Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi 20-may kuni Bank-moliya akademiyasi bilan hamkorlikda talabalar va yosh mutaxassislar uchun o'quv-seminar tashkil etdi.
Tadbir O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-17-son Farmoni ijrosi doirasida – mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish maqsadida o'tkazildi.
Seminarda 30 dan ortiq ishtirokchi Agentlik tizimidagi "Raqamli transformatsiya markaz" MChJning elektron kooperatsiya portali bilan yaqindan tanishdi. Portal mahalliy ishlab chiqaruvchilarni yirik sanoat korxonalariga ulaydi, xorijdan keltiriladigan mahsulotlarga mahalliy muqobilni tezkor topishga imkon beradi va xarid jarayonlarini shaffof hamda avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiradi.
#ICPPA #BankMoliyaAkademiyasi #RaqamliTransformatsiya #PF17
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥4
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlari respublika bo'ylab davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv ertaga Sirdaryo tumanida o'tkaziladi.
Ochiq muloqot davomida:➡️ davlat xaridlari tizimidagi dolzarb masalalar;➡️ sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish imkoniyatlari;➡️ tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar hamda ularning yechimlari muhokama qilinadi.
Ulug'nor, Romitan, Forish, Yakkabog', Taxiatosh, Karmana, Chust, Urgut, Sho'rchi, Zangiota, Farg'ona, Yangiariq va Yakkasaroy tumanlari.
Murojaat va takliflaringizni @Icppa_aloqa_bot orqali yuborishingiz mumkin. Mutaxassislar tomonidan bevosita javob beriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3❤1👏1
Bugun, 20-may kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi binosida qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan ochiq uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davlat xaridlari sohasidagi amaliy muammolarni muhokama qilish uchun ochiq maydon sifatida qurildi. Tadbirkorlar tomonidan sohada yuzaga kelgan muayyan masalalar ko'tarildi, tegishli tushuntirishlar berildi. Bir qator murojaat va takliflar bevosita ko'rib chiqilib, yechim topildi. Hal etishni talab qiluvchi qolgan masalalar esa mutasaddilar tomonidan qayd etilib, o'rganish uchun qabul qilindi.
#оchiqmuloqot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥2🤝2
Joriy yilning 18-may kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida Osiyo taraqqiyot banki (ADB) vakillari bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
➡️ Tomonlar:✍️ mahalliy ishlab chiqaruvchilarni yirik investitsiya loyihalariga integratsiya qilish;✍️ "MIZ" korxonalari va mahalliy yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi sanoat aloqalarini mustahkamlash;✍️ elektron davlat xaridlari tizimlarini modernizatsiya qilish;✍️ procurement jarayonlarini raqamlashtirish;✍️ Open Data va sun’iy intellekt asosidagi monitoring tizimlarini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4🫡2👍1
Bugun Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida xalqaro konsalting kompaniyasi — McKinsey & Company vakillari bilan tog‘-kon va metallurgiya sanoatida mahalliylashtirish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥3❤2🏆1
Bugun, 21-may kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida “Faxrli inson” jamg‘armasi hamda Respublika qon quyish markazi tomonidan “Men donorman” xayriya aksiyasi tashkil etildi.
Ta’kidlanganidek, bunday xayriya aksiyalari jamiyatda insonparvarlik va ijtimoiy mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlash, shuningdek, muhtoj bemorlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
❤️ Ezgulik va hamjihatlik yo‘lida amalga oshirilgan ushbu tashabbusda ishtirok etgan barcha xodimlarga minnatdorlik bildiramiz. Jamiyatimizda donorlik madaniyati shakllanishi uchun amaliy hissa qo'shgan hamkasblarimiz bilan faxrlanamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥3🥰3❤2❤🔥1