Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA
4.19K subscribers
939 photos
264 videos
717 links
📍100022, Toshkent sh., Nukus 52

Veb-sayt: https://gov.uz/uz/icppa
Elektron pochta: info@icppa.uz
Bog’lanish: @Icppa_aloqa_bot

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari — https://skdxuzb.taplink.ws
Download Telegram
GIZ ekspert missiyasi vakillari bilan ishchi uchrashuv o'tkazildi

Joriy yilning 3-iyul kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida “Samarali davlat boshqaruvi” dasturi doirasidagi GIZ ekspert missiyasi vakillari bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida "Good Governance Program" dasturining ikkinchi bosqichini rejalashtirish, Agentlikning keyingi uch yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari hamda istiqboldagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

✔️ Unda O‘zbekistondagi dastur vakillari hamda GIZ’ning Germaniyadagi markaziy ofisidan mas’ul ekspertlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Agentlik faoliyati, asosiy funksiyalari, ustuvor yo‘nalishlari va strategik rejalari haqida ma’lumot berildi.

🎤 Shuningdek, tomonlar korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, shaffoflik va samaradorlikni oshirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

🤝 Uchrashuv yakunida tomonlar istiqboldagi hamkorlikni davom ettirish va o‘zaro ishchi muloqotni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3🤝3👍2👏2🫡1
✅Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlari respublika bo'ylab davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv 4-iyun kuni Navbahor tumanida o'tkaziladi.

✔️4-iyun kuni Agentlikning loyiha ofisi mas'ullari quyidagi hududlardan bevosita ishtirok etadi: Baliqchi, Qorakoʻl, Mirzachoʻl, Mingbuloq, Ishtixon, Jarqoʻrgʻon, Urganch, Oʻrtachirchiq, Rishton, Bektemir, Amudaryo tumanlari va Shahrisabz, Navoiy, Chirchiq shaharlari.

🎤 Savol yoki takliflaringiz bormi?
Murojaat va takliflaringizni @Icppa_aloqa_bot orqali yuborishingiz mumkin. Mutaxassislar tomonidan bevosita javob beriladi.

➡️ 4-iyun 2026-yil,
⚫️ Soat 11:00,
📌 Navbahor tumani.


🎥Ochiq muloqotda onlayn ishtirok etish.

🔴Eslatib o'tamiz may–iyul oylarida 208 ta hududda uchrashuvlar bo'lib o'tadi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥4👏3🫡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍 Buxoroda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

3-iyun kuni Buxoro shahrida sanoat korxonalari va tadbirkorlik subyektlari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Unda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi rahbariyati, Raqamli transformatsiya markazi, “O‘zbekekspertiza” AJ, Agentlikning hududiy loyiha ofisi vakillari, tegishli vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari hamda mahalliy tadbirkorlar qatnashdi.

Ochiq muloqotda Buxoro viloyatidagi 65 ta korxonadan 73 nafar vakil ishtirok etdi. Shuningdek, respublikaning 13 ta hududiy studiyasi orqali 129 nafar ishtirokchi onlayn tarzda jarayonga ulandi. Natijada tadbir 200 nafardan ortiq ishtirokchini qamrab oldi.

Muloqot davomida tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, davlat xaridlari tizimidagi imkoniyatlar hamda ishlab chiqarish faoliyatiga oid amaliy takliflar muhokama qilindi.


✔️ Uchrashuv davomida 65 ta muammo va taklif bildirildi. Shundan 15 ta korxonaga tegishli 20 ta muammo ochiq muloqot jarayonining o‘zida hal etildi. Qolgan 15 ta muammo va 25 ta taklif esa batafsil ko‘rib chiqish uchun tegishli tashkilotlar hamda mas’ul ijrochilarga yo‘naltirildi.

Ta’kidlanganidek, bunday ochiq muloqotlar tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni amaliy hal etish bo‘yicha samarali mexanizm sifatida xizmat qilmoqda.

