Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA
4.25K subscribers
954 photos
267 videos
727 links
📍100022, Toshkent sh., Nukus 52

Veb-sayt: https://gov.uz/uz/icppa
Elektron pochta: info@icppa.uz
Bog’lanish: @Icppa_aloqa_bot
Tel.: 71) 203-06-00

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining rasmiy sahifalari — https://skdxuzb.taplink.ws
Download Telegram
📌Sirdaryo tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan respublika hududlarida tashkil etilayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda.

✔️ 21-may kuni Sirdaryo tumanida o‘tkazilgan uchrashuvda mahalliy tadbirkorlar, 14 ta hududdan bittadan tuman tadbirkorlari (onlayn), mas’ul tashkilotlar hamda Agentlik vakillari ishtirok etdi.

Ochiq muloqot davomida davlat xaridlari tizimi, sanoat kooperatsiyasi, mahalliylashtirish imkoniyatlari hamda tadbirkorlarni qiynayotgan amaliy masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda respublika bo‘yicha jami 116 nafar tadbirkor ishtirok etdi. Uchrashuv davomida 24 ta murojaat va taklif ko‘rib chiqildi hamda 8 ta masala joyida o‘z yechimini topdi.


Mazkur ochiq muloqotlar tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni amaliy hal etishga xizmat qiladi.

➡️Ma’lumot uchun, may oyida 42 ta hududda, iyun–iyul oylarida esa yana 166 ta tuman va shaharda ochiq muloqotlar tashkil etilib, jami 208 ta hudud qamrab olinadi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4🫡2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ Sanoat kooperatsiyasi — bu yirik sanoat korxonalari va mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi amaliy hamkorlik tizimi.

Ya’ni, avval xorijdan xarid qilingan ayrim mahsulot va ehtiyot qismlarni mahalliy korxonalar ishtirokida ishlab chiqarishni kengaytirish, ichki sanoat salohiyatini oshirish hamda yuqori qo‘shilgan qiymat yaratishga xizmat qiluvchi samarali hamkorlik mexanizmidir.

✍️ Bu esa:
✔️ yangi ishlab chiqarish quvvatlari;
✔️ yangi ish o‘rinlari;
✔️ mahalliy mahsulot ulushining oshishi;
✔️ tadbirkorlar uchun kafolatli buyurtmalar;
✔️ sanoatda yangi hamkorlik zanjirlarini yaratadi.

#SanoatKooperatsiyasi #Mahalliylashtirish #DavlatXaridlari #ICPPA

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👍5❤2
✅Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlari respublika bo'ylab davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv 25-may kuni Samarqand tumanida o'tkaziladi.

✔️ Agentlik hududlarga bevosita chiqib, tadbirkorlarning muammo va takliflarini joyida o'rganadi.

Ochiq muloqot davomida:
✍️ davlat xaridlari tizimidagi dolzarb masalalar;
✍️ sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish imkoniyatlari;
✍️ tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar hamda ularning yechimlari muhokama qilinadi.


✔️25-may kuni Agentlikning loyiha ofisi rahbarlari quyidagi hududlarda bevosita ishtirok etadi:
Shahrixon, Peshku, Paxtakor, Shahrisabz, Ellikqalʼa, Uchquduq, Chortoq, Sayxunobod, Sherobod, Yuqori Chirchiq, Yunusobod, O‘zbekiston va Yangibozor tumanlari.

🎤 Savol yoki takliflaringiz bormi?
Murojaat va takliflaringizni @Icppa_aloqa_bot orqali yuborishingiz mumkin. Mutaxassislar tomonidan bevosita javob beriladi.

➡️ 25-may 2026-yil,
⚫️ Soat 11:00,
📌 Samarqand tumani

🎥Ochiq muloqotda onlayn ishtirok etish.

🔴Eslatib o'tamiz may oyida 42 ta hudud, iyun–iyul oylarida yana 166 ta tuman va shahar — jami 208 ta hududda uchrashuvlar bo'lib o'tadi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤3🔥2✍1🙏1
✔️2026-yilning 1-choragida davlat xaridlari hajmi 92,6 trln so‘mni tashkil etdi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan 2026-yilning 1-choragida davlat xaridlari tahlil qilindi. Natijalarga ko'ra:

💻 Xaridlarning:
• 38,4 trln so‘mi (41,5%) — budjet buyurtmachilari;
• 54,2 trln so‘mi (58,5%) — korporativ buyurtmachilar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

🇺🇿 Hududlar kesimida eng yuqori xaridlar:
• Toshkent shahri — 36,2 trln so‘m;
• Navoiy viloyati — 17,4 trln so‘m;
• Toshkent viloyati — 6,7 trln so‘m.

😀 Vazirlik va idoralar orasida:
• Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi — 6,7 trln so‘m;
• Transport vazirligi — 6,2 trln so‘m;
• Suv xo‘jaligi vazirligi — 4,7 trln so‘m.

