konsalting kompaniyalaridan biri– McKinsey & Company vakillari bilan ishchi uchrashuv o'tkazdi.
💬 Eslatib o'tamiz, kecha o'tkazilgan investitsiya forumida ham agentlik rahbari McKinsey & Company vakillari bilan alohida uchrashib, hamkorlikning asosiy yo'nalishlari yuzasidan fikr almashgan edi.
🤝 Uchrashuv yakunida tomonlar O'zbekiston tog'-kon sanoatining barqaror rivojlanishiga qaratilgan qo'shma tashabbuslarni amalga oshirishga o'zaro tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
🌍 Veb-sayt 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 📹 Youtube X 🔹 Linkedin
17-iyun kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori B.Xaydarov dunyo miqyosidagi yetakchi konsalting kompaniyalaridan biri– McKinsey & Company vakillari bilan ishchi uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuv davomida tog'-kon sanoati sohasida strategik hamkorlik istiqbollari keng muhokama qilindi.
Xususan, quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:✍️ tog'-kon sanoatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;✍️ ilg'or xalqaro tajribalarni joriy etish;✍️ sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish mexanizmlari;✍️ yetkazib beruvchilarni rivojlantirish dasturi (Supplier Development Program);✍️ mahalliy kontent ulushini aniqlash mexanizmlari;✍️ texnologiyalar transferi va mahalliy korxonalar raqobatbardoshligini oshirish.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🫡3🏆2🔥1
Ochiq muloqotlar davom etmoqda. 17-iyun kuni – Farg'ona viloyatining Uchko'prik tumani. Bu safar suhbatda nafaqat tadbirkorlar, balki byudjet buyurtmachilari ham ishtirok etdi – davlat xaridlari tizimining ikki tomoni bir stolda.
Unda agentlik, "Raqamli transformatsiya markazi", "O'zbekekspertiza" AJ, hududiy loyiha ofisi hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
✔️ Muloqot davomida 28 ta muammo va taklif ko'rib chiqildi:✅ 10 tasi joyida hal etildi;🎤 2 ta masala yuzasidan tushuntirish berildi;➡️ 16 tasi tegishli tashkilotlarga yo'naltirildi.
Muloqotlar tizimli davom etmoqda — viloyatma-viloyat, tumanma-tuman. Maqsad: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan tadbirkorlarning VI Ochiq muloqotiga to'liq tayyorgarlik ko'rish, hududlardagi haqiqiy muammolarni eshitish va amaliy yechimlar shakllantirish.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤4🫡3🔥2