Yozdan yoziqlar 1/3
Iyun
Ko'p narsa esimdan chiqibdi, galereyaga qarab yozyapman endi.
Quyosh qizdirgan, nap nimaligini his qildirgan, miya hech qanday akademik ma'lumot qabul qilmagan oy bo'ldi. Uzoqroq cho'zilgan shanbaga o'xshadi iyun, prokrastinatsiya sabab muhim vazifalarni yakshanbaga qoldiradiganim shanbaga.
Faqat kino ko'rdim, trilogiya va yana bir serial. Taqriz ham yozmadim. Yangi qo'shiqlar topdim bir-ikkita. Yil boshida boshlangan kitob seriyasi yakunlandi lekin, oxiri elektron o'qishga to'g'ri keldi baribir. Zerikarli bo'lmagan bir xillikda yashadim. Qanchadir muddat aqliy charchoqni ham qadriga yetdim. Uyni sog'indim, uyga kelib yana uyni sog'indim.

β€5π₯1π1π1
The changes of personality are identified on everything that belong to you. Outfit, the flavors you are picking of ice-cream, the level of your high-heels, shiny bags, and all of all, the style of this povroom. There's been no period of time you said you're enough, it's been always past perfect. Perfect past. You'd been what you chased for once until and here's always until. After all, you refresh and start chasing again. Not aware of after what. Still chasing.
β€1π₯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
β€3π1π1
πSamarqand
Yaxshi kun bo'lgandi. Doimiy aholi yashaydigan taraflarni ko'rish uchun alohida borish kerakdir balki. Samarqand faqat naqshlardan iborat bo'lmasa kerak. Borgan taraflarimiz faqat turistik zona. Har kungi hayoti, ishga kiyadigan kiyimlari, shashlikdan boshqa taomlari qiziq samarqandliklarning.

β€8β€βπ₯2
Kunlik suhbatlarda seni manipulyatsiya qiladigan omillar:
1. Nutqing davomida tez-tez savol beradigan insonlar.
Bu orqali mavzu manipulyatorning o'zi istagan yo'nalishda shakllanib boradi. Ayniqsa, savollar qiziqqan mavzularing, desertga, hayoting haqida bo'lsa va sheriging shaxsiy chegaralaringni kesib o'tayotganini mahorat bilan yopa olsa, og'zingni yopish qiyin. O'zini qobiliyatidan xabardor odam bo'lsa-ku, ichida qotib o'tirgan bo'lishi ham mumkin.
2. Aslida bunday sifatga ega emasligingni bilib turib maqtaydiganlar.
Shu holat 2 martadan ko'p takrorlanganidan keyin, bunga o'zing ham ishonishni boshlaysan. Shaxsiyatingning bu jihatiga urg'u berishlar ko'zga tashlanadi. A bu tabiatan aslida mavjud bo'lmagani bois, aksincha teskari ishlaydi. Shortly, sen o'zingda yo'q narsani bor qilib ko'rsatishga urinasan, yetmaganiga bunga ishonasan ham.
3. Fikringni tasdiqlaydiganlar.
Ular o'z pozitsiyalarida qanchalik mustahkam turmasin, qiynalmasdan sening fikringni ham to'g'ri deyishi mumkin. Bu orqali anglagan/anglamagan holda senda o'zlariga nisbatan hurmat uyg'otishga muvaffaq bo'lishadi. Qarashlaringni qo'llay oladigan odamlarni tinglashga ko'proq harakat qilasan, boshqarilishing ham mumkin.
4. O'zini e'tiborsizdek tutadigan *lar.
Bular mavjudligidan xabarim bor-u, ta'rifdagi slanglarni olib tashlasam, bo'sh qoldirganim yaxshi, hozircha.
*psixologik deb bo'lmas-ku, qisqa xulosalar

π₯4β€1π1πΏ1