Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi
2.33K subscribers
245 photos
12 videos
111 links
📍100022, Toshkent sh., Nukus 52

Veb-sayt: https://gov.uz/uz/icppa
Elektron pochta: info@icppa.uz
Bog’lanish: @Icppa_aloqa_bot

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari — https://skdxuzb.taplink.ws
Download Telegram
📌 Farg'ona viloyatida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Bugun Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan hududlarda tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlarni yo‘lga qo‘yish doirasida Farg'ona viloyatida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur tadbirda agentlikning hududiy loyiha ofisi vakillari, “O‘zbekekspertiza” AJ hamda “Raqamli transformatsiya markazi” MCHJ mutaxassislari, shuningdek, viloyatdan 32 ta mas'ul tashkilotlar hamda 100 tadan ortiq ishlab chiqarish korxonasidan jami 160 nafar vakil qatnashdi.

⚫️Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan 27 ta murojaat va takliflar bildirildi. Ularning 6 tasi joyida hal etildi, 18 tasi yuzasidan esa zarur tushuntirishlar berildi.

➡️ Navbatdagi ochiq muloqot ertaga Andijon viloyatida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🔹Facebook 🔹Instagram 🔹Telegram 🌍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3🤝1
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida birinchi chorak ko‘rsatkichlarini tarmoq va hududlar kesimida tanqidiy tahlil qilish va yilning qolgan davrida qilinadigan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Birinchi chorak yakuni bilan yalpi ichki mahsulotimiz 8,7 foizga, sanoat 8 foizga, xizmatlar 16,1 foizga, qishloq xo‘jaligi 5,1 foizga o‘sdi. Eksport 5,8 milliard dollarni, xorijiy investitsiya hajmi esa 13,7 milliard dollarni tashkil qildi. Inflyatsiya yillik hisobda birinchi marta 7,1 foizgacha pasaydi.

Bularning hisobiga yanvar-mart oylarida budjet daromadlari o‘tgan yilga nisbatan 35 foizga ko‘payib, 103 trillion so‘mga yetdi. Mahalliy budjetlarda qo‘shimcha 2 trillion 200 milliard so‘m mablag‘ shakllandi.

Muhimi, shundan 1 trillion 400 milliard so‘m tuman va shaharlar ixtiyorida qoldi.

“Kelasi oy 2 milliard 400 million dollarlik davlat aktivlarining 30 foizini ilk bor xalqaro fond bozorlariga chiqaramiz. Bu Milliy investitsiya jamg‘armasini tashkil qilib, 13 ta strategik korxona boshqaruvini nufuzli “Franklin Templeton” kompaniyasiga berganimiz uchun bo‘lyapti.

Bir narsani bilinglar: iqtisodiyotimizni xalqaro miqyosda yangi darajaga olib chiqish uchun chuqur o‘ylab, yakuniy qarorga kelganmiz”
,

– dedi davlatimiz rahbari.

🔹Facebook 🔹Instagram 🔹Telegram 🌍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4
Yig‘ilishda sanoat va eksport masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Qamashi, Qarshi, Mirishkor, Arnasoy, Sharof Rashidov, Yangiobod, Navbahor, Kosonsoy, Qumqo‘rg‘on, Furqat, Shovot, Shayxontohur, Sergeli tumanlari sanoat rejasiga chiqa olmagani tanqid qilindi.

Ushbu 13 ta tuman hokimiga rejaga qancha yetmaganiga qarab, intizomiy jazo chorasini ko‘rish topshirildi.

Ichki bozorda mis taklifi ko‘paytirilgan bo‘lsa-da, qayta ishlash oyiga 6 ming tonnadan oshmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Oqibatda birinchi chorakda elektrotexnika sohasida sanoat o‘sishi prognozdagi 11,2 foiz o‘rniga 7,8 foizga, eksport rejasi bor-yo‘g‘i 57 foizga bajarildi.

Elektrotexnika eksporti uchun 100 million dollar resurs berib, aylanma mablag‘ga garovsiz kredit ajratish imkoniyati yaratildi. Lekin birorta bank ushbu shartlarda kredit ajratmaganiga e’tiroz bildirildi.

Mutasaddilarga ishlab chiqarishi, eksporti kamaygan har bir korxonaga borib, eksportini moliyalashtirish, investitsiya loyihasi bo‘yicha qanday masalasi bo‘lsa, joyida hal qilish topshirildi.

Umuman, ikkinchi chorak yakuni bilan sohada ishlab chiqarishni 25 trillion so‘mga, eksportni 1 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

🔹Facebook 🔹Instagram 🔹Telegram 🌍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2
Ko‘p davlatlar mahsuloti raqobatdosh bo‘lishi uchun sanoat va servisda “Kayzen”, “lean priduction” kabi resurs samaradorligi va mehnat unumdorligini oshiradigan progressiv usullarni qo‘llamoqda.

Mamlakatimizdagi 50 ga yaqin tadbirkorlar buni chet elda ko‘rib kelib, korxonasida joriy qilishni boshladi.

“Lekin, bu kam. To‘qimachilik, qurilish materiali, elektrotexnika, mebel kabi drayver sohalardagi uyushmalar nega buni ommalashtirishni o‘ylamaydi? Tadbirkorga tushuntirib, “diagnostika” xarajatining bir qismi qoplab berilsa, unumdorlik dasturlarini yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit ajratsa bo‘ladi-ku!”

– dedi Prezidentimiz.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga bu yil 100 ta korxonada samaradorlikni oshirish bo‘yicha ilg‘or dasturlarni joriy qilish, bunga 30 million dollar grant jalb qilish topshirildi.

🔹Facebook 🔹Instagram 🔹Telegram 🌍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2
✔️Davlat xaridlari sohasida amaliy trening o‘tkazildi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida Expertise France (Groupe AFD) vakillari ishtirokida “yashil xaridlar” mavzusida amaliy trening tashkil etildi.

Trening davomida tomonlar “yashil xaridlar” sohasida ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish, ushbu yo‘nalishda zamonaviy yondashuvlardan samarali foydalanish hamda hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, Expertise France tomonidan 2026-yilga mo‘ljallangan yo‘l xaritasi, asosiy maqsad va vazifalar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Ishtirokchilar mazkur rejalar bilan batafsil tanishdilar.

Trening doirasida Expertise France ekspertlari tomonidan agentlik mutaxassislari uchun “yashil xaridlar” bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Mazkur mashg‘ulotlar xalqaro standartlar va ilg‘or yondashuvlarni amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🔹Facebook 🔹Instagram 🔹Telegram 🌍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥31
📌 Andijon viloyatida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

25-aprel kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan hududlarda tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlarni yo‘lga qo‘yish doirasida Andijon viloyatida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur tadbirda agentlikning hududiy loyiha ofisi vakillari, “O‘zbekekspertiza” AJ hamda “Raqamli transformatsiya markazi” MCHJ mutaxassislari, shuningdek, viloyatdan jami 100 nafardan ortiq tadbirkor qatnashdi.

⚫️Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan 24 ta murojaat va taklif bildirildi. Ularning 16 tasi joyida hal etildi, 7 tasi yuzasidan esa zarur tushuntirishlar berildi.

Muloqotda asosiy eʼtibor tadbirkorlarning davlat xaridlari tizimidagi ishtiroki, mahsulotlarni sotish mexanizmlari hamda elektron platformalardan samarali foydalanish masalalariga qaratildi. Shuningdek, mahsulotlarni sertifikatlash va amaldagi standartlarga muvofiqlashtirish yuzasidan batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.

🔹Facebook 🔹Instagram 🔹Telegram 🌍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Quvasoy shahridagi “Crown Ceramic” qoʻshma korxonasida keramogranit plitalar ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.

🔹Facebook 🔹Instagram 🔹Telegram 🌍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥21👏1
📌 Farg‘ona viloyatidagi yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishildi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi rahbari Baxtiyor Xaydarov Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurib, hududdagi yirik sanoat korxonalari faoliyati, mavjud ishlab chiqarish quvvatlari hamda istiqbolli investitsiya loyihalari bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, Quvasoy shahridagi “Kvars” AJ, Farg‘ona shahridagi “Eko tsem komplekt oborudovanie” MCHJ hamda “GORTEHPROM” MCHJga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida sanoat tarmoqlarini diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ulushini ko‘paytirish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratildi.

