Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA
4.25K subscribers
939 photos
265 videos
718 links
📍100022, Toshkent sh., Nukus 52

Veb-sayt: https://gov.uz/uz/icppa
Elektron pochta: info@icppa.uz
Bog’lanish: @Icppa_aloqa_bot

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari — https://skdxuzb.taplink.ws
Download Telegram
📌Yangi sanoat quvvati: ZBO Paradigm’da yuqori texnologiyali ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda

✔️ Bugun Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi hamda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati Toshkent shahrining Yangihayot tumanida yangi tashkil etilgan ZBO Paradigm MCHJ burg‘ulash uskunalari zavodida bo‘ldi.

✍️ Mas’ullar korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy texnologik jihozlari, mahsulot turlari, sifat nazorati tizimi hamda mahalliylashtirish va eksport imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.

➡️ Mazkur zavod import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar — burg‘ulash quvurlari, qulflar, burg‘ulash asbob-uskunalari, qoplama quvurlar va boshqa turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxonaning ishlab chiqarish maydoni 10 ming kvadrat metrni, umumiy hududi esa 1,5 gektarni tashkil etadi.
🧠Korxonada ishlab chiqariladigan mahsulotlarni xalqaro talablar, jumladan API 5DP, API 7-1, API 7-2, ISO 9001 va boshqa standartlar asosida tayyorlash rejalashtirilgani qayd etildi.
⚫️ Ma’lum qilinishicha, ZBO Paradigm MCHJ tomonidan 2026-yilda 5 ming tonna burg‘ulash quvurlari, qulflar, burg‘ulash uskunalari, qoplama quvurlar hamda boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Kelgusida ishlab chiqarish quvvatlarini bosqichma-bosqich oshirish orqali 2028-yilga qadar mazkur ko‘rsatkichni 20 ming tonnaga yetkazish ko‘zda tutilgan.
➡️ Zavod mahsulotlarining asosiy iste’molchilari sifatida geologiya, neft-gaz, uran sanoati korxonalari hamda xususiy sektor vakillari belgilangan. Shuningdek, kelgusida mahsulotlarni Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston va boshqa qo‘shni davlatlar bozorlariga eksport qilish rejalashtirilmoqda.


💠Loyiha doirasida importga qaramlikni kamaytirish, mahalliy sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish orqali milliy sanoat salohiyatini oshirish maqsad qilingan.

🎤Yakunda mas’ullar mahsulot sifati, mahalliylashtirish darajasi va sohada sanoat kooperatsiyasini kengaytirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar. Shu bilan birga, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohalarida amaliy yordam ko‘rsatish, yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish hamda eksport salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍3🫡1
#infografika

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes subyektlarining o‘sishi uchun yanada qulay iqtisodiy va ma’muriy sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi Farmoni.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍4🙏3👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📞 Davlat xaridlari sohasida Yagona aloqa markazi ish boshladi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan davlat xaridlari sohasidagi elektron tizimlar foydalanuvchilari uchun Yagona aloqa markazi (call-markaz) faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

☎️ 55-505-05-50

Yagona aloqa markazi orqali foydalanuvchilar davlat xaridlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan maslahat olish, texnik ko‘makka ega bo‘lish hamda murojaatlarini yuborishlari mumkin.

🌐 Dastlabki bosqichda markaz new.cooperation.uz elektron kooperatsiya platformasi foydalanuvchilariga xizmat ko‘rsatadi.

🔎Kelgusida ebirja.uz, xt-xarid.uz, xarid.uzex.uz va shaffofxarid.uz platformalari ham Yagona aloqa markaziga integratsiya qilinadi.

✅Yagona aloqa markazi foydalanuvchilar uchun quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
✔️ Tezkor aloqa
✔️ Sifatli texnik yordam
✔️ Shaffof monitoring
✔️ Yagona murojaat nuqtasi.

✅ Yagona aloqa markazi — savollaringiz uchun yagona manzil!

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👌4👏3🔥2🙏1
✅Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlari respublika bo'ylab davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv 2-iyun kuni Olmazor tumanida o'tkaziladi.

✔️ Agentlik hududlarga bevosita chiqib, tadbirkorlarning muammo va takliflarini joyida o'rganadi.

