Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi
2.96K subscribers
315 photos
38 videos
165 links
📍100022, Toshkent sh., Nukus 52

Veb-sayt: https://gov.uz/uz/icppa
Elektron pochta: info@icppa.uz
Bog’lanish: @Icppa_aloqa_bot

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari — https://skdxuzb.taplink.ws
Download Telegram
✔️ Kelajak mutaxassislari sanoat kooperatsiyasining raqamli tizimi bilan tanishdi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi 20-may kuni Bank-moliya akademiyasi bilan hamkorlikda talabalar va yosh mutaxassislar uchun o'quv-seminar tashkil etdi.

Tadbir O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-17-son Farmoni ijrosi doirasida – mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish maqsadida o'tkazildi.

Seminarda 30 dan ortiq ishtirokchi Agentlik tizimidagi "Raqamli transformatsiya markaz" MChJning elektron kooperatsiya portali bilan yaqindan tanishdi. Portal mahalliy ishlab chiqaruvchilarni yirik sanoat korxonalariga ulaydi, xorijdan keltiriladigan mahsulotlarga mahalliy muqobilni tezkor topishga imkon beradi va xarid jarayonlarini shaffof hamda avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiradi.

➡️ Seminar davomida ishtirokchilar portal imkoniyatlari bo'yicha savol va takliflarini bildirdi. Agentlik kasbiy bilimga ega yoshlar bilan hamkorlikni strategik yo'nalish sifatida ko'radi va bunday tadbirlarni muntazam davom ettiradi.

#ICPPA #BankMoliyaAkademiyasi #RaqamliTransformatsiya #PF17

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥4
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot davom etmoqda

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlari respublika bo'ylab davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv ertaga Sirdaryo tumanida o'tkaziladi.

✔️ Agentlik hududlarga bevosita chiqib, tadbirkorlarning muammo va takliflarini joyida o'rganadi.

Ochiq muloqot davomida:
➡️ davlat xaridlari tizimidagi dolzarb masalalar;
➡️ sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish imkoniyatlari;
➡️ tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar hamda ularning yechimlari muhokama qilinadi.


✔️Ertangi tadbirda Agentlikning loyiha ofisi rahbarlari quyidagi hududlarda bevosita ishtirok etadi:
Ulug'nor, Romitan, Forish, Yakkabog', Taxiatosh, Karmana, Chust, Urgut, Sho'rchi, Zangiota, Farg'ona, Yangiariq va Yakkasaroy tumanlari.

🎤 Savol yoki takliflaringiz bormi?
Murojaat va takliflaringizni @Icppa_aloqa_bot orqali yuborishingiz mumkin. Mutaxassislar tomonidan bevosita javob beriladi.

➡️ 21-may 2026-yil,
⚫️ Soat 11:00,
📌 Sirdaryo tumani

🎥Ochiq muloqotda onlayn ishtirok etish.

🔴Eslatib o'tamiz may oyida 42 ta hudud, iyun–iyul oylarida yana 166 ta tuman va shahar — jami 208 ta hududda uchrashuvlar bo'lib o'tadi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥31👏1
✔️Agentlik qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sohasidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi

Bugun, 20-may kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi binosida qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan ochiq uchrashuv bo'lib o'tdi.

➡️ Tadbirga davlat buyurtmachilari hamda davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari vakillari ham jalb etildi. Jami 160 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi: ulardan 140 nafari masofaviy, 20 nafari esa bevosita ishtirok etdi.

Uchrashuv davlat xaridlari sohasidagi amaliy muammolarni muhokama qilish uchun ochiq maydon sifatida qurildi. Tadbirkorlar tomonidan sohada yuzaga kelgan muayyan masalalar ko'tarildi, tegishli tushuntirishlar berildi. Bir qator murojaat va takliflar bevosita ko'rib chiqilib, yechim topildi. Hal etishni talab qiluvchi qolgan masalalar esa mutasaddilar tomonidan qayd etilib, o'rganish uchun qabul qilindi.


✍️ Agentlik ushbu formatdagi ochiq muloqotlarni tadbirkorlar bilan tizimli hamkorlikning ajralmas qismi sifatida davom ettiradi.

#оchiqmuloqot

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥2🤝2
✔️ Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari sohasida xalqaro hamkorlik masalalari bo'yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 18-may kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida Osiyo taraqqiyot banki (ADB) vakillari bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

➡️ Uchrashuv davomida maxsus iqtisodiy zonalar infratuzilmasini modernizatsiya qilish dasturi doirasida natijalarga asoslangan kreditlash (Results-Based Lending) mexanizmlari, davlat xaridlari tizimini rivojlantirish hamda sanoat kooperatsiyasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

➡️ Tomonlar:
✍️ mahalliy ishlab chiqaruvchilarni yirik investitsiya loyihalariga integratsiya qilish;
✍️ "MIZ" korxonalari va mahalliy yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi sanoat aloqalarini mustahkamlash;
✍️ elektron davlat xaridlari tizimlarini modernizatsiya qilish;
✍️ procurement jarayonlarini raqamlashtirish;
✍️ Open Data va sun’iy intellekt asosidagi monitoring tizimlarini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.


🎤 ADB vakillari tomonidan xalqaro tajriba asosida davlat xaridlarida shaffoflikni oshirish, risklarni boshqarish hamda zamonaviy elektron procurement tizimlarini joriy etish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.

➡️ Uchrashuv yakunlari bo‘yicha davlat xaridlari va sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, xalqaro tajribalarni joriy etish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4🫡2👍1
✔️McKinsey & Company bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Bugun Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida xalqaro konsalting kompaniyasi — McKinsey & Company vakillari bilan tog‘-kon va metallurgiya sanoatida mahalliylashtirish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

➡️ Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–17-son Farmoni va PQ–42-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida sohani transformatsiya qilishga qaratilgan o‘rta va uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥32🏆1
❤️Agentlik xodimlari “Men donorman” xayriya aksiyasida ishtirok etdi

Bugun, 21-may kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida “Faxrli inson” jamg‘armasi hamda Respublika qon quyish markazi tomonidan “Men donorman” xayriya aksiyasi tashkil etildi.

✔️ Aksiya davomida jami 35 nafar xodim donor sifatida qatnashib, bemor bolalar va qon quyishga muhtoj insonlar uchun qon topshirdi.

Ta’kidlanganidek, bunday xayriya aksiyalari jamiyatda insonparvarlik va ijtimoiy mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlash, shuningdek, muhtoj bemorlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

❤️ Ezgulik va hamjihatlik yo‘lida amalga oshirilgan ushbu tashabbusda ishtirok etgan barcha xodimlarga minnatdorlik bildiramiz. Jamiyatimizda donorlik madaniyati shakllanishi uchun amaliy hissa qo'shgan hamkasblarimiz bilan faxrlanamiz.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥3🥰32❤‍🔥1
Jizzax viloyatida sanoat kooperatsiyasi vа mahalliy ishlab chiqarish imkoniyatlari o‘rganildi

Joriy yilning 20-may kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori Baxtiyor Xaydarov Jizzax viloyatiga tashrif buyurib, hududdagi yirik sanoat korxonalari faoliyati hamda mavjud ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida jami 10 dan ortiq sanoat obyekti faoliyati ko‘zdan kechirildi. Asosiy e’tibor ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish, yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish hamda korxonalar o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalariga qaratildi.

Xususan, Jizzax shahridagi avtomobilsozlik sanoati korxonalari faoliyati o‘rganildi. Jumladan:

➡️“ADM Jizzakh” MCHJ tomonidan Kia Sonet va Kia K3 (BL7) avtomobillari ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishildi. Korxona tomonidan 2026-yilda 6,5 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

➡️ “ADM Stamping” MCHJ tomonidan avtomobillarning shtamplangan qismlarini ishlab chiqarish jarayoni ko‘zdan kechirildi. 2026-yilda 26,8 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi kutilmoqda.

➡️ “ADMC Dasan” MCHJ tomonidan avtotransport vositalari uchun old va orqa bamperlar, eshik qoplamalari, konsol va reyling mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan tanishildi. 2026-yilda 78 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

➡️“ADM Component” MCHJ tomonidan avtomobil kuzov qismlarini ishlab chiqarish faoliyati o‘rganildi. 2026-yilda 11,7 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi kutilmoqda.

➡️“Youngsan” MCHJ tomonidan avtomobil o‘rindiqlarini ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishildi. 2026-yilda 128,5 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, “BYD Uzbekistan Factory” MCHJ tomonidan elektromobil va gibrid avtomobillar ishlab chiqarish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Korxona tomonidan 2026-yilda 3,2 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

Tashrif davomida “BYD Uzbekistan Factory” MCHJ hamkorligida tashkil etilgan Jizzax politexnika instituti Avtomobilsozlik muhandislik maktabi faoliyati bilan ham tanishildi.

Mazkur muhandislik maktabi Jizzax politexnika instituti hududida joylashgan bo‘lib, 18x42x5 m² o‘lchamdagi yengil konstruksiyali sendvich panelli bino “O‘zavtosanoat” AJ mablag‘lari hisobidan 2025-yilda 4,5 mlrd so‘m evaziga qurib bitkazilgan.
Bundan tashqari:


➡️Sharof Rashidov tumanidagi “Mono Electric Led” MCHJ korxonasida LED lampalar ishlab chiqarish faoliyati o‘rganildi. 2026-yilda 35 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

➡️ Jizzax shahridagi “Master Building Products” MCHJ korxonasida polipropilen va polietilen xomashyosidan quvurlar, rakor, adapter, amerikanka, insert kollektor mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishildi. 2026-yilda 72 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi kutilmoqda.

➡️ “Iruskon” MCHJ korxonasida yiliga 12 ming tonna, umumiy qiymati 110 mlrd so‘mlik 41 turdagi qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati ko‘zdan kechirildi.

➡️ “Global Optical Communication Uzbekistan” MCHJ korxonasida optik tolali kabel mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan tanishildi. 2026-yilda 195 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

➡️Zomin tumanidagi “Artel Electronics Manufacturing” MCHJ korxonasida maishiy texnika mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayoni o‘rganildi.


Tashrif yakunida hududda sanoat salohiyatini oshirish, yangi investitsiyalarni jalb qilish hamda ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥3🏆3🙏2😇1