Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi
2.97K subscribers
313 photos
38 videos
162 links
📍100022, Toshkent sh., Nukus 52

Veb-sayt: https://gov.uz/uz/icppa
Elektron pochta: info@icppa.uz
Bog’lanish: @Icppa_aloqa_bot

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari — https://skdxuzb.taplink.ws
Download Telegram
“Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi doirasida faol ishtirok etgan tadbirkorlar va korxonalar taqdirlandi

2026-yil 14–16-may kunlari Toshkent viloyati, Ohangaron shahrida o‘tkazilgan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi yakunida faol va tashabbuskor ishtirokchilar munosib rag‘batlantirildi.

➡️Ko‘rgazma doirasida:
✍️ “Eng namunali ishtirokchi”;
✍️ “Professional yondashuv uchun”;
✍️ “Eng namunali ko‘rgazma stendi” nominatsiyalari bo‘yicha sertifikatlar topshirildi.


Shuningdek, bir qator tadbirkorlar ko‘rgazmadagi faol ishtiroki, samarali hamkorligi hamda tashabbuskorligi uchun tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

✔️Mazkur e’tirof va rag‘batlantirishlar sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlarning faolligini oshirishga xizmat qiladi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2👏1
«Миллий саноат занжири» кўргазмаси ўтказилди

Оҳангаронда Саноат кооперацияси ва давлат харидлари агентлиги, Тоғ-кон саноати ва геология вазирлиги, Тошкент вилояти ҳокимлиги, “Олмалиқ кон-металлургия комбинати” АЖ ҳамда Электрон кооперация портали ҳамкорлигида “Миллий саноат занжири” кўргазмаси ташкил этилди.

👉 https://xabar.uz/2inh

📲 Саҳифаларимизга қўшилинг:
Telegram | Instagram | Youtube
🔥3👍21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

"MILLIY SANOAT ZANJIRI" KO`RGAZMASI TASHKIL ETILDI

📆 15.05.2026.
21:00


🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2❤‍🔥11👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌Toshkent viloyati, Ohangaron shahrida 2026 yil 14–16 may kunlari o‘tkazilgan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi o‘z yakuniga yetdi.

Ko‘rgazmada 3 yarim mingdan ortiq ishtirokchi qatnashib, unda yirik sanoat korxonalari, mahalliy ishlab chiqaruvchilar, tadbirkorlar, ilmiy hamda oliy taʼlim muassasalari faol ishtirok etdi.

Ko‘rgazmaning uchinchi kuni yakunlariga ko‘ra, jami 672 ta kelishuvga erishilib, umumiy qiymati qariyb 1,8 trillion so‘mlik bitimlar shakllantirildi.

Tadbir yakunida faol va tashabbuskor ishtirokchilar munosib rag‘batlantirildi.
✔️ Ko‘rgazma doirasida:
“Eng namunali ishtirokchi”;
“Professional yondashuv uchun”;
“Eng namunali ko‘rgazma stendi” nominatsiyalari bo‘yicha sertifikatlar topshirildi.

Shuningdek, bir qator tadbirkorlar ko‘rgazmadagi faol ishtiroki, samarali hamkorligi hamda tashabbuskorligi uchun tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

➡️ Mazkur eʼtirof va rag‘batlantirishlar sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlik faolligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

➡️ Bizni kuzatishda davom eting. Ko‘rgazma yakunlari, tuzilgan bitimlar to’g’risida so’nggi ma’lumotlar, erishilgan natijalar hamda hamkorlik loyihalari haqida batafsil maʼlumotlarni yoritishda davom etamiz.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏64🔥41👍1
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan joriy yilning may–iyul oylarida respublikaning barcha hududlarida tadbirkorlar bilan keng qamrovli ochiq muloqotlar tashkil etiladi.
🔴 May oyining o‘zida 42 ta hududda, iyun–iyul oylarida esa yana 166 ta tuman va shaharda uchrashuvlar o‘tkazilib, jami 208 ta hudud qamrab olinadi.

✔️Agentlik respublikaning barcha hududlariga kirib borib, tadbirkorlarning muammo va takliflarini joyiga chiqib o‘rganadi.

Ochiq muloqot davomida:
➡️ davlat xaridlari tizimidagi dolzarb masalalar;
➡️ sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish imkoniyatlari;
➡️ tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar hamda ularning yechimlari muhokama qilinadi.


✔️Ertangi tadbirda Agentlikning loyiha ofisi rahbarlari quyidagi hududlarda bevosita ishtirok etadi:
Tuproqqal’a, Xo‘jaobod, G‘ijduvon, Arnasoy, Ko‘kdala, Bo‘zatov, Tomdi, Pop, Qo‘shrabod, Xovos, Bandixon, Furqat va Yangi Hayot tumanlari.

🎤 Savol yoki takliflaringiz bormi?
Murojaat va takliflaringizni @Icppa_aloqa_bot orqali yuborishingiz mumkin. Mutaxassislar tomonidan bevosita javob beriladi.

