Usmonlilar oilasining erkak oila a'zolari (2009-yildan keyin sulola tugatilib,faqat oila deb atala boshlangan)
Sulola vorisligi qonuniga ko‘ra, katta shahzoda taxtga o‘tirish huquqiga ega:
1. Horun Usmonog'li(1932 yil 22 yanvar) (Abdulhamid II ning 3-avlod nabirasi)
2. Usmon Salahaddin Osmonog'li (1940 yil 7 iyul) ( Murod V ning 4-avlod nabirasi )
3. Umar Abdulmajid Osmanog'li (4-iyun, 1941) ( Mehmed Rishad V ning 3-avlod nabirasi )
4. Mehmed Ziyavuddin Osmanog'lu (1947 yil 17 sentyabr) (Mehmed Reshad Vning 3-avlod nabirasi)
5. Roland Salim Qodir Osmanog'li (5 may, 1949) (Abdulhamid II ning 3-avlod nabirasi)
6. Salim Jem Osmanog'li (5-sentabr, Sulton Abdulmajidning 3-avlod nabirasi)
7. O'rxon Ibrohim Sulaymon Saadiddin Osmonog'li (1959 yil 16 iyul) ( Sulton Abdulazizning 4-avlod nabirasi )
8. Orxan Usmonog'li (25 avgust 1963) (Abdulhamid II ning 4-avlod nabirasi)
9. Erik Mehmed Ziyouddin Nozim Osmanog'lu (1966 yil 18 iyun) (V. Mehmed Reshadning 4-avlod nabirasi)
10. Orxan Murod Osmanog'lu (26 dekabr 1972) (Murod V ning 5-avlod nabirasi)
11. Mahmud Frensis Osmonog'lu (27 aprel 1975) (Mehmed Reshad V ning 4-avlod nabirasi)
12. Rene Usmon Abdülqodir Osmanog'lu (23 avgust 1975) (Abdulhamid II ning 4-avlod nabirasi)
13. Daniel Adrian Hamid Qodir Osmanog'lu (20 sentyabr 1977) (Abdulhamid II ning 4-avlod nabirasi)
14. Abdulhamid Kayihan Osmanog'lu (4 avgust 1979) (Abdülhamid II ning 4-avlod nabirasi)
15. Salim Sulaymon Osmanog'lu (1979 yil 15 dekabr) (Murod V ning 5-avlod nabirasi)
16. Nozim Osmanog'lu (24 sentyabr, 1985) ( Mehmed V Reshadning 4-avlod nabirasi)
17. Yavuz Salim Osmanog'lu (22 fevral, 1989) (Abdulhamid II ning 5-avlod nabirasi)
18. Turan Jem Osmanog'lu (2004 yil 7 yanvar) ( Murod Vning 6-avlod nabirasi)
19. Tamer Nihad Osmanog'lu (15 aprel 2006) (Murad V ning 6-avlod nabirasi)
20. Muhammed Horun Usmonog'lu (1 dekabr 2007) (Abdulhamid II ning 5-avlod nabirasi)
21. Batu Bayezid Osmanog'lu (2008 yil 23 aprel) (Murod Vning 6-avlod nabirasi)
22. Ziya Reshad Osmanoglu (2012) (Mehmed Reshad V ning 5-avlod nabirasi)
23. Jem Umar Osmanoğlu (2015) (Mehmed Reshad V ning 5-avlod nabirasi)
23. Muhammad Abdulaziz Usmono'g'li (2016) (Abdulhamid II ning 5-avlod nabirasi)
@Ibtido_Tarix

Wikipedia
Harun Osmanoğlu
Harun Abdülkerim Osmanoğlu (d. 22 Ocak 1932, Şam, Suriye), 46. Osmanlı Hanedan Reisi ve 23. nesil Osmanlı soyundan II. Abdülhamid'in 3. kuşak torunudur.
Yevropadagi yana bir inson hayvonot bog'i
Parijdagi inson hayvonot bog'i, 1905 yil
G'arb nafisligi, inson huquqlari pardasi ortida shafqatsiz G'arb sivilizatsiyasidagi inson hayvonot bog'larini yashiradi. Bu afsona emas, balki butun bir asrni o'z ichiga olgan fotosuratlar, hujjatlar va ilmiy maqolalar bilan hujjatlashtirilgan, elita tomonidan qo'llab-quvvatlangan, omma tomonidan qiziqib kuzatilgan va darvinizm, inson evolyutsiyasi nazariyasidan hayratga tushganlar tomonidan amalga oshirilgan haqiqatdir.

