Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi
2.94K subscribers
319 photos
38 videos
166 links
📍100022, Toshkent sh., Nukus 52

Veb-sayt: https://gov.uz/uz/icppa
Elektron pochta: info@icppa.uz
Bog’lanish: @Icppa_aloqa_bot

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari — https://skdxuzb.taplink.ws
Download Telegram
Yoshlar tashabbusi Agentlik ko‘magida qo‘llab-quvvatlandi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning innovatsion g‘oyalari va amaliy loyihalarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan uchrashuvlar davom ettirilmoqda.

Navbatdagi uchrashuv joriy yilning 7-may kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida yoshlarning amaliy loyihalari va tashabbuslarini o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda kelgusida rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qilish maqsadida tashkil etildi. Tadbirda Agentlik direktorining o‘rinbosari Ilhomjon Pardayev ishtirok etdi.

Tadbir davomida yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy va texnologik loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Xususan, talaba Rasulova Muslima tomonidan harakatsiz bemorlar uchun moslashtirilgan maxsus kiyimlar loyihasi taqdim etildi.

Mazkur loyiha bemorlarning kundalik parvarishini yengillashtirish, ularning jismoniy qulayligini oshirish hamda tibbiy xizmat jarayonidagi ayrim amaliy muammolarni kamaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Loyiha doirasida yosh tashabbuskorni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Agentlik tomonidan 2 ta tikuv mashinasi hamda 1 ta "overlock" uskunasi topshirilishi belgilandi.

Shuningdek, uchrashuv davomida Mushtariy Raximberganova tomonidan ishlab chiqilgan Universal X Moda — moda va texnologiyani uyg‘unlashtiruvchi innovatsion platforma taqdim etildi. Sun’iy intellekt yordamida libos konstruksiyasini avtomatlashtiradi, o‘lchamlarni aniqlaydi hamda 3D maniken orqali kiyimni virtual ko‘rish imkonini yaratadi. Platforma moda dizayn jarayonini tez, qulay va zamonaviy shaklda tashkil etishga xizmat qiladi.

Ochiq muloqot jarayonida yoshlar tomonidan ilgari surilgan tashabbus va takliflar muhokama qilinib, ularni amaliyotga joriy etish, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.


Agentlik tomonidan yoshlarning innovatsion fikrlashi, amaliy ko‘nikmalari va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning g‘oyalarini amaliy loyihalarga aylantirish hamda ularni zamonaviy mehnat bozori talablariga mos ravishda rivojlantirishga xizmat qiladi.

Yosh tashabbuskorni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ajratilgan 2 ta tikuv mashinasi hamda 1 ta “overlock” uskunasi 8-may kuni Rasulova Muslimaga topshirildi. Shu tariqa, uchrashuvda bildirilgan amaliy qo‘llab-quvvatlash tashabbusi qisqa muddatda ro‘yobga chiqarildi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥4🤝43🥰2
🎤 Yengil sanoat sohasi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Joriy yilning 8-may kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi binosida yengil sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Unda tadbirkorlik subyektlari, davlat buyurtmachilari hamda davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari vakillari ishtirok etdi. Tadbirda jami 30 nafar ishtirokchi bevosita, 30 dan ortiq esa onlayn tarzda qatnashdi.

Ochiq muloqot davomida tadbirkorlik subyektlarining davlat xaridlaridagi ishtirokini kengaytirish, sohadagi dolzarb masalalarni hal etish, amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.


Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar mas’ullar tomonidan tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🔥2
🇺🇿Xotira va qadrlash — milliy qadriyatimiz

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni qutlug‘ ayyom — Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g‘alabaning 81 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi.

Bugungi tinch va osoyishta hayotimiz, xalqimiz farovonligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan faxriylarimizga chuqur hurmat va ehtirom bildiramiz.


Ularning jasorati, matonati va mardligi xalqimiz qalbida hamisha faxr va minnatdorlik bilan yashaydi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3
✔️Elektron kooperatsiya portalida standart oferta tizimi joriy etildi

Elektron kooperatsiya portalida new.cooperation.uz mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun mahsulotlarni joylashtirish jarayonini yanada soddalashtirish hamda moderatsiya bosqichida inson omilini kamaytirish maqsadida standart oferta tizimi joriy etildi.

Mazkur tizim orqali tadbirkorlar mahsulotlarini portalga joylashtirish jarayonida avtomatik shakllantirilgan standart katakchalarni to‘ldirish orqali ofertalarni hech qanday qo‘shimcha kutishlarsiz faol holatga keltirishi mumkin.

➡️Yangi tizim:
✔️ moderatsiya jarayonini avtomatlashtiradi;
✔️ inson omilini kamaytiradi;
✔️vaqtni sezilarli darajada tejaydi;
✔️ tadbirkorlar uchun portaldan foydalanishni yanada qulaylashtiradi.


Hozirgi kunga qadar portalda 140 660 ta standart oferta yaratilgan bo‘lib, kelib tushayotgan ofertalarning 84 foizi aynan standart oferta tizimi orqali joylashtirilmoqda.

Shuningdek, maishiy texnika, mebellar, orgtexnikalar, transformator va podstansiyalar hamda quvur mahsulotlari to‘liq standart oferta tizimiga o‘tkazildi.

Mazkur amaliyotni kelgusida boshqa mahsulot toifalariga ham bosqichma-bosqich tatbiq etish rejalashtirilgan.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍211
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✔️“Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi

Joriy yilning 14–15-may kunlari Toshkent viloyati, Ohangaron shahrida “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazma Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ hamda Elektron kooperatsiya portali hamkorligida tashkil etiladi.

➡️ Ko‘rgazma tog‘-kon sanoati va metallurgiya yo‘nalishida o‘tkaziladi.

Ko‘rgazma doirasida tog‘-kon va geologiya sohasiga oid yuqori texnologik mahsulotlar, sanoat startaplari, ilmiy ishlanmalar hamda istiqbolli loyihalar namoyish etiladi.
Shuningdek, mahalliy kontentni kengaytirish, “shatakka olish” tizimi orqali sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, kafolatli xarid shartnomalari va yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari taqdim etiladi.

Qadrli tadbirkorlar, ushbu ko‘rgazmada siz:
✍️ o‘z mahsulotlaringizni keng jamoatchilikka namoyish etish;
✍️ yirik sanoat korxonalari va korporativ buyurtmachilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish;
✍️ istiqbolli shartnomalar va kooperatsiya kelishuvlariga erishish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi - mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, xususiy sektor va yirik sanoat korxonalari o‘rtasida mustahkam hamkorlik zanjirini shakllantirish, tadbirkorlarni davlat xaridlariga keng jalb etish hamda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.


Barcha tadbirkorlarni “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasida faol ishtirok etishga taklif qilamiz!

“Milliy sanoat zanjiri” — biznesingiz uchun yangi imkoniyatlar maydoni.

Manzil: Toshkеnt viloyati, Ohangaron shahri, “Yangilik” MFY, Sanoat zonasi ko‘chasi, 147-uy.

Ma’lumot uchun: (94) 505-85-05, (97) 888-10-01

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥41👍1👏1
✔️ Import raqamlarda

2025-yilda
tog‘-kon, geologiya va metallurgiya sohasi uchun zarur bo'lgan xom ashyo va tayyor mahsulotlar uchun 9 mlrd dollardan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi.

Bugun sanoatda aynan shu turdagi mahsulotlarga ehtiyoj sezmoqda.
Xususan, metall prokatlar, metall prutkalar, metall quvurlar, maydalash uskunalari, alyuminiy simlar, rezervuarlar, folgalar, filtrlash uskunalari, kranlar, klapanlar, havo nasoslari, ventilyatsiya, havo tozalash tizimlari va boshqa turdagi mahsulotlar.

Agar siz ushbu yo‘nalishlarda mahsulot ishlab chiqarayotgan bo‘lsangiz yoki yangi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz — bu siz uchun real imkoniyat.

14–15-may kunlari Ohangaronda bo‘lib o‘tadigan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasida:
✔️ talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar,
✔️ yirik sanoat korxonalari ehtiyojlari,
✔️ hamkorlik va kafolatli xarid imkoniyatlari taqdim etiladi.


Sanoatga aynan qaysi mahsulotlar kerakligini bilmoqchimisiz?

Unda “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasiga tashrif buyuring.

Sizning mahsulotingiz — bizning kafolatli xaridimiz.

Manzil: Toshkеnt viloyati, Ohangaron shahri, “Yangilik” MFY, Sanoat zonasi ko‘chasi, 147-uy.

Ma’lumot uchun: (94) 505-85-05, (97) 888-10-01

📌Lokatsiya

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥5👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢 Sizning mahsulotingiz — bizning kafolatli xaridimiz!

Sizni “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasiga taklif etamiz.

✍️ Ertaga
🕚 Soat 11:00 da
✔️ Ko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar, sanoat korxonalari va kooperatsiya imkoniyatlarini bir maydonda birlashtiradigan ushbu nufuzli tadbirda siz ham ishtirok eting!

Manzil: Toshkеnt viloyati, Ohangaron shahri, “Yangilik” MFY, Sanoat zonasi ko‘chasi, 147-uy.

Ma’lumot uchun: (94) 505-85-05, (97) 888-10-01

📌Lokatsiya

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥31🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▶️LIVE | “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi oldidan

Ayni daqiqalarda “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasiga tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Bugun soat 11:00 da ko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur nufuzli tadbir mahalliy ishlab chiqaruvchilar, sanoat korxonalari hamda kooperatsiya imkoniyatlarini bir maydonda birlashtiradi.

Ko‘rgazmada:
✔️ mahalliy mahsulotlar namoyishi
✔️ sanoat kooperatsiyasi loyihalari
✔️ yangi hamkorlik imkoniyatlari
✔️ B2B uchrashuvlar tashkil etiladi.

Tadbirdan jonli efir va eksklyuziv lavhalarni kuzatib boring!

▶️🔴Tadbir Agentlikning “Youtube”dagi rasmiy sahifasida jonli efirga uzatiladi.

📌Lokatsiya

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍4👏1🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▶️ LIVE | “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasiga sanoqli daqiqalar qolmoqda

Ayni paytda ko’rgazma ishtirokchilarini ro‘yxatga olish boshlandi.

▶️Tadbir Agentlikning “Youtube”dagi rasmiy sahifasida jonli efirga uzatiladi.

📌Lokatsiya

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥3🤔1🏆1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▶️ LIVE | “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasida bayramona kayfiyat

▶️Tadbir Agentlikning “Youtube”dagi rasmiy sahifasida jonli efirga uzatiladi.

📌Lokatsiya

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥31
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▶️ LIVE | “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi boshlanishiga sanoqli daqiqa qolmoqda

▶️Tadbir Agentlikning “Youtube”dagi rasmiy sahifasida jonli efirga uzatiladi.

📌Lokatsiya

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥42🍾2🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▶️ LIVE | “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi boshlanishiga sanoqli daqiqa qolmoqda

▶️Tadbir Agentlikning “Youtube”dagi rasmiy sahifasida jonli efirga uzatiladi.

📌Lokatsiya

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥5🤩21🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▶️ LIVE | “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi boshlandi

▶️Tadbir Agentlikning “Youtube”dagi rasmiy sahifasida jonli efirga uzatilmoqda.


🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥5👏2🏆2🫡2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▶️ LIVE | “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi rasman ochiq deb e’lon qilindi

▶️Tadbir Agentlikning “Youtube”dagi rasmiy sahifasida jonli efirga uzatilmoqda.


🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏42💯2