Institute of Polymer Chemistry and Physics, Uzbekistan
241 subscribers
827 photos
23 videos
7 files
172 links
Institute of Polymer Chemistry and Physics, Uzbekistan
Download Telegram
📣 ILMIY SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

☄️Bugun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi institutida ilmiy seminar bo'lib o'tdi.
Seminarda institutning ilmiy xodimlari, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, talabalar hamda NamDU, JizPI, UrDU, FarDU va BuxDU filiallaridan ham ishtirokchilar qatnashib, onlayn maslahatlashuv shaklida muhokamalar olib bordilar.
❗️Tadbir davomida hududiy filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish, ilmiy yo‘nalishlarni mamlakatimiz ustuvor yo‘nalishlariga moslashtirish hamda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Seminar ishtirokchilar uchun o‘zaro fikr almashish, tajriba ulashish va yangi takliflar bildirish uchun samarali maydon bo‘lib xizmat qildi.
✔️Barcha qatnashchilarga minnatdorchilik bildiramiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☄️ Фанлар академиясининг янгиланган Устави тасдиқланди

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2026 йил 3 июнда «Ўзбекистон Республикаси Фанлар академиясининг устави ҳамда ҳақиқий аъзолари (академиклари) ва мухбир аъзоларини саралаш ва тасдиқлаш тартибини тасдиқлаш тўғрисида»ги ВМҚ-282-сонли қарори
қабул қилинди.

Қарор билан Фанлар академиясининг янгиланган Устави тасдиқланди.

Унга кўра Фанлар академияси мамлакатнинг илм-фан, техника, маданият ва маърифат соҳаларида фундаментал, илмий-амалий тадқиқотлар ва инновацион ишланмаларни мувофиқлаштирувчи ва амалга оширувчи етакчи давлат илмий ташкилоти ҳисобланади.


✔️Мазкур Устав билан Умумий йиғилишнинг ўрни кучайтирилмоқда;
✔️Директорлар кенгаши такомиллаштирилмоқда;
✔️Уставда Фанлар академиясига раҳбарлик лавозимларини, шунингдек, мухбир аъзолар ҳамда академикларни сайлаш белгилаб қўйилди.

Bizni kuzatib boring👇

😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
🇺🇸🇬🇧🇳🇱🇩🇪🇨🇭📄 Dissertatsiya yoki maqolangizni antiplagiatdan tekshirmoqchimisiz?

Ko‘pchilik faqat Turnitin yoki Antiplag haqida biladi. Aslida internetda bepul foydalanish mumkin bo‘lgan bir qator plagiat tekshiruv platformalari ham mavjud.

Lekin bir narsani unutmang:

Antiplagiat dasturi ilmiy ish sifatini baholamaydi.
Yuqori foiz har doim plagiat degani emas.
Past foiz esa ish mukammal degani emas.

Asosiy mezon — ilmiy halollik, to‘g‘ri iqtibos va mualliflik pozitsiyasi.

Posterda tadqiqotchilar uchun 10 ta bepul antiplagiat vositasi jamlangan. Saqlab qo‘ying — albatta kerak bo‘ladi.

@uzbbenelux
#science #research #plagiarism #academia #tools
📣E'LON

POLIMERLAR KIMYOSI VA FIZIKASI INSTITUTI
Huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.05/2025.27.12.K/FM/T.17.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy seminar

2026-yil 19-iyun soat 14:00 da Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
📌Manzil: 5-qavat, konferensiya zali.
✔️KUN TARTIBI
Pirniyazov Qudrat Qadambayevichning:

“Bombyx mori xitozanining organik kislotalar bilan nanohosilalari va ularning biologik faolligi”

mavzusidagi 02.00.06 – Yuqori molekulyar birikmalar ixtisosligi bo‘yicha kimyo fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishining muhokamasi.

Ilmiy rahbar:
✔️ S.Sh. Rashidova - kimyo fanlari doktori, akademik
Taqrizchilar:
✔️Karimov Aminjon Karimovich — kimyo fanlari doktori, professor;
✔️Qodirxonov Murodxon Rashidxonovich — kimyo fanlari doktori, dotsent.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👍👍👍👍
#hamkorlik

ILM-FAN VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI KIMYO SANOATI RIVOJIDA MUHIM

🔵Mamlakatimiz yetakchisi boshchiligida joriy yilning 2-iyunida bo‘lib o‘tgan kimyo sanoatini rivojlantirishga qaratilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi vitse-prezidenti boshchiligidagi bir guruh olimlar “Navoiyazot” AJga kelishdi.

🔵Korxona mas’ullari tomonidan mehmonlarga jamiyat haqida batafsil ma’lumot berilib, amalga oshirilayotgan ishlar, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, yangi investitsion loyihalar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

🔵Muloqot davomida mahalliy xomashyo resurslarini qayta ishlash, import o‘rnini bosuvchi, qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni o‘rganish, ilm-fan va ishlab chiqarish hamkorligini yanada kengaytirish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

🔵Uchrashuvda ilmiy-tadqiqot institutlari hamda korxona mutaxassislari bilan ishlash orqali mavjud muammolarga yechim topish, innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Bizni kuzatib boring👇

😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1