➡️ Savol va takliflaringizni @Icppa_aloqa_bot orqali yuborishingiz mumkin.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍3👏3❤1
📍 Navoiyda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

4-iyun kuni Navoiy viloyati Navoiy shahrida sanoat korxonalari va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Unda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi rahbariyati, “O‘zbekekspertiza” AJ, Raqamli transformatsiya markazi, Agentlikning hududiy loyiha ofisi vakillari, tegishli vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari hamda mahalliy tadbirkorlar ishtirok etdi.

✔️ Ochiq muloqotda 75 ta korxona va tashkilotdan 92 nafar ishtirokchi qatnashdi. Shuningdek, 13 ta hududiy studiya orqali 187 nafar ishtirokchi onlayn tarzda jarayonga ulandi. Umumiy hisobda tadbir 270 nafardan ortiq ishtirokchini qamrab oldi.

Muloqot davomida sanoat kooperatsiyasi, davlat xaridlari tizimidagi imkoniyatlar, mahalliylashtirish masalalari hamda tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan amaliy muammolar va takliflar muhokama qilindi.

✔️ Uchrashuv davomida 75 ta korxona va tashkilot tomonidan 30 ta muammo hamda taklif bildirildi. Shundan 8 ta korxonaga tegishli 16 ta muammo ochiq muloqot jarayonining o‘zida hal etildi. Qolgan 9 ta muammo va 5 ta taklif esa tegishli tashkilotlar hamda mas’ul ijrochilarga yo‘naltirildi.


✔️ Ochiq muloqotdan so‘ng Agentlik vakillari hududdagi bir qator yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Xususan:
– “Metall mahsulotlari zavodi” MCHJda mashinasozlik mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati;
– “Gidro-stanko-servis” MCHJda mashinasozlik mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati;
– “Navoiy Auto Components” MCHJ tomonidan barpo etilayotgan avtomobillar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish loyihasi;
– “Navpromlitmash” MCHJ tomonidan mashinasozlik, metallurgiya mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan tanishildi.


Tashrif davomida ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🎤 Savol va takliflaringizni @Icppa_aloqa_bot orqali yuborishingiz mumkin.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥3⚡2
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

Prezidentimiz O‘zbekiston uchun Rossiya mintaqadagi shunchaki qo‘shni emas, vaqt sinovidan o‘tgan strategik sherik va ittifoqchi ekanini qayd etdi.

Bugungi kunda o‘zaro munosabatlarimiz yangi davrga qadam qo‘ydi. Hamkorlik ko‘p darajali va ko‘p qirrali tus oldi.

Mahsulotlarning oddiy savdo-sotig‘idan murakkab sanoat zanjirlari, texnologik alyanslar, birgalikda loyihalashtirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga qadar bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdik.

So‘nggi 10 yilda o‘zaro mahsulot aylanmasi uch barobardan ko‘proq – 4 milliard dollardan 13 milliard dollarga oshdi. Rossiya bilan hamkorlikdagi loyihalarning umumiy portfeli 50 milliard dollardan ortadi.

Ikki davlat hududlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik izchil kengaymoqda. Amalga oshirilayotgan hududlararo loyihalar hajmi 5 milliard dollarni tashkil etadi, yana 5 milliard dollarlik investitsiyalar paketi tayyorlanmoqda.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2👏1
Hozirgi sharoitda Oʻzbekiston va Rossiyaning texnologiyalar va sanoat sohasidagi hamkorligi faqat ikki tomonlama aloqalar doirasida cheklanib qolmasligi kerakligi qayd etildi.

“Biz sanoat bo‘yicha salohiyatni, resurslar, bozorlar va kompetensiyalarni birlashtirishga qodir bo‘lgan ulkan kooperatsiya makonini yaratishni mo‘ljal qilyapmiz. Aynan shuning uchun biz “Yevroosiyo texnologik sanoatlashtirish kamari”ni shakllantirish tashabbusi bilan chiqmoqdamiz. Bu sanoat kooperatsiyasining yagona raqamli platformasi bilan birlashtirilgan ishlab chiqarish va texnologik klasterlarning o‘zaro bog‘liq tizimidir.