Ochiq muloqot davomida:
✍️ davlat xaridlari tizimidagi dolzarb masalalar;
✍️ sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish imkoniyatlari;
✍️ tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar hamda ularning yechimlari muhokama qilinadi.


✔️2-iyun kuni Agentlikning loyiha ofisi mas'ullari quyidagi hududlardan bevosita ishtirok etadi:
Bulung'ur, Qamashi, Xatirchi, Andijon, Sergeli, Davlatobod, Izboskan, Kogon, Zafarobod, Sariosiyo, Xoʻjayli, Toshkent, Quvasoy, Oqoltin, Yangiobod tumanlari va Urganch shahri.

🎤 Savol yoki takliflaringiz bormi?
Murojaat va takliflaringizni @Icppa_aloqa_bot orqali yuborishingiz mumkin. Mutaxassislar tomonidan bevosita javob beriladi.

➡️ 2-iyun 2026-yil,
⚫️ Soat 11:00,
📌 Olmazor tumani.

🎥Ochiq muloqotda onlayn ishtirok etish.

🔴Eslatib o'tamiz may–iyul oylarida 208 ta hududda uchrashuvlar bo'lib o'tadi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥5👏1
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev "Chirchiq" kimyo-industrial texnoparkiga tashrif buyurib, bir qator korxonalar faoliyati bilan tanishadi hamda kimyo sanoatini jadal rivojlantirish va hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazadi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥3👏1
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkidagi “NovoPlast TPE” korxonasida boʻldi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👍3👏3💯2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz "Chirchiq" kimyo-industrial texnoparkiga tashrifini polimer mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxona bilan tanishuvdan boshladi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥5👏1
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kimyo sanoatini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Iqtisodiyotimiz jadal rivojlanayotgani, so‘nggi yillarda sanoat tarmoqlarida 3 ming turdagi yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi.

Bundan 9-10 yil ilgari O‘zbekiston kimyo mahsulotlarining katta qismini mineral o‘g‘it tashkil qilardi.

O‘tgan davrda sohaga 8 milliard 300 million dollarlik investitsiyalar kirib keldi, 87 ta yirik quvvatlar ishga tushdi.

PVX, “yashil” vodorod, ko‘pikli polipropilen, BOPP plyonka kabi 60 dan ziyod turdagi yangi yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Bu orqali iqtisodiyot tarmoqlarida minglab yangi turdagi mahsulotlar chiqarish uchun zarur xomashyo bazasi yaratildi.

Sohada eksport 3 karra o‘sdi, ishchilar soni 50 mingdan oshdi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1👏1
Mamlakatimizda yiliga 1,5 million tonna ammiakli selitra ishlab chiqarilib, bunga 1 milliard 70 million kub metr gaz sarflanyapti.

Vaholanki, ilg‘or davlatlar selitra iste’molini kamaytirib, qishloq xo‘jaligida karbamid va suvda eruvchan o‘g‘it, tog‘-kon sanoatida g‘ovaksimon selitra ishlatishga o‘tmoqda.

Ammiakli selitra bilan tannarxi bir xil bo‘lgan g‘ovaksimon selitrada qo‘shilgan qiymat 2 karra ko‘p.

Mutasaddilar, kimyo korxonalari rahbarlari mana shunday loyihalarni ko‘paytirishni o‘ylashi kerakligi qayd etildi.

Yoki “Navoiyazot”da chiqadigan 1 tonna sian tuzining narxi 3 ming 700 dollar bo‘lsa, undan yelim olinsa, qiymati 8 ming dollargacha oshadi.

Mas’ullarga “Navoiyazot” yonidagi klasterda 1 milliard dollarlik 10 ta kam tonnali kimyo loyihalarini boshlash topshirildi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1🔥1👏1
Geologiyada mavjud zaxiralarni to‘liq ishga solib, qo‘shilgan qiymatni karrasiga oshirish mumkinligi ta’kidlandi.

Masalan, Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo, Qashqadaryo va Navoiyda 550 million tonna natriy va kaliy, 20 million tonna bentonit zaxiralari bor.

Bu xomashyo qayta ishlanib, kaustik soda ishlab chiqarilsa, qo‘shilgan qiymat 3 barobar oshadi.

