Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlari respublika bo'ylab davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv 25-may kuni Samarqand tumanida o'tkaziladi.
Ochiq muloqot davomida:✍️ davlat xaridlari tizimidagi dolzarb masalalar;✍️ sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish imkoniyatlari;✍️ tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar hamda ularning yechimlari muhokama qilinadi.
Shahrixon, Peshku, Paxtakor, Shahrisabz, Ellikqalʼa, Uchquduq, Chortoq, Sayxunobod, Sherobod, Yuqori Chirchiq, Yunusobod, O‘zbekiston va Yangibozor tumanlari.
Murojaat va takliflaringizni @Icppa_aloqa_bot orqali yuborishingiz mumkin. Mutaxassislar tomonidan bevosita javob beriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤3🔥2✍1🙏1
#OAV_biz_haqimizda
Hududlarda o‘tkazilayotgan ochiq muloqotlar O‘zA nigohida
https://uza.uz/uz/posts/muammolar-zhoyida-oz-echimini-topmoqda_861990
🌍 Veb-sayt 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 📹 Youtube X 🔹 Linkedin
Hududlarda o‘tkazilayotgan ochiq muloqotlar O‘zA nigohida
https://uza.uz/uz/posts/muammolar-zhoyida-oz-echimini-topmoqda_861990
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
UZA.uz
Муаммолар жойида ўз ечимини топмоқда
Сирдарё туманида Саноат кооперацияси ва давлат харидлари агентлиги томонидан тадбиркорлар билан очиқ мулоқот тарзида ташкил этилган учрашув кичик ва ўрта бизнес
👍4🔥3
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan 2026-yilning 1-choragida davlat xaridlari tahlil qilindi. Natijalarga ko'ra:
• 38,4 trln so‘mi (41,5%) — budjet buyurtmachilari;
• 54,2 trln so‘mi (58,5%) — korporativ buyurtmachilar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
• Toshkent shahri — 36,2 trln so‘m;
• Navoiy viloyati — 17,4 trln so‘m;
• Toshkent viloyati — 6,7 trln so‘m.
• Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi — 6,7 trln so‘m;
• Transport vazirligi — 6,2 trln so‘m;
• Suv xo‘jaligi vazirligi — 4,7 trln so‘m.
• “Navoiy KMK” AJ — 11,4 trln so‘m;
• “Navoiy uran” DK — 3,0 trln so‘m;
• “Uzbekistan Airports” AJ — 2,8 trln so‘m;
• “O‘zmetkombinat” AJ — 2,7 trln so‘m.
Batafsil ma'lumot yuqoridagi jadvalda keltirilgan.
Qolaversa, raqobatni oshirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xaridlar ulushini qisqartirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍4
22-may kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori o'rinbosari Ilhom Pardaev Qashqadaryo viloyatidagi sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan korxonalari faoliyati bilan tanishdi.
Xizmat safari davomida:
✍️ “Alp Techno Service” MChJda maishiy texnika — televizor ishlab chiqarish;✍️ “Rapid Rays Technoprom” MChJda burg‘ulash uskunalari ishlab chiqarish;✍️ “Nasaf XCP Techno” MChJ QKda kabel mahsulotlari uchun polietilen qoplamalar ishlab chiqarish;✍️ “Standart Pribor IICh” MChJda neft va gaz sanoati uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish;✍️ “Avtotraktorradiator” MChJ QKda maxsus texnikalar uchun radiatorlar ishlab chiqarish;✍️ “Turdi Muazzam Servis” Oilaviy korxonada issiqlik qozonlari ishlab chiqarish;✍️ “Prommax” MChJda savdo terminallari ishlab chiqarish;✍️ “Alptom” MChJda sendvich panellar ishlab chiqarish;✍️ “Evro Plast Plyus Invest” MChJda plastik quvurlar ishlab chiqarish;✍️ “Uz Shoes” MChJ QK hamda “Premium Kapital” MChJda charm poyabzal ishlab chiqarish faoliyati o‘rganildi.
