10-iyun kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi va Bank-moliya akademiyasi hamkorligida tashkil etilayotgan qisqa muddatli malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun navbatdagi sayyor amaliy mashg‘ulot o'tkazildi.
❗️Unda ishtirokchilar "O‘zavtosanoat" AJ qoshidagi "Mahalliylashtirishga ko‘maklashish markazi"ga tashrif buyurib, mamlakatimiz sanoatida mahalliylashtirish siyosati va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
➡️ Sayyor mashg‘ulot davomida mahalliylashtirish dasturlarining mazmun-mohiyati, ularning iqtisodiyot tarmoqlarida qo‘llanilishi hamda iqtisodiy samaradorligi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👏4👍3
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi binosida elektrotexnika sanoati korxonalari vakillari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Ochiq muloqotda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori Baxtiyor Xaydarov, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi mutasaddilari hamda elektrotexnika sanoati korxonalari rahbarlari offlayn va onlayn formatda ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida davlat xaridlari tizimida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokini kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, texnik jihatdan tartibga solish va sertifikatlashtirish jarayonlari, shuningdek, energiya samaradorligi yoʻnalishida amalga oshirilayotgan loyihalarda tarmoq korxonalari ulushini oshirish masalalari koʻrib chiqildi.🎤 Shuningdek, mahallalarda kichik quyosh elektr stansiyalarini barpo etish boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihalarda mahalliy elektrotexnika mahsulotlaridan keng foydalanish hamda zarur uskuna va mahsulotlarni yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi.➡️ Muloqot davomida korxona rahbarlari tomonidan davlat xaridlari, sanoat kooperatsiyasi, texnik tartibga solish, energiya samaradorligi va soha rivojiga oid taklif va tashabbuslar bildirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🫡4🏆2🤝2👨💻1
10-iyun kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida Islom taraqqiyot banki delegatsiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi.
🎤 Uchrashuv davomida davlat xaridlari tizimini takomillashtirish, mahalliy kontent siyosatini rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni yirik buyurtmachilarning taʼminot zanjirlariga keng jalb qilish, kichik va oʻrta biznes ishtirokini kengaytirish hamda islomiy moliya instrumentlaridan foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, barqaror va yashil davlat xaridlarini joriy etish, texnik koʻmak va ekspertlik yordamini jalb qilish, istiqbolli tashabbuslarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda davlat xaridlarida shaffoflikni oshirish, korrupsiya xavflarini kamaytirish, raqamli yechimlarni keng joriy etish, mutaxassislarning malakasini oshirish hamda institutsional salohiyatni mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👏4🔥3❤1🫡1
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlari respublika bo'ylab davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv ertaga 12-iyun kuni Tuproqqal'a tumanida o'tkaziladi.
Murojaat va takliflaringizni @Icppa_aloqa_bot orqali yuborishingiz mumkin. Mutaxassislar tomonidan bevosita javob beriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥4👏3🫡1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥5🫡3
#OAV_biz_haqimizda
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi hamda Bank-moliya akademiyasi hamkorligida tashkil etilayotgan qisqa muddatli malaka oshirish kurslari haqida.
https://uza.uz/uz/posts/davlat-xaridlari-sohasida-10-mingdan-ortiq-kadr-tayyorlanadi_868904
Uza.uz
🌍 Veb-sayt 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 📹 Youtube X 🔹 Linkedin
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi hamda Bank-moliya akademiyasi hamkorligida tashkil etilayotgan qisqa muddatli malaka oshirish kurslari haqida.
https://uza.uz/uz/posts/davlat-xaridlari-sohasida-10-mingdan-ortiq-kadr-tayyorlanadi_868904
Uza.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
UZA.uz
Давлат харидлари соҳасида 10 мингдан ортиқ кадр тайёрланади
Президентимизнинг 2026 йил 4 февралдаги «Маҳаллий ишлаб чиқариш ва саноат кооперациясини янги тизим асосида ривожлантириш бўйича биринчи навбатдаги чора-тадбирл
👍5🔥3🫡3
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlari bu gal Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida davom etdi.
🎤 Uchrashuvda viloyatdagi 43 ta korxonadan 55 nafar vakil ishtirok etdi. Shuningdek, respublikaning 13 ta hududiy studiyasi orqali 122 nafar ishtirokchi onlayn tarzda jarayonga ulanib, tadbir jami 180 nafarga yaqin ishtirokchini qamrab oldi.
Muloqot davomida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, davlat xaridlaridagi imkoniyatlar, ishlab chiqarish faoliyatida uchrayotgan muammolar hamda tadbirkorlarning amaliy takliflari muhokama qilindi.✍️ Tadbirkorlar tomonidan jami 38 ta muammo va taklif bildirildi. Shundan 15 ta korxonaga tegishli 18 ta masala ochiq muloqot jarayonining o‘zida hal etildi. Qolgan 14 ta muammo va 6 ta taklif yuzasidan tegishli tashkilotlar hamda mas’ul ijrochilarga aniq vazifalar belgilandi.➡️ Ochiq muloqotdan so‘ng Agentlik rahbariyati hududdagi yirik sanoat korxonalaridan biri — “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif davomida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, eksport salohiyati, mavjud ish o‘rinlari hamda sanoat kooperatsiyasini kengaytirish imkoniyatlari o‘rganildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍4🫡3
11-iyun kuni sanoat korxonalari va tadbirkorlik subyektlari bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda 180 nafardan ortiq ishtirokchi qamrab olindi. Shundan 47 nafari bevosita ishtirok etgan bo'lsa, 13 ta hududiy studiya orqali 137 nafar ulandi.
Muloqot davomida 34 ta korxona tomonidan 37 ta muammo va taklif bildirildi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlarga davlat xaridlari tizimi, Elektron kooperatsiya portalidan ro'yxatdan o'tish va mahsulot joylashtirish tartibi, sanoat kooperatsiyasi bo'yicha amaliy tushuntirishlar berildi.
Xizmat safari davomida “QORAQALPOQ BASALTWOOL” MChJ (bazalt mineralidan issiqlik saqlovchi materiallar ishlab chiqarish), “NUKUS SSP TEXNOPARK” MChJ (sun’iy va paxta tolasidan ip ishlab chiqarish), “OSTEN TECHNOLOGIES” MChJ (isitish radiatorlari ishlab chiqarish), “AKFA BUILDING MATERIALS” MChJ (ikki komponentli germetik va poliamid termomost ishlab chiqarish) hamda “AMU BROKERS” MChJ (motorollerlar ishlab chiqarish) korxonalari faoliyati ko‘zdan kechirildi.
#ICPPA #OchiqMuloqot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏3🔥2🫡1