Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi
2.32K subscribers
244 photos
12 videos
110 links
📍100022, Toshkent sh., Nukus 52

Veb-sayt: https://gov.uz/uz/icppa
Elektron pochta: info@icppa.uz
Bog’lanish: @Icppa_aloqa_bot

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari — https://skdxuzb.taplink.ws
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev sunʼiy intellekt va raqamlashtirish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

🔹Facebook 🔹Instagram 🔹Telegram 🌍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6🫡3👍2🆒2
Taqdimotda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllashning sohaviy yoʻnalishlariga ham alohida toʻxtalib oʻtildi.


Xususan, sogʻliqni saqlashda insult va koʻkrak bezi saratonini erta aniqlash, tibbiy koʻrik jarayonlarini avtomatik bayonlashtirish, raqamli tibbiy yordamchi dasturlarni joriy etish; qishloq xoʻjaligida ekinlar hosildorligini prognoz qilish, fitosanitar xavflar boʻyicha fermerlarning xabardorligini ta’minlash, yaylovlarning holatini monitoringini uyushtirish; transport sohasida yoʻl qoplamalari va temir yoʻl infratuzilmasini monitoringini oʻtkazish, haydovchini xavfli vaziyatlardan ogohlantirish, “aqlli” transport tizimlarini rivojlantirish; qurilish va sanoatda esa qonunbuzarliklarni aniqlash, smeta hujjatlarini koʻrib chiqish muddatini qisqartirish, videotahlil orqali ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish kabi loyihalarni kengaytirish nazarda tutilgan.

Joriy yildan boshlab startaplar boʻyicha Prezident tanlovining mukofot jamgʻarmasi AT yoʻnalishida 5 million dollarga oshirilgani, sunʼiy intellekt yoʻnalishida esa 1 million dollarlik yangi tanlovlar joriy qilingani maʼlum qilindi. Shuningdek, “President AI Award”ni davlat boshqaruvi, sanoat va tadbirkorlik, sogʻliqni saqlash, taʼlim, “yashil iqtisodiyot” va agrotexnologiyalar kabi 5 yoʻnalishda tashkil etish taklifi bildirildi.

Yigʻilishda mahalliy AT yechimlaridan foydalanishni kengaytirishga ham alohida urgʻu berildi. Davlat ishtirokidagi korxonalar va banklardagi dasturiy mahsulot va axborot texnologiyalari xizmatlarining kamida 45 foizini mahalliylashtirish imkoniyati mavjudligi qayd etildi. Shu munosabat bilan davlat korxonalari va banklar tomonidan AT xizmatlar import qilinishida majburiy tartibda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi bilan kelishish tizimini joriy qilish, buyurtmalarni IT-Park rezidentlariga yoʻnaltirish taklif etildi.

✍️ Batafsil

🔹Facebook 🔹Instagram 🔹Telegram 🌍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishidagi nutqi

🔹Facebook 🔹Instagram 🔹Telegram 🌍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥4🫡1
📌Samarqand viloyatidagi yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishildi

Bugun Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi rahbari Baxtiyor Xaydarov Samarqand viloyatiga tashrif buyurib, hududdagi yirik sanoat korxonalari faoliyati, mavjud ishlab chiqarish quvvatlari bilan yaqindan tanishdi.

Dastlab “Samarqand avtomobil zavodi” MChJ qo‘shma korxonasi faoliyati o‘rganildi. 25 yildan ortiq tarixga ega korxona 17,5 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, uning 3,6 gektar qismi ishlab chiqarish hududidan iborat. Hozirgi kunda bu yerda 1 498 ta ish o‘rni yaratilgan. 2025-yilda korxonada qiymati 2,5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 4 turdagi avtobus, 3 turdagi pikap hamda 70 dan ortiq turdagi kuzovli yuk avtomobillari va maxsus transportlar ishlab chiqarilgan. Mahsulotlarning mahalliylashtirish darajasi kuzov turiga qarab 58 foizgacha yetadi.

Korxonada mahsulotlar mahalliylashtirish darajasini yanada oshirish istiqbollari muhokama qilinib, R&D markazida o‘zlashtirilayotgan yangi mahsulotlar bilan tanishildi va tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, “SAXARI” MChJ maishiy texnika ishlab chiqarish zavodi faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. Mazkur korxonada muzlatkichlar, sovutkichlar, mikroto‘lqinli va elektr pechlar, yarim avtomat kir yuvish mashinalari, metall eshiklar hamda chiqindi konteynerlarini o‘z ichiga olgan 14 turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. 2026-yilda korxona tomonidan 80 mlrd so‘mlik ishlab chiqarish hajmiga erishish rejalashtirilgan.


Tashrif davomida sanoat tarmoqlarini diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ulushini oshirish, mahalliylashtirishni chuqurlashtirish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✔️ Yakunda ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, mahsulot nomenklaturasini kengaytirish, qo‘shilgan qiymat zanjirlarini rivojlantirish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshlikni oshirish hamda eksport salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥2👏1🤝1
🎤 Ochiq muloqotga taklif etamiz!