Ushbu tashabbusni sinovdan o‘tgan, har yili Toshkentda o‘tkaziladigan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” innovatsion-sanoat ko‘rgazmasi platformasi bazasida amalga oshirishni taklif etamiz. Bunday yondashuv biznes uchun hamkorlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri topish va o‘zaro manfaatli aloqalarni o‘rnatish imkonini beradi”
,

– dedi Prezidentimiz.

Hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishi, hech shubhasiz, iqtisodiyotning yangi muloqot vositasi, taʼbir joiz bo‘lsa, tiliga aylangan raqamlashtirishdir.

Agar ilgari infratuzilma deganda, yoʻllar, quvurlar va elektr uzatish tarmoqlari tushunilgan boʻlsa, bugungi kunda bu, avvalo, raqamli platformalar demakdir. Ular oʻz atrofida yaxlit ekotizimni – ish o‘rinlari, logistika, to‘lov xizmatlari, yangi eksport imkoniyatlarini shakllantirmoqda.

O‘zbekiston biznesi raqamli yechimlarni faol rivojlantirmoqda va ayni paytda keng doiradagi mamlakatlar bilan texnologik hamkorlik uchun ochiqdir. Masalan, Rossiya marketpleyslari va raqamli servislari orqali mahsulotlarimiz savdosi hajmi so‘nggi bir necha yilda 3,5 barobar o‘sib, bir yarim milliard dollardan oshdi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3⚡2
Oʻzbekistonda global investitsiyalar uchun barcha shart-sharoitlar izchil shakllantirilmoqda. Qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilmoqda, bozor institutlari takomillashtirilmoqda, raqobat darajasi va ishlab chiqarish salohiyati ortmoqda.

Prezidentimiz ushbu forumda ishtirok etayotgan investorlarni yuqori qo‘shimcha qiymatli yangi sanoat zanjirlarini yaratishga taklif etdi.

“Kompetensiyalarni, ishlab chiqarish va ishlanmalarni chuqur mahalliylashtirish, shuningdek, zamonaviy injiniring va yangi eksport yo‘nalishlarini rivojlantirish bizning ustuvor vazifamizdir. Bu bugungi kunda sanoat usulida qayta ishlash, agrotexnologiyalar, biokimyo, robototexnika, raqamli yechimlar va sunʼiy intellekt kabi yangi iqtisodiyot shakllanayotgan sohalarda ayniqsa muhimdir.

Energetika, aviatsiya, taʼlim, geologiya va boshqa ko‘plab sohalarda davlat-xususiy sheriklik tamoyili shaklida amalga oshirilayotgan loyihalarda biz hamkorlik uchun katta salohiyatni ko‘rmoqdamiz.

Manfaatdor sheriklarimizga nafaqat o‘sib borayotgan ichki bozorimiz, balki qo‘shni mamlakatlar va mintaqalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyatini ham taklif etamiz”,

– dedi Prezidentimiz.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥3👏2💯1
Agentlik vakili VIII Ochiq xalqaro davlat xaridlari forumida ishtirok etmoqda

🇰🇬 2026-yil 5–6-iyun kunlari Qirgʻiz Respublikasining Issiqkoʻl viloyatida “Davlat xaridlari tizimini transformatsiya qilish: yangi chaqiriqlar va rivojlanish vektorlari” mavzusida VIII Ochiq xalqaro forum boʻlib oʻtmoqda.

Mazkur forum Qirgʻiz Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat xaridlari departamenti, Moliya akademiyasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki hamda Islom taraqqiyot banki hamkorligida tashkil etilgan.

Forumda davlat xaridlari sohasidagi zamonaviy islohotlar, raqamli transformatsiya, sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish, infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, ramkali kelishuvlar mexanizmi hamda xaridlar sohasini professionallashtirish masalalari muhokama qilinmoqda.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi Metodologiya boʻlimi bosh mutaxassisi Dilfuza Uraqova ishtirok etmoqda. Forumning “Infratuzilma loyihalarini amalga oshirish: asosiy chaqiriqlar, xaridlarni rejalashtirish, xavflarni taqsimlash va bozor ishtirokini taʼminlash” mavzusidagi plenar sessiyasida u “Oʻzbekiston Respublikasi davlat xaridlari tizimida shaffoflikni oshirishga qaratilgan islohotlar va chora-tadbirlar” mavzusida taqdimot bilan ishtirok etdi.

Taqdimot davomida mamlakatimizda davlat xaridlari sohasida amalga oshirilayotgan qonunchilik va institutsional islohotlar, elektron davlat xaridlari tizimining imkoniyatlari, raqobat va ochiqlikni taʼminlash mexanizmlari hamda korrupsiya xavflarini kamaytirishga qaratilgan choralar haqida maʼlumot berildi.

Shuningdek, forum doirasida Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki hamda Koreya Respublikasi, Qozogʻiston, Gruziya va Qirgʻizistonning davlat xaridlari sohasidagi mutaxassislari ishtirokida fikr va tajriba almashish ishlari davom etmoqda.


✔️Forumning ikkinchi kunida davlat xaridlarini professionallashtirish, xalqaro standartlar, sohadagi kompetensiyalar va kadrlar salohiyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👏6🔥5💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ Sanoat kooperatsiyasi — bu yirik sanoat korxonalari va mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi amaliy hamkorlik tizimi.

Ya’ni, avval xorijdan xarid qilingan ayrim mahsulot va ehtiyot qismlarni mahalliy korxonalar ishtirokida ishlab chiqarishni kengaytirish, ichki sanoat salohiyatini oshirish hamda yuqori qo‘shilgan qiymat yaratishga xizmat qiluvchi samarali hamkorlik mexanizmidir.

✍️ Bu esa:
✔️ yangi ishlab chiqarish quvvatlari;
✔️ yangi ish o‘rinlari;
✔️ mahalliy mahsulot ulushining oshishi;
✔️ tadbirkorlar uchun kafolatli buyurtmalar;
✔️ sanoatda yangi hamkorlik zanjirlarini yaratadi.

#SanoatKooperatsiyasi #Mahalliylashtirish #DavlatXaridlari #ICPPA

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍4👏3💯1
✅Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlari respublika bo'ylab davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv 9-iyun kuni Bandixon tumanida o'tkaziladi.

✔️9-iyun kuni Agentlikning loyiha ofisi mas'ullari quyidagi hududlardan bevosita ishtirok etadi: Marhamat, Shofirkon, Sharof Rashidov, Yangiqoʻrgʻon, Pastdargʻom, Uchtepa, Qonlikoʻl, Bogʻot, tumanlari, Zarafshon, Termiz, Ohangaron, Guliston shaharlari.

🎤 Savol yoki takliflaringiz bormi?
Murojaat va takliflaringizni @Icppa_aloqa_bot orqali yuborishingiz mumkin. Mutaxassislar tomonidan bevosita javob beriladi.

➡️ 9-iyun 2026-yil,
⚫️ Soat 11:00,
📌 Bandixon tumani.


🎥Ochiq muloqotda onlayn ishtirok etish.

🔴Eslatib o'tamiz may–iyul oylarida 208 ta hududda uchrashuvlar bo'lib o'tadi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏4🔥3⚡2💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✔️ Navbatdagi qisqa muddatli o‘quv kurslari yakunlandi.

2026-yil 6-iyun kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi hamda Bank-moliya akademiyasi tomonidan “Investitsion loyihalarni boshqarishda mahalliylashtirish va milliy iqtisodiyotda qo‘shiladigan qiymatni rivojlantirish” mavzusida tashkil etilgan navbatdagi qisqa muddatli o‘quv kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi.

Mazkur kurslar milliy iqtisodiyotda qo‘shilgan qiymatni oshirish, mahalliylashtirish jarayonlarini jadallashtirish, mahalliy kontent ulushini kengaytirish hamda davlat xaridlari samaradorligini yuksaltirish maqsadida tashkil etildi.

O‘quv dasturi davomida vazirlik va idoralar, turli tashkilotlar hamda hududlardan jalb etilgan mutaxassislar sanoat kooperatsiyasi, mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va investitsiya loyihalarida mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladi.


➡️ Kurslarning asosiy maqsadi — mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, mahalliylashtirish darajasini oshirish va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini kuchaytirishga xizmat qiladigan malakali mutaxassislar zaxirasini shakllantirishdan iborat.

🟢O‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga Agentlik hamda Bank-moliya akademiyasi rahbariyati tomonidan sertifikat va tashakkurnomalar topshirildi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥4⚡3🤝3🆒2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌Hududlarda ochiq muloqotlar davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan tadbirkorlarning VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan respublika hududlarida tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.

✔️ Bugunga qadar Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Buxoro, Navoiy viloyatlari hamda Toshkent shahrida tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi. Shuningdek, videokonferensaloqa orqali respublikaning 72 ta tuman va shahridagi tadbirkorlik subyektlari vakillari jarayonga onlayn ulandi.

➡️ Natijada:
✍️ 1 200 nafarga yaqin tadbirkor va korxona vakillari qamrab olindi;
✍️180 dan ortiq muammo va takliflar ko‘rib chiqildi;
✍️ 65 ta masala joyida hal etildi;
✍️ 26 ta murojaat bo‘yicha huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi;
✍️ 90 dan ortiq murojaat nazoratga olinib, tegishli choralar belgilandi.


✅ Ochiq muloqotlarda tadbirkorlar tomonidan davlat xaridlari, sertifikatlashtirish, ruxsatnoma olish, eksport faoliyatini rivojlantirish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.

✅ Shuningdek, Agentlik tomonidan sohalar kesimida ham ochiq muloqotlar tashkil etilib, farmatsevtika, yengil sanoat, elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

🌀 Ochiq muloqotlar tadbirkorlarning muammo va takliflarini o‘rganish, ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralarni ishlab chiqish hamda Prezidentning tadbirkorlar bilan VI Ochiq muloqoti uchun takliflarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍4👏4💯1
✔️ Agentlik va "El-yurt umidi" jamg‘armasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

9-iyun kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi hamda "El-yurt umidi" jamg‘armasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum doirasida tomonlar kadrlar salohiyatini rivojlantirish, xalqaro tajribani o‘rganish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda sanoat va ishlab chiqarish yo‘nalishlarida amaliy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

➡️Tadbir davomida Agentlik va Jamg‘arma rahbariyati o‘rtasida davra suhbati o‘tkazilib, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari hamda kelgusidagi qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.

Mazkur hamkorlik Agentlik, turli tarmoq korxonalari hamda sohaga oid tashkilotlar mutaxassislari uchun xorijning yetakchi universitetlari, ilmiy markazlari va sanoat korxonalarida ilg‘or tajribalarni o‘rganish, malaka oshirish hamda xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish imkoniyatlarini yaratadi.

🎓 Shuningdek, "El-yurt umidi" jamg‘armasi orqali xorijda tahsil olayotgan yoshlarni yozgi ta’til davrida Agentlik tizimiga hamda turli tarmoq korxonalariga stajirovkalarga yo‘naltirish, bitiruvchilarning istiqbolli startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va ularni moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha ham hamkorlik qilinadi.

🟢 Bundan tashqari, mamlakatimizdagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining xorijiy R&D markazlari bilan hamkorligini rivojlantirish, dolzarb yo‘nalishlarda qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish hamda ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish, yoshlar o'rtasida STEM fanlariga qiziqishni orttirish bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish nazarda tutilgan.


🎤 Uchrashuv yakunida tomonlar belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy hamkorlikni izchil rivojlantirish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan kelishib oldilar.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥11👏7👍6❤2💯1