Qashqadaryo viloyati shahar va tumanlarida joylashgan sanoat korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish, mahsulotlarni sertifikatlashtirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda davlat xaridlari tizimidagi ishtirokini kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤1
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi hamda Bank-moliya akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan “Investitsion loyihalarni boshqarishda mahalliylashtirish va milliy iqtisodiyotda qo‘shiladigan qiymatni rivojlantirish” mavzusidagi maxsus malaka oshirish kursining 1-haftasi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Bir haftalik o‘quv dasturi davomida tinglovchilarga investitsion loyihalarni samarali boshqarish, mahalliylashtirish dasturlarini ishlab chiqish va monitoring qilish, davlat xaridlari tizimida zamonaviy mexanizmlarni qo‘llash hamda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar berildi.
Mazkur kurs iqtisodiyot tarmoqlarida investitsion jarayonlarni samarali tashkil etish, mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash, milliy mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish hamda iqtisodiyotda yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Sertifikatlarni topshirish marosimida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori o‘rinbosari Ilhom Pardayev hamda Respublika Bank-moliya akademiyasining Ilmiy ishlar va xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Mashhurbek Jalolov ishtirok etdi.
Tadbir davomida bunday o‘quv dasturlari davlat tashkilotlari va iqtisodiyot tarmoqlari uchun yuqori malakali mutaxassislar zaxirasini shakllantirish, investitsion boshqaruv samaradorligini oshirish hamda iqtisodiy islohotlar natijadorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekani alohida ta’kidlandi.
O‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga maxsus sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍2❤1👏1🫡1
Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan bo‘lajak VI ochiq muloqoti nafaqat biznes vakillari, balki barchamiz uchun muhim tarixiy voqealardan biridir.
Mazkur yirik tadbirga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari, qiziqarli fakt va raqamlar, sohadagi eng so‘nggi yangiliklarni tezkor hamda keng qamrovli yoritib borish maqsadida «Ochiq muloqot 2026» rasmiy Telegram kanali ishga tushirildi!
✔️ Ushbu kanal orqali soha yangiliklari va rasmiy ma’lumotlar bilan muntazam tanishib borish mumkin.✔️ Hududlardagi tadbirkorlar, ishbilarmonlar va keng jamoatchilik vakillarini kanal faoliyati bilan tanishtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.✔️ Kanalda e’lon qilinayotgan muhim ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalar, mahalliy guruhlar va tadbirkorlar chatlarida bo‘lishish tavsiya etiladi.
Kanal manzili:
https://t.me/Ochiqmuloqot2026
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2❤1🤝1
25-may kuni Samarqand viloyatida sanoat korxonalari va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Unda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori o‘rinbosari Ilhomjon Pardayev, Agentlikning hududiy loyiha ofisi vakillari, “O‘zbekekspertiza” AJ, tegishli vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari hamda mahalliy tadbirkorlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida 10 ta korxona tomonidan 17 ta muammo va taklif bildirildi. Shundan 4 ta korxonaning 4 ta muammosi muloqot jarayonida hal etildi, 6 ta korxonadan kelib tushgan 8 ta muammo va 5 ta taklif esa tegishli ijrochilarga yo‘naltirildi.
Ochiq muloqotdan so‘ng Agentlik vakillari hududdagi yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi. Xususan, “OPTIMA SOBIRJON” MChJning tibbiyotda ishlatiladigan infuzion sistema va tibbiy qo‘lqop ishlab chiqarish, “SAM RAFOAT TEKSTIL” MChJning parda matosi ishlab chiqarish hamda “SAMARKAND-ENGLAND-ECO-MEDICAL” MChJ QKning infuzion eritmalar va parenteral dorilar ishlab chiqarish loyihalari ko‘zdan kechirildi.
