Ibroxim Ergashov
49 subscribers
27 photos
6 videos
4 links
⭐️ Frontend Developer
👨🏻‍💻 AI & Dasturlashda +5 yil tajriba

www.ibrokhimweb.uz
Download Telegram
Birinchi ishimni qanday topganman? 2-qisim

… Uyqum kesa ham Energetik ichib o’tirurardim…
Ohir oqibat asosan sog’lig’imdagi muamolar sabab boshqa ish topishim kerakligi, shu holatda nomim chiqmi, qiynalib, qora mexnatda pul uchun chidab yurmasligim kereligini, boshqa ishda ham bundan ham yaxshiroq maoshga ishlash mumkinligini tushunganidim.

Ko’p o’yladim kere bo’sa shu darajada qiynalib ketganimdan yig’lashgacha bordim. Kotta hayotga ilk qadamlarim noto’g’ri tomondaligini tushundim.

O’ylab o’ylab 1 qarorga keldim.
Man ham dasturchi bo’laman, boshqalardek kresloda, kompyuter qarshisida, qishda issiq, yozda salqin ofisda, toza va qulay ustboshda ishlashni tanladim.

Maqsadim uchun yana pul yig’ishni boshladim. 2 -3 oylarda 20-22 mln so’m pul yig’dim (maoshim yaxshi edi, mehnati ham shunga yarasha edida).

Qish keldi. Bilasizmi yo’qmi qishda asfat qilish mumkin emas. Chunki asfalt muzlasa sifatini yo’qotadi va burdalanib ketadi (shunga qaramasdan bazida qor ustidan ham asfat qilishga majburlashgan kunlar ham bo’gan). Qisqasi qishda ishimizda sezon o’lgan vaqti edi.

Uydagilarga maqsadimni tushuntrdim va ular qatiy qarahi bo’lishdi. Dadam tushuntrishga harakat qilib: “Aqlini yig’, xozirgi ishinda 10-darajada turgan bo’sang, o’zin etvotgan ishni ham 10-darajadan boshlamisan 0 (nol) dan boshlisan, hozir ovotgan oyligini olish uchun yana qancha vaqt ketishini o’ylab ko’rdimi?” dedila.

Nima qildim? To’xtab qoldimmi?
Yo’q albatta. Chunki manda hali maqsadim uchun vaqt borligini bilardim. Dasturlashni mustaqil davom ettirdim lekin qivotgan ishlarim va natijalarim sekinlogidan Uztoz kereligini tushundim va qidirishni boshladim.

O’qish uchun 1 nechta joylarni topdim (u vaqtda hali IT xozirgichalik rivojlanmagandi va o’qiv markazlar ham sanoqli edi). Ular: Najot Talim, Astrum va PDP edi.

Man Astrum ni tanladim.
Nimaga? Chunki Astrum uyimizdan ~3 km atrofida uzoqlikda edi va o’qishga topshirdim.

O’qish rejasi: 1 oy imtihon sinovi, 12 oy asosiy davr edi.
Avvaldan Html, Css, Javascript va qisman C++ ni ham bilganim uchun 1 oylik imtihon vazifalarini 7 kunda birinchilardan yakunladim. Lekin 1 oy kutishga to’g’ri kelarkan. O’qish smeni yarim kunlik edi yani istasez ertalab borib abet vaqtida ketsez bo’lardi yoki abetda kelib kechga ketardiz. Hohlovchilar kuni bo’yi yoki 24/7 qolishlari ham mumkin edi. Man asosan kunduzi to’liq qolib o’rganardim.

O’zimi vazifalarin yo’qligi uchun vaqtdan unumli foydalanib chuqurroq o’rganishni va amalyot qilishni boshladim (sharoyitlardan foydalanib).

Lekin atrofimdagilar ko’p chalg’itardi. Asosan yordam so’rab (bazilar bezbetlarcha ko’chirish uchun yozgan kodimni so’rashardi. Bermasdim albatta). Yordamni ayamadim so’ragan hammaga qo’ldan kegancha yordam berdim.

Shu ketishda davom etdim va Asosiy bosqichga o’tdim.
Asosiy bosqich 1-qismi vazifalari ochilishi bilan 1 oy ichida 75% ga yakunlab ulgurgandim.

O’zimga ishonchim oshib ketgandi. Chunki nomiga harakat qisam hammasi o’xshavotgandi. Hammasi shu joydan boshlandi.

Atrofimda PUBG o’yiniga mukkasidan ketganlar to’planib qoldi. Boshlanishiga etibor bermadim. Keyinchalik o’yinni yuklab oldim va qisman birga o’ynashni boshladim. Ko’p o’tmasdan shularni 1 tasiga aylandim.

2 oy o’tib ketgandi. Yana o’tirib o’yladim. Man buyoga shuning uchun keganmidim? Yo’q albatta. Tez chiqib ketishim kereligini tushundim (o’yindan) va Boshqa qorong’u honaga ko’chib o’tdim.

Deyarli hechkimga yordam bermasdan 2 oycha takrorlash qilib o’z ustimda yolg’iz ishladim. ~5 oy o’tib bo’gandi. Shu orada natijasi yaxshilarga Grant berishni reja qilishvotganini eshitib qoldim. Albatta manga ham birinchilar qatorida Grant berishdi.

1 oy o’tmasdan Astrum yaxshi natija ko’rsatgan o’quvchilarini UIC Group, Data site Technology kabi kompanyalarga ekskursiyaga oborishni boshladi.

UIC Group Frontend Vue dan foydalanardi. Man esa React ni tanlagandim. Lekin UIC muhiti manga juda yoqgamidi.

Data Site ~20 kishini suhbat qilib ~5 kishini test nonov muddati taklif qilishdi. Sinovdan o’tganlar.
👏21👍1🔥1
Amalyotda ishlashlari mumkin edi va 1 oydan 3 oygacha muddatda ishga olish taklifi bilan birga.

Albatta 5 kishidan biri Men edim. Test sinovi yakunlandi va 1 kishinigina olib qolishdi. Topingchi u kim? Albatta bu Man edim 🥹

Amalyotda ishlashni boshladim. Oradan 2 oylar o’tdi. Shu orada mani olib qogan hodim (Shohrux aka) Armiyaga ketib qoldi. Ofida kichik loyihalar yani Landing page va Vizitka saytlar bilan ishlardim qisman project bayga 100-200$ berishni boshlashdi. Ish qidirib ko’rdim va topdim.

Suhbatdan o’ta oldim. 300$ oylik, Yo’lkira, Ovqatlanish harajatlarini qoplab berish taklifini berishdi. O’ylab ko’rishimni etdim.

Data Site ga qaytib Ofisdagilarga bu haqida aytdim. Shu taklif shaklida ishga olishlarini so’radim. Lekin ularni javobi: “Jon deb ishga olardim. Lekin sizi Shohrux obqogan. Xozi sizi ishga ovosam u hafa bo’ladi. Ozgina kutin o’zi keladi” deyishdi.

Data Site zo’r kompanya tan olaman lekin bazi kichik taraflari manga yoqmasdi shunichun. Man kutishni hohlamadim va Taklif bergan kompanyaga ishga kirdim.


Dasturlash orqali nimalarga erishdim qiziqmi? ⚡️ qoldiring yoki comment yozing.
32🔥1👏1
Bu nima degani?
Bu bug emas lekin
Alhamdulillah anchadan beri niyyat qilib yurgan macbook’imni oldim

Shu kungacha Windows dan foydalanib kelardim, lekin ko’ngilni tub tubida macbook olish orzusi boridi. Allohga shukur yana bir maqsadimga erishdim 😮‍💨
👍3👏1
Vibe Coding Time 😮‍💨
👍2
Bu havoga Issiq kofe va yaxshi laptop kere 😉
Ishga joylashdim va xozircha Setup’im ko’rinishi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Alhamdulillah bizda yana +1
Bugundan Mobile Developerman 😅
👍2
Ramazon muborak brodarlar 🌙
11🥰1
Yana eski hunarimni boshladim 🤦🏻‍♂️

Oxirgi vaqtlarda shaxsiy muammolarim sabab o‘zimga yaʼni Kun tartibim, Rejalarim va Maqsadlarimga beparvolik qilib qo‘ydim. 

Uyqu rejiminiku gapirmasa ham bo‘ladi, saharlikga qadar uhlamasdan o‘yin o‘ynab yoki Instagram ko‘rib saharlikdan keyin asosan 9-10 gacha baʼzida 11-12 gacha uhlab yotibman. Ish rejimim ham buzilgan 

Manimcha yana rejimga qaytish uchun chelenge qilsam kerak 

Hozir dushga tushib mativatsiyam jo‘shib ketib ancha narsani reja qilib tashadim 🤣

Sanasam muammolar juda ko‘p biri ikkinchisini keltirib chiqarib ancha chuqur muammoga kirib qopman, hamma yoqda muammo (sog‘liq, ish, uyqu, ovqatlanish…). Tezroq to‘g‘rilamasam bumidi 😐
O’ylanib qoldim 🤔

Avvallari YouTube ga video chiqarib yaxshi natijalarga erishgandim yani qo’ygan videolarim to’pga chiqardi masalan o’rtacha 10k+ prasmotr va 1k+ Like yig’ardi, YouTube ni yaxshi biladiganlar tushunadi bu zo’r natija aslida

Lekin nimaga bilmadim vaqt o’tib to’xtatib qo’yganman kanal ham yo’qolib ketgan adashmasam 🧐

Xozir o’ylab qoldim yana qaytadan o’zimmi sohamdagi aktual mavzularda videolar osammikin? Hamma sharoitim bor. Mantajni o’zim qila olaman silar nima desilar?

Agar video chiqarsam qaysi mavzuda chiqarishimi hohlardila? Faqat iltimos hamma qilib chiqgan yoki eng oddi AI bilan ham hal qilish mumkin bo’gan mavzularni yozmela, taklif bersela haqiqiy muamoni ko’rsatila qo’limdan kegancha 5 yillik tajribamga tayanib video qilishga harakat qilaman

Sizga IT ga taluqli qaysi mavzu qiziq?
👍2👏1
Borgan sari dangasa bo’lib borvoman 🤦🏻‍♂️

Claude Code dan premium sotvoldim…
Ketadimi?
Raxazon Xayiti barchamizga muborak bo’sin 🎉

Tutgan ro’zalarimiz va ibodatlarimizni dargohida qabul qilsin
1
Mobodo AI Dasturchilani ishini obqo’ysa nima ish qilishni topdim shekilli
Silaram sezdilami?
Ohirgi vaqtlar Vibe Coding ga qattiq bog’lanib qoldim

Token limitlari yetmasligni boshladi 😐