Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi
2.97K subscribers
315 photos
38 videos
165 links
📍100022, Toshkent sh., Nukus 52

Veb-sayt: https://gov.uz/uz/icppa
Elektron pochta: info@icppa.uz
Bog’lanish: @Icppa_aloqa_bot

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari — https://skdxuzb.taplink.ws
Download Telegram
❤️Agentlik xodimlari “Men donorman” xayriya aksiyasida ishtirok etdi

Bugun, 21-may kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida “Faxrli inson” jamg‘armasi hamda Respublika qon quyish markazi tomonidan “Men donorman” xayriya aksiyasi tashkil etildi.

✔️ Aksiya davomida jami 35 nafar xodim donor sifatida qatnashib, bemor bolalar va qon quyishga muhtoj insonlar uchun qon topshirdi.

Ta’kidlanganidek, bunday xayriya aksiyalari jamiyatda insonparvarlik va ijtimoiy mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlash, shuningdek, muhtoj bemorlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

❤️ Ezgulik va hamjihatlik yo‘lida amalga oshirilgan ushbu tashabbusda ishtirok etgan barcha xodimlarga minnatdorlik bildiramiz. Jamiyatimizda donorlik madaniyati shakllanishi uchun amaliy hissa qo'shgan hamkasblarimiz bilan faxrlanamiz.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥3🥰32❤‍🔥1
Jizzax viloyatida sanoat kooperatsiyasi vа mahalliy ishlab chiqarish imkoniyatlari o‘rganildi

Joriy yilning 20-may kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori Baxtiyor Xaydarov Jizzax viloyatiga tashrif buyurib, hududdagi yirik sanoat korxonalari faoliyati hamda mavjud ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida jami 10 dan ortiq sanoat obyekti faoliyati ko‘zdan kechirildi. Asosiy e’tibor ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish, yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish hamda korxonalar o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalariga qaratildi.

Xususan, Jizzax shahridagi avtomobilsozlik sanoati korxonalari faoliyati o‘rganildi. Jumladan:

➡️“ADM Jizzakh” MCHJ tomonidan Kia Sonet va Kia K3 (BL7) avtomobillari ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishildi. Korxona tomonidan 2026-yilda 6,5 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

➡️ “ADM Stamping” MCHJ tomonidan avtomobillarning shtamplangan qismlarini ishlab chiqarish jarayoni ko‘zdan kechirildi. 2026-yilda 26,8 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi kutilmoqda.

➡️ “ADMC Dasan” MCHJ tomonidan avtotransport vositalari uchun old va orqa bamperlar, eshik qoplamalari, konsol va reyling mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan tanishildi. 2026-yilda 78 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

➡️“ADM Component” MCHJ tomonidan avtomobil kuzov qismlarini ishlab chiqarish faoliyati o‘rganildi. 2026-yilda 11,7 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi kutilmoqda.

➡️“Youngsan” MCHJ tomonidan avtomobil o‘rindiqlarini ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishildi. 2026-yilda 128,5 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, “BYD Uzbekistan Factory” MCHJ tomonidan elektromobil va gibrid avtomobillar ishlab chiqarish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Korxona tomonidan 2026-yilda 3,2 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

Tashrif davomida “BYD Uzbekistan Factory” MCHJ hamkorligida tashkil etilgan Jizzax politexnika instituti Avtomobilsozlik muhandislik maktabi faoliyati bilan ham tanishildi.

Mazkur muhandislik maktabi Jizzax politexnika instituti hududida joylashgan bo‘lib, 18x42x5 m² o‘lchamdagi yengil konstruksiyali sendvich panelli bino “O‘zavtosanoat” AJ mablag‘lari hisobidan 2025-yilda 4,5 mlrd so‘m evaziga qurib bitkazilgan.
Bundan tashqari:


➡️Sharof Rashidov tumanidagi “Mono Electric Led” MCHJ korxonasida LED lampalar ishlab chiqarish faoliyati o‘rganildi. 2026-yilda 35 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

➡️ Jizzax shahridagi “Master Building Products” MCHJ korxonasida polipropilen va polietilen xomashyosidan quvurlar, rakor, adapter, amerikanka, insert kollektor mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishildi. 2026-yilda 72 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi kutilmoqda.

➡️ “Iruskon” MCHJ korxonasida yiliga 12 ming tonna, umumiy qiymati 110 mlrd so‘mlik 41 turdagi qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati ko‘zdan kechirildi.

➡️ “Global Optical Communication Uzbekistan” MCHJ korxonasida optik tolali kabel mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan tanishildi. 2026-yilda 195 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

➡️Zomin tumanidagi “Artel Electronics Manufacturing” MCHJ korxonasida maishiy texnika mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayoni o‘rganildi.


Tashrif yakunida hududda sanoat salohiyatini oshirish, yangi investitsiyalarni jalb qilish hamda ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥3🏆3🙏2😇1
➡️ Turin politexnika universitetida yoshlar loyihalari va innovatsion tashabbuslar muhokama qilindi

🧠 Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning innovatsion g‘oyalari va amaliy loyihalarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan uchrashuvlar davom ettirilmoqda.

Joriy yilning 21-may kuni Turin politexnika universitetida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori Baxtiyor Xaydarov universitet talabalari bilan uchrashdi.

Dastlab, universitetning Mexatronika markazi, Texnopark va Ilg‘or muhandislik markazlari faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, Agentlik rahbari talabalar tomonidan ishlab chiqilgan Photo Box, Drone Soccer, Skillwork, Body Tester, Yaxshi.link, DriveX hamda Global Traveler Commerce Platform loyihalari taqdimotini tingladi.


🎤 Loyihalarni keng ommalashtirish, ularni amaliyotga joriy etish hamda yosh startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan qator taklif va mulohazalar bildirildi. Shuningdek, respublika yoshlari o‘rtasida reverse engineering va robototexnika yo‘nalishlarini keng targ‘ib qilish maqsadida universitet talabasi O‘runov Asadbek boshchiligidagi jamoa bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

✔️ Bunday tashabbuslar yoshlarning innovatsion fikrlashi va muhandislik salohiyatini rivojlantirish, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥3👏3💯3🏆1
📌Sirdaryo tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan respublika hududlarida tashkil etilayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda.

✔️ 21-may kuni Sirdaryo tumanida o‘tkazilgan uchrashuvda mahalliy tadbirkorlar, 14 ta hududdan bittadan tuman tadbirkorlari (onlayn), mas’ul tashkilotlar hamda Agentlik vakillari ishtirok etdi.

Ochiq muloqot davomida davlat xaridlari tizimi, sanoat kooperatsiyasi, mahalliylashtirish imkoniyatlari hamda tadbirkorlarni qiynayotgan amaliy masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda respublika bo‘yicha jami 116 nafar tadbirkor ishtirok etdi. Uchrashuv davomida 24 ta murojaat va taklif ko‘rib chiqildi hamda 8 ta masala joyida o‘z yechimini topdi.


Mazkur ochiq muloqotlar tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni amaliy hal etishga xizmat qiladi.

➡️Ma’lumot uchun, may oyida 42 ta hududda, iyun–iyul oylarida esa yana 166 ta tuman va shaharda ochiq muloqotlar tashkil etilib, jami 208 ta hudud qamrab olinadi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3🫡2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ Sanoat kooperatsiyasi — bu yirik sanoat korxonalari va mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi amaliy hamkorlik tizimi.

Ya’ni, avval xorijdan xarid qilingan ayrim mahsulot va ehtiyot qismlarni mahalliy korxonalar ishtirokida ishlab chiqarishni kengaytirish, ichki sanoat salohiyatini oshirish hamda yuqori qo‘shilgan qiymat yaratishga xizmat qiluvchi samarali hamkorlik mexanizmidir.

✍️ Bu esa:
✔️ yangi ishlab chiqarish quvvatlari;
✔️ yangi ish o‘rinlari;
✔️ mahalliy mahsulot ulushining oshishi;
✔️ tadbirkorlar uchun kafolatli buyurtmalar;
✔️ sanoatda yangi hamkorlik zanjirlarini yaratadi.

#SanoatKooperatsiyasi #Mahalliylashtirish #DavlatXaridlari #ICPPA

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍52
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlari respublika bo'ylab davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv 25-may kuni Samarqand tumanida o'tkaziladi.

✔️ Agentlik hududlarga bevosita chiqib, tadbirkorlarning muammo va takliflarini joyida o'rganadi.

Ochiq muloqot davomida:
✍️ davlat xaridlari tizimidagi dolzarb masalalar;
✍️ sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish imkoniyatlari;
✍️ tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar hamda ularning yechimlari muhokama qilinadi.


✔️25-may kuni Agentlikning loyiha ofisi rahbarlari quyidagi hududlarda bevosita ishtirok etadi:
Shahrixon, Peshku, Paxtakor, Shahrisabz, Ellikqalʼa, Uchquduq, Chortoq, Sayxunobod, Sherobod, Yuqori Chirchiq, Yunusobod, O‘zbekiston va Yangibozor tumanlari.

🎤 Savol yoki takliflaringiz bormi?
Murojaat va takliflaringizni @Icppa_aloqa_bot orqali yuborishingiz mumkin. Mutaxassislar tomonidan bevosita javob beriladi.

➡️ 25-may 2026-yil,
⚫️ Soat 11:00,
📌 Samarqand tumani

🎥Ochiq muloqotda onlayn ishtirok etish.

🔴Eslatib o'tamiz may oyida 42 ta hudud, iyun–iyul oylarida yana 166 ta tuman va shahar — jami 208 ta hududda uchrashuvlar bo'lib o'tadi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3🔥21🙏1
✔️2026-yilning 1-choragida davlat xaridlari hajmi 92,6 trln so‘mni tashkil etdi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan 2026-yilning 1-choragida davlat xaridlari tahlil qilindi. Natijalarga ko'ra:

💻 Xaridlarning:
• 38,4 trln so‘mi (41,5%) — budjet buyurtmachilari;
• 54,2 trln so‘mi (58,5%) — korporativ buyurtmachilar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

🇺🇿 Hududlar kesimida eng yuqori xaridlar:
• Toshkent shahri — 36,2 trln so‘m;
• Navoiy viloyati — 17,4 trln so‘m;
• Toshkent viloyati — 6,7 trln so‘m.

😀 Vazirlik va idoralar orasida:
• Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi — 6,7 trln so‘m;
• Transport vazirligi — 6,2 trln so‘m;
• Suv xo‘jaligi vazirligi — 4,7 trln so‘m.

🏭 Yirik davlat korxonalari kesimida:
• “Navoiy KMK” AJ — 11,4 trln so‘m;
• “Navoiy uran” DK — 3,0 trln so‘m;
• “Uzbekistan Airports” AJ — 2,8 trln so‘m;
• “O‘zmetkombinat” AJ — 2,7 trln so‘m.

Batafsil ma'lumot yuqoridagi jadvalda keltirilgan.

✔️ Agentlik tomonidan davlat xaridlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida tahliliy ma’lumotlar muntazam e’lon qilib boriladi. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Qolaversa, raqobatni oshirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xaridlar ulushini qisqartirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👍1