Mazkur ochiq muloqotlar tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni amaliy hal etishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1👏1
🟢 Prezident Shavkat Mirziyoyev har doim tadbirkorlar masalasiga alohida e’tibor qaratib, ular uchun yangi imkoniyat va qulayliklar yaratishga intiladi.🟢 Davlat rahbariyati biznes vakillarini iqtisodiyotni rivojlantiradigan asosiy harakatlantiruvchi kuch sifatida ko‘radi.🟢 Yangi qarorlar esa “tadbirkor boy bo‘lsa — davlat ham boy bo‘ladi” degan tamoyil asosida qabul qilinadi.
👀
umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat sohalari uchun 6%lik soddalashtirilgan QQS tartibi joriy etiladi;
👀
past xavfli tadbirkorlar uchun QQS qaytarish jarayoni avtomatlashtiriladi;
👀
QQS guvohnomasini vaqtincha to‘xtatish amaliyoti bekor qilinadi;
👀
soliq auditi va sayyor tekshiruvlariga cheklovlar kiritiladi;
👀
bank hisobraqamlarini ochish va ayrim jarayonlar raqamlashtiriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥23👍16👏1😇1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan barcha sa’y-harakatlarga fayzu baraka tilaymiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7😇2
Prezident tomonidan imzolangan “Kichik biznes sub’yektlarining o‘sishi uchun yanada qulay iqtisodiy va ma’muriy shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi farmon mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning yangi bosqichini boshlab berdi.
✅ Mazkur hujjat orqali biznesning o‘sishiga to‘sqinlik qilib kelgan qator muammolar bartaraf etilmoqda.✅ Eng muhim yangiliklardan biri – umumiy soliq rejimiga o‘tish uchun belgilangan chegaraning amalda 5 milliard so‘mgacha oshirilganidir.✅ Bu esa tadbirkorlarga biznesini sun’iy ravishda bo‘lmasdan, erkin va barqaror rivojlantirish imkonini yaratadi.
💬
"Bu masala anchadan buyon tadbirkorlar uchun og‘riqli bo‘lib kelayotgan edi. Natijada biznes xotirjam rivojlanish o‘rniga sun’iy ravishda bo‘linishga majbur bo‘layotgan edi. Prezidentimiz imzolagan farmonga muvofiq, ushbu chegara 5 milliard so‘mgacha oshirildi. Buning samarasini, eng avvalo, oilaviy korxonalar, kafelar, do‘konlar, xizmat ko‘rsatuvchilar – bir so‘z bilan aytganda, o‘zining kundalik mehnati bilan mamlakatimiz iqtisodiyotini harakatga keltirayotgan minglab insonlar his qiladi".
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2👏1
➡️ Mazkur zavod import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar — burg‘ulash quvurlari, qulflar, burg‘ulash asbob-uskunalari, qoplama quvurlar va boshqa turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxonaning ishlab chiqarish maydoni 10 ming kvadrat metrni, umumiy hududi esa 1,5 gektarni tashkil etadi.🧠 Korxonada ishlab chiqariladigan mahsulotlarni xalqaro talablar, jumladan API 5DP, API 7-1, API 7-2, ISO 9001 va boshqa standartlar asosida tayyorlash rejalashtirilgani qayd etildi.⚫️ Ma’lum qilinishicha, ZBO Paradigm MCHJ tomonidan 2026-yilda 5 ming tonna burg‘ulash quvurlari, qulflar, burg‘ulash uskunalari, qoplama quvurlar hamda boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Kelgusida ishlab chiqarish quvvatlarini bosqichma-bosqich oshirish orqali 2028-yilga qadar mazkur ko‘rsatkichni 20 ming tonnaga yetkazish ko‘zda tutilgan.➡️ Zavod mahsulotlarining asosiy iste’molchilari sifatida geologiya, neft-gaz, uran sanoati korxonalari hamda xususiy sektor vakillari belgilangan. Shuningdek, kelgusida mahsulotlarni Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston va boshqa qo‘shni davlatlar bozorlariga eksport qilish rejalashtirilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍3🫡1