✔️ Yakunda ishlab chiqarish hajmlarini yanada oshirish, mahsulot turlarini kengaytirish, qo‘shilgan qiymat zanjirlarini rivojlantirish hamda eksportbop va raqobatbardosh mahsulotlar ulushini ko‘paytirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

🔹Facebook 🔹Instagram 🔹Telegram 🌍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍4👏1🤝1
✔️ Xalqaro hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi rahbariyati va "Ernst and Young" kompaniyasi vakillari ishtirokida muhim ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish, davlat xaridlari tizimini modernizatsiya qilish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar xalqaro tajribani milliy tizimga moslashtirish orqali samarali va barqaror boshqaruv modelini shakllantirish muhimligini ta’kidladi.

➡️ Muhokamalar markazida quyidagi yo‘nalishlar bo‘ldi:
✍️ sanoat kooperatsiyasi loyihalarini samarali boshqarish uchun PMO (Loyihalarni boshqarish ofisi) tizimini joriy etish hamda lokalizatsiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash;
✍️ davlat xaridlarini TCO (umumiy egalik qiymati) tamoyili asosida transformatsiya qilish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish;
✍️ Agentlik faoliyatining barcha yo‘nalishlarini qamrab oluvchi zamonaviy raqamli boshqaruv infratuzilmasini yaratish;
✍️ sun’iy intellekt asosida bozor narxlarini monitoring qilish, shuningdek KPI ko‘rsatkichlarini tahlil etish uchun analitik tizimlarni joriy etish;
✍️ “Xaridlar maktabi”ni tashkil etish orqali mutaxassislar salohiyatini oshirish va tajriba almashish tizimini yo‘lga qo‘yish.

⚫️ Hamkorlik quyidagi tamoyillar asosida amalga oshirilishi belgilandi:
✍️ xalqaro tajribani O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish;
✍️ boshqaruv modellarini joylarda qo‘llash uchun sodda va samarali qilish;
✍️ transformatsiya jarayonlarida o‘zgarishlarni puxta boshqarish.

✔️ Uchrashuv yakunida tomonlar:
✍️ tezkor natijalarga erishish strategiyasi (Quick Wins) doirasida birinchi bosqich vazifalarini belgilash;
✍️ o‘zaro hamkorlik mexanizmlari va ishchi uchrashuvlar tartibini belgilash;
✍️ Agentlikning institutsional va raqamli modellarini ishlab chiqish muddatlarini aniqlashtirish bo‘yicha fikr almashdi.

Mazkur uchrashuv Agentlik faoliyatiga ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish, tizimli islohotlarni jadallashtirish va samaradorlikni oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

🔹Facebook 🔹Instagram 🔹Telegram 🌍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍21🤝1
📌 Namangan viloyatida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Joriy yilning 27-aprel kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan hududlarda tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlarni yo‘lga qo‘yish doirasida Namangan viloyatida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur tadbirda agentlikning hududiy loyiha ofisi vakillari, “O‘zbekekspertiza” AJ hamda “Raqamli transformatsiya markazi” MCHJ mutaxassislari, shuningdek, viloyatdan jami 70 nafar tadbirkor qatnashdi.

⚫️Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan 27 ta murojaat va taklif bildirildi. Ularning 19 tasi joyida hal etildi, 8 tasi yuzasidan esa zarur tushuntirishlar berildi.

Muloqotda asosiy eʼtibor tadbirkorlarning davlat xaridlari tizimidagi ishtiroki, mahsulotlarni sotish mexanizmlari hamda elektron platformalardan samarali foydalanish masalalariga qaratildi. Shuningdek, mahsulotlarni sertifikatlash va amaldagi standartlarga muvofiqlashtirish yuzasidan batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.

🔹Facebook 🔹Instagram 🔹Telegram 🌍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32🤝1