Insholar va bayonlar
5.05K subscribers
531 photos
20 videos
221 files
109 links
Assalomu alaykum. Xush kelibsiz Kanalimizga.

Kanalimizda topishingiz mumkun:

📝Insholar

📄Bayonlar

📋Testlar va yechimlar

📚Darslik va Qullanmalar
Download Telegram
Banda taqrir aylay olmon band-bandim dardini, 
Yuz temur band o’lsa ondin bu erur dushvorroq.

Mastu bexudliq bila unrungni o’tkarding, darig’, 
Ey ko’ngul, mundin beri bo’l bir nima xushyorroq.

G’aflat uyqusidin uyg’on, gar tilar bo’lsang murod, 
Kim yetar maqsadg’a har kim, bo’lsa ul bedorroq.

O’lgali yettim, mening jonim g’amin ye, ey rafiq, 
Dahr aro chun yo’q kishi sendin manga g’amxorroq.

Kelmas o’xshar zaxmating islohg’a, Bobur, magar
Har davokim qildilar bo’ldung dag’i bemorroq.

* * *
Za’fdin go’yo mening bu zor jismim noldur
Kim, aning sharhin demakta xoma tili loldur.

Za’fliq jismim bila bu notavon ko’nglum aro
Dardi yor erkanga ushbu egma qaddim doldur.

Men damodam qon yutarmen hajr ayog’idin, netay, 
O’zgalarning jomi vasli garchi molomoldur.

Zulfig’a vobastamen vaslig’a yo’qdur dastras, 
Ey xush ul ozodakim, beqaydu forig’boldur.

Ul pariydin men nechuk jon eltayinkim, Boburo, 
Vasli mushkil, hajri muhlik, g’amzasi qattoldur.

* * *
O’lum uyqusig’a borib jahondin bo’ldum osuda, 
Meni istasangiz, ey do’stlar, ko’rgaysiz uyquda.

Nekim taqdir bo’lsa, ul bo’lur tahqiq bilgaysiz, 
Erur jangu jadal, ranju riyozat barcha behuda.

O’zungni shod tutqil, g’am yema dunyo uchun zinhor
Ki, bir dam g’am yemakka arzimas dunyoyi farsuda.

Zamona ahli ichra, ey ko’ngul, oyo topilg’aymu, 
Seningdek dard paymovu meningdek dard paymuda.

Ulusdin tinmadim umrimda hargiz lahzaye, Bobur, 
Magar o’lsam bu olam ahlidin bo’lg’aymen osuda.

* * *
Qaro zulfing firoqinda parishon ro'zg'orim bor,
Yuzungni ishtiyoqida ne sabru ne qarorim bor.

Labing bag'rimni qon qildi, ko'zimdin qon ravon qildi, 
Nechun holim yomon qildi, men andin bir so'rorim bor.

Jahondin menga g'am bo'lsa, ulusdin gar alam bo'lsa,
Ne g'am yuz muncha ham bo'lsa, seningdek g'amg'usorim bor.

Agar muslihmen ar musfid, va gar oshiqmen ar obid, 
Ne ishing bor sening zohid, meningkim ixtiyorim bor.

Fig'onim oshdi bulbuldin, g'ami yo'q zarra bu quldin,
Base Bobur, o'shal guldin ko'ngulda horhorim bor.

* * * 
O'zni , ko'ngul, aysh bilan tutmoq kerak,
Bizni unutqonni unutmoq kerak.

Ayshu tarab gulbunig'a suv berib,
G'ussa niholini qurutmoq kerak.

Tiyra turur zuhd damidin ko'ngul,
Ishq o'ti birla yorutmoq kerak.

Har nimag'a g'am yema, g'am ko'p turur,
Aysh bila o'zni unutmoq kerak.

Qo'yma mashaqqat aro, Bobur, ko'ngul,
O'zni farog'at bila tutmoq kerak.

* * *
Ne xush bo'lg'ayki, bir kun uyquluq baxtimni uyg'otsam,
Kechalar tori mo'yidek belig'a chirmashib yotsam.

Gahi guldek yuzini ul shakar so'zlukni islasam,
Gahi shakkar kibi ul yuzi gulning la'lidin totsam.

Qani Shirin bila Layliki sendin noz o'rgansa,
Qani Farhodu Majnunkim, alarg'a ishq o'rgatsam.

Yoruq kunduz,qorong'u kechada anjum kibi bo'lgay,
Chekib gar oh dudini ko'ngul o'tini tutratsam.

