БАРСЕЛОНА
67.8K subscribers
34.5K photos
58 videos
1 file
577 links
Фан-сообщество о «Барселоне»! Здесь вы всегда сможете увидеть последние новости клуба.

Реклама: https://t.me/pricef

@Udzhincool
Download Telegram
Lionel Messi Kecha uchinchi golni 👟butsasiz nishonladi 😁

Ⓜ️ @Jaxon_Futboli 📡
👑 QIROL

Ⓜ️ @Fc_Barcauz 📡
Leo Messining ⚔️"El Clasico"dagi gollari soni 2️⃣5️⃣taga yetdi ! 📊

🏃🏼37 O'yin
⚽️25 Gol
17 G'alaba
🔄8 Durrang
12 Mag'lubiyat

Ⓜ️ @Fc_Barcauz 📡
Leo Messi "Real Madrid"ga gol urdi va bitta klub safida milliy chempionatlardagi gol urish borasidagi #rekord o'rnatdi ! 😯💪🏼

🇦🇷Messi ⚽️526 Gol
🇩🇪Müller ⚽️525 Gol

Ⓜ️ @Fc_Barcauz 📡
Assalomu aleykum BARSELONA MUXLISLARI sizlarni #UZBEKISTONDAGI BARSELONA MUXLISLARINING ENG #N1 GURUPASIGA TAKLIF QLAMIZ MARXAMAT👇👇👇 @BarcelonaFans_uz
Kanalimizga ArZon Narxlarda Reklama Qabul Qilamiz👇👇👇
@BarcelonaFansUz Ga Yozila...
#Katikatura

Zidanning kameralari Messini ko'zdan qochirishdi !

💙 @Fc_BarcaUz
Kanalimizga ArZon Narxlarda Reklama Qabul Qilamiz👇👇👇
@BarcelonaFansUz Ga Yozila...
🎙 Messi nega uyda futbol haqida gapirmaydi?
(Leo bilan eksklyuziv intervyu-1)

Maqsad va intilishlar hozir ham mushtarak. Biroq istaymizmi-yo'qmi, vaqt o'z hunarini ko'rsatadi. Futbolda ham, maydondan tashqarida ham juda ko'p o'zgarishlar bo'ldi…Beozorgina ko'ringan Lionel Messi ushbumavsumda qanchadan qancha jamoalarning ta'zirini bermadi deysiz. U to'p bilan hujumga oshiqqan paytda darvozabonlardan tortib raqib jamoa murabbiylarigacha «yurak hovuchlab» turishi hech kimga sir emas. E'tiboringizga «o'zga sayyoralik» deb atashga odatlanib qolgan argentinalik tirik afsona Lionel Messi bilan uyushtirilgan ekskluziv intervyuni havola etamiz.— Oilaning hayotingizdagi ta'siri qanday bo'ldi? Antonella bilan turmush qurish, farzandlarning dunyoga kelishi… Bularning bari hayotingizda qanday o'rin egallaydi?

— Hamma narsa tubdan o'zgardi. Atrofga boshqacha nigoh bilan qaraydigan bo'ldim. Tan olishim kerak — otalik baxti hayotimdagi eng unutilmas voqea bo'ldi. Ikkita bolani erkalash va yana uchinchisini kutish — buni so'z bilan ta'riflab bo'lmaydi. Birinchi o'g'lim tug'ilganda naq ettinchi osmonda uchib yurgandim. Bu tuyg'u boshqa hech qachon takrorlanmasa kerak deb o'ylagandim. Yo'q, ikkinchi o'g'limning tug'ilishi menga yana o'sha baxtni taqdim qildi. Uchinchisi dunyoga kelganda xursandchiligim bundan kam bo'lmasligiga ishonchim komil.— Bolalaringiz bilan vaqtingizni qay tarzda o'tkazasiz?

Yaqinda paydo bo'lgansuratlarning birida Tyagoga kitob o'qiyotganligingiz tasvirlangan…— Kundalik hayotimning asosiy qismi farzandlarimga bag'ishlangan. Ertalab to'ng'ichim Tyagoni maktabga olib boraman, mashg'ulotlardan qaytayotganimda esa uning darslari tugagan bo'ladi. Shundan keyin kechgacha Antonella, kichik o'g'lim Mateo va Tyago birga bo'lamiz. Bir qarashda, hammasi oddiy oilalardagidek.— Bolalaringiz siz bilan futbol o'ynashni juda yoqtirsa kerak?

