Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan davlat ulushi mavjud yirik strategik korxonalarning xarid mutaxassislari uchun Buyuk Britaniyaning Chartered Institute of Procurement & Supply (CIPS) xalqaro professional sertifikatlash tizimiga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinatlari, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Uzbekistan Airways” hamda “Navoiyuran” korxonalarining xarid sohasi mutaxassislari ishtirok etdi.
CIPS nima va u xarid mutaxassislariga qanday imkoniyatlar beradi?
CIPS — xaridlar va ta’minot zanjirini boshqarish sohasida xalqaro miqyosda tan olingan professional malaka va sertifikatlash tizimini taklif etuvchi institut. Ushbu tizim xarid mutaxassislariga strategik xaridlarni rejalashtirish, yetkazib beruvchilarni baholash, xarajatlarni optimallashtirish, muzokaralar olib borish va xarid jarayonlaridagi xavflarni samarali boshqarish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, shuningdek, xalqaro mehnat bozorida kasbiy raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi.
Seminarga CIPS a’zosi, Buyuk Britaniyaning Anglia Ruskin universiteti magistranti, Navoiy kon-metallurgiya kombinati ta’minot boshqarmasi mutaxassisi Jurabek Saidov ekspert sifatida jalb etildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarning savollariga javob berilib, xalqaro sertifikat olish va kasbiy rivojlanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
Mazkur seminar-trening strategik korxonalarda xaridlar samaradorligini oshirish, ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish hamda malakali xarid mutaxassislarini tayyorlashga qaratilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥4👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ekspert_fikri
🏛 Davlat xaridlarida sun’iy intellekt: xalqaro tajriba va zamonaviy tendensiyalar
Bugungi kunda sun’iy intellekt davlat xaridlarining qaysi bosqichlarida samarali qo‘llanilmoqda? Qaysi mamlakatlar ushbu yo‘nalishda ilg‘or tajribaga ega?
“Ekspert fikri” rukni doirasida ushbu savollarga xalqaro ekspert, “Datanomix.pro” kompaniyasi bosh direktori (CEO) Vitaliy Trenkenshu javob berdi.
🎥 Batafsil — videolavhada.
🌍 Veb-sayt 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 📹 Youtube X 🔹 Linkedin
Bugungi kunda sun’iy intellekt davlat xaridlarining qaysi bosqichlarida samarali qo‘llanilmoqda? Qaysi mamlakatlar ushbu yo‘nalishda ilg‘or tajribaga ega?
“Ekspert fikri” rukni doirasida ushbu savollarga xalqaro ekspert, “Datanomix.pro” kompaniyasi bosh direktori (CEO) Vitaliy Trenkenshu javob berdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍2👏2
🎼 Buxoroda milliy musiqa san’atiga bag‘ishlangan ijodiy tadbirlar o‘tkazildi
25–26-noyabr kunlari Buxoro shahrida O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi ishtirokida milliy musiqa san’atini rivojlantirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ustoz-shogird an’analarini mustahkamlashga qaratilgan ijodiy tadbirlar o‘tkazildi.
Xususan, 25-noyabr kuni atoqli kompozitor, professor Habibulla Rahimovning 80 yilligiga bag‘ishlangan “Ijod — qalbda abadiy yashaydi” nomli ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi. Unda bastakorning musiqiy asarlari ijro etilib, milliy musiqa san’ati rivojiga qo‘shgan munosib hissasi e’tirof etildi.
26-noyabr kuni esa Abdurauf Fitrat nomidagi Buxoro maqom san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida O‘zbekiston Respublikasi san’at arboblari, professorlar Rustam Abdullayev va Habibulla Rahimov ishtirokida ijodiy uchrashuv va mahorat darslari tashkil etildi.
➡️ Tadbir davomida ustoz kompozitorlar yosh ijodkorlar bilan o‘zlarining boy kasbiy tajribalari, milliy musiqa san’atining rivojlanishi va zamonaviy kompozitorlik ijodiga oid fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining hamraisi sifatida milliy musiqa san’atini rivojlantirish, madaniy merosni asrab-avaylash hamda yosh iste’dodlar salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ijodiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
🌍 Veb-sayt 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 📹 Youtube X 🔹 Linkedin
25–26-noyabr kunlari Buxoro shahrida O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi ishtirokida milliy musiqa san’atini rivojlantirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ustoz-shogird an’analarini mustahkamlashga qaratilgan ijodiy tadbirlar o‘tkazildi.
Xususan, 25-noyabr kuni atoqli kompozitor, professor Habibulla Rahimovning 80 yilligiga bag‘ishlangan “Ijod — qalbda abadiy yashaydi” nomli ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi. Unda bastakorning musiqiy asarlari ijro etilib, milliy musiqa san’ati rivojiga qo‘shgan munosib hissasi e’tirof etildi.
26-noyabr kuni esa Abdurauf Fitrat nomidagi Buxoro maqom san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida O‘zbekiston Respublikasi san’at arboblari, professorlar Rustam Abdullayev va Habibulla Rahimov ishtirokida ijodiy uchrashuv va mahorat darslari tashkil etildi.
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining hamraisi sifatida milliy musiqa san’atini rivojlantirish, madaniy merosni asrab-avaylash hamda yosh iste’dodlar salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ijodiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆4🔥3👍2❤🔥1🎉1
Forwarded from Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xabaringiz bor, Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida tadbirkorlarning murojaatlarini tinglash, mavjud muammolarni o‘rganish va ularga amaliy yechim topish maqsadida doimiy ochiq muloqotlar tashkil etib kelinmoqda.
➡️ Har shanba — davlat xaridlarida ishtirok etish va xarid jarayonlariga oid masalalar;➡️ Har oyning ikkinchi shanbasida — mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlar sertifikatini olish va rasmiylashtirish;➡️ Har oyning uchinchi shanbasida — mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi masalalari.
Muloqotlar davomida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan bevosita javob olib, muammo va takliflarini bildirmoqda.
Savolingiz yoki taklifingiz bormi? Ochiq muloqotda ishtirok eting!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2👏2
Prezident Shavkat Mirziyoyev Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining ilmiy-amaliyot markazida transport-logistika sohasidagi investor va tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Davlatimiz rahbari iqtisodiyotning yuqori o‘sish sur’atlariga mos ravishda transport tizimini ham rivojlantirish, sohaga katta hajmda investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish, aniq natijalarga erishish zarurligini ta’kidladi.
So‘nggi o‘n yilda yo‘l sohasiga 80 trillion so‘m ajratilib, 7 ming kilometr yo‘l qayta qurildi, 125 ming kilometr yo‘l ta’mirlandi. Yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga xususiy investitsiyalarni keng jalb qilish, sohaga 20 milliard dollar mablag‘ olib kirish imkoniyati mavjud.
Hozirda umumiy qiymati 5,6 milliard dollar bo‘lgan, jami 593 kilometrlik pulli yo‘llarni qurish bo‘yicha 5 ta loyihaga kirishilgan. Toshkent – Samarqand yo‘nalishida 2,2 milliard dollarlik yo‘l qurilishi boshlangan, Toshkent – Angren yo‘nalishidagi 1,6 milliard dollarlik loyiha bo‘yicha tender jarayonlari yakuniga yetmoqda.
Mutasaddilarga Toshkent – Chorvoq, Samarqand – Buxoro yo‘nalishlari va Taxtaqoracha dovonidagi yo‘llar bo‘yicha jami 1,8 milliard dollarlik loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini yakunlab, investorlarga taqdim etish topshirildi.
🌍 Veb-sayt 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 📹 Youtube X 🔹 Linkedin
Davlatimiz rahbari iqtisodiyotning yuqori o‘sish sur’atlariga mos ravishda transport tizimini ham rivojlantirish, sohaga katta hajmda investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish, aniq natijalarga erishish zarurligini ta’kidladi.
So‘nggi o‘n yilda yo‘l sohasiga 80 trillion so‘m ajratilib, 7 ming kilometr yo‘l qayta qurildi, 125 ming kilometr yo‘l ta’mirlandi. Yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga xususiy investitsiyalarni keng jalb qilish, sohaga 20 milliard dollar mablag‘ olib kirish imkoniyati mavjud.
Hozirda umumiy qiymati 5,6 milliard dollar bo‘lgan, jami 593 kilometrlik pulli yo‘llarni qurish bo‘yicha 5 ta loyihaga kirishilgan. Toshkent – Samarqand yo‘nalishida 2,2 milliard dollarlik yo‘l qurilishi boshlangan, Toshkent – Angren yo‘nalishidagi 1,6 milliard dollarlik loyiha bo‘yicha tender jarayonlari yakuniga yetmoqda.
