๐ŸŒ๐ŸŒŽ๐ŸŒ๐Ÿ—บY.O. Tarixi๐ŸŒŽ๐ŸŒ๐ŸŒ๐ŸŒ
4.11K subscribers
8.05K photos
1.34K videos
125 files
3.5K links
Olam yashirin sirlarga boydir. Tarix esa yanada sirli, yashirin sirlarni birga kashf etamiz


Kanaldan post olinganda manbasi ko'rsatilishi shart!
Download Telegram
Dunyodagi rasmiy tan olingan birinchi avtomobil - Benz Patent Motorwagen.

1886 yil 29 yanvar.


๐Ÿ“ธ @Ibtido_Tarix
Angliya qirolichasi Yelizaveta I o'zining yuzini oq qo'rg'oshin va sirka surtib yurgan. Buning sababi......
Lourens Arabistonlik haqida ko'pchilik eshitgan bo'lsa kerak. Ammo yana bir shaxs( ayol) borki, o'sha qo'zg'olonlar, Usmonlilar davlati parchalanishi hamda hozirgi chegaralarni chizishda Lourensdan kam rol o'ynamagan. Bu shaxs( ayol) kim?


Kommentda fikrlarni yozamiz.....
Ka'bai Muazzamani ilk bor suzish orqali tavof qilgan sahobiy kim edi?

Qiziq!!!!!
Sur'atda Zamonaviy xristian davlati - Malta

1964-yilda Angliya tarkibidan ajralib chiqqan. Maydoni - 136 km.kv

Bu davlat haqida qiziq ma'lumotlar ham mavjud. Jumladan, bu orol 870-1091 yillarda musulmonlar ta'sirida edi.

Umuman olganda, islom Maltaga Shimoliy Afrika Ag'labiylari 870 yilda Vizantiyadan orollarni qaytarib olgandan keyin kirib kelgan deb ishoniladi.

Bu davr merosini hanuzgacha arab tili bilan koสปp oสปxshashliklarga ega boสปlgan malta tilida va arabcha kelib chiqqan joy nomlarining aksariyatida koสปrish mumkin. Masalan, maltacha Xudo soโ€˜zi โ€œAllaโ€ (arabcha โ€œAllohโ€dan), โ€œiblisโ€ soโ€˜zi esa โ€œshaytonโ€ deyilishi so'zimizga dalildir.



@Ibtido_Tarix
Nagasaki shahrida yashovchi 16 yoshli Chieko Ryu atom bombasi portlashida halok boโ€˜lgan onasining kuygan qoldiqlari yonida turibdi, Yaponiya, 1945 yil

๐Ÿ“ธ @Ibtido_Tarix
VS-300 - Sikorskiyning birinchi vertolyoti. U 1939 yilda havoga ko'tarildi.


@Ibtido_Tarix
Odamlarni to'p bilan qatl qilayotganini ko'rsatilgan ushbu fotosurat Internetda juda keng tarqalgan. Ba'zilar bu suratga: "Musulmonlarning to'p bilan qatl etilishi" deb yozadi.

BU TO'G'RIMI?




@Ibtido_Tarix
๐ŸŒ๐ŸŒŽ๐ŸŒ๐Ÿ—บY.O. Tarixi๐ŸŒŽ๐ŸŒ๐ŸŒ๐ŸŒ
Photo
Birinchidan, bu fotosurat emas, balki rus rassomi Vasiliy Vereshchaginning "Hindistonda inglizlarning qo'zg'olonchilarni qatl qilish jarayoni (hind qo'zg'olonining inglizlar tomonidan bostirilishi)" kartinasi (ikkinchi rasmga qarang), 1884 yil.

Ikkinchidan, kartina 1857 yilda Sipohiy/Hind yollanma qo'zg'olonining bostirilishi haqida hikoya qiladi. Bu surat ingilizlar aytganidek, o'sha davrda "axborot bombasi"ga aylandi.

Qatl qanday bo'lgan edi? 1857-yilgi qo'zg'olondan keyin ingilizlar odamlarni toโ€˜pga bogโ€˜lab, ularga qarata oโ€˜q uzgan. Albatta, keyin nima bo'lganini tasvirlashning hojati yo'q. Bu jarayon "Shayton shamoli" deb nomlangan.

Uchinchidan, musulmonlar ham hindlar kabi inglizlarning mustamlakachilik siyosatiga qarshi qoสปzgสปolonda qatnashdilar, shuning uchun ular ham, hindlar qatori bunday dahshatli qismatdan qutulolmadilar.

Albatta, inglizlar bu rasmni Londondagi ko'rgazmada ko'rishdan unchalik mamnun bo'lmaydilar.  Oxir-oqibat, Britaniya hukumati rasmni sotib olib, uni boshqa hech kim ko'rmasligi uchun yo'q qiladi. Ammo bu harakatlar uchun biror marta kechirim soโ€˜rash haqida gap boโ€˜lmagan



@Ibtido_Tarix
"Qiyin vaqtlar kuchli odamlarni paydo qiladi, kuchli odamlar oson vaqtlarni paydo qiladi. Oson vaqt zaif odamlarni shakllantiradi. Zaif odamlar ea qiyin vaqtlarni paydo qiladi"

So'nggi yillarda bu iqtibos ozgina o'zgarishlar bilan Internetda keng tarqaldi.

Bu so'zlar ko'p odamlarga tegishli ekani aytilmoqda. Ular orasida Usmonli hukmdori Abdulhamid II, faylasuf Konfutsiy va hatto yozuvchi Remark kabilar bor.


Aslida bu ibora kimga tegishli?

@Ibtido_Tarix
Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning shaxsiy buyumlari hali ham mavjudmi?


Hozirda shunga oid ko'plab rasmlar tarmoqlarda tarqaladi. Keling bu fikrlarga real qaraymiz?

Shu bilan birga siz obunachilarimiz ham bu haqida o'z fikrlaringizni izohlarda qoldiring....

@Ibtido_Tarix
Usmonli sultonlaridan birortasi ham haj (Makka ziyorati) qilmagani rostmi?

Ha, Usmonli hukmdorlari Makka va Madinaga xayr-ehson sifatida katta miqdorda mablagโ€˜ joโ€˜natib, ziyoratchilar xavfsizligini taโ€™minlagan boโ€˜lsalar ham, haj amalini bajarmaganlar.

Usmonli sultonlarining haj ziyoratiga ruxsat berilmaganiga ikkita sabab qayd etiladi:

1. Ayrim tarixchilar haj marosimi xavfsizlik nuqtai nazaridan oโ€˜tkazilmaganini taโ€™kidlaydilar. Sultonlar oddiy odamlar kabi yolg'iz sayohat qila olmas edilar tabiiyki. O'sha davrda quruqlikda va dengizda haj marosimi uchun ketayotganlarga ba'zan hujumlar bo'lib turgan. Shu sababli sultonlar Hajga xuddi urushga ketgandek, toโ€˜liq jangovar shay holatda borish kerak boโ€˜lardi.

2. Boshqa sultonlar davlatni hukmdorsiz qoldirish xavfini hisobga olib, harbiy yurishlarga e'tibor qaratdilar.

O'sha paytlarda Hajga borish kamida uch oy davom etardi. Shuning uchun agar Sulton shu qadar uzoq muddatga hokimiyat tizginini bo'sh qoldirsa, bu davlatda anarxiya va tartibsizliklarga olib kelishi mumkin edi.


Vaqt o'tishi bilan bu Usmonlilar sulolasining erkaklar yarmi uchun hajga bora olmaslik an'anaga aylanadi. Ular ko'pincha o'zlari Hajga bormasalarda biror kishini vakil qilib, sovg'a salomlar yuborganlar



@Ibtido_Tarix
๐Ÿ‡ฎ๐Ÿ‡ท Safaviylar davridagi Qizilboshlar qo'shining tuzilishi, tarkibi va harbiy tashkiloti

Ismoil Safaviy tayangan Qizilbosh harbiy qismlari asosan Anadolu, Suriya va Armanistondan kelgan turkman koสปchmanchilaridan iborat edi. Ularning koสปpchiligi ilgari Qoraqoสปyunlu va Oqqoสปyunlu birlashmalari tarkibiga kirgan qabilalardan chiqqan. Ismoil Safaviyning Lahijondan Ardabilgacha boสปlgan yaqinlari orasida (1499โ€“1500) shomlu, karamanlu, heneslu, qojar va afshor qabilalarining vakillari, shuningdek, Kurdlar va Qoradogสป, Arshak, Talesh va Mugสปondan kelgan mahalliy oสปtroq aholi vakillari bor edi. Arzinjonda bu harakatga ustojlu, rumlu, tekel, zulqadar va varsak qabilalari ham qoสปshiladi.

@Ibtido_Tarix