🏭 Yirik davlat korxonalari kesimida:
• “Navoiy KMK” AJ — 11,4 trln so‘m;
• “Navoiy uran” DK — 3,0 trln so‘m;
• “Uzbekistan Airports” AJ — 2,8 trln so‘m;
• “O‘zmetkombinat” AJ — 2,7 trln so‘m.

Batafsil ma'lumot yuqoridagi jadvalda keltirilgan.

✔️ Agentlik tomonidan davlat xaridlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida tahliliy ma’lumotlar muntazam e’lon qilib boriladi. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Qolaversa, raqobatni oshirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xaridlar ulushini qisqartirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍4
📌Qashqadaryo viloyatidagi sanoat korxonalari va ishlab chiqarish loyihalari o‘rganildi

22-may kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori o'rinbosari Ilhom Pardaev Qashqadaryo viloyatidagi sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan korxonalari faoliyati bilan tanishdi.

Xizmat safari davomida:
✍️ “Alp Techno Service” MChJda maishiy texnika — televizor ishlab chiqarish;
✍️ “Rapid Rays Technoprom” MChJda burg‘ulash uskunalari ishlab chiqarish;
✍️ “Nasaf XCP Techno” MChJ QKda kabel mahsulotlari uchun polietilen qoplamalar ishlab chiqarish;
✍️ “Standart Pribor IICh” MChJda neft va gaz sanoati uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish;
✍️ “Avtotraktorradiator” MChJ QKda maxsus texnikalar uchun radiatorlar ishlab chiqarish;
✍️ “Turdi Muazzam Servis” Oilaviy korxonada issiqlik qozonlari ishlab chiqarish;
✍️ “Prommax” MChJda savdo terminallari ishlab chiqarish;
✍️ “Alptom” MChJda sendvich panellar ishlab chiqarish;
✍️ “Evro Plast Plyus Invest” MChJda plastik quvurlar ishlab chiqarish;
✍️ “Uz Shoes” MChJ QK hamda “Premium Kapital” MChJda charm poyabzal ishlab chiqarish faoliyati o‘rganildi.


Qashqadaryo viloyati shahar va tumanlarida joylashgan sanoat korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish, mahsulotlarni sertifikatlashtirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda davlat xaridlari tizimidagi ishtirokini kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

✔️ Muhokamalar davomida sanoat korxonalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, ishlab chiqarish jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, mavjud muammolarni tizimli hal etish hamda tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.

➡️ Shuningdek, mahsulotlarni sertifikatlashtirish jarayonlarini soddalashtirish va jadallashtirish, kooperatsiya portali faoliyatidagi tizimli muammolarni bartaraf etish hamda import hajmi yuqori bo‘lgan mahsulotlar bo‘yicha mahalliy ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤1
✔️Investitsion boshqaruv va mahalliylashtirish yo‘nalishida malaka oshirish kursi yakunlandi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi hamda Bank-moliya akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan “Investitsion loyihalarni boshqarishda mahalliylashtirish va milliy iqtisodiyotda qo‘shiladigan qiymatni rivojlantirish” mavzusidagi maxsus malaka oshirish kursining 1-haftasi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Bir haftalik o‘quv dasturi davomida tinglovchilarga investitsion loyihalarni samarali boshqarish, mahalliylashtirish dasturlarini ishlab chiqish va monitoring qilish, davlat xaridlari tizimida zamonaviy mexanizmlarni qo‘llash hamda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar berildi.

Mazkur kurs iqtisodiyot tarmoqlarida investitsion jarayonlarni samarali tashkil etish, mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash, milliy mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish hamda iqtisodiyotda yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Sertifikatlarni topshirish marosimida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori o‘rinbosari Ilhom Pardayev hamda Respublika Bank-moliya akademiyasining Ilmiy ishlar va xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Mashhurbek Jalolov ishtirok etdi.


Tadbir davomida bunday o‘quv dasturlari davlat tashkilotlari va iqtisodiyot tarmoqlari uchun yuqori malakali mutaxassislar zaxirasini shakllantirish, investitsion boshqaruv samaradorligini oshirish hamda iqtisodiy islohotlar natijadorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekani alohida ta’kidlandi.

O‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga maxsus sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍2❤1👏1🫡1
🔈Diqqat, e’lon!

Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan bo‘lajak VI ochiq muloqoti nafaqat biznes vakillari, balki barchamiz uchun muhim tarixiy voqealardan biridir.

Mazkur yirik tadbirga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari, qiziqarli fakt va raqamlar, sohadagi eng so‘nggi yangiliklarni tezkor hamda keng qamrovli yoritib borish maqsadida «Ochiq muloqot 2026» rasmiy Telegram kanali ishga tushirildi!

✔️ Ushbu kanal orqali soha yangiliklari va rasmiy ma’lumotlar bilan muntazam tanishib borish mumkin.