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan joriy yilning 6-may kuni soat 14:00 da agentlik binosida farmatsevtika sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari hamda tibbiyot muassasalari vakillari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv o‘tkaziladi.

➡️ Ochiq muloqot doirasida tadbirkorlik subyektlarining davlat xaridlaridagi ishtirokini kengaytirish, davlat xaridlari sohasidagi dolzarb masalalarni hal etish hamda amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolarga yechim topish masalalari atroflicha muhokama qilinadi.

✔️Uchrashuvda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz so‘raladi:
✍️ @Icppa_aloqa_bot

🎥 Uchrashuvda onlayn ishtirok etish.

Barchangizni ochiq muloqotda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

📌 Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Nukus ko‘chasi, 52-uy

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2🤝2
📌 Xorazm viloyatidagi yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishildi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi rahbari Baxtiyor Xaydarov Xorazm viloyatiga tashrif buyurib, hududdagi yirik sanoat korxonalari faoliyati, mavjud ishlab chiqarish quvvatlari hamda istiqbolli loyihalar bilan tanishdi.

Tashrif davomida jami 8 ta sanoat obyekti faoliyati o‘rganildi.
Asosiy e’tibor ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish, yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish hamda korxonalar o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalariga qaratildi.

Xususan:
– Qo‘shko‘pir tumanidagi “LED ULTRA ENERGY” va “MEGAELEKTRSAVDO” MChJlarda litiy-ion batareyalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. 2026-yilda 3 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

– Xiva tumanidagi “New bless” MChJda avtomobillar uchun shtamplangan detallar ishlab chiqarilib, joriy yilda 2 million dona mahsulot ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

“UzXCMG” MChJda qurilish texnikalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 2026-yilda 240 dona texnika ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

– Farmatsevtika yo‘nalishida “IMKONIYAT SAXOVAT” MChJ tomonidan infuzion eritmalar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda.

– Qurilish materiallari yo‘nalishida “KHOREZM ORIENT CERAMIK” hamda “KHOREZM INSULATION GROUP” korxonalarida zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Shuningdek, hududdagi IT Texnopark sanoat loyihalarini joylashtirish va ishlab chiqarish zanjirlarini shakllantirishda muhim infratuzilmaviy platforma sifatida xizmat qilmoqda.


Tashrif davomida korxonalar faoliyatida uchrayotgan masalalar muhokama qilinib, ularni hal etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqildi.
Hududda sanoat salohiyatini oshirish, yangi investitsiyalarni jalb qilish hamda ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3🤝2🏆1
🔍 Mahsulotingizni yirik sanoat zanjiriga olib chiqish imkoniyati paydo bo‘ldi

Siz ishlab chiqaruvchimisiz? Yirik korxonalar bilan ishlashni xohlaysizmi?

Joriy yilning 14–15-may kunlari Toshkent viloyati, Ohangaron shahrida “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur ko‘rgazma Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, “Olmaliq KMK” AJ hamda Toshkent viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilmoqda.

➡️Ko‘rgazma tog‘-kon sanoati va metallurgiya yo‘nalishida o‘tkaziladi.

Ko‘rgazma doirasida siz:
✔️ o‘z mahsulotingizni keng auditoriyaga taqdim etasiz;
✔️yirik sanoat korxonalari va buyurtmachilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatasiz;
✔️yangi shartnomalar va hamkorlik kelishuvlariga erishish imkoniga ega bo‘lasiz.

Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi — mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, xususiy sektor va yirik sanoat korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish hamda tadbirkorlarni davlat xaridlari tizimiga kengroq jalb etishdan iborat.


Barcha tadbirkorlarni “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasida faol ishtirok etishga taklif qilamiz!

“Milliy sanoat zanjiri” — biznesingiz uchun yangi imkoniyatlar maydoni.

Ma’lumot uchun: (94) 505-85-05, (97) 888-10-01

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍321🔥1
✔️ Davlat xaridlaridagi mavjud masalalar farmatsevtika sohasi vakillari bilan muhokama qilindi

Joriy yilning 6-may kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida farmatsevtika sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari hamda tibbiyot muassasalari vakillari ishtirokida davlat xaridlari sohasidagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.

➡️ Mazkur uchrashuvda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi rahbariyati, mas’ul xodimlari, davlat buyurtmachilari, davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari vakillari hamda farmatsevtika yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdi.

Tadbirda jami 50 nafar ishtirokchi bevosita, 180 dan ortiq esa onlayn tarzda qatnashdi. Ochiq muloqot davomida farmatsevtika sohasidagi tadbirkorlik subyektlarining davlat xaridlaridagi ishtirokini kengaytirish, sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, amaliy faoliyat jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish hamda ishtirokchilar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, davlat xaridlari elektron tizimlarida kuzatilayotgan ayrim texnik va amaliy muammolar, xarid jarayonlarida yuzaga kelayotgan to‘siqlar hamda farmatsevtika sohasi vakillari tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar keng muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar Agentlikning mas’ul xodimlari tomonidan qayd etilib, davlat xaridlari elektron tizimini yanada takomillashtirish hamda sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralarni ishlab chiqishga kelishib olindi.


✍️ Tadbir yakunida farmatsevtika sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, sohadagi mavjud masalalarni tezkor hal etish hamda bunday ochiq formatdagi uchrashuvlarni muntazam tashkil etib borish muhim ekani ta’kidlandi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥61
✔️Davlat xaridlarida AI texnologiyalari: tezkorlik va shaffoflik sari

O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi xarid.uzex.uz davlat xaridlari tizimida eʼlonlarni moderatsiya qilish va baholash jarayonlari sunʼiy intellekt tomonidan boshqarilmoqda. Yangi tizim kuniga 7 mingga yaqin arizani inson aralashuvisiz, xolis tahlil qilyapti.

Bu esa:
✔️ inson omilini kamaytiradi;
✔️ jarayonlarning shaffofligini oshiradi;
✔️tadbirkorlar uchun ishtirokni yanada qulaylashtiradi.


Shuningdek, 200 dan ortiq turdagi mebellar uchun ishlab chiqilgan texnik tavsiflar asosida e’lonlarni moderatsiyasiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdolarga joylashtirish amaliyoti joriy qilindi.

Mazkur tizim bosqichma-bosqich boshqa tovar toifalariga ham tatbiq etiladi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍4🫡1
🎤 Ochiq muloqotga taklif etamiz!

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan joriy yilning 8-may kuni soat 14:00 da Agentlik binosida yengil sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv o‘tkaziladi.

➡️ Mazkur ochiq muloqotda tadbirkorlik subyektlari, davlat buyurtmachilari, bilan birgalikda davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari vakillari ishtirok etishi koʻzda tutilgan.

Ochiq muloqot doirasida tadbirkorlik subyektlarining davlat xaridlaridagi ishtirokini kengaytirish, davlat xaridlari sohasidagi dolzarb masalalarni hal etish, amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolarga yechim topish masalalari atroflicha muhokama qilinadi.

✔️Uchrashuvda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz so‘raladi:
✍️ @Icppa_aloqa_bot

🎥 Uchrashuvda onlayn ishtirok etish.

Barchangizni ochiq muloqotda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

📌 Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Nukus ko‘chasi, 52-uy

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥5🤝3🥰1
📌 Andijon viloyatida mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi loyihalari o‘rganildi

Joriy yilning 5–6-may kunlari Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktorining o‘rinbosari Ilhomjon Pardayev Andijon viloyatida xizmat safarida bo‘ldi.

➡️ Xizmat safari davomida hududda amalga oshirilayotgan mahalliylashtirish loyihalari, sanoat kooperatsiyasi aloqalari hamda korxonalar faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar o‘rganildi.

Dastlab, Andijon tumanidagi “Ipak yo‘li” erkin iqtisodiy sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan “China Baoli” xorijiy korxonasining alyumin profil va elektron skuter ishlab chiqarish loyihalari bilan yaqindan tanishildi.

Korxona rahbariyati bilan uchrashuvda xomashyo importi, bojxona to‘lovlari hamda mahsulot sifati masalalari muhokama qilinib, Tojikistonning “Talco” alyumin zavodi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatishga kelishildi.

Shuningdek, “Silk road cambell” korxonasida amalga oshirilayotgan elektrobus ishlab chiqarish loyihasi doirasida mahsulot qismlarini 50 foizgacha mahalliylashtirish, hududiy korxonalar bilan kooperatsiyani kengaytirish hamda bojxona imtiyozlari bo‘yicha aniq choralar belgilandi.

Safar davomida “UzAuto Motors” AJdagi “Muhandislar maktabi” faoliyati bilan tanishilib, avtomobilsozlik yo‘nalishidagi mahalliylashtirish loyihalari yuzasidan mutaxassislar bilan fikr almashildi.

Shuningdek, Shahrixon tumanidagi “SDK Group” korxonasida ishlab chiqarish jarayonlari o‘rganilib, korxona tomonidan ko‘tarilgan xomashyo, sertifikatlash va kooperatsiya masalalarini hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.


Agentlik direktori o‘rinbosari I.Pardayev va viloyat hokimi Sh.Abdurahmanov hududiy mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan 124 ta loyihani qo‘llab-quvvatlash, ularga faoliyati davomida amaliy yordam ko‘rsatish hamda yil yakuniga qadar o‘sish sur’atini oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni belgilab oldilar.

Shuningdek, Savdo-sanoat palatasida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, mavjud muammolar muhokama qilindi. Uchrashuv davomida PF-17-son Farmonda belgilangan imtiyozlar bo‘yicha tushuntirishlar berilib, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan "yo‘l xaritasi" tasdiqlandi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥41