🌏🌎🌐🗺Y.O. Tarixi🌎🌍🌐🌐
4.45K subscribers
8.05K photos
1.34K videos
125 files
3.5K links
Olam yashirin sirlarga boydir. Tarix esa yanada sirli, yashirin sirlarni birga kashf etamiz


Kanaldan post olinganda manbasi ko'rsatilishi shart!
Download Telegram
🇮🇹 Zirhli italyan kondottieri . 15 - asr .
Shoh Ismoil Safaviy qoʻlida Eron qanday qilib shia boʻldi?


Eron yoki Fors musulmonlar unga Fotihlar sifatida kirib kelganidan beri islom olamida muhim hudud, turli xalqlarni bog'laydigan madaniy va geografik mamlakat bo'lib kelgan. U yerda Tohiriylar, Somoniylar, Safforiylar kabi mahalliy islom davlatlari barpo etildi. Keyin bir necha yillar Eronning katta qismi shia buvahiylar hukmronligi ostida bo‘lgan. Ammo bu davrda ijtimoiy tuzilma o‘zining sunniylik holatini saqlab qolgan. Moʻgʻullar bostirib kirib, u yerda oʻz davlatlarini barpo etishdan oldin Eron saljuqiylar va xorazmshohlar tomonidan boshqarilgan. Forsda Ray, Tus va Nishopur kabi islom madaniyat markazlari ham bor edi. Bu shaharlar Islom Sharqining eng gullab-yashnagan shaharlaridan boʻlib, ularda Imom Muslim, Ibn Moja, Al-Hakim An-Nishoburiy, Abu Dovud kabi koʻzga koʻringan sunniy ulamolar va buyuk imomlar sunnat hamda hadis boʻyicha kitoblar yozganlar. Bularning barchasi fors millatiga mansub va sunniylik oqimi vakillari edi.
Shunday qilib, Fors ham boshqa musulmon o‘lkalari kabi sunniy musulmon mamlakati bo‘lib, hijriy 907/milodiy 1501 yilda Safaviylar davlati barpo etilgunga qadar mamlakat tarixida o‘zgarishlar kiritgan. Uning asoschisi Ismoil Safaviy oʻzini sunniy musulmonlarga qarshi qo'yib, ularga kurashish va yoʻq qilishga, shuningdek, Eronda oʻn ikki Imom shia taʼlimotini oʻrnatishga bagʻishladi. Shia Rafidiy Safaviylar davlati boshida Ozarbayjonning Ardabil shahridan kelgan Shoh Ismoil tomonidan tashkil etilgan. U Eron platosi boʻylab tarqalgan turkman amirliklarini yoʻq qilish hamda musulmon sunniylarga qarshi bo'lgan Shia davlatini barpo etish uchun Forsning siyosiy tarqoqligidan foydalangan.


Ismoil Safaviy mamlakatda shialik siyosatini boshladi, oʻz taʼlimoti va mazhabini qilich orqali yoyadi. Bu yo'lda oʻnlab va yuz minglab sunniylarni yoʻq qildi. Shoh Ismoil o'zining raqiblariga nisbatan o'ta shafqatsizligi bilan mashhur bo'lib, hatto o'z onasini o'ldiradi. Bu harakati bilan u sunniy Eronni shia ta’limoti va rofidiylik e’tiqodi mamlakatiga aylantira oldi. Shundan keyin Ijtimoiy va siyosiy miqyosda Fors Markaziy Osiyodagi islomiy muhitga qarama-qarshi bo'lgan davlatga aylandi. Bu yerda endi sunniylar mutlaq ko'pchilikdan kichik, ta'qib qilinadigan ozchilikka aylandi.

Ismoil Safaviyning harakatlari faqat Eron bilan chegaralanib qolmay, undan tashqariga ham yoyilgan. U Iroqqa hujum qildi, Bag‘dodni bosib oldi va sunniy xalqini qirg‘in qildi. U, shuningdek, Usmonli imperiyasiga qarshi kurashdi. Bu orqali Usmonlilarning Yevropadagi fathlariga to'sqinlik qildi. Bu yo'lda Safaviy hatto Usmonlilarga qarshi Yevropa bosqinchi kuchlari bilan til biriktirdi. Qolaversa, u Xuroson tomonga kengayib, Movarounnahrda sunniy oʻzbeklarga qarshi kurash olib bordi. Aynan Ismoil Safaviy va uning avlodlari bosqinlari orqali bu oʻlkalarni ruslar uchun oson oʻljaga aylantirib qo'ydi. Ismoil Safaviy hijriy 930 yilda vafot etdi. Undan keyin uning vorislari Eron va Forsga qarshi harakatlarini davom ettirdilar.
Hijriy 1148/milodiy 1736 yilda Safaviylar davlati qulagandan keyin, 1796-yilda hokimiyatga kelgan Qojar davlati sunniy musulmonlarga dushman shia jamiyatini meros qilib oldi. Fors XX asrda Pahlaviy rejimi tomonidan o'rnatilgan G'arbcha tuzum nazoratni boshdan kechirdi. Biroq, bu uzoqqa cho‘zilmadi, chunki 1979 yilgi inqilobda shia, imomiy va fors millatchilik xarakteriga ega Eron qayta tiklandi.
Eron Respublikasi bugungi kunda rasman aytilmasada, Safaviylar davlatini va hatto qadimgi Fors imperiyasini tiklash yo'lida harakat qilmoqda.
----------------------------------
Manbalar:
Muhammad Suhayl Taqush, “Tarixi Safaviylar davlati”, birinchi nashr, “Dor al-Nafayes”, Bayrut, 1430 hijriy/2009 milodiy.


Husayn Mu’nis, Islom tarixi atlasi, Birinchi nashr, Arab ommaviy axborot vositalari uchun Al-Zahra, Qohira, 1407 hijriy/1987 milodiy.

@Ibtido_Tarix
Qadimgi Misrliklar e'tiqodi haqida


Qadimgi misrliklar dunyo dastlabki tartibsizlik - cheksiz Nun okeanidan paydo bo'lgan deb ishonishgan. Misrning turli qismlarida panteonning asosiy xudolari bilan bog'liq bo'lgan dunyoning yaratilishi haqida o'z afsonalari bor edi.


@Ibtido_Tarix
1. Heliopolis kosmogoniyasi: Ra Xudosining so'zlari orqali dunyo paydo bo'lgan

Geliopolisda dunyo quyosh xudosi Atum-Ra paydo bo'lishi bilan boshlangan. U Nun suvlaridan chiqdi. So'ngra, narsalarni nomlari bilan chaqirib, koinotni yaratdi. Keyin u Shu (havo) va Tefnut (namlik) ni yaratdi, ular Geb (yer) va Nutni (osmon) tug'di. Ularning bolalari - Osiris, Isis, Set va Neftis Misrning asosiy xudolariga aylandi.

2. Memfis kosmogoniyasi: Ptah ongi orqali dunyo yaralgan

Memfisda hunarmandlarning homiysi Ptah xudosi oliy hukmronlik qildi. Bu afsonada u olamni qo'li bilan emas, balki fikr va so'z bilan, narsalarni borliq qilib gapirib yaratgan. Bu versiya nasroniylar va musulmonlarning dunyoni so'z orqali yaratish tushunchasini eslatadi. Ammo aynan unday emas.

3. Germopolit kosmogoniya: Sakkizta asoschi xudo dunyoni yaratadi

Germopolis shahrida mifologiya Sakkiz qavat atrofida qurilgan - tartibsizlik, zulmat, cheksizlik va dastlabki suvlarni ifodalovchi to'rt juft xudo. Ularning o'zaro ta'siridan birinchi mavjudot - quyosh tuxumi yoki lotus guli tug'ildi, undan quyosh xudosi Ra paydo bo'ldi.

4. Theban kosmogoni: Dunyoni Yaratuvchi Amun yaratadi

Yangi Shohlik davrida Amun Misrning asosiy xudosiga aylandi. Thebes afsonalarida Amun Nun bilan birlashib, keyin o'zini va barcha tirik mavjudotlarni yaratgandan so'ng, dunyo paydo bo'lgan. Bu afsona mamlakatning siyosiy hayotida Thebes hokimiyatining mustahkamlanishini aks ettirar edi.

Tafovutlarga qaramay, barcha Misr kosmogoniylari bir nechta asosiy g'oyalarga rozi:

Dunyo tartibsizlik va ibtidoiy suvlardan paydo bo'lgan. (Katta portlash nazariyasiga o'xshash)

Dunyoni yaratishda Quyosh xudosi (Ra, Atum) muhim rol o'ynaydi.

Yaratilish nutq yoki suvdan yo guldan tug'ilish bilan bog'liq.



@Ibtido_Tarix
"Magiya(Sehrgar)lar" kimlar?

Bugungi kunda “magiya” deganda biz sehrgar, sehr qiluvchi, ya'ni g'ayritabiiy hodisalar orqali sehrgarlik amaliyotchisini tushunamiz.

👑👑👑Ammo, dastlab bu atama Qadimgi Erondan kelgan. Bu yerda “magi”lar zardushtiy ruhoniylari (ruhoniylar va ruhoniylar tabaqasi vakillari) edi.

👑G'arbiy Eronda zardushtiylik tarqalishi bilan magiylar Zardushtni o'z payg'ambari deb tan olib, uning ruhoniylari vazifasini o'z zimmasiga oladilar (taxminan: miloddan avvalgi 7-asr oxiri - 4-asr boshlari).

🧙🧙‍♀ Bu davrda Magilar Qadimgi Eronning siyosiy hayotida katta rol oʻynagan. Sababi ularning qo'lida barcha ilmiy ta'lim to'plangan(ya'ni ular Ilm orqali sehr qilib odamlarni aldaganlar. Ilmdan shu yo'lda foydalanganlar). Ular diniy urf-odatlarni boshqargan, hayvonlarni tiriklayin qurbonlik qilgan, xaoma tayyorlash marosimini o'tkazgan, shuningdek, qirol hokimiyatini qo'llab-quvvatlagan.

Vaqt o'tishi bilan bu so'z boshqa madaniyat va tillarga tarqaldi. Yunon tilida u "mogos" (magos), lotin tilida esa "magus" ga aylandi. Bu yerda bu so'z sehrgarlar, munajjimlar va boshqalarni anglatadi.

Magi ko'pincha nasroniylik e'tiqodiga ko'ra chaqaloq Isoga sajda qilish uchun kelgan uchta "dono odam" bilan bog'liq. Bu hikoya, Yevropa madaniyatida "sehrgar" atamasini ommalashtirishga yordam berdi.


Arab tilida sehrgar/magi atamasi "al majus (ạlmjus)" bo'lib, bu so'z olovga sig'inuvchilar va zardushtiylar bilan bog'liq.


@Ibtido_Tarix
Mixail Gorbachyov AQSh Davlat departamentida nonushta qilishdan oldin Donald Tramp bilan qo‘l berib ko‘rishdi. 1987 yil

@Ibtido_Tarix
VORONEJ - Yevropadagi fashistlar o'z hokimiyatni o'rnatolmagan va mer(Hokim) tayinlay olmagan yagona shahar.


212 kunlik janglar, binolarning 92% dan ortig'i vayron bo'ldi, Voronej tuprog'ida nemislar bilan bo'lgan janglarda 400 000 ga yaqin sovet askari halok bo'ldi.

Voronej - Ikkinchi jahon urushi davrida eng ko‘p jabr ko‘rgan Yevropaning 12 shaharlaridan biri edi.

Shahar fashistlarga taslim bo'lmagan! Ayni shu sababli ham fashistlar hech qachon Donning chap qirg'og'iga o'ta olmagan edilar.


@Ibtido_Tarix
Islom sivilizatsiyasida dengiz qudrati: Roshiuddunlardan to hozirgi kungacha.

Dengiz kuchlari tarix davomida geosiyosiy hukmronlikda muhim rol o‘ynagan. Musulmonlar ham o'zlarining davlatlari paydo bo'lishidanoq dengizlar ustidan nazoratning strategik ahamiyatini tushungan edi. Flot o'sha davrda nafaqat harbiy qurol, balki islomni yoyish, musulmonlarni himoya qilish, dengizda savdo-iqtisodiy mustaqillikni ta’minlash vositasi sifatida ham xizmat qilgan.

Roshid xalifalar davridanoq dengiz makonini o'rganish boshlandi. Birinchi dengiz ekspeditsiyalari Usmon ibn Affon (r.a.) davrida, xususan , Muoviya ibn Abu Sufyon qo'mondonligida amalga oshirilgan. Bu ekspeditsiya 674-678 yillarda Konstantinopolning tarixiy qamaliga olib kelgan.

Keyinchalik, Umaviylar va Abbosiylar flotlari Sharqiy Oʻrta yer dengizi hamda Hind okeanini nazorat qilish uchun foydalanilgan. 12-asrgacha musulmon flotlari Vizantiya va keyinchalik salibchilarning dengiz kuchlarining mavjudligiga faol qarshilik ko'rsatadilar.

XVI asrdan boshlab Usmonli imperiyasi dengiz hukmronligining eng yuqori cho'qqisiga chiqdi. Markazlashtirilgan flotni tuzish, kemasozlikni modernizatsiya qilish va strategik bazalarni tashkil etish Usmonlilarga boshqa davlatlar kuchlarining ustunligiga qarshi chiqish imkonini berdi.

Xizir Barbarossa (vaf. 1546), uning ukasi Urudj, Turgʻut Reis va Piri Rais kabi siymolar dengiz xo'jayinligining timsoliga aylandi.

Eng muhim jang Preveza jangi (1538) bo'lib, unda Yevropaliklarning Muqaddas Liganing birlashgan floti Usmonli eskadroni tomonidan mag'lubiyatga uchratildi. Bu gʻalaba deyarli bir asr davomida Sharqiy Oʻrta yer dengizida musulmonlar nazoratini taʼminladi.

Ko'pincha shaxsiy manfaatni ko'zlab ish tutadigan G'arb flotlaridan farqli o'laroq, musulmon dengiz floti bo'linmalari markazlashgan hokimiyatga bo'ysunib, Islom qonunlari doirasida harakat qilgan. Ularning faoliyati musulmon asirlarini ozod qilish, dushman kemalarini tutib olish va savdo yo‘llarini himoya qilishdan iborat edi. Dengizchilar qonunbuzar emas edilar, ular Usmonli yerlarini himoya qilish strategiyasining bir qismi edi.

📉 Dengiz kuchlarining pasayishi va mustamlaka davri.

17-asrdan boshlab Musulmon dengiz kuchlarining sekin-asta pasayishi boshlandi. Sabablar orasida, birinchi navbatda, texnologik qoloqlik, markazlashtirilgan hokimiyatning zaiflashishi, ichki nizolarning kuchayishi, shuningdek, Yevropa davlatlarining aralashuvi.

Mustamlakachilik musulmonlarning kemasozlik zavodlari, portlari va kemasozlik markazlarini muntazam ravishda vayron qilib, musulmon davlatlarini qaram davlatga aylantirdi.

📆 Hozirgi holat .

Bugungi kunda bir nechta musulmon davlatlari haqiqiy dengiz kuchlariga ega.

Turkiya muhim yutuqlarni namoyish etdi: fregatlarni, suv osti kemalarini, TCG Anadolu samolyot tashuvchisini qurish, shuningdek, boshqa uchuvchisiz dengiz tizimlarini rivojlantirdi.

Pokiston - kuchi ortib borayotgan flotga ega yadroviy dengiz kuchidir.

Afsuski, sevimli O'zbekistonimizda kuchli dengiz qo'shinini tuzish imkon yo'q. Sababi bizda dengiz va okeanlar mavjud emas. Lekin dengiz kuchlarimiz chakki emas


@Ibtido_Tarix
Buyuk Boburiylar Imperiyasi

🔥 1526-yilda Zahiriddin Bobur Lodi Sultonni Panipatda tor-mor etgach, Hindistonning qoq markazida yangi davr – Boburiylar davri boshlandi. Akbarshoh, Shoh Jahon va Avrangzeb hukmronligi davrida imperiya misli ko‘rilmagan qudratga erishdi: masjid va madrasalar qurildi, turli ilmlar keng tarqaldi, madaniyat ravnaq topdi. Poytaxti Agra, keyinroq Dehli boʻlgan.

Birinchi padishah Bobur, oxirgisi Bahodirshoh II edi. Boburiylar ko‘plab xalqlarni islom va adolat bayrog‘i ostida birlashtirgan.

📉 Ammo Avrangzeb vafotidan keyin musulmonlar zaiflashdi - ichki nizolar, davlat tuzumini mensimaslik, mahalliy ambitsiyalarning kuchayishi va mustamlakachilar qarshisida passivlik inglizlarga yo'l ochdi. 1858 yilda Sipohiylar qo'zg'oloni mag'lubiyatga uchragach, afsuski imperiya quladi.


@Ibtido_Tarix
Lenin tirikligi chog'ida deyarli umuman orden olmagan edi. Ammo uning o'limidan keyin esa unga 400 000 martadan orden berilgan. Nega biz deyarli olmagan dedik? Sababi u faqat tirikligida bir marta taqdirlangan. U ham 1922 yilda Xorazm Xalq Sotsialistik Respublikasining Mehnat ordeni edi

Shunday qilib, Leninga tirikligida orden bergan yagona davlat bizning tariximizdagi davlat ekan


Qiziq?!



@Ibtido_Tarix