✔️ Hududlardagi tadbirkorlar, ishbilarmonlar va keng jamoatchilik vakillarini kanal faoliyati bilan tanishtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

✔️ Kanalda e’lon qilinayotgan muhim ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalar, mahalliy guruhlar va tadbirkorlar chatlarida bo‘lishish tavsiya etiladi.


Kanal manzili:
https://t.me/Ochiqmuloqot2026
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2❤1🤝1
📌 Samarqandda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

25-may kuni Samarqand viloyatida sanoat korxonalari va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Unda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori o‘rinbosari Ilhomjon Pardayev, Agentlikning hududiy loyiha ofisi vakillari, “O‘zbekekspertiza” AJ, tegishli vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari hamda mahalliy tadbirkorlar ishtirok etdi.

➡️ Muloqotda 55 ta korxonadan 70 nafar ishtirokchi qatnashdi. Shuningdek, 13 ta hududiy studiya orqali 140 nafar ishtirokchi jarayonga ulandi. Umumiy hisobda ochiq muloqot 200 nafardan ortiq ishtirokchini qamrab oldi.

Uchrashuv davomida 10 ta korxona tomonidan 17 ta muammo va taklif bildirildi. Shundan 4 ta korxonaning 4 ta muammosi muloqot jarayonida hal etildi, 6 ta korxonadan kelib tushgan 8 ta muammo va 5 ta taklif esa tegishli ijrochilarga yo‘naltirildi.

Ochiq muloqotdan so‘ng Agentlik vakillari hududdagi yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi. Xususan, “OPTIMA SOBIRJON” MChJning tibbiyotda ishlatiladigan infuzion sistema va tibbiy qo‘lqop ishlab chiqarish, “SAM RAFOAT TEKSTIL” MChJning parda matosi ishlab chiqarish hamda “SAMARKAND-ENGLAND-ECO-MEDICAL” MChJ QKning infuzion eritmalar va parenteral dorilar ishlab chiqarish loyihalari ko‘zdan kechirildi.


Mazkur ochiq muloqotlar tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni amaliy hal etishga xizmat qiladi.

➡️Ma’lumot uchun, may oyida 42 ta hududda, iyun–iyul oylarida esa yana 166 ta tuman va shaharda ochiq muloqotlar tashkil etilib, jami 208 ta hudud qamrab olinadi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1👏1
📢 Qurbon hayiti arafasida tadbirkorlarga katta sovg‘a: soliq yengillashadi, tekshiruvlar qisqaradi

🟢Prezident Shavkat Mirziyoyev har doim tadbirkorlar masalasiga alohida e’tibor qaratib, ular uchun yangi imkoniyat va qulayliklar yaratishga intiladi.

🟢Davlat rahbariyati biznes vakillarini iqtisodiyotni rivojlantiradigan asosiy harakatlantiruvchi kuch sifatida ko‘radi.

🟢Yangi qarorlar esa “tadbirkor boy bo‘lsa — davlat ham boy bo‘ladi” degan tamoyil asosida qabul qilinadi.

❗Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva tashabbusi va bevosita davlat rahbarining qo‘llab-quvvatlovi bilan tadbirkorlarga qulaylik yaratadigan yana yangi imkoniyatlar e’lon qilindi.

📈 Eng muhim yangilik — 2026- yil 1- iyundan kichik biznesning soddalashtirilgan soliq rejimi chegarasi 1 mlrd so‘mdan 5 mlrd so‘mga oshirilishi kutilmoqda.

✅ Bu ko‘plab tadbirkorlarga QQS va foyda solig‘i to‘lashga erta o‘tish jarayonini yengillashtirib, tadbirkorlarga faoliyatini kengaytirish imkonini beradi.

➡️Shuningdek:

👀
umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat sohalari uchun 6%lik soddalashtirilgan QQS tartibi joriy etiladi;
👀
past xavfli tadbirkorlar uchun QQS qaytarish jarayoni avtomatlashtiriladi;
👀
QQS guvohnomasini vaqtincha to‘xtatish amaliyoti bekor qilinadi;
👀
soliq auditi va sayyor tekshiruvlariga cheklovlar kiritiladi;
👀
bank hisobraqamlarini ochish va ayrim jarayonlar raqamlashtiriladi.


⚡️ Maqsad — kichik biznesni “soya”dan chiqarish, aylanmani yashirishga ehtiyojni kamaytirish va tadbirkor uchun adolatli, sodda muhit yaratish.

➡️ Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu yengilliklar 600 mingdan ortiq kichik biznes sub’yektiga qonuniy o‘sish imkonini beradi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥23👍16👏1😇1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etadi.

🌙Ushbu muborak ayyom xonadonlaringizga tinchlik-osoyishtalik, baraka, mehr-oqibat va ezgu niyatlar olib kirsin.

Yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan barcha sa’y-harakatlarga fayzu baraka tilaymiz.

🌙Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7😇2