— Juda tez-tez emas, lekin ba'zida hovlida to'p ortidan yugurgan paytlarimiz bo'ladi. Hatto kichkintoy Mateo ham bizdan qolishmaydi. Tyago allaqachon futbol mashg'ulotlariga qatnishishni boshladi, lekin uyda bu masalada uncha xarxasha qilmaydi.— Mateoga pas berganingizda u o'ng oyoq bilan javob qaytaradimi, chapi bilanmi?— O'ng oyoq bilan. O'g'illarimning ikkalasiham o'naqay.— Uyga qaytganingizda Antonella va bolalaringiz bilan futbol haqida gaplashasizmi? Yoki barchasini ostonaning narigi tomonida qoldirib kirasizmi?

— Uyda futbol mavzusini deyarli muhokama qilmaymiz. Uyda futbol mavzusi ko'tarilishi uchun klubda yoki termada juda ham muhim voqea sodir bo'lishi kerak.— Bolalaringiz bilan nima haqida suhbatlashasiz? Ularning tasavvurida Leo Messi kim?

— Mateoning bu haqida deyarli tasavvuri yo'q. Mendan dastxat yoki suratga tushishimni so'rashsa, u juda taajjublanadi. Tyagoninig esa sal-pal tasavvuri bor. Otasi kimligini ozgina bo'lsa-da, anglaydi. Stadionga borib, o'yinlarni tomosha qilishni yaxshi ko'radi.Atrofdagilardan eshitgani uchun menga “Leo Messi” deb gapiradi, lekin gap nimadaligini to'liq tushunmasa kerak.— Kelajakdagi rejalaringiz qanday?

Murabbiylik qilmoqchimisiz yoki…?—Futbolchi sifatidagi kareram yakunlangach nima qilishim haqida oila davrasida ko'p marotaba gaplashganmiz.Lekin bir qarorga kelganim yo'q.O'zimni murabbiy sifatida tasavvur qila olmayman, bunda menga xohish ham yo'q. Balki bir kun kelib , fikrim o'zgarar. Xullas, futbolda hali ancha-muncha vaqtim borligi sababli bu haqida o'ylashga erta deb hisoblayman.Saralash turnirlaridan o'tish qiyinlashmoqda—To'rtta “Oltin butsi” javoningizda tap-tayyor. Ularga tikilib, xayolinigizdan nimalar o'tadi?

— Ular meni ilhomlantirishini tan olaman. Lekin hech qachon faqat o'zimga berilgan mukofotlarni alohida faxr hisoblamayman. Yana bir marotaba Chempionlar ligasi va La Ligada g'alaba qozonishimizni istardim. Jamoaviy g'alabaning o'rni boshqacha. Biroq bu butsilarning ahamiyatini ham kamaytirmaydi.— JCh-2018 saralash bosqichida Argentina to'qnash kelgan qiyinchiliklar haqida qanday fikrdasiz?

Terma jamoa yanada raqobatbardosh bo'lishi va oltinga bemalol da'vo qila olishi uchun nimalar qilish kerak?

— Ha, ushbu saralash
h o'yinlari biz uchun oson kechmadi. Terma jamoani turli qarashlarga ega bo'lgan uch nafar murabbiy boshqardi. Ularning har biriga moslashish va shu o'rinda o'z o'yin falsafamizni saqlab qolish qiyin bo'ldi. Xorxe Sampaoli murabbiylarning so'nggisi bo'ldi, u bilan saralashdagi to'rtta o'yinni va bir necha o'rtoqlik bahslarini o'tkazdik. Kundan-kunga jamoalar mustahkamlanib boryapti, saralash o'yinlari ham shunga mos ravishda qiyinlashyapti.— JCh-2014 final bosqichida nemislar Argentinani mag'lub etishgan edi. Rossiyada bo'lib o'tadigan chempionatdaham Germaniyani asosiy raqib sifatida ko'rasizmi? Yoki Ispaniya va Portugaliya kabilar ham sizlarni dog'da qoldirishi mumkinmi?—

Har doimgidek, Germaniya peshqadamlar orasida bo'ladi. Lekin birinchilikkka da'vo qilishga haqli bo'lgan boshqa terma jamoalar ham bor. Masalan, Frantsiya, Braziliya, Ispaniya… Hozirgi kecha-kunduzda ular ajoyib o'yin ko'rsatishyapti, Rossiyada bundan-da kuchli bo'lishlariga shubha yo'q.— 2014 yilda Braziliyadagi chempionatdayarim finalda gollandlar bilan to'qnashgan edingiz. Robben singari yulduzli o'yinchilari bo'la turib, Gollandiyatermasining JCh—2018 da ishtirok etmasligiga qanday qaraysiz?

— Boya aytib o'tganimdek, saralash o'yinlaridan o'tish barcha terma jamoalar uchun qiyinlashib bormoqda — xoh u Janubiy Afrika bo'lsin, xoh Evropa. Jamoalar oarsidagi farq shunchalar kamayib boryaptiki, odmigina tuyulgan terma ham seni oyog'ingdan chalib yiqitishi mumkin. Navbatdagi chempionatga Italiya, Gollandiya kelmaydi… Bularning har ikkalasi ham uzoq yillar davomida koinotning eng asosiy va ahamiyatli turnirlarida ishtirok etib, butun dunyoni lol qoldirgan. Menimcha, ularning saralashdan o'ta olmagani barcha uchun kutilmagan hol bo'ldi.— Italiya terma jamoasi haqida qanday fikrdasiz?

Italiya futbolining muammosi nimada?— Har holda, Italiya futboli o'zining avvalgi shashtini yo'qotganini inkor etib bo'lmaydi. Jahon chempionatiga chiqa olmaganlariga aloqasi yo'qkuya, lekin Italiya futboli ilgarigidek emas. A seriyasiga mansub “Inter”, “Milan” kabi jamoalar so'nggi o'n yillikda o'zi yaratgannomga munosib o'yin ko'rsata olmayapti.Bu esa Italiya futboliga ta'sir ko'rsatmasdan qolmaydi. Ammo u endi “hushiga kelyapti”, avvalgi holatini tiklab olishga harakat qilyapti. Umid qilamanki, Italiya klublari ertami-kechmi yana kuchlilar qatoridan joy oladi.— Turkiyalik Ardan Turan hozir ko'pchilikning diqqat markazida. Siz futbolchi sifatida unga qanday qaraysiz?—

Ardanning mahoratiga gap bo'lishi mumkin emas. Unga shunchaki omad kulib boqmadi xolos — murabbiyning ishonchini oqlay olmadi, o'zini ko'rsatish uchun unga etarlicha vaqt berishmadi. U Madridning “Atletiko”sida bo'lganida har yakshanbada maydonga tushardi. Ora-chorada o'yinga tushish va har bir bahsda ishtirok etish umuman boshqa-boshqa narsa. Zaxirada o'ynash oson emas, shuning uchun u o'z iqtidorini to'lanamoyish eta olmadi.

💙 @Fc_BarcaUz
📌 «Barselona» Mina uchun 14 milliondan voz kechmoqchi

“Palmeyras” jamoasi himoyachisi Yerri Mina faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Ma'lumotlarga ko'ra, 23 yoshli futbolchining xizmatlariga “Barselona” tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.Dastlab, Minaning transfer narxi 10 mln evro deb aytilayotgandi. Biroq ayni damda Braziliya jamoasi 14 mln evro so'ramoqda.Bu mavsumda Mina Braziliya chempionatida 15 o'yin o'tkazdi va 2 gol urib, 1 golga assistentlik qildi.

💙 @Fc_BarcaUz
Yangi yil uchun Barçelona sovg'asi.🎁🎉2⃣0⃣1⃣8⃣
Ousmane Dembele.

💙 @Fc_BarcaUz
17-turdan so'ng La Liganing eng yaxshi to'purarlari⚽️🇪🇸

Xatto TOP-5likda ham "Real"dan hech kim yo'q.😱

💙 @Fc_BarcaUz
Ayni damda yevropaning eng yaxshi ikki klubi. Bu jamoalar hali o'z chempionatlarida mag'lub bo'lishmadi.

💙 @Fc_BarcaUz
🖥FUTBOL TV telekanalining 25-dekabr kunidagi ko'rsatuvlar dasturi 📝

💙 @Fc_BarcaUz
🌏Yevropaning 🔝TOP-5⃣ chempionatida ushbu mavsum mag'lub bo'lmagan faqat 2 ta jamoa qoldi!🔥

🇬🇧"Man Siti"
G'alaba - 18
⛔️Durang - 1

🇪🇸"Barselona"
G'alaba - 14
⛔️Durang - 3

💙 @Fc_BarcaUz
🔵🔴"Barselona" 🗓ushbu mavsum 🇪🇸La Ligada!

O'yin - 1⃣7⃣
⭕️O'tkazilgan gol - 7⃣
👐Quruq o'yin - 1⃣1⃣

💙 @Fc_BarcaUz