Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi
2.32K subscribers
244 photos
12 videos
110 links
📍100022, Toshkent sh., Nukus 52

Veb-sayt: https://gov.uz/uz/icppa
Elektron pochta: info@icppa.uz
Bog’lanish: @Icppa_aloqa_bot

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari — https://skdxuzb.taplink.ws
Download Telegram
🇺🇿 Bank-moliya akademiyasining 30 yilligi nishonlandi

Bank-moliya akademiyasi tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

✍️ Mazkur tadbirda Agentlik rahbari Baxtiyor Xaydarov ishtirok etib, yig‘ilganlarni Akademiyaning 30 yilligi bilan tabrikladi hamda mazkur ta’lim muassasasining mamlakat moliya tizimidagi o‘rni va ahamiyatini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, Agentlik rahbari o‘z nutqida Agentlik va Akademiya hamkorligida “Investitsion loyihalarni boshqarishda mahalliylashtirish va milliy iqtisodiyotga qo‘shiladigan qiymatni rivojlantirish” yo‘nalishida qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.

✔️ Tadbir doirasida Agentlik hamda Bank-moliya akademiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan memorandum imzolandi.

Mazkur hujjat tomonlar o‘rtasida kadrlar salohiyatini rivojlantirish, ilg‘or bilim va tajribalarni almashish hamda iqtisodiyot tarmoqlarida samaradorlikni oshirishga xizmat qiluvchi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun asos yaratadi.

🔹Facebook 🔹Instagram 🔹Telegram 🌍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍2👏21🫡1
📌 Yoshlar kuni doirasida Toshkent transport texnikumida uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yoshlar bilan ishlashni yangi bosqichga olib chiqish, ularning ta’lim olishi, kasb egallashi va bandligini ta’minlash masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Shu asosda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan “Yoshlar kuni” doirasida yoshlar bilan tizimli uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.

✔️ Bugun Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori Baxtiyor Xaydarov Toshkent transport texnikumi talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning tashabbus va takliflari muhokama qilindi. Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlash hamda innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

➡️ Shu bilan birga, Agentlik faoliyatida nafaqat oliy ta’lim muassasalari talabalari, balki o‘rta bo‘g‘in ta’lim tizimidagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va amaliy faoliyatga yo‘naltirish masalalariga ham ustuvor ahamiyat berilayotgani ta’kidlandi.

⚫️Mazkur uchrashuv yoshlarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni mehnat bozoriga tayyorlash hamda raqobatbardosh mutaxassislar sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.

🔹Facebook 🔹Instagram 🔹Telegram 🌍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍1
✔️Elektron sertifikatlash masalalari muhokama qilindi

30-aprel kuni Toshkent shahrida “O‘zbekekspertiza” AJ binosida Xalqaro savdo markazi (XSM) ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasida tovarlarning kelib chiqish sertifikatlarini elektron tarzda o‘zaro qo‘llash bo‘yicha Hukumatlararo bitimni amalga oshirish doirasida ikki tomonlama texnik ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

➡️ Mazkur uchrashuvda “O‘zbekekspertiza” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi, Tojikiston Respublikasi Bojxona xizmati huzuridagi vakolatli idoralar, Tojikiston Savdo-sanoat palatasi, texnik mutaxassislar, sohaviy ekspertlar hamda XSM vakillari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida elektron sertifikatlash tizimlarini integratsiya qilish, ma’lumot almashinuvining texnik shartlari, sertifikat ma’lumotlari tuzilmasi, axborot uzatish protokollari, shuningdek, mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi vazifalar taqsimoti kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

Tomonlar texnik hujjatlar loyihasini kelishish, dolzarb texnik va institutsional masalalarni aniqlash hamda keyingi bosqichlarda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar bo‘yicha kelishuvga erishdilar.


Mazkur hamkorlik tashqi savdo jarayonlarini raqamlashtirish, sertifikatlash tizimini takomillashtirish va ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

🔹Facebook 🔹Instagram 🔹Telegram 🌍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3
Prezident Shavkat Mirziyoyev sunʼiy intellekt va raqamlashtirish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

🔹Facebook 🔹Instagram 🔹Telegram 🌍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6🫡3👍2🆒2
Taqdimotda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllashning sohaviy yoʻnalishlariga ham alohida toʻxtalib oʻtildi.


Xususan, sogʻliqni saqlashda insult va koʻkrak bezi saratonini erta aniqlash, tibbiy koʻrik jarayonlarini avtomatik bayonlashtirish, raqamli tibbiy yordamchi dasturlarni joriy etish; qishloq xoʻjaligida ekinlar hosildorligini prognoz qilish, fitosanitar xavflar boʻyicha fermerlarning xabardorligini ta’minlash, yaylovlarning holatini monitoringini uyushtirish; transport sohasida yoʻl qoplamalari va temir yoʻl infratuzilmasini monitoringini oʻtkazish, haydovchini xavfli vaziyatlardan ogohlantirish, “aqlli” transport tizimlarini rivojlantirish; qurilish va sanoatda esa qonunbuzarliklarni aniqlash, smeta hujjatlarini koʻrib chiqish muddatini qisqartirish, videotahlil orqali ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish kabi loyihalarni kengaytirish nazarda tutilgan.

Joriy yildan boshlab startaplar boʻyicha Prezident tanlovining mukofot jamgʻarmasi AT yoʻnalishida 5 million dollarga oshirilgani, sunʼiy intellekt yoʻnalishida esa 1 million dollarlik yangi tanlovlar joriy qilingani maʼlum qilindi. Shuningdek, “President AI Award”ni davlat boshqaruvi, sanoat va tadbirkorlik, sogʻliqni saqlash, taʼlim, “yashil iqtisodiyot” va agrotexnologiyalar kabi 5 yoʻnalishda tashkil etish taklifi bildirildi.

Yigʻilishda mahalliy AT yechimlaridan foydalanishni kengaytirishga ham alohida urgʻu berildi. Davlat ishtirokidagi korxonalar va banklardagi dasturiy mahsulot va axborot texnologiyalari xizmatlarining kamida 45 foizini mahalliylashtirish imkoniyati mavjudligi qayd etildi. Shu munosabat bilan davlat korxonalari va banklar tomonidan AT xizmatlar import qilinishida majburiy tartibda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi bilan kelishish tizimini joriy qilish, buyurtmalarni IT-Park rezidentlariga yoʻnaltirish taklif etildi.

✍️ Batafsil

🔹Facebook 🔹Instagram 🔹Telegram 🌍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishidagi nutqi

🔹Facebook 🔹Instagram 🔹Telegram 🌍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥4🫡1
📌Samarqand viloyatidagi yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishildi

Bugun Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi rahbari Baxtiyor Xaydarov Samarqand viloyatiga tashrif buyurib, hududdagi yirik sanoat korxonalari faoliyati, mavjud ishlab chiqarish quvvatlari bilan yaqindan tanishdi.

Dastlab “Samarqand avtomobil zavodi” MChJ qo‘shma korxonasi faoliyati o‘rganildi. 25 yildan ortiq tarixga ega korxona 17,5 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, uning 3,6 gektar qismi ishlab chiqarish hududidan iborat. Hozirgi kunda bu yerda 1 498 ta ish o‘rni yaratilgan. 2025-yilda korxonada qiymati 2,5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 4 turdagi avtobus, 3 turdagi pikap hamda 70 dan ortiq turdagi kuzovli yuk avtomobillari va maxsus transportlar ishlab chiqarilgan. Mahsulotlarning mahalliylashtirish darajasi kuzov turiga qarab 58 foizgacha yetadi.

Korxonada mahsulotlar mahalliylashtirish darajasini yanada oshirish istiqbollari muhokama qilinib, R&D markazida o‘zlashtirilayotgan yangi mahsulotlar bilan tanishildi va tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, “SAXARI” MChJ maishiy texnika ishlab chiqarish zavodi faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. Mazkur korxonada muzlatkichlar, sovutkichlar, mikroto‘lqinli va elektr pechlar, yarim avtomat kir yuvish mashinalari, metall eshiklar hamda chiqindi konteynerlarini o‘z ichiga olgan 14 turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. 2026-yilda korxona tomonidan 80 mlrd so‘mlik ishlab chiqarish hajmiga erishish rejalashtirilgan.


Tashrif davomida sanoat tarmoqlarini diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ulushini oshirish, mahalliylashtirishni chuqurlashtirish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✔️ Yakunda ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, mahsulot nomenklaturasini kengaytirish, qo‘shilgan qiymat zanjirlarini rivojlantirish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshlikni oshirish hamda eksport salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥2👏1🤝1
🎤 Ochiq muloqotga taklif etamiz!

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan joriy yilning 6-may kuni soat 14:00 da agentlik binosida farmatsevtika sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari hamda tibbiyot muassasalari vakillari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv o‘tkaziladi.

➡️ Ochiq muloqot doirasida tadbirkorlik subyektlarining davlat xaridlaridagi ishtirokini kengaytirish, davlat xaridlari sohasidagi dolzarb masalalarni hal etish hamda amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolarga yechim topish masalalari atroflicha muhokama qilinadi.

✔️Uchrashuvda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz so‘raladi:
✍️ @Icppa_aloqa_bot

🎥 Uchrashuvda onlayn ishtirok etish.

Barchangizni ochiq muloqotda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

📌 Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Nukus ko‘chasi, 52-uy

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2🤝2