Ko'zum ravshanlig'ida bo'lg'ay,Bobur,base kamliq,
Agar qoshi bila yuzun hilolu kunga o'xshatsam.

RUBOIYLAR

Jono, bitigingki, bo‘ldi marqum manga,
Mehnat bila g‘amni qildi ma’dum manga.
Ko‘rgach ani garchi shod behad bo‘ldum,
Mazmuni, vale, bo‘lmadi ma’lum manga.

* * *

Ne ishratu aysh uchun mayi nob manga,
Ne toat uchun go‘shai mehrob manga,
Ne fisq qilurg‘a bordur asbob manga,
Ne zohid o‘lurg‘a toqatu tob manga.

* * *

To bo‘lg‘ali dildor o‘shal oy manga,
Holimni bilib, qilmadi parvoy manga.
Men asru harobu yor ko‘p mustag‘niy,
Ey voy manga, voy manga, voy manga!

* * *

Xush ulki, ko‘zum tushti sening ko‘zushta,
Bevosita holimni desam o‘zungga,
Bermay so‘zuma javob achig‘lanasen,
Qilding meni muhtoj chuchuk so‘zungga.

* * *

Asru ko‘p emish jur’atu ximmat sizga,
Ro‘ziy qilg‘ay Xudoy nusrat sizga.
Mardonalig‘ingizni bori el bildi,
Rahmat sizga, hazor rahmat sizga!

* * *

Har kimki vafo qilsa vafo topgusidur,
Har kimki jafo qilsa jafo topgusidur,
Yahshi kishi yomonlig' ko'rmagay hargiz,
Ha kimki yomon bo'lsa jazo topgusidur!

* * *

Jondin seni ko'p sevarmen, ey umri aziz,
Sondin seni ko'p sevarmen, ey umri aziz,
Har neniki sevmak andin ortiq bo'lmaz,
Andin seni ko'p sevarmen, ey umri aziz.

* * *
Mening bobom va buvim – mahallamiz faxri
      Reja:
1.Keksalar – yurt tayanchi.
2.Vatanimiz ichidagi mo’jaz Vatan.
3.Yurtimning duogo’ylari.
                                                                             Mahalla – ma’naviyat va tarbiya mskani.
            Keksalar – yurt tayanchi. Keksalik – insonning hayoti davomida azob-u uqubatlar, yaxshi kunlar, dunyoning har bir kunlaridagi har bir insonga atalgan sinovlarni ya’ni yaxshi va yomon kunlarni boshidan kechirgan, hayotning past-u balandini, dunyo sirlarining mohiyatii tushunib yetgan, ammo kuch-quvvatdan qolga dami. Yurtimizda qadimdan keksa nuroniylarimizning o’rinlari beqiyos hisoblanib keladi. Asosan, keksa nuroniylarimizning biz yosh avlodni milliy va ma’naviy qadriyatlarimiz hamda an’analarimiz ruhida tarbiyalashda hissalari alohida ma’no- mazmun kasb etadi. Yana shuni ta’kidlash lozimki, keksa bobo –buvilarimiz oila va jamiyatda ko’p asrlik qadriyatlarimizni o’z milliyligini saqlagan holda kelajak  avlodga yetkazib berish, atrofdaglarga esa o’zligimizni, buyuk ajdodlarimiz merosini singdirishda  muhim ahamiyatga ega. Keksalarni hurmat qilish, ularga e’tibor va g’amxo’rlik ko’rsatish jamiyatimizning o’ziga xos madaniy va ma’naviy belgisidir. Bizning o’zbek xalqiga azaldan xos bo’lgan  bunday yuksak fazilatlar istiqlolimizning dastlabki yillaridan mamlakatimizda davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylandi. Davlatimiz rahbarining shu yilgi qarori bilan “Keksalarni e’zozlash yili” deb belgilandi va ko’pgina hayrli ishlar amalgam oshirildi.
              Yuqorida aytib o’tganimizdek, keksa bobo- buvilarimizning yurtimiz, jamiyatimiz va albatta mahallamiz hayotida xizmatlari beqiyos desak mubolag’a bo’lmaydi. Ayniqsa, Vatanimiz ichidagi mo’jaz Vatan hisoblangan mahalla yurtimizning ma’naviy hayotida muhim ahamiyatga ega. Mahallaning har tomonlama ma’naviy yetuklikka erishishi, har bir oila, xonadoning ma’naviy        