International Agriculture University
741 subscribers
855 photos
135 videos
1 file
458 links
The 1st International Agriculture University in Uzbekistan and Central Asia🌍

📞 +998 99 981 09 19

📍Tashkent, Uzbekistan
Download Telegram
Polsha qishloq xo‘jaligi: tarix, rivojlanish bosqichlari, istiqbolli loyihalar

🇺🇿🇵🇱Kuni kecha Xalqaro Qishloq xo‘jaligi universitetida “Polsha qishloq xo‘jaligi sektorini boshqarishni qanday o‘zgartirdi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

ℹ️Unda Polshaning taniqli iqtisodchisi, menejeri – doktor Vladislav Lukasik Polsha qishloq xo‘jaligi taraqqiyot bosqichlari, tarixiy tub burilishlar, Polsha aholisining qishloq xo‘jaligiga munosabati hamda O‘zbekiston-Polsha munosabatlarida qishloq xo‘jaligining ahamiyati borasida ma’lumotlar berib o‘tdi.

🗣Bundan tashqari ekspert o‘z ma’ruzasida Polsha qishloq xo‘jaligi tajribasini O‘zbekistonda joriy etish, xuddi shunday O‘zbekiston tajribasini ham Polshada joriy etish, bu orqali mamlakatlar qishloq xo‘jaligi sohasida yanada yangi bilimlar, innovatsion yondashuvlarga ega bo‘lishi, o‘z o‘rnida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini aytib o‘tdi.

Seminar konstruktiv muloqot tarzida, qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi. Ishtirokchilar qishloq xo‘jaligida hozirgi kundagi dolzarb muammolar hamda ularni yechish borasida o‘z takliflari hamda fikrlarini o‘rtaga tashladi. O‘z navbatida polshalik doktor Vladislav Lukasik tomonidan bu savol va takliflarga atroflicha javoblar berib o‘tildi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Xalqaro qishloq xo’jaligi universitetida, O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi tizimidagi Oliy ta’lim muassasalarining talaba yoshlari o’rtasida “Yoshlar va innovatsion qishloq xo’jaligi” tanlovining Universitet bosqichi bo’lib o’tdi!

Tanlov 4 xil shartlar asosida o’tkazilib, unda 6 nafar ishtirokchidan tashkil topgan 5 ta jamoa o’z chiqishlari bilan ishtirok etishdi!

📌 Tanlovdan ko’zlangan maqsad: mamlakatimizda “Yangi O’zbekiston-yangicha dunyoqarash” g’oyasi asosida ta’lim va qishloq xo’jaligida bilim hamda ilm-fan yutuqlari, innovatsion va ilg’or texnologiyalarni amaliyotga samarali joriy etish salohiyatiga ega yangi avlod kadrlarini shakllantirishga va ularni qo’llab-quvvatlashdan iborat!

🎉 Tanlovda Shahriyor Sa’dullayev boshchiligidagi ”Agro-inqilob” jamoasi 1-o’rinni egallab, Respublika bosqichi yo’llanmasini qo’lga kiritdilar!

‼️ Respublika bosqichida 1-o’rinni egallagan jamoaga rivojlangan davlatlarning biriga xorijiy tajribalarni o’rganishga borish sertifikati beriladi!
📣 Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti tashkil topganining ikki yilligi munosabati bilan barcha talabalar va xodimlarni muborak etadi!

📈 Universitet bu qisqa vaqt ichida sezilarli yutuqlarga erishdi. Xususan, bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida ta’lim dasturlarini yo’lga qo’ydi. Dastur ingliz tilida bo‘lib, Buyuk Britaniyalik hamkorimiz Qirollik qishloq xo’jaligi universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

🤩 Bundan tashqari, Universitetda Germaniyalik hamkorlar bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot kafedrasi, xorijiy universitet va tashkilotlar bilan 30 dan ortiq hamkorlik shartnomalarini imzolashga erishildi.

‼️ Xalqaro qishloq xo’jaligi universitetining asosiy maqsadi: Oʻzbekistonda zamonaviy qishloq xoʻjaligini rivojlantirish uchun barqaror rivojlanish muhimligini anglaydigan, innovatsiyalarga ochiq va butun dunyo bilan hamkorlikni amalga oshirishga qodir boʻlgan biznes rahbarlarini va har tomonlama yetuk kadrlar tayyorlashdan iborat 🌍

🎉 Bayram barchangizga muborak bo’lsin!
📣 Xalqaro qishloq xo’jaligi universitetiga 7-may kuni, Logo e. V. (Landwirtschaft und Oekologisches Gleichgewicht mit Osteuropa e. V) rahbari Hartwig Mennen tashrif buyurdi.

🤝 Tashrif davomida o’zaro ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolanib, Hartwig Mennen tomonidan uchrashuv so’nggida tashkilot haqida talabalarga seminar o’tkazildi.

🌍 Kelishuvga asosan, har o’quv yilida 20 ga yaqin talabalarni Germaniyada amaliyot o’tashga va malaka oshirishga yuborish maqsad qilib olindi!

📲 Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring!

Vebsayt | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook