9-iyun kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi hamda "El-yurt umidi" jamg‘armasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandum doirasida tomonlar kadrlar salohiyatini rivojlantirish, xalqaro tajribani o‘rganish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda sanoat va ishlab chiqarish yo‘nalishlarida amaliy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
➡️ Tadbir davomida Agentlik va Jamg‘arma rahbariyati o‘rtasida davra suhbati o‘tkazilib, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari hamda kelgusidagi qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.
Mazkur hamkorlik Agentlik, turli tarmoq korxonalari hamda sohaga oid tashkilotlar mutaxassislari uchun xorijning yetakchi universitetlari, ilmiy markazlari va sanoat korxonalarida ilg‘or tajribalarni o‘rganish, malaka oshirish hamda xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish imkoniyatlarini yaratadi.
🎓 Shuningdek, "El-yurt umidi" jamg‘armasi orqali xorijda tahsil olayotgan yoshlarni yozgi ta’til davrida Agentlik tizimiga hamda turli tarmoq korxonalariga stajirovkalarga yo‘naltirish, bitiruvchilarning istiqbolli startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va ularni moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha ham hamkorlik qilinadi.🟢 Bundan tashqari, mamlakatimizdagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining xorijiy R&D markazlari bilan hamkorligini rivojlantirish, dolzarb yo‘nalishlarda qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish hamda ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish, yoshlar o'rtasida STEM fanlariga qiziqishni orttirish bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish nazarda tutilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥11👏7👍6❤2💯1
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlari respublika bo'ylab davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv ertaga 10-iyun kuni Dehqonobod tumanida o'tkaziladi.
Murojaat va takliflaringizni @Icppa_aloqa_bot orqali yuborishingiz mumkin. Mutaxassislar tomonidan bevosita javob beriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥4👏3👌1💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda sanoat elektronikasi qanday yaratiladi?
Mis xomashyosidan boshlab, elektron plata va tayyor KiP (o‘lchov-nazorat) qurilmasigacha bo‘lgan butun ishlab chiqarish zanjiri bir mahsulot misolida ko‘rsatib beriladi.
📹 Product Chain — Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi hamda “Raqamli transformatsiya markazi” MChJ hamkorligidagi yangi loyiha bo‘lib, unda mahalliy mahsulotlarning xomashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan ishlab chiqarish jarayoni yoritiladi.
Korxonada sanoat elektronikasi va o‘lchov-nazorat asboblari ishlab chiqarishning barcha bosqichlari amalga oshiriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍7⚡3
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlari respublika bo'ylab davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv ertaga 11-iyun kuni Nukus tumanida o'tkaziladi.
Murojaat va takliflaringizni @Icppa_aloqa_bot orqali yuborishingiz mumkin. Mutaxassislar tomonidan bevosita javob beriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍3👏2🫡2
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan hududlarda tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash davom etmoqda.
Uchrashuvda jami 30 ta muammo va taklif bildirildi. Shundan 10 ta korxonaga tegishli 12 ta muammo ochiq muloqot jarayonining o‘zida hal etildi. Qolgan 15 ta muammo va 10 ta taklif esa batafsil ko‘rib chiqish uchun tegishli tashkilotlar hamda mas’ul ijrochilarga yo‘naltirildi.
Ochiq muloqotdan so‘ng Agentlik direktori o‘rinbosari Jahongir Yunusov hududdagi sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan korxonalar faoliyati bilan tanishdi.✔️ Xususan, Bandixon tumanida joylashgan “KHILAL VORTEX” MChJ tomonidan tashkil etilgan aralash tolali ip-kalava ishlab chiqarish korxonasi ko‘zdan kechirildi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, mavjud ish o‘rinlari hamda eksport salohiyatini oshirish imkoniyatlari o‘rganildi.
Bunday uchrashuvlar tadbirkor murojaatini faqat eshitish bilan cheklanmay, muammoni joyida ko‘rish, ishlab chiqarish zanjiriga ulanish imkoniyatlarini aniqlash va amaliy yechimlarni belgilashga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥4👏3⚡2🫡1
10-iyun kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi va Bank-moliya akademiyasi hamkorligida tashkil etilayotgan qisqa muddatli malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun navbatdagi sayyor amaliy mashg‘ulot o'tkazildi.
❗️Unda ishtirokchilar "O‘zavtosanoat" AJ qoshidagi "Mahalliylashtirishga ko‘maklashish markazi"ga tashrif buyurib, mamlakatimiz sanoatida mahalliylashtirish siyosati va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
➡️ Sayyor mashg‘ulot davomida mahalliylashtirish dasturlarining mazmun-mohiyati, ularning iqtisodiyot tarmoqlarida qo‘llanilishi hamda iqtisodiy samaradorligi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👏4👍3
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi binosida elektrotexnika sanoati korxonalari vakillari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Ochiq muloqotda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori Baxtiyor Xaydarov, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi mutasaddilari hamda elektrotexnika sanoati korxonalari rahbarlari offlayn va onlayn formatda ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida davlat xaridlari tizimida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokini kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, texnik jihatdan tartibga solish va sertifikatlashtirish jarayonlari, shuningdek, energiya samaradorligi yoʻnalishida amalga oshirilayotgan loyihalarda tarmoq korxonalari ulushini oshirish masalalari koʻrib chiqildi.🎤 Shuningdek, mahallalarda kichik quyosh elektr stansiyalarini barpo etish boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihalarda mahalliy elektrotexnika mahsulotlaridan keng foydalanish hamda zarur uskuna va mahsulotlarni yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi.➡️ Muloqot davomida korxona rahbarlari tomonidan davlat xaridlari, sanoat kooperatsiyasi, texnik tartibga solish, energiya samaradorligi va soha rivojiga oid taklif va tashabbuslar bildirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🫡4🏆2🤝2👨💻1
10-iyun kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida Islom taraqqiyot banki delegatsiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi.
🎤 Uchrashuv davomida davlat xaridlari tizimini takomillashtirish, mahalliy kontent siyosatini rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni yirik buyurtmachilarning taʼminot zanjirlariga keng jalb qilish, kichik va oʻrta biznes ishtirokini kengaytirish hamda islomiy moliya instrumentlaridan foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, barqaror va yashil davlat xaridlarini joriy etish, texnik koʻmak va ekspertlik yordamini jalb qilish, istiqbolli tashabbuslarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda davlat xaridlarida shaffoflikni oshirish, korrupsiya xavflarini kamaytirish, raqamli yechimlarni keng joriy etish, mutaxassislarning malakasini oshirish hamda institutsional salohiyatni mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👏4🔥3❤1🫡1
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlari respublika bo'ylab davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv ertaga 12-iyun kuni Tuproqqal'a tumanida o'tkaziladi.
Murojaat va takliflaringizni @Icppa_aloqa_bot orqali yuborishingiz mumkin. Mutaxassislar tomonidan bevosita javob beriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥4👏3🫡1