Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi
2.33K subscribers
245 photos
13 videos
112 links
📍100022, Toshkent sh., Nukus 52

Veb-sayt: https://gov.uz/uz/icppa
Elektron pochta: info@icppa.uz
Bog’lanish: @Icppa_aloqa_bot

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari — https://skdxuzb.taplink.ws
Download Telegram
➡️ Ilmiy va innovatsion hamkorlikni kengaytirish yo‘lida navbatdagi uchrashuv

Bugungi kunda loyiha va injiniring xizmatlari, ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-konstruktorlik ishlari o‘rtasidagi uzviy integratsiyani ta’minlash ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanmoqda. Shu bilan birga, zamonaviy texnologiyalar transferini jadallashtirish, innovatsion va raqamli yechimlarni keng joriy etish hamda mavjud ishlanmalarni takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🎤 Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Agentlik mutaxassislari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining direktori akademik Ilxom Sodiqov va mutasaddi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida yuqori texnologiyali va ilmiy salohiyatga ega istiqbolli loyihalar atroflicha muhokama qilinib, ularni amaliyotga joriy etish mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, ilg‘or mahalliy va xorijiy “R&D” markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, ilm-fan va sanoat integratsiyasini mustahkamlash hamda innovatsion ekotizimni yanada kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur hamkorlik istiqbolda qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar yaratish, sanoat tarmoqlariga zamonaviy yechimlarni joriy etish hamda milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

🔹Facebook 🔹Instagram 🔹Telegram 🌍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1🆒1
📌 Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan respublika hududlarida tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq muloqotlar izchil davom ettirilmoqda. Navbatdagi uchrashuv joriy yilning 23-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Agentlikning hududiy loyiha ofisi vakillari, “O‘zbekekspertiza” AJ hamda “Raqamli transformatsiya markazi” MCHJ mutaxassislari, shuningdek, 66 nafar tadbirkor ishtirok etdi.

➡️ Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan 18 ta murojaat va taklif bildirildi. Ularning 15 tasi joyida hal etildi, 3 tasi yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.

✍️ Navbatdagi ochiq muloqot ertaga Farg‘ona viloyatida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🔹Facebook 🔹Instagram 🔹Telegram 🌍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2🤝1
✔️ Yoshlar kuni doirasida talabalar bilan muhim uchrashuv o‘tkazildi

Joriy yilning 24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tgan edi. Unda davlatimiz rahbari barcha darajadagi rahbarlar yoshlarni xorijiy tillar va kasb-hunarga o‘rgatish, sportga keng jalb etish, ularning g‘oya, loyiha va startaplarini qo‘llab-quvvatlash, bandligi va daromadini ta’minlash borasida yanada faol ishlashi zarur ekanligi qayd etilgan edi.

🎤 Shu bilan birga, mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik va idoralarda “Yoshlar kuni” sifatida o‘tkazilishi belgilandi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori Baxtiyor Xaydarov Toshkent shahridagi Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Agentlik rahbari talabalar tomonidan ishlab chiqilgan startap loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Har bir loyiha yuzasidan tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy ko‘mak berish masalalari belgilab olindi.

Shuningdek, institut talabalari uchun Agentlik huzuridagi “O‘zbekekspertiza” AJda amaliyot o‘tash imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Tadbir yakunida Agentlik va institut o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Shundan so‘ng Agentlik direktori institutdagi o‘quv jarayonlari hamda talabalar uchun yaratilgan zamonaviy amaliyot infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdi.


Mazkur hamkorlik yoshlarning innovatsion salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni amaliy ko‘nikmalar bilan ta’minlash hamda kelgusida raqobatbardosh mutaxassislar sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.

🔹Facebook 🔹Instagram 🔹Telegram 🌍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥4🤝21
#Tayinlov

Yunusov Jahongir Baxodirovich
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi!

Tayinlovga qadar Jahongir Baxodirovich “Toshkent Invest kompaniyasi” AJda Aktivlarni boshqarish departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Yangi lavozimda Yunusov Jahongir Baxodirovichga muvaffaqiyat tilaymiz.

🔹Facebook 🔹Instagram 🔹Telegram 🌍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥4🫡2
#Tayinlov

Pardayev Ilhomjon G‘ulom o‘g‘li
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi!

Tayinlovga qadar Ilhomjon G‘ulom o‘g‘li Bojxona qo‘mitasining Tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Yangi lavozimda Pardayev Ilhomjon G‘ulom o‘g‘liga muvaffaqiyat tilaymiz.

🔹Facebook 🔹Instagram 🔹Telegram 🌍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥7🫡2
📌 Farg'ona viloyatida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Bugun Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan hududlarda tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlarni yo‘lga qo‘yish doirasida Farg'ona viloyatida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur tadbirda agentlikning hududiy loyiha ofisi vakillari, “O‘zbekekspertiza” AJ hamda “Raqamli transformatsiya markazi” MCHJ mutaxassislari, shuningdek, viloyatdan 32 ta mas'ul tashkilotlar hamda 100 tadan ortiq ishlab chiqarish korxonasidan jami 160 nafar vakil qatnashdi.

⚫️Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan 27 ta murojaat va takliflar bildirildi. Ularning 6 tasi joyida hal etildi, 18 tasi yuzasidan esa zarur tushuntirishlar berildi.

➡️ Navbatdagi ochiq muloqot ertaga Andijon viloyatida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🔹Facebook 🔹Instagram 🔹Telegram 🌍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3🤝1
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida birinchi chorak ko‘rsatkichlarini tarmoq va hududlar kesimida tanqidiy tahlil qilish va yilning qolgan davrida qilinadigan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Birinchi chorak yakuni bilan yalpi ichki mahsulotimiz 8,7 foizga, sanoat 8 foizga, xizmatlar 16,1 foizga, qishloq xo‘jaligi 5,1 foizga o‘sdi. Eksport 5,8 milliard dollarni, xorijiy investitsiya hajmi esa 13,7 milliard dollarni tashkil qildi. Inflyatsiya yillik hisobda birinchi marta 7,1 foizgacha pasaydi.

Bularning hisobiga yanvar-mart oylarida budjet daromadlari o‘tgan yilga nisbatan 35 foizga ko‘payib, 103 trillion so‘mga yetdi. Mahalliy budjetlarda qo‘shimcha 2 trillion 200 milliard so‘m mablag‘ shakllandi.

Muhimi, shundan 1 trillion 400 milliard so‘m tuman va shaharlar ixtiyorida qoldi.

“Kelasi oy 2 milliard 400 million dollarlik davlat aktivlarining 30 foizini ilk bor xalqaro fond bozorlariga chiqaramiz. Bu Milliy investitsiya jamg‘armasini tashkil qilib, 13 ta strategik korxona boshqaruvini nufuzli “Franklin Templeton” kompaniyasiga berganimiz uchun bo‘lyapti.

Bir narsani bilinglar: iqtisodiyotimizni xalqaro miqyosda yangi darajaga olib chiqish uchun chuqur o‘ylab, yakuniy qarorga kelganmiz”
,

– dedi davlatimiz rahbari.

🔹Facebook 🔹Instagram 🔹Telegram 🌍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4
Yig‘ilishda sanoat va eksport masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Qamashi, Qarshi, Mirishkor, Arnasoy, Sharof Rashidov, Yangiobod, Navbahor, Kosonsoy, Qumqo‘rg‘on, Furqat, Shovot, Shayxontohur, Sergeli tumanlari sanoat rejasiga chiqa olmagani tanqid qilindi.

Ushbu 13 ta tuman hokimiga rejaga qancha yetmaganiga qarab, intizomiy jazo chorasini ko‘rish topshirildi.

Ichki bozorda mis taklifi ko‘paytirilgan bo‘lsa-da, qayta ishlash oyiga 6 ming tonnadan oshmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Oqibatda birinchi chorakda elektrotexnika sohasida sanoat o‘sishi prognozdagi 11,2 foiz o‘rniga 7,8 foizga, eksport rejasi bor-yo‘g‘i 57 foizga bajarildi.

Elektrotexnika eksporti uchun 100 million dollar resurs berib, aylanma mablag‘ga garovsiz kredit ajratish imkoniyati yaratildi. Lekin birorta bank ushbu shartlarda kredit ajratmaganiga e’tiroz bildirildi.

Mutasaddilarga ishlab chiqarishi, eksporti kamaygan har bir korxonaga borib, eksportini moliyalashtirish, investitsiya loyihasi bo‘yicha qanday masalasi bo‘lsa, joyida hal qilish topshirildi.

Umuman, ikkinchi chorak yakuni bilan sohada ishlab chiqarishni 25 trillion so‘mga, eksportni 1 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

🔹Facebook 🔹Instagram 🔹Telegram 🌍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2
Ko‘p davlatlar mahsuloti raqobatdosh bo‘lishi uchun sanoat va servisda “Kayzen”, “lean priduction” kabi resurs samaradorligi va mehnat unumdorligini oshiradigan progressiv usullarni qo‘llamoqda.

Mamlakatimizdagi 50 ga yaqin tadbirkorlar buni chet elda ko‘rib kelib, korxonasida joriy qilishni boshladi.

“Lekin, bu kam. To‘qimachilik, qurilish materiali, elektrotexnika, mebel kabi drayver sohalardagi uyushmalar nega buni ommalashtirishni o‘ylamaydi? Tadbirkorga tushuntirib, “diagnostika” xarajatining bir qismi qoplab berilsa, unumdorlik dasturlarini yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit ajratsa bo‘ladi-ku!”

– dedi Prezidentimiz.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga bu yil 100 ta korxonada samaradorlikni oshirish bo‘yicha ilg‘or dasturlarni joriy qilish, bunga 30 million dollar grant jalb qilish topshirildi.

🔹Facebook 🔹Instagram 🔹Telegram 🌍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2
✔️Davlat xaridlari sohasida amaliy trening o‘tkazildi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida Expertise France (Groupe AFD) vakillari ishtirokida “yashil xaridlar” mavzusida amaliy trening tashkil etildi.

Trening davomida tomonlar “yashil xaridlar” sohasida ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish, ushbu yo‘nalishda zamonaviy yondashuvlardan samarali foydalanish hamda hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, Expertise France tomonidan 2026-yilga mo‘ljallangan yo‘l xaritasi, asosiy maqsad va vazifalar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Ishtirokchilar mazkur rejalar bilan batafsil tanishdilar.

Trening doirasida Expertise France ekspertlari tomonidan agentlik mutaxassislari uchun “yashil xaridlar” bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Mazkur mashg‘ulotlar xalqaro standartlar va ilg‘or yondashuvlarni amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🔹Facebook 🔹Instagram 🔹Telegram 🌍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥31