Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA
4.2K subscribers
932 photos
264 videos
713 links
📍100022, Toshkent sh., Nukus 52

Veb-sayt: https://gov.uz/uz/icppa
Elektron pochta: info@icppa.uz
Bog’lanish: @Icppa_aloqa_bot

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari — https://skdxuzb.taplink.ws
Download Telegram
✔️Islom taraqqiyot banki delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

10-iyun kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida Islom taraqqiyot banki delegatsiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi.

🎤 Uchrashuv davomida davlat xaridlari tizimini takomillashtirish, mahalliy kontent siyosatini rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni yirik buyurtmachilarning taʼminot zanjirlariga keng jalb qilish, kichik va oʻrta biznes ishtirokini kengaytirish hamda islomiy moliya instrumentlaridan foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, barqaror va yashil davlat xaridlarini joriy etish, texnik koʻmak va ekspertlik yordamini jalb qilish, istiqbolli tashabbuslarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda davlat xaridlarida shaffoflikni oshirish, korrupsiya xavflarini kamaytirish, raqamli yechimlarni keng joriy etish, mutaxassislarning malakasini oshirish hamda institutsional salohiyatni mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.


✍️ Tomonlar davlat xaridlari, mahalliy kontent siyosati, sanoat kooperatsiyasi, kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash, islomiy moliya hamda yashil iqtisodiyot sohalarida hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha oʻzaro qiziqish bildirdilar. Uchrashuv konstruktiv va amaliy ruhda oʻtib, hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari yuzasidan fikr almashildi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👏4🔥3❤1🫡1
✅Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlari respublika bo'ylab davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv ertaga 12-iyun kuni Tuproqqal'a tumanida o'tkaziladi.

✔️Agentlikning loyiha ofisi mas'ullari quyidagi hududlardan bevosita ishtirok etadi: Jalaquduq, Nishon, Norin, Nurobod, Oltinsoy, Ohangaron, Shumanay, Olmazor, tumanlari Kogon, Angren, Qoʻqon, Yangiyer shaharlari.

🎤 Savol yoki takliflaringiz bormi?
Murojaat va takliflaringizni @Icppa_aloqa_bot orqali yuborishingiz mumkin. Mutaxassislar tomonidan bevosita javob beriladi.

➡️ 12-iyun 2026-yil,
⚫️ Soat 11:00,
📌 Tuproqqal'a tumani.

🎥Ochiq muloqotda onlayn ishtirok etish.

🔴Eslatib o'tamiz may–iyul oylarida 208 ta hududda uchrashuvlar bo'lib o'tadi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥4👏3🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Mutaxassislar uchun yangi malaka oshirish kurslari yo‘lga qo‘yildi


Renessans TV, "OVOZA" informatsion dasturi
Efir: 11.06.2026 | 19:00

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥5🫡3
✔️ Qashqadaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: 18 ta masala joyida hal etildi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlari bu gal Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida davom etdi.

🎤 Uchrashuvda viloyatdagi 43 ta korxonadan 55 nafar vakil ishtirok etdi. Shuningdek, respublikaning 13 ta hududiy studiyasi orqali 122 nafar ishtirokchi onlayn tarzda jarayonga ulanib, tadbir jami 180 nafarga yaqin ishtirokchini qamrab oldi.

Muloqot davomida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, davlat xaridlaridagi imkoniyatlar, ishlab chiqarish faoliyatida uchrayotgan muammolar hamda tadbirkorlarning amaliy takliflari muhokama qilindi.

✍️ Tadbirkorlar tomonidan jami 38 ta muammo va taklif bildirildi. Shundan 15 ta korxonaga tegishli 18 ta masala ochiq muloqot jarayonining o‘zida hal etildi. Qolgan 14 ta muammo va 6 ta taklif yuzasidan tegishli tashkilotlar hamda mas’ul ijrochilarga aniq vazifalar belgilandi.

➡️ Ochiq muloqotdan so‘ng Agentlik rahbariyati hududdagi yirik sanoat korxonalaridan biri — “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, eksport salohiyati, mavjud ish o‘rinlari hamda sanoat kooperatsiyasini kengaytirish imkoniyatlari o‘rganildi.


➡️ Hududlarda tashkil etilayotgan ochiq muloqotlar tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita eshitish, ularni joyida o‘rganish hamda amaliy yechimlarni ishlab chiqishga xizmat qilmoqda.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍4🫡3
📍 Nukus tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi

11-iyun kuni sanoat korxonalari va tadbirkorlik subyektlari bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda 180 nafardan ortiq ishtirokchi qamrab olindi. Shundan 47 nafari bevosita ishtirok etgan bo'lsa, 13 ta hududiy studiya orqali 137 nafar ulandi.

✍️ Ochiq muloqotda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi rahbariyati, "Raqamli transformatsiya markazi", "O'zbekekspertiza" AJ, tegishli vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari vakillari ishtirok etdi.

Muloqot davomida 34 ta korxona tomonidan 37 ta muammo va taklif bildirildi.
✔️18 ta muammo — muloqot jarayonida joyida hal etildi;
🟢25 ta muammo va 15 ta taklif yuzasidan tegishli tashkilotlar hamda mas’ul ijrochilarga aniq vazifalar belgilandi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlarga davlat xaridlari tizimi, Elektron kooperatsiya portalidan ro'yxatdan o'tish va mahsulot joylashtirish tartibi, sanoat kooperatsiyasi bo'yicha amaliy tushuntirishlar berildi.

Xizmat safari davomida “QORAQALPOQ BASALTWOOL” MChJ (bazalt mineralidan issiqlik saqlovchi materiallar ishlab chiqarish), “NUKUS SSP TEXNOPARK” MChJ (sun’iy va paxta tolasidan ip ishlab chiqarish), “OSTEN TECHNOLOGIES” MChJ (isitish radiatorlari ishlab chiqarish), “AKFA BUILDING MATERIALS” MChJ (ikki komponentli germetik va poliamid termomost ishlab chiqarish) hamda “AMU BROKERS” MChJ (motorollerlar ishlab chiqarish) korxonalari faoliyati ko‘zdan kechirildi.


➡️ Tashrif davomida ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulot turlari va korxonalarning ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishildi.

#ICPPA #OchiqMuloqot

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏3🔥2🫡1
#OAV_biz_haqimizda

Yengil sanoat sohasi vakillari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot xususida

Biznes Daily Birja jurnali 38-soni

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥4🫡3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Mutaxassislar uchun yangi malaka oshirish kurslari yo‘lga qo‘yildi


"O‘zbekiston 24" telekanali, #Axborot24 | 12.06.2026

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏3🔥2🫡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Bank-moliya akademiyasida tashkil etilayotgan oʻquv kurslari tafsiloti.

"Yangi Davr" informatsion dasturi

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3😇2🫡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍 Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

12-iyun kuni Xorazm viloyatining Tuproqqal’a tumanida sanoat korxonalari va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Unda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, “Raqamli transformatsiya markazi”, “O‘zbekekspertiza” AJ, hududiy loyiha ofislari hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

✍️ Ochiq muloqotda 36 ta korxonadan 42 nafar ishtirokchi qatnashdi. Shuningdek, 13 ta hududiy studiya orqali 115 nafar tadbirkor jarayonga onlayn ulandi. Umumiy hisobda tadbir 150 nafardan ortiq ishtirokchini qamrab oldi.

✔️Muloqot davomida 35 ta muammo va taklif bildirildi.

✅ 8 ta muammo joyida hal etildi;
🎤 7 ta masala yuzasidan tushuntirish berildi;
➡️ 14 ta muammo va 6 ta taklif tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi.


Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar hududlardagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni amaliy hal etish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏6❤3
✔️Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 12-iyun kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan “Davlat xaridlari tizimini professionallashtirishni takomillashtirish” loyihasi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🤝 Uchrashuv davomida davlat xaridlari sohasida kadrlar salohiyatini oshirish hamda xalqaro standartlarga asoslangan sertifikatlash tizimini joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.

💬 Loyiha doirasida quyidagi yo‘nalishlar muhokama qilindi:

🟢 davlat xaridlari mutaxassislari uchun 3 bosqichli sertifikatlash tizimi loyihasi;
🟢 xaridchilarning kompetensiyalari, malaka talablari va vazifalarini belgilash;
🟢 sohani rivojlantirish bo‘yicha xalqaro ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar;
🟢 trenerlar tayyorlash, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish maqsadida “study tour”larni tashkil etish masalalari.


➡️ Shuningdek, loyihani amalga oshirish jarayonlarida Agentlik ishtirokini kengaytirish hamda davlat xaridlarida buyurtmachilar pozitsiyasini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👏4👍3🫡1