🌏🌎🌐🗺Y.O. Tarixi🌎🌍🌐🌐
4.11K subscribers
8.05K photos
1.34K videos
125 files
3.5K links
Olam yashirin sirlarga boydir. Tarix esa yanada sirli, yashirin sirlarni birga kashf etamiz


Kanaldan post olinganda manbasi ko'rsatilishi shart!
Download Telegram
Sur'atda Zamonaviy xristian davlati - Malta

1964-yilda Angliya tarkibidan ajralib chiqqan. Maydoni - 136 km.kv

Bu davlat haqida qiziq ma'lumotlar ham mavjud. Jumladan, bu orol 870-1091 yillarda musulmonlar ta'sirida edi.

Umuman olganda, islom Maltaga Shimoliy Afrika Ag'labiylari 870 yilda Vizantiyadan orollarni qaytarib olgandan keyin kirib kelgan deb ishoniladi.

Bu davr merosini hanuzgacha arab tili bilan koʻp oʻxshashliklarga ega boʻlgan malta tilida va arabcha kelib chiqqan joy nomlarining aksariyatida koʻrish mumkin. Masalan, maltacha Xudo so‘zi “Alla” (arabcha “Alloh”dan), “iblis” so‘zi esa “shayton” deyilishi so'zimizga dalildir.



@Ibtido_Tarix
Nagasaki shahrida yashovchi 16 yoshli Chieko Ryu atom bombasi portlashida halok bo‘lgan onasining kuygan qoldiqlari yonida turibdi, Yaponiya, 1945 yil

📸 @Ibtido_Tarix
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
VS-300 - Sikorskiyning birinchi vertolyoti. U 1939 yilda havoga ko'tarildi.


@Ibtido_Tarix
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Odamlarni to'p bilan qatl qilayotganini ko'rsatilgan ushbu fotosurat Internetda juda keng tarqalgan. Ba'zilar bu suratga: "Musulmonlarning to'p bilan qatl etilishi" deb yozadi.

BU TO'G'RIMI?




@Ibtido_Tarix
🌏🌎🌐🗺Y.O. Tarixi🌎🌍🌐🌐
Photo
Birinchidan, bu fotosurat emas, balki rus rassomi Vasiliy Vereshchaginning "Hindistonda inglizlarning qo'zg'olonchilarni qatl qilish jarayoni (hind qo'zg'olonining inglizlar tomonidan bostirilishi)" kartinasi (ikkinchi rasmga qarang), 1884 yil.

Ikkinchidan, kartina 1857 yilda Sipohiy/Hind yollanma qo'zg'olonining bostirilishi haqida hikoya qiladi. Bu surat ingilizlar aytganidek, o'sha davrda "axborot bombasi"ga aylandi.

Qatl qanday bo'lgan edi? 1857-yilgi qo'zg'olondan keyin ingilizlar odamlarni to‘pga bog‘lab, ularga qarata o‘q uzgan. Albatta, keyin nima bo'lganini tasvirlashning hojati yo'q. Bu jarayon "Shayton shamoli" deb nomlangan.

Uchinchidan, musulmonlar ham hindlar kabi inglizlarning mustamlakachilik siyosatiga qarshi qoʻzgʻolonda qatnashdilar, shuning uchun ular ham, hindlar qatori bunday dahshatli qismatdan qutulolmadilar.

Albatta, inglizlar bu rasmni Londondagi ko'rgazmada ko'rishdan unchalik mamnun bo'lmaydilar.  Oxir-oqibat, Britaniya hukumati rasmni sotib olib, uni boshqa hech kim ko'rmasligi uchun yo'q qiladi. Ammo bu harakatlar uchun biror marta kechirim so‘rash haqida gap bo‘lmagan



@Ibtido_Tarix
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Qiyin vaqtlar kuchli odamlarni paydo qiladi, kuchli odamlar oson vaqtlarni paydo qiladi. Oson vaqt zaif odamlarni shakllantiradi. Zaif odamlar ea qiyin vaqtlarni paydo qiladi"

So'nggi yillarda bu iqtibos ozgina o'zgarishlar bilan Internetda keng tarqaldi.

Bu so'zlar ko'p odamlarga tegishli ekani aytilmoqda. Ular orasida Usmonli hukmdori Abdulhamid II, faylasuf Konfutsiy va hatto yozuvchi Remark kabilar bor.


Aslida bu ibora kimga tegishli?

@Ibtido_Tarix
Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning shaxsiy buyumlari hali ham mavjudmi?


Hozirda shunga oid ko'plab rasmlar tarmoqlarda tarqaladi. Keling bu fikrlarga real qaraymiz?

Shu bilan birga siz obunachilarimiz ham bu haqida o'z fikrlaringizni izohlarda qoldiring....

@Ibtido_Tarix
Usmonli sultonlaridan birortasi ham haj (Makka ziyorati) qilmagani rostmi?

Ha, Usmonli hukmdorlari Makka va Madinaga xayr-ehson sifatida katta miqdorda mablag‘ jo‘natib, ziyoratchilar xavfsizligini ta’minlagan bo‘lsalar ham, haj amalini bajarmaganlar.

Usmonli sultonlarining haj ziyoratiga ruxsat berilmaganiga ikkita sabab qayd etiladi:

1. Ayrim tarixchilar haj marosimi xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘tkazilmaganini ta’kidlaydilar. Sultonlar oddiy odamlar kabi yolg'iz sayohat qila olmas edilar tabiiyki. O'sha davrda quruqlikda va dengizda haj marosimi uchun ketayotganlarga ba'zan hujumlar bo'lib turgan. Shu sababli sultonlar Hajga xuddi urushga ketgandek, to‘liq jangovar shay holatda borish kerak bo‘lardi.

2. Boshqa sultonlar davlatni hukmdorsiz qoldirish xavfini hisobga olib, harbiy yurishlarga e'tibor qaratdilar.

O'sha paytlarda Hajga borish kamida uch oy davom etardi. Shuning uchun agar Sulton shu qadar uzoq muddatga hokimiyat tizginini bo'sh qoldirsa, bu davlatda anarxiya va tartibsizliklarga olib kelishi mumkin edi.


Vaqt o'tishi bilan bu Usmonlilar sulolasining erkaklar yarmi uchun hajga bora olmaslik an'anaga aylanadi. Ular ko'pincha o'zlari Hajga bormasalarda biror kishini vakil qilib, sovg'a salomlar yuborganlar



@Ibtido_Tarix
🇮🇷 Safaviylar davridagi Qizilboshlar qo'shining tuzilishi, tarkibi va harbiy tashkiloti

Ismoil Safaviy tayangan Qizilbosh harbiy qismlari asosan Anadolu, Suriya va Armanistondan kelgan turkman koʻchmanchilaridan iborat edi. Ularning koʻpchiligi ilgari Qoraqoʻyunlu va Oqqoʻyunlu birlashmalari tarkibiga kirgan qabilalardan chiqqan. Ismoil Safaviyning Lahijondan Ardabilgacha boʻlgan yaqinlari orasida (1499–1500) shomlu, karamanlu, heneslu, qojar va afshor qabilalarining vakillari, shuningdek, Kurdlar va Qoradogʻ, Arshak, Talesh va Mugʻondan kelgan mahalliy oʻtroq aholi vakillari bor edi. Arzinjonda bu harakatga ustojlu, rumlu, tekel, zulqadar va varsak qabilalari ham qoʻshiladi.

@Ibtido_Tarix
🌏🌎🌐🗺Y.O. Tarixi🌎🌍🌐🌐
🇮🇷 Safaviylar davridagi Qizilboshlar qo'shining tuzilishi, tarkibi va harbiy tashkiloti Ismoil Safaviy tayangan Qizilbosh harbiy qismlari asosan Anadolu, Suriya va Armanistondan kelgan turkman koʻchmanchilaridan iborat edi. Ularning koʻpchiligi ilgari Qoraqoʻyunlu…
Bu “qabilalar” qarindoshlik guruhlari emas, balki ochiq birlashmalar edi. Ular tarkibida turkmanlardan tashqari eronliklar, ayniqsa, kurdlar, mahalliy dehqonlar va koʻchmanchilar ham bor edi. Birlashish uchun asos bo'lib, ko'pincha liderga shaxsiy sodiqlik va Safaviylar g'oyalariga sodiqlik edi. Aymoq, tayfa, il, ashir kabi nomlar qatʼiy daraja (qabila, urugʻ, oila) boʻyicha ajratilmasdan, erkin qoʻllanilgan.

Dastlabki qizilbosh qabilalari koʻchmanchi boʻlgan boʻlsa, XVI asr oxiriga kelib ularning zodagonlari va boy vakillari oʻtroq joylasha boshlagan. Ular oʻtroq aholidan alohida xoʻjalik yuritgan, chorvachilik bilan shugʻullangan, armiya va saroyni oziq-ovqat bilan taʼminlagan. Ayrim rahbarlar hokim etib tayinlanib, xizmat koʻrsatishi uchun yer yordami (tiyul, yurt, ulka va boshqalar) olgan.

Ko'chmanchi qabilalar jangchilar bilan ta'minlangan: har 2-10 oilaga taxminan bir otliq. Harbiy tashkilot turkiy-moʻgʻulcha tuzilishga ega boʻlgan: oʻnlik (onboshi), yuzlik (yuzboshi), minglik (mingboshi), bek, sulton va xonlarga boʻysungan. Qoʻshin chap va oʻng qanotlarga boʻlingan, har birida 16 ta qabila boʻlgan. Maxsus qo‘riqchi guruh turli qabilalardan to‘planib, bevosita shohga bo‘ysundirilgan.

Qabila boshliqlari har doim ham xuddi Ismoil Safaviyning o‘zi kabi o‘z fuqarolari bilan qarindosh bo‘lmagan. Sadoqat ko'pincha din, foyda va yetakchilikka asoslangan. Qabila ichidagi hokimiyat vorisligi barqaror bo'lmagan va ko'pincha ichki nizolarni keltirib chiqargan. Elita ayollar ba'zan muhim siyosiy rollarni o'ynagan: ular pulni boshqarishgan, yurishlarda qatnashgan va hatto qabilalarni boshqargan.

Umuman olganda, qizilbosh qabilalari bir jinsli, siyosiy jihatdan moslashuvchan va ijtimoiy ierarxik tuzilmalar edi.

Manba:
Tapper, R. (1997). Eronning chegara ko'chmanchilari: Shohsevonning siyosiy va ijtimoiy tarixi. Kembrij universiteti matbuoti.



@Ibtido_Tarix
Muhammad ibn Qosim at-Saqafiy - O'z davrida Yuraklar va yurtlarni zabt etgan yigit


Bu yosh qo‘mondonning nomi zamonaviy musulmonlar og‘zida kam yangraydi, lekin uning tariximizdagi izi chuqur va yorqin, ayniqsa Hindiston yarimoroli taqdirida sezilarli edi.

U kim?

Muhammad ibn Qosim 695 (hijriy 77) yili muborak Hijoz diyorining Toif shahrida tavallud topgan. U Saqif qabilasidan bo'lib, u erga hurmatli sahobalarning avlodlariga mansub edi. Uning otasi Qosim ibn Muxaymir Basraga hokim etib tayinlandi, biroq tez orada vafot etadi. Yosh Muhammad amakisi Iroqning qudratli hokimi al-Hajjoj ibn Yusufning homiyligida o'sadi.

Muhammad yoshligidayoq ajoyib fazilatlarni namoyon etgan edi. U ehtiyotkorligi, o'ziga nisbatan qattiqqo'lligi, adolatni sevishi va harbiy ability bilan ajralib turar edi. Bu fazilatlari va al-Hajjojning homiyligi tufayli u hozirgi Pokistonning bir qismini qamrab olgan Sindga yurish qo'mondoni etib tayinlangan.

Yurishga Sind qirg‘oqlari yaqinida harakat qilayotgan qaroqchilar hujumiga uchragan va asirga olingan musulmon savdogarlar hamda ayollarning murojaatlari sabab bo‘lgan. Xalifalik bu qonunbuzarlikka chek qoʻyish, shu bilan birga shafqatsiz rajalar boʻyinturugʻi ostida yashayotgan xalqlarga islom dinini olib kirishga qaror qiladi. (Ba'zi tarixchilar bu sababni Hind yerlarini bosib olish uchun bir sahoba deya baholashgan)

🔥 Sindga yurish

17 yoshida Muhammad 6000 ga yaqin qo'shinni boshqargan. U Arablar, berberlar va suriyaliklardan iborat o'z qoʻshini bilan Baluchistondan oʻtib, Sindga kirdi.