1877 yilda, nemis sayyohi Karl Xagenbek Gamburgda o'zining birinchi inson namoyish etilgan ko'rgazmasini uyushtirgan. Unda eskimos va nubiyaliklarni hayvonlar kabi tashrif buyuruvchilarga ko'rsatishgan. Aynan shu voqea G'arbda Insonlar Hayvonot Bog'lari asta-sekin paydo bo'la boshladi. Bir yil o'tgach, 1878 yilda Parij xalqaro ko'rgazmasida afrikaliklar "ibtidoiy holatda" yashovchi maymun sifat odamlar sifatida taqdim etilgan birinchi "Negro qishlog'i" namoyish etildi.
1889 yilda Parijda bo'lib o'tgan Butunjahon ko'rgazmasida 400 afrikalik Trocadero bog'lari ichidagi haqiqiy qafaslarda ilg'or maymunlar sifatida namoyish etildi. Mehmonlar ularni ko'rish uchun pul to'lashdi. Bu "odamlar" xuddi maymunlar kabi pista va mevalar bilan oziqlantirilgan. Bu shaxsiy harakat ham, xususiy loyiha ham emas, balki Fransiya hukumati tomonidan nazorat qilinadigan, matbuot tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan va ilmiy universitetlar tomonidan maqtovga sazovor bo‘lgan rasmiy harakat edi.
1906 yilda Nyu-Yorkdagi Bronks hayvonot bog'ida vahshiylik avjiga chiqdi, u yerda 23 yoshli kongolik Ota Benga orangutan bilan qafasga joylashtirildi. Uni jihozlar bilan o'ynashga, olomon oldida raqsga tushishga va tabassum qilishga majbur qilindi. Qafas yonidagi belgida esa unga "ibtidoiy Afrika irqi modeli" deb yozib qo'yiladi. Ota Benga keyinroq ozod qilinadi. Ammo ko'p yillar davomida o'zini kamsitilgan, yolg'izlangan va umidsiz his qilganidan so'ng o'z joniga qasd qiladi. Chunki Amerika jamiyati uni rad etdi va uning insoniyligini tan olishni xohlashmadi.
Belgiyada Kongoni o‘zining qonli fermasiga aylantirgan zolim qirol Leopold II bu harakatni rag‘batlantiradi. Shu sababdan ham 1897-yilda yuzlab tub aholi Bryusselga namoyish qilish uchun olib kelindi. Yetti nafar bola sovuq va ochlikdan vafot etdi.
Bu bog'lar Germaniya, Italiya, Ispaniya va hatto Skandinaviyaga ham tarqaladi. Inson karvonlari Yevropa boʻylab 1958-yilgacha aylanib yurdi. Bryusselda Expo 58 koʻrgazmasi davomida soʻnggi “mustamlakachilik koʻrgazmasi” boʻlib oʻtadi. Kongo qabilasi maxsus pavilonda, xavfsizlik va kuch qo'shinlari bilan qoʻriqlanib namoyish etildi. Ya’ni, bu amaliyot “jaholat asri”(9-16-asrlar)dan emas, balki XX asrning Yevropada Inson huquqlari rivojlangan davrda yuz bergan.
1877 yildan 1958 yilgacha o'n minglab odamlar mustamlaka qafaslariga qamalgan, yuzlab odamlar to'yib ovqatlanmaslik, sovuq, tibbiy e'tiborsizlik yoki psixologik tahqirlar natijasida vafot etgan. Ularning hech biriga o‘zini himoya qilish, vataniga munosib qaytish huquqi berilmagan. Aksincha, ular ommani ko'ngil quvontirish va irqiy ustunlik nazariyasini oziqlantirish uchun vosita sifatida ishlatilgan.

Hulagu qanday o'ldirilgan?
================
Uning to'liq ismi “Hulaku Ibn Toluiy Ibn Chingizxon”dir. Ya'ni “Chingizxon”ning nabirasi. U axloqi va fe’l-atvori jihatidan uning avlodlaridan Chingizxonga eng yaqini bo'ldi.

Hulagu islom va musulmonlarga nisbatan nihoyatda nafratda bo'lgani haqiqat. U islom va musulmonlarni yo‘q qilishga intilardi.
Shu sababdan ham u Iroq va Shomga qarshi shafqatsiz va dahshatli yurishlarini boshlab, vazir “Ibn Al-Alqomiy” yordamida Bag‘dodni egallab oladi. Hijriy 656 yil(1258-yil)da Abbosiylar xalifaligini ag‘darib, ikki millionga yaqin musulmonlarni qirib tashlanishiga sabab bo'ldi. Uning Musulmonlarni yo'q qilishga bunchalik harakat qilishiga sabab uning nasroniy xotini “Zafar Xotun”ning ta’siri edi.
Hulogu Damashqni egallash uchun kelganida, ukasining vafoti haqida xabar oladi. Natijada, u moʻgʻullarning yangi oliy hukmdorini saylash uchun tezda Qoraqurumga qaytib ketadi. O'z o'rniga Damashqni va Musulmonlarning qolgan yerlarini egallash uchun Kitbugʻani qoʻshinlar qoʻmondoni sifatida qoldiradi. Ammo Kitbugʻa Ayni Jalutdagi jangda oʻldiriladi.
Boshqa tomondan, Oltin O‘rdaning mo‘g‘ul hukmdorlari barcha a’zolari bilan birga islom dinini qabul qiladi. Bunda Huloguning amakivachchasi Berkaxonning o'rni yuqori edi. Berkexon musulmonlarga qilgan ishlari uchun Hulagudan o‘ch olmoqchi bo‘lib, Hulagu ustidan bir nechta janglarda gʻalaba qozonadi. Natijada, Huloguning qo'shinidagi bir qancha katta qo'mondonlar Levant va Misrga qochib, islomni qabul qilishlarini e'lon qildilar. Hulagu bu vaziyatda qo'shinini magʻlub etgan mamluklarni yoʻq qilmoqchi boʻldi, biroq Al-Zohir Baybars unga qarshi turib, uni magʻlub etdi.
Bu ketma-ket mag‘lubiyat va omadsizliklar natijasida Hulagu beixtiyor siydik ketishi va qattiq tutqanoq kasalligiga duchor bo‘lib, itdek uvvilay boshladi. Hech bir tabib uni davolay olmadi va qisqa muddatli kasallikdan so‘ng u milodiy 1265 yil sakkizinchi fevral dushanba kuni vafot etdi. Vafotidan keyin Eronning Urmiya ko‘li yaqinidagi Kabudiy orolida dafn qilindi.
Hatto uning dafn marosimi ham oddiy bo'lmaydi. Uning dafn marosimi inson qurbonlik qilingan yagona dafn marosimi edi.

Afrikadagi mustamlaka imperiyalari siyosatining dolzarb karikaturasi, 20-asr boshlari
Germaniya - Jirafalarni mashq qildiradi va ulardan iborat qo'shin bilan yurish qiladi
Britaniya - mahalliy aholini maydalab, ulardan oltin va boshqa qimmatbaho metallar yasaydi
Fransiya - nazoratsiz miqyosda mulat qullar ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi.
Belgiya - tipik imperialistik qirol Leopoldga kechki taom uchun afrikalik qora tanlilardan tayyorlangan ovqat taqdim etiladi. Sababi uning roziligi bilan Kongodagi mahalliy aholining oyoq-qo'llari turli huquqbuzarliklar uchun ommaviy ravishda kesilgan.

Rasmda 10 yoshli bolakay va 36 yoshli erkak tasvirlangan. 1928 yil
Bunga ishonasizmi? Ammo shunday
Jumladan, Chapdagi bola - Robert Uodlou. U tarixdagi eng baland odam hisoblanadi. Uning yonida otasi Garold Franklin bor. Uning otasining bo'yi 1,82 m. O'zining eng baland bo'yiga yetgan davrda 2,72 m ga yetgan.