Mutasaddilarga Toshkent – Chorvoq, Samarqand – Buxoro yo‘nalishlari va Taxtaqoracha dovonidagi yo‘llar bo‘yicha jami 1,8 milliard dollarlik loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini yakunlab, investorlarga taqdim etish topshirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏3🏆2🔥1
Prezidentimiz yo‘l sohasida O‘zbekiston bilan yaqindan hamkorlik qilayotgan xalqaro moliya tashkilotlariga minnatdorlik bildirdi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda yo‘l qurilishi bo‘yicha malakali mutaxassislar, yirik mahalliy pudratchi va muhandislik-konsalting kompaniyalari shakllangani, zamonaviy texnika bilan ta’minlash borasida ham katta imkoniyatlar yaratilgani ta’kidlandi.
Xalqaro moliya institutlariga mahalliy mutaxassislarni dunyo miqyosidagi yirik loyihalarga muhandis-konsultant sifatida jalb qilish, yo‘l qurilishida tajriba orttirgan kompaniyalarimizni xorijiy tenderlarda ishtirok etishga tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dastur ishlab chiqish taklif etildi.
🌍 Veb-sayt 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 📹 Youtube X 🔹 Linkedin
So‘nggi yillarda mamlakatimizda yo‘l qurilishi bo‘yicha malakali mutaxassislar, yirik mahalliy pudratchi va muhandislik-konsalting kompaniyalari shakllangani, zamonaviy texnika bilan ta’minlash borasida ham katta imkoniyatlar yaratilgani ta’kidlandi.
Xalqaro moliya institutlariga mahalliy mutaxassislarni dunyo miqyosidagi yirik loyihalarga muhandis-konsultant sifatida jalb qilish, yo‘l qurilishida tajriba orttirgan kompaniyalarimizni xorijiy tenderlarda ishtirok etishga tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dastur ishlab chiqish taklif etildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3👏1
– Bizga bugun arzon qurilib, ertaga yana budjetdan pul talab qiladigan yo‘l emas, uzoq yil xizmat qiladigan sifatli yo‘l kerak,
– dedi davlatimiz rahbari.
Polimer bitumdan to‘g‘ri texnologiya asosida foydalanish yo‘lning xizmat muddatini 3-4 yilga uzaytirish, yuqori haroratga chidamliligini oshirish va takroriy ta’mirlash xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.
Kelgusi yilning mart oyidan Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida 50 ming tonna polimer bitum ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Yil yakuniga qadar ishlab chiqarish quvvatini kamida 100 ming tonnaga yetkazish topshirildi.
Urganch – Xiva pulli yo‘lining asfalt-beton qoplamasida ilk bor geotekstil materiali qo‘llanildi. Ushbu texnologiya yuklamani teng taqsimlash, qoplamani deformatsiyadan saqlash va yo‘lning xizmat muddatini 4-5 yilga uzaytirishga xizmat qiladi.
Mutasaddilarga polimer bitum va geotekstil texnologiyalaridan foydalanishni yo‘l qurilishi standartlariga kiritish vazifasi qo‘yildi.
Kelgusi yildan xalqaro ahamiyatdagi yo‘llarni qurish va rekonstruksiya qilishda mazkur talab majburiy bo‘ladi, keyinchalik davlat va mahalliy ahamiyatdagi yo‘llarga ham tatbiq etiladi.
🌍 Veb-sayt 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 📹 Youtube X 🔹 Linkedin
– dedi davlatimiz rahbari.
Polimer bitumdan to‘g‘ri texnologiya asosida foydalanish yo‘lning xizmat muddatini 3-4 yilga uzaytirish, yuqori haroratga chidamliligini oshirish va takroriy ta’mirlash xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.
Kelgusi yilning mart oyidan Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida 50 ming tonna polimer bitum ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Yil yakuniga qadar ishlab chiqarish quvvatini kamida 100 ming tonnaga yetkazish topshirildi.
Urganch – Xiva pulli yo‘lining asfalt-beton qoplamasida ilk bor geotekstil materiali qo‘llanildi. Ushbu texnologiya yuklamani teng taqsimlash, qoplamani deformatsiyadan saqlash va yo‘lning xizmat muddatini 4-5 yilga uzaytirishga xizmat qiladi.
Mutasaddilarga polimer bitum va geotekstil texnologiyalaridan foydalanishni yo‘l qurilishi standartlariga kiritish vazifasi qo‘yildi.
Kelgusi yildan xalqaro ahamiyatdagi yo‘llarni qurish va rekonstruksiya qilishda mazkur talab majburiy bo‘ladi, keyinchalik davlat va mahalliy ahamiyatdagi yo‘llarga ham tatbiq etiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3🙏2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Modul_10_4
🏛️ Dastlabki tekshiruv
✔️ Takliflarni baholash haqida ushbu videoda bilib oling.
📚 Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining bepul onlayn o‘quv kursi orqali davlat xaridlariga oid huquqiy bilim va amaliy ko‘nikmalaringizni oshiring.
➡️ Kursga qo‘shilish: https://edu.icppa.uz
🌍 Veb-sayt 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 📹 Youtube X 🔹 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2026-yilning yanvar–sentabr oylarida mamlakatimizda 1,6 mln ta bitim doirasida 281,8 trln so‘mlik davlat xaridlari amalga oshirildi.
Raqobatli usullar orqali amalga oshirilgan xaridlar hajmi 170,5 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, xaridlar natijasida 12,1 trln so‘m mablag‘ iqtisod qilindi.
Davlat xaridlarining savdo turlari, hududlar, vazirliklar va yirik davlat korxonalari kesimidagi ko‘rsatkichlari bilan videoinfografikada batafsil tanishing.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍2👏2🏆1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Davlat xaridlari sohasida bilim va ko‘nikmalarni oshirishga mo‘ljallangan edu.icppa.uz onlayn o‘quv platformasida 8 321 nafar foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning 3 243 nafari sertifikatga ega bo‘ldi.
20 ta modul, testlar va amaliy keyslardan iborat o‘quv kursida barcha foydalanuvchilar bepul ta’lim olishi hamda 2 yil amal qiladigan elektron sertifikatga ega bo‘lishi mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍3👏2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥3👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅ Bu tadbirkorlarga qanday imkoniyatlar yaratadi?➡️ Davlat buyurtmachilarining kelgusidagi ehtiyojlari haqida oldindan to‘liq ma’lumot olish;➡️ Ishlab chiqarish jarayonlarini oldindan rejalashtirish;➡️ Zarur xomashyo va ishlab chiqarish quvvatlarini tayyorlash;➡️ Davlat xaridlarida faol ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish.
Reja-jadvallarni shakllantirishda tovarlar, ishlar va xizmatlarning xususiyatlarini to‘liq ko‘rsatishingizni so‘raymiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤4🔥3👏1
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori Baxtiyor Xaydarov “McKinsey & Company” xalqaro konsalting kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda kon-metallurgiya kompleksida mahalliylashtirish ko‘lamini kengaytirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha loyihaning dastlabki natijalari taqdim etildi.
Loyiha doirasida Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari, O‘zbekiston metallurgiya kombinati, O‘zbekiston qiyin eriydigan va issiqqa chidamli metallar kombinati, “O‘zbekko‘mir” hamda “Navoiyuran” korxonalari bilan sayyor seminarlar o‘tkazildi.
Shuningdek, korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari o‘rganildi, mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
📊 Korxonalarning xaridlari tahlili natijasida mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘lgan 25 dan ortiq mahsulot toifasi aniqlandi.✔️ Uchrashuv davomida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:➡️ istiqbolli mahsulotlar bo‘yicha ishchi guruhlarni shakllantirish;➡️ mahalliy mahsulotlarga talabni rag‘batlantirish va yetkazib beruvchilarni rivojlantirish mexanizmlari;➡️ mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba;➡️ loyihani amalga oshirishning keyingi bosqichlari.
Loyiha doirasidagi ishlar Agentlik bilan hamkorlikda davom ettiriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍3👏2❤🔥1🏆1
27-noyabr kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi rahbariyati hamda O‘zbekistondagi Xitoy tadbirkorlari assotsiatsiyasi raisi o‘rtasida videokonferensaloqa shaklida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, ilg‘or texnologiyalarni jalb etish hamda O‘zbekiston korxonalari va ilmiy tashkilotlarining Xitoy hamkorlari bilan aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
➡️ Shuningdek, Agentlik delegatsiyasining Xitoyga rejalashtirilayotgan tashrifi doirasida:🔵 yetakchi sanoat kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;🔵 universitetlar va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan uchrashuvlar tashkil etish;🔵 mahalliy korxonalarning texnologik ehtiyojlari asosida istiqbolli qo‘shma loyihalarni shakllantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🏆3🔥2👏2❤1