Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti
3.11K subscribers
15K photos
1.18K videos
179 files
4.42K links
Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining rasmiy telegram kanali

Institut rektoriga murojaat uchun:

Call-markazi: +998 (69) 239-50-51 

kanal admini:
Download Telegram
🎗“Bir boʻlsak - yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz!” shiori ostida Zakovat intellektual oʻyini oʻtkazildi

  🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi oldidan Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti hamda Yoshlar ishlari agentligi Toʻraqoʻrgʻon tuman boʻlimi hamkorligida oʻtkazilgan ushbu tadbirga tumandagi  mahalla yoshlari jalb etildi.

  ♻️Ushbu Zakovat intellektual oʻyinlarini oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad yoshlar qalbida vatanga muhabbat, sadoqat kabi tuygʻularni kamol toptirish, yigit-qizlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga koʻmaklashgan holda bilim va koʻnikmalarini oshirish hamda oʻzaro hamjihatlik, birdamlik kabi jihatlarni ham shakllantirishdan iboratdir.

  Shuningdek, yaqinlashib kelayotgan muhim sana oldidan yoshlarni “Bir boʻlsak - yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz!” shoiri ostida yakdil maqsadlar sari odimlashlarini qoʻllab-quvvatlash nazarda tutilgan. Aynan oʻyin davomida berilgan savollarning mazmun-mohiyati ham mavzuga mos tartibda tanlangani tadbirdan koʻzlangan maqsadning mohiyatini aks ettira oldi.

NamDChTI Axborot xizmati!

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
FARZANDLARIMGA O‘ZIM- PSIXOLOGMAN

🏛 Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillarida psixologik seminar-trening o‘tkazildi.

💥💥 Seminar davomida ''Neyrografika-ichki hayqiriq'', ''Ong osti mo‘jizasi'' metodikalaridan foydalanildi.
Bolalar esa rang tasvir yordamida ''MENING OILAM'' mavzusida surat chizdilar. Seminar jarayonida 4 yoshdan kichik bo‘lgan bolalar bilan orttirilgan qo‘rquv va uning oqibatlarini oldini olish yuzasidan individualni suhbatlar o‘tkazildi.

Ushbu seminar- trening o‘z qiziqishlari bilan murojaat qilgan shaxslarga o‘tib berildi.

📎 Seminardan ko‘zlangan maqsad: jamiyatda psixologik sog‘lom muhitni yaratish va yoshlarni kelajakda yetuk shaxs bo‘lib shakillanishlari uchun munosib hissa qo‘shishdan iboratdir.

Bizni kuzatib boriing👇👇👇

https://t.me/PSIXOLOG_VALIJONOVNA_NSIFL
📌Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida tashkil etilgan call-markaz faoliyati davom etmoqda

   🎓 2024-2025-oʻquv yili uchun Oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari yakuniga yetdi. Ammo abituriyentlar va ularning ota-onalari tomonidan qilingan murojaatlar, berilgan savollarga javob berish, amaliy yordam koʻrsatish maqsadida call-markaz faoliyati davom etmoqda.

  🏛Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti qabul komissiyasi raisining mas'ul kotibi U.Soliyev NamDChTIda tashkil etilgan call-markaz aʼzolari bilan uchrashgan holda suhbat olib bordi. Suhbat davomida eng koʻp kelib tushayotgan savollar, murojaatlar davomidagi jarayonlarda asosli javoblar berish va yana boshqa masalalar muhokama qilindi.

  🔰U.Soliyev tomonidan ayni paytda qabul jarayonlari davom etayotgan ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim, oʻqishni koʻchirib oʻtkazish, magistratura bosqichlariga hujjat topshirish hamda imtihonlarning oʻtish tartibi haqida qoʻshimcha maʼlumotlar berib oʻtdi.

  ☎️ NamDChTI Call-centerga bog‘lanish uchun:
+998 (69) 239-50-51 

  Qo‘shimcha ma'lumotlar institutning rasmiy web sayti hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali berib boriladi. 

NamDChTI Axborot xizmati!

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt | YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from OYINA.UZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hindistonlik otadan farzand kelajagi uchun qanday investitsiya qilish bo’yicha master-klass

“Siyosiy-ma'rifat soati”ning navbatdagi sonini tomosha qiling.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | X | Instagram