➡️ 19-may 2026-yil,
⚫️ Soat 11:00,
📌 Bekobod tumani.

🎥 Ochiq muloqotda onlayn ishtirok etish.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

"MILLIY SANOAT ZANJIRI" KO`RGAZMASI

"Yangi Davr" informatsion dasturi

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2
✔️ MALAKA OSHIRISH KURSLARI BOSHLANDI!

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-fevraldagi "Mahalliy ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasini yangi tizim asosida rivojlantirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-17-son Farmoni ijrosini ta'minlash doirasida 18-may kuni muhim qadam tashlandi.

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining malakali ekspert xodimlari hamda Bank-Moliya akademiyasining professor-o'qituvchilari birgalikda:

➡️"Investitsion loyihalarni boshqarishda mahalliylashtirish va milliy iqtisodiyotga qo'shiladigan qiymatni rivojlantirish" mavzusidagi qisqa muddatli o'quv-malaka oshirish kurslarini ishga tushirdi.

✍️ Dastur ko'lami:
⚫️11 hafta davom etadi;
⚫️Vazirlik, tarmoq va hududlardan 275 nafar tinglovchi;
⚫️ Amaliyotga yo'naltirilgan o'quv metodologiyasi.

Bu kurslar — mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish va milliy iqtisodiyotga qo'shiladigan qiymatni oshirishga qaratilgan tizimli islohotning muhim bo'g'ini bo'lib xizmat qiladi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3
🎤 Ochiq muloqotga taklif etamiz!

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan joriy yilning 20-may kuni soat 15:00 da Agentlik binosida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv o‘tkaziladi.

➡️ Mazkur ochiq muloqotda tadbirkorlik subyektlari, davlat buyurtmachilari, bilan birgalikda davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari vakillari ishtirok etishi koʻzda tutilgan.

Ochiq muloqot doirasida tadbirkorlik subyektlarining davlat xaridlaridagi ishtirokini kengaytirish, davlat xaridlari sohasidagi dolzarb masalalarni hal etish, amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolarga yechim topish masalalari atroflicha muhokama qilinadi.

✔️Uchrashuvda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz so‘raladi:
✍️ @Icppa_aloqa_bot

🎥 Uchrashuvda onlayn ishtirok etish.

Barchangizni ochiq muloqotda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

📌 Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Nukus ko‘chasi, 52-uy

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2🫡1
📌Bekobod tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan respublika hududlarida tashkil etilayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlarga start berildi.

✔️ 19-may kuni Bekobod tumanida o‘tkazilgan uchrashuvda mahalliy tadbirkorlar, 14 ta hududdan 1 tadan tuman tadbirkorlari (onlayn), mas’ul tashkilotlar hamda Agentlik vakillari ishtirok etdi.

Ochiq muloqot davomida davlat xaridlari tizimi, sanoat kooperatsiyasi, mahalliylashtirish imkoniyatlari hamda tadbirkorlarni qiynayotgan amaliy masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda respublika bo'yicha jami 85 nafar tadbirkor ishtirok etdi. Uchrashuv davomida 18 ta murojaat va takliflar ko‘rib chiqildi hamda 5 ta masala joyida o‘z yechimini topdi.


Ta’kidlanganidek, bunday ochiq muloqotlar tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlash, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni amaliy hal etishga xizmat qiladi.

➡️Ma’lumot uchun, may oyida 42 ta hududda, iyun–iyul oylarida esa yana 166 ta tuman va shaharda ochiq muloqotlar tashkil etilib, jami 208 ta hudud qamrab olinadi.

🎤Savol va takliflaringizni @Icppa_aloqa_bot orqali yuborishingiz mumkin.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2🙏1
✔️ Kelajak mutaxassislari sanoat kooperatsiyasining raqamli tizimi bilan tanishdi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi 20-may kuni Bank-moliya akademiyasi bilan hamkorlikda talabalar va yosh mutaxassislar uchun o'quv-seminar tashkil etdi.

Tadbir O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-17-son Farmoni ijrosi doirasida – mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish maqsadida o'tkazildi.

Seminarda 30 dan ortiq ishtirokchi Agentlik tizimidagi "Raqamli transformatsiya markaz" MChJning elektron kooperatsiya portali bilan yaqindan tanishdi. Portal mahalliy ishlab chiqaruvchilarni yirik sanoat korxonalariga ulaydi, xorijdan keltiriladigan mahsulotlarga mahalliy muqobilni tezkor topishga imkon beradi va xarid jarayonlarini shaffof hamda avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiradi.

➡️ Seminar davomida ishtirokchilar portal imkoniyatlari bo'yicha savol va takliflarini bildirdi. Agentlik kasbiy bilimga ega yoshlar bilan hamkorlikni strategik yo'nalish sifatida ko'radi va bunday tadbirlarni muntazam davom ettiradi.

#ICPPA #BankMoliyaAkademiyasi #RaqamliTransformatsiya #PF17

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥4