Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan joriy yilning 8-may kuni soat 14:00 da Agentlik binosida yengil sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv o‘tkaziladi.
Ochiq muloqot doirasida tadbirkorlik subyektlarining davlat xaridlaridagi ishtirokini kengaytirish, davlat xaridlari sohasidagi dolzarb masalalarni hal etish, amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolarga yechim topish masalalari atroflicha muhokama qilinadi.
Barchangizni ochiq muloqotda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥5🤝3🥰1
Joriy yilning 5–6-may kunlari Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktorining o‘rinbosari Ilhomjon Pardayev Andijon viloyatida xizmat safarida bo‘ldi.
Dastlab, Andijon tumanidagi “Ipak yo‘li” erkin iqtisodiy sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan “China Baoli” xorijiy korxonasining alyumin profil va elektron skuter ishlab chiqarish loyihalari bilan yaqindan tanishildi.
Korxona rahbariyati bilan uchrashuvda xomashyo importi, bojxona to‘lovlari hamda mahsulot sifati masalalari muhokama qilinib, Tojikistonning “Talco” alyumin zavodi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatishga kelishildi.
Shuningdek, “Silk road cambell” korxonasida amalga oshirilayotgan elektrobus ishlab chiqarish loyihasi doirasida mahsulot qismlarini 50 foizgacha mahalliylashtirish, hududiy korxonalar bilan kooperatsiyani kengaytirish hamda bojxona imtiyozlari bo‘yicha aniq choralar belgilandi.
Safar davomida “UzAuto Motors” AJdagi “Muhandislar maktabi” faoliyati bilan tanishilib, avtomobilsozlik yo‘nalishidagi mahalliylashtirish loyihalari yuzasidan mutaxassislar bilan fikr almashildi.
Shuningdek, Shahrixon tumanidagi “SDK Group” korxonasida ishlab chiqarish jarayonlari o‘rganilib, korxona tomonidan ko‘tarilgan xomashyo, sertifikatlash va kooperatsiya masalalarini hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Agentlik direktori o‘rinbosari I.Pardayev va viloyat hokimi Sh.Abdurahmanov hududiy mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan 124 ta loyihani qo‘llab-quvvatlash, ularga faoliyati davomida amaliy yordam ko‘rsatish hamda yil yakuniga qadar o‘sish sur’atini oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni belgilab oldilar.
Shuningdek, Savdo-sanoat palatasida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, mavjud muammolar muhokama qilindi. Uchrashuv davomida PF-17-son Farmonda belgilangan imtiyozlar bo‘yicha tushuntirishlar berilib, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan "yo‘l xaritasi" tasdiqlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥4⚡1
Joriy yilning 7-may kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori Baxtiyor Xaydarov agentlik mutaxassislari bilan birgalikda "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJda bo‘lib, korxonada sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
📌 Tashrif davomida “Qalmoqqir” va “Yoshlik” konlaridagi ishlab chiqarish jarayonlari hamda yaqinda ishga tushirilgan 3-MBF faoliyati o‘rganildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4⚡2👍1🏆1🆒1
Yoshlar tashabbusi Agentlik ko‘magida qo‘llab-quvvatlandi
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning innovatsion g‘oyalari va amaliy loyihalarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan uchrashuvlar davom ettirilmoqda.
Navbatdagi uchrashuv joriy yilning 7-may kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida yoshlarning amaliy loyihalari va tashabbuslarini o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda kelgusida rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qilish maqsadida tashkil etildi. Tadbirda Agentlik direktorining o‘rinbosari Ilhomjon Pardayev ishtirok etdi.
Agentlik tomonidan yoshlarning innovatsion fikrlashi, amaliy ko‘nikmalari va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning g‘oyalarini amaliy loyihalarga aylantirish hamda ularni zamonaviy mehnat bozori talablariga mos ravishda rivojlantirishga xizmat qiladi.
✅ Yosh tashabbuskorni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ajratilgan 2 ta tikuv mashinasi hamda 1 ta “overlock” uskunasi 8-may kuni Rasulova Muslimaga topshirildi. Shu tariqa, uchrashuvda bildirilgan amaliy qo‘llab-quvvatlash tashabbusi qisqa muddatda ro‘yobga chiqarildi.
🌍 Veb-sayt 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 📹 Youtube X 🔹 Linkedin
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning innovatsion g‘oyalari va amaliy loyihalarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan uchrashuvlar davom ettirilmoqda.
Navbatdagi uchrashuv joriy yilning 7-may kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida yoshlarning amaliy loyihalari va tashabbuslarini o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda kelgusida rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qilish maqsadida tashkil etildi. Tadbirda Agentlik direktorining o‘rinbosari Ilhomjon Pardayev ishtirok etdi.
Tadbir davomida yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy va texnologik loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Xususan, talaba Rasulova Muslima tomonidan harakatsiz bemorlar uchun moslashtirilgan maxsus kiyimlar loyihasi taqdim etildi.
Mazkur loyiha bemorlarning kundalik parvarishini yengillashtirish, ularning jismoniy qulayligini oshirish hamda tibbiy xizmat jarayonidagi ayrim amaliy muammolarni kamaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Loyiha doirasida yosh tashabbuskorni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Agentlik tomonidan 2 ta tikuv mashinasi hamda 1 ta "overlock" uskunasi topshirilishi belgilandi.
Shuningdek, uchrashuv davomida Mushtariy Raximberganova tomonidan ishlab chiqilgan Universal X Moda — moda va texnologiyani uyg‘unlashtiruvchi innovatsion platforma taqdim etildi. Sun’iy intellekt yordamida libos konstruksiyasini avtomatlashtiradi, o‘lchamlarni aniqlaydi hamda 3D maniken orqali kiyimni virtual ko‘rish imkonini yaratadi. Platforma moda dizayn jarayonini tez, qulay va zamonaviy shaklda tashkil etishga xizmat qiladi.
Ochiq muloqot jarayonida yoshlar tomonidan ilgari surilgan tashabbus va takliflar muhokama qilinib, ularni amaliyotga joriy etish, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Agentlik tomonidan yoshlarning innovatsion fikrlashi, amaliy ko‘nikmalari va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning g‘oyalarini amaliy loyihalarga aylantirish hamda ularni zamonaviy mehnat bozori talablariga mos ravishda rivojlantirishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤4🔥4🤝3🥰2
Joriy yilning 8-may kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi binosida yengil sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda tadbirkorlik subyektlari, davlat buyurtmachilari hamda davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari vakillari ishtirok etdi. Tadbirda jami 30 nafar ishtirokchi bevosita, 30 dan ortiq esa onlayn tarzda qatnashdi.
Ochiq muloqot davomida tadbirkorlik subyektlarining davlat xaridlaridagi ishtirokini kengaytirish, sohadagi dolzarb masalalarni hal etish, amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar mas’ullar tomonidan tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2⚡1
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni qutlug‘ ayyom — Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g‘alabaning 81 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi.
Bugungi tinch va osoyishta hayotimiz, xalqimiz farovonligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan faxriylarimizga chuqur hurmat va ehtirom bildiramiz.
Ularning jasorati, matonati va mardligi xalqimiz qalbida hamisha faxr va minnatdorlik bilan yashaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3
Elektron kooperatsiya portalida new.cooperation.uz mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun mahsulotlarni joylashtirish jarayonini yanada soddalashtirish hamda moderatsiya bosqichida inson omilini kamaytirish maqsadida standart oferta tizimi joriy etildi.
Mazkur tizim orqali tadbirkorlar mahsulotlarini portalga joylashtirish jarayonida avtomatik shakllantirilgan standart katakchalarni to‘ldirish orqali ofertalarni hech qanday qo‘shimcha kutishlarsiz faol holatga keltirishi mumkin.
✔️ moderatsiya jarayonini avtomatlashtiradi;✔️ inson omilini kamaytiradi;✔️ vaqtni sezilarli darajada tejaydi;✔️ tadbirkorlar uchun portaldan foydalanishni yanada qulaylashtiradi.
Hozirgi kunga qadar portalda 140 660 ta standart oferta yaratilgan bo‘lib, kelib tushayotgan ofertalarning 84 foizi aynan standart oferta tizimi orqali joylashtirilmoqda.
Shuningdek, maishiy texnika, mebellar, orgtexnikalar, transformator va podstansiyalar hamda quvur mahsulotlari to‘liq standart oferta tizimiga o‘tkazildi.
Mazkur amaliyotni kelgusida boshqa mahsulot toifalariga ham bosqichma-bosqich tatbiq etish rejalashtirilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍2⚡1