Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi 20-may kuni Bank-moliya akademiyasi bilan hamkorlikda talabalar va yosh mutaxassislar uchun o'quv-seminar tashkil etdi.
Tadbir O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-17-son Farmoni ijrosi doirasida – mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish maqsadida o'tkazildi.
Seminarda 30 dan ortiq ishtirokchi Agentlik tizimidagi "Raqamli transformatsiya markaz" MChJning elektron kooperatsiya portali bilan yaqindan tanishdi. Portal mahalliy ishlab chiqaruvchilarni yirik sanoat korxonalariga ulaydi, xorijdan keltiriladigan mahsulotlarga mahalliy muqobilni tezkor topishga imkon beradi va xarid jarayonlarini shaffof hamda avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiradi.
#ICPPA #BankMoliyaAkademiyasi #RaqamliTransformatsiya #PF17
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥4
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlari respublika bo'ylab davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv ertaga Sirdaryo tumanida o'tkaziladi.
Ochiq muloqot davomida:➡️ davlat xaridlari tizimidagi dolzarb masalalar;➡️ sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish imkoniyatlari;➡️ tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar hamda ularning yechimlari muhokama qilinadi.
Ulug'nor, Romitan, Forish, Yakkabog', Taxiatosh, Karmana, Chust, Urgut, Sho'rchi, Zangiota, Farg'ona, Yangiariq va Yakkasaroy tumanlari.
Murojaat va takliflaringizni @Icppa_aloqa_bot orqali yuborishingiz mumkin. Mutaxassislar tomonidan bevosita javob beriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3❤1👏1
Bugun, 20-may kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi binosida qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan ochiq uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davlat xaridlari sohasidagi amaliy muammolarni muhokama qilish uchun ochiq maydon sifatida qurildi. Tadbirkorlar tomonidan sohada yuzaga kelgan muayyan masalalar ko'tarildi, tegishli tushuntirishlar berildi. Bir qator murojaat va takliflar bevosita ko'rib chiqilib, yechim topildi. Hal etishni talab qiluvchi qolgan masalalar esa mutasaddilar tomonidan qayd etilib, o'rganish uchun qabul qilindi.
#оchiqmuloqot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥2🤝2
Joriy yilning 18-may kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida Osiyo taraqqiyot banki (ADB) vakillari bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
➡️ Tomonlar:✍️ mahalliy ishlab chiqaruvchilarni yirik investitsiya loyihalariga integratsiya qilish;✍️ "MIZ" korxonalari va mahalliy yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi sanoat aloqalarini mustahkamlash;✍️ elektron davlat xaridlari tizimlarini modernizatsiya qilish;✍️ procurement jarayonlarini raqamlashtirish;✍️ Open Data va sun’iy intellekt asosidagi monitoring tizimlarini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4🫡2👍1
Bugun Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida xalqaro konsalting kompaniyasi — McKinsey & Company vakillari bilan tog‘-kon va metallurgiya sanoatida mahalliylashtirish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥3❤2🏆1
Bugun, 21-may kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida “Faxrli inson” jamg‘armasi hamda Respublika qon quyish markazi tomonidan “Men donorman” xayriya aksiyasi tashkil etildi.
Ta’kidlanganidek, bunday xayriya aksiyalari jamiyatda insonparvarlik va ijtimoiy mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlash, shuningdek, muhtoj bemorlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
❤️ Ezgulik va hamjihatlik yo‘lida amalga oshirilgan ushbu tashabbusda ishtirok etgan barcha xodimlarga minnatdorlik bildiramiz. Jamiyatimizda donorlik madaniyati shakllanishi uchun amaliy hissa qo'shgan hamkasblarimiz bilan faxrlanamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥3🥰3❤2❤🔥1
Jizzax viloyatida sanoat kooperatsiyasi vа mahalliy ishlab chiqarish imkoniyatlari o‘rganildi
Joriy yilning 20-may kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori Baxtiyor Xaydarov Jizzax viloyatiga tashrif buyurib, hududdagi yirik sanoat korxonalari faoliyati hamda mavjud ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishdi.
Tashrif davomida jami 10 dan ortiq sanoat obyekti faoliyati ko‘zdan kechirildi. Asosiy e’tibor ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish, yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish hamda korxonalar o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalariga qaratildi.
Tashrif yakunida hududda sanoat salohiyatini oshirish, yangi investitsiyalarni jalb qilish hamda ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
🌍 Veb-sayt 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 📹 Youtube X 🔹 Linkedin
Joriy yilning 20-may kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori Baxtiyor Xaydarov Jizzax viloyatiga tashrif buyurib, hududdagi yirik sanoat korxonalari faoliyati hamda mavjud ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishdi.
Tashrif davomida jami 10 dan ortiq sanoat obyekti faoliyati ko‘zdan kechirildi. Asosiy e’tibor ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish, yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish hamda korxonalar o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalariga qaratildi.
Xususan, Jizzax shahridagi avtomobilsozlik sanoati korxonalari faoliyati o‘rganildi. Jumladan:➡️ “ADM Jizzakh” MCHJ tomonidan Kia Sonet va Kia K3 (BL7) avtomobillari ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishildi. Korxona tomonidan 2026-yilda 6,5 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.➡️ “ADM Stamping” MCHJ tomonidan avtomobillarning shtamplangan qismlarini ishlab chiqarish jarayoni ko‘zdan kechirildi. 2026-yilda 26,8 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi kutilmoqda.➡️ “ADMC Dasan” MCHJ tomonidan avtotransport vositalari uchun old va orqa bamperlar, eshik qoplamalari, konsol va reyling mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan tanishildi. 2026-yilda 78 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.➡️ “ADM Component” MCHJ tomonidan avtomobil kuzov qismlarini ishlab chiqarish faoliyati o‘rganildi. 2026-yilda 11,7 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi kutilmoqda.➡️ “Youngsan” MCHJ tomonidan avtomobil o‘rindiqlarini ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishildi. 2026-yilda 128,5 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, “BYD Uzbekistan Factory” MCHJ tomonidan elektromobil va gibrid avtomobillar ishlab chiqarish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Korxona tomonidan 2026-yilda 3,2 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.
Tashrif davomida “BYD Uzbekistan Factory” MCHJ hamkorligida tashkil etilgan Jizzax politexnika instituti Avtomobilsozlik muhandislik maktabi faoliyati bilan ham tanishildi.
Mazkur muhandislik maktabi Jizzax politexnika instituti hududida joylashgan bo‘lib, 18x42x5 m² o‘lchamdagi yengil konstruksiyali sendvich panelli bino “O‘zavtosanoat” AJ mablag‘lari hisobidan 2025-yilda 4,5 mlrd so‘m evaziga qurib bitkazilgan.
Bundan tashqari:
➡️ Sharof Rashidov tumanidagi “Mono Electric Led” MCHJ korxonasida LED lampalar ishlab chiqarish faoliyati o‘rganildi. 2026-yilda 35 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.➡️ Jizzax shahridagi “Master Building Products” MCHJ korxonasida polipropilen va polietilen xomashyosidan quvurlar, rakor, adapter, amerikanka, insert kollektor mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishildi. 2026-yilda 72 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi kutilmoqda.➡️ “Iruskon” MCHJ korxonasida yiliga 12 ming tonna, umumiy qiymati 110 mlrd so‘mlik 41 turdagi qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati ko‘zdan kechirildi.➡️ “Global Optical Communication Uzbekistan” MCHJ korxonasida optik tolali kabel mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan tanishildi. 2026-yilda 195 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.➡️ Zomin tumanidagi “Artel Electronics Manufacturing” MCHJ korxonasida maishiy texnika mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayoni o‘rganildi.
Tashrif yakunida hududda sanoat salohiyatini oshirish, yangi investitsiyalarni jalb qilish hamda ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥3🏆3🙏2😇1