Shuningdek, Jizzaxda 1,5 million tonna, Qoraqalpog‘istonda 500 ming tonna serpentinit zaxirasi aniqlangan. Bunga sulfat kislotasi bilan ishlov berilsa, tonnasi 5 ming dollargacha chiqadigan magniy oksidi olsa bo‘ladi.

Serpentinit yanada chuqurroq qayta ishlansa, nikel, xrom va kobalt olish mumkin. Bu esa elektrotexnika sanoati uchun juda muhim xomashyo.

Mutasaddilarga fosforit, galit, mirabilit, serpentinit kabi kimyo uchun zarur xomashyo zaxirasini 2 karra oshirish bo‘yicha uch yillik dastur qilib, ishlarni boshlash topshirildi.

Serpentinit xomashyosini qayta ishlash bo‘yicha kamida 200 million dollarlik loyihalarni boshlash vazifasi qo‘yildi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1👏1
Mintaqamizda maishiy kimyo mahsulotlari bo‘yicha 2 milliard dollarlik bozor mavjud.

Misol uchun, “Angren” erkin iqtisodiy zonasidagi tadbirkor dunyoga mashhur “Henkel” kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Hozirda “Henkel” ushbu korxonani sotib oldi va shu yerdan Hamdo‘stlik davlatlariga mahsulot yetkazib berishni reja qilmoqda.

Bunday loyihalarni ko‘paytirish maqsadida poytaxtdagi sanoat zonalaridan biridagi maydonlar maishiy kimyo loyihalari uchun beriladi.

Ishga tushirilgan korxonalarni brendi bilan birga tayyor daromadli biznes sifatida xususiy sektorga sotish sharti bilan loyihalarga 50 million dollar ajratilishi reja qilindi.

Boshqa viloyatlardagi bunday loyihalarga Sanoat kooperatsiyasi jamg‘armasidan 15 million dollar yo‘naltiriladi.

Umuman, mutasaddilarga maishiy kimyoda yana kamida 100 ta brend mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍5🤝4👏1
Suvda eriydigan o‘g‘it, polimerlar, maishiy va noorganik kimyo bo‘yicha rejalashtirilgan katta loyihalar hisobiga nanokimyo, “yashil” kimyo, super-molekulyar kimyo, sun’iy intellekt asosida kimyoviy modellashtirish kabi zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlarga talab paydo bo‘ladi.

Shu maqsadda kimyo sohasida kadr tayyorlaydigan 35 ta oliygohning professor o‘qituvchi va kafedra mudirlari loyihalarga biriktirildi.

Yangi o‘quv yilidan ushbu ehtiyojlardan kelib chiqib kadr tayyorlashni boshlash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Umuman, kimyo sanoati bo‘yicha 17 milliard dollarlik 350 dan ziyod loyihani ishga tushirish bo‘yicha dastur qilib, ishlarni boshlash topshirildi.

Ushbu katta marralarni bajarish uchun sohani ilmiy asoslangan va zamonaviy yondashuvlar asosida boshqarish talab etiladi. Shu bois, “O‘zkimyosanoat”ni transformatsiya qilish zarurligi qayd etildi va mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish davomida kimyo sanoati mas’ullari va hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi, tarmoqda faoliyat yuritayotgan korxonalar rahbarlari bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥5👏1
✅Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlari respublika bo'ylab davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv 3-iyun kuni Buxoro shahrida o'tkaziladi.

✔️3-iyun kuni Agentlikning loyiha ofisi mas'ullari quyidagi hududlardan bevosita ishtirok etadi: Buloqboshi, Zomin, Gʻuzor, Nurota, Kosonsoy, Kattaqo'rgʻon, Angor, Bo'stonliq, Buvayda, Xonqa, Shayxontohur, Qo'ng'irot, Boyovut tumanlari.

🎤 Savol yoki takliflaringiz bormi?
Murojaat va takliflaringizni @Icppa_aloqa_bot orqali yuborishingiz mumkin. Mutaxassislar tomonidan bevosita javob beriladi.

➡️ 3-iyun 2026-yil,
⚫️ Soat 11:00,
📌 Buxoro shahri.


🎥Ochiq muloqotda onlayn ishtirok etish.

🔴Eslatib o'tamiz may–iyul oylarida 208 ta hududda uchrashuvlar bo'lib o'tadi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤3🔥3