250 yil muqaddam Shimoliy Amerikadagi Buyuk Britaniyaning o'n uchta mustamlakasi hukumatga qarshi qo'zg'olon ko'tara boshladi, bu esa keyinchalik Amerika mustaqillik urushiga aylandi.🇬🇧🇺🇸
17-asrdan boshlab Shimoliy Amerikaning Sharqiy qirgʻogʻida ingliz mustamlakalari paydo boʻldi va asta-sekin kengayib bordi. Oʻsha paytda ular asosan kambagʻallardan boʻlgan yoki diniy qarashlari uchun taʼqibga uchragan odamlardan iborat edi. Ulardan birinchisi, 1585 yilda asos solingan,ammo keyinchalik, ko'chmanchilar tomonidan tashlab ketilgan Roanokni hisobga olmaganda, 1605-yilda tashkil etilgan Virjiniya edi
Faol kengayish tufayli ularning soni 13 taga yetdi. O'sha paytda bu 13 mustamlaka Aqsh tashkil topmasidan avval ham amalda federatsiya bo'lgan. Ya'ni har bir koloniya o'z qonun chiqaruvchi majlisi va qoidalariga ega edi. Jumladan, rasmiy Londonning mahalliy ishlar va savdoga ta'siri minimal bo'lgan.

Yetti yillik urush tugaganidan va 1763 yilda fransuzlar Shimoliy Amerikadan quvilganidan so'ng, ona mamlakat(Britaniya) va mustamlakalar o'rtasida Britaniya parlamentining mustamlakalarda o'z hokimiyatini kengaytirishga urinishi bilan bog'liq muammolar boshlandi. Bir tomondan, mustamlakalar urushda o'zlarining jangovar qobiliyatini isbotladilar. Jumladan, ular fransuzlar va fransuzlar bilan ittifoqdosh bo'lgan hindu qabilalariga qarshi o'z militsiyalarini joylashtirib,muvaffaqiyatga erishdilar. Metropol(Britaniya)ning ushbu harbiy harakatlar teatrida passiv ishtirok etishi ham koloniyalarni g'azablantirdi.
Boshqa tomondan, Yevropadagi urushdan ancha bo'shab qolgan ingliz xazinasi qirol rejasiga ko‘ra, qisman bo‘ysunish holatida juda uzoq vaqt yashagan mustamlakalardan foyda topish evaziga to'lishi kerak edi.
Shu sababli Metropoliya mustamlakalarda qirol hokimiyatini mustahkamlash uchun dekretlar qabul qila boshladi. Masalan, 1765 yilda Britaniya parlamenti Marka solig'i to'g'risidagi qonunni qabul qildi (keyinchalik bekor qilindi, ammo boshqa soliqlar bilan almashtirildi),1774 yilda esa "vatanparvarlar"ning bo'ysunmaslik harakati bo'lgan "Boston choyxonasi" harakatiga javob sifatida chidab bo'lmas qonunlar qabul qilindi; Bu Londonga qarshilik ko'rsatishni talab qilgan qirol hokimiyatining muxoliflariga berilgan nom edi.
Hammani hayratda qoldirgan "Qo'zg'olonchi"lar qit’a kongressida mustamlakachilar musibatlarga qarshi birlashgan holda kuchli hukumat tuzdilar. 1775 yildagi Leksington va Konkord janglaridan so'ng, inglizlar qo'zg'olonchilarni qurolsizlantirishga urinib ko'rdilar. Ammo bu natija bermay, keng ko'lamli inqilobiy urush boshlandi. Qo'zg'olonchilar dastlab Minutemenlarga - harbiy amaliyotlarda tajribaga ega bo'lgan erkin militsionerlarga tayanib, kuchli va jangovar tayyor Kontinental armiyani tashkil qilishdi. Uni tajribali polkovnik Vashington boshqargan. U urush paytida militsiyani hatto inglizlarga ham qarshilik ko'rsatishga qodir bo'lgan professional armiyaga aylantirishga muvaffaq bo'lgan.
Urush paytida inglizlar o'zlarining o'n minglab askarlarini, shuningdek, 50 mingga yaqin nemis yollanma askarlari va hindularini ham olib kelishdi; Shuningdek, sodiqlar ham bor edi. Bu odamlar tojga sodiq insonlar bo'lgan. Bularning barchasi mojaroni ayniqsa shiddatli qildi. Dastlab, kurash inglizlar foydasiga edi.
Ammo keyinroq mustamlakalarning mustaqillik e’lon qilishi, ularning Filadelfiya yurishidagi g‘alabalari, Saratogada inglizlarning taslim bo‘lishi vaziyatni o'zgartirib, butun dunyoga amerikaliklarning g‘alaba qozonish imkoniyati katta ekanligini ko‘rsatdi. Bu ham yetmagandek, Fransiya, Ispaniya va Birlashgan viloyatlar (Gollandiya) ham qo'zg'olonchilar tarafida urushga qo‘shildi. Aynan ularning aralashuvi 1781-1782 yillarda ingliz qo'shinlarining yakuniy mag'lubiyatiga olib keldi.
Urush natijasi 1783-yilda Parij shartnomasi bo‘ldi: London bir qator mustamlakalarni ittifoqchi davlatlarga berdi, shuningdek, 13 mustamlakalarining mustaqilligini tan olishga majbur bo‘ldi. Bu esa yangi davlat – birinchi "saylangan" prezident general Vashington boshchiligidagi Amerika Qo‘shma Shtatlarini tashkil etilishiga sabab bo'ldi.

Sizningcha,kanalda 1 kunda nechta post qo'yilishi kerak?
Anonymous Poll
9%
2
21%
3
15%
3 dan ko'p
46%
Qancha ko'p bo'lsa shuncha yaxshi
8%
1 Dona yetadi
🤩"Admiral" unvoni arab tili orqali kirib kelgan so'z
🤩Admiral so'zi arabcha Amir al-Bahr ("dengiz xo'jayini") so'zidan kekib chiqqan. Bu so'z Yevropaga ispan musulmonlari arabcha flot rahbarlarink shunday atashgani oqibatida paydo bo'lgan. 1142 yildan boshlab Sitsiliyada, 1216 yildan Angliyada va 1284 yildan Fransiyada eng yuqori dengiz unvonlari admiral deb atala boshlandi.
🤩XVI asrda deyarli barcha Yevropa tillarida admirallar shu nom bilan atalgan. 16-asr Usmonlilar imperiyasining gullagan davri edi; Usmonli turklari deyarli butun Oʻrta va Yaqin Sharqni egallab, Venaga yetib kelishdi. Turk flotining eng ko'zga ko'ringan rahbarlari aynan Amir al-Bahr unvonini olgan edilar. Aynan shundan keyin Yevropada Admiral so'zi yanada keng tarqala boshlagan

❔"Alkogol" so'zining arab tiliga qanday aloqasi bor 🤔
🤩🤩9-asrda musulmon olimlari Jobir ibn Hayyon va Al-Kindi distillash yoʻli bilan sof spirt olishni oʻrgandilar. Ammo ular undan faqat kimyoviy tajribalar uchun foydalanishgan. O'sha davrda kashf etilgan bu narsaga musulmon kimyogarlari orqali “surma”, “koʻz kukuni” maʼnosini anglatuvchi “al-kuhl” atamasini ishlatishgan. Aynan ushbu so'z keyinchalik al-kuhuliyga aylanib, baʼzi bir asl moddaning moddalarga boʻlinishini anglatadigan so'zga aylandi. Keyinroq esa bu so'z oʻrta asr lotin tiliga, u yerdan esa (taxminan 16-asr) Gʻarbiy Yevropa tillariga Alkagol so'zi nomi bilan kirib kelgan.
🤩O'rta asrlarda Yevropada spirtli ichimliklar nozik kukun yoki tozalangan (distillangan) suvning nomi edi. Faqat yuz yil o'tgach, "alkogol" hozirgi ma'nosini oldi.

❔🤩"Shakar" so'zining tarixi qadimgi Hindistonda boshlanganini bilasizmi?
🤩Hammasi sanskrit tilidagi “śarkarā” bilan boshlangan. O'sha vaqtda ezilgan yoki kristallangan shakar Hindistonda shunday atalgan. Bu so‘zdan forscha “shakar” (sẖḵr) kelib chiqqan bo‘lib, keyinchalik arab tiliga “sukkar” (sūkār) tarzida ko‘chib kelgan. Keyinchalik, musulmonlar orqali bu atama o'rta asr Yevropasiga keldi. Lotin tilida u "sukkarum" tarzida yangrab, bu yerdan fransuzcha "sucre" va inglizcha "sugar" ga aylandi.
🤩🤩Yevropani nafaqat bu so'z, balki mahsulotning o'zi bilan ham tanishtirgan ham musulmonlar bo'lgan.
Musulmonlar o‘rta asrlarda Yevropaga shakarni Sitsiliya va Ispaniya orqali olib kelishgan,
Aytgancha, ruscha "saxar" so'zi Oltin O'rda davrida turkiy tildagi "shakar" so'zi orqali Rus tiliga kirib kelgan