Uning asosiy jangi Arab dengizidagi muhim qal'a bo'lgan Daibula uchun jang edi. Shiddatli qamaldan so'ng u Hind vodiysi bo'ylab oldinga siljib, shaharni egallab oldi. Uning qo‘shini Sind hukmdori Roja Dahir qo‘shinlari bilan to‘qnashdi. 712 - yilda Hind daryosidagi hal qiluvchi jangda Dahir halok bo'ldi va qo'shini tarqab ketdi.

Muhammad ibn Qosim fath qilingan yerlarni sahroga aylantirmadi. U musulmonlar maʼmuriyatini oʻrnatdi. Ammo koʻplab mahalliy amaldorlarni oʻz lavozimlarida qoldirdi. U islomiy adolatni joriy qilib, hindular va buddistlar uchun e'tiqod erkinligini ta'minladi, masjidlar va yangi binolarni qurdirdi. Uning Sinddagi hukmronligi donolik va mo'tadillik namunasi bo'ldi va hatto ba'zi hind yilnomalarida uni hurmat bilan tilga olishadi.

📉 Yosh qahramonning o'limi

Biroq xalifa Valid vafot etib, Sulaymon ibn Abdulmalik hokimiyat tepasiga kelgach, siyosiy vaziyat o‘zgardi. Yangi xalifa shafqatsiz al-Hajjoj bilan bog'liq hamma narsa va har kimga dushman edi. Qo'mondon Muhammad tabiiyki, Hajjojning jiyani va homiyligi ostidagi inson sifatida xalifaning nazariga tushdi. U Iroqqa chaqirilib, u yerda hibsga olingan. Keyinroq eng keng tarqalgan versiyaga ko'ra qatl etilgan. O'shanda u endigina 20 yoshda edi.

• Zamonaviy yoshlar uchun saboq!

Muhammad ibn Qosim buyuk ishlarga yosh to‘sqinlik qilmasligini isbotlagan. U xalifaning o‘g‘li bo‘lmagan, ko‘p yillik tajribasi yo‘q, lekin niyati, azmi, iymoni pok edi. Uning taqdiri har bir inson uchun saboqdir: sen tirik ekansan, nima bo'lishidan qat'iy nazar hayot uchun kurashda davom eta olasan


Alloh bilguvchidir...

Manbalar:

at-Tabariy - “Tarix ar-Rusul val-muluk”

Ibn al-Asir - "Al-Komil fi-t-Tarix"

Choch-noma (ingliz tiliga H. M. Elliot va J. Douson tomonidan tarjima qilingan) - Hindiston tarixi, o'z tarixchilari tomonidan aytilganidek, I jild)

@Ibtido_Tarix
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔤🔤🔤🔤🔤

АССАЛОМУ АЛАЙКУМ ВА РОҲМАТУЛЛОҲУ ВА БАРОКАТУҲ 🕋🌙


ЖУМА ТОНГИ МУБОРАК БЎЛСИН АЗИЗЛАРИМ🕋

Серқуёш Ўзбекистон аҳли ва меҳмонларини “9 май – Хотира ва қадрлаш куни” билан  самимий қутлаймиз!

Осмонимиз мусаффо, мамлакатимизда доимо тинчлик-тотувлик ва дўстлик ҳукмронлик қилсин!

Азиз фаҳрийларимиз хамда юртдошларим - Сизларга узоқ умр, мустаҳкам соғлиқ, бахт-саодат ва узоқ умр тилаймиз
!

@Ibtido_Tarix
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nemis askarlari sovet tanklarini gullar bilan kutib olishadi. Polsha, 1939 yil sentyabr.

Sababu bu davrda SSSR va Germaniya ittifoqdosh sifatida Polshani bo'lib olishgan. Sovet askarlari esa Fashistlar armiyasiga yordam berish hamda Polshaning yarmini SSSRga qo'shib olish uchun kelgan edilar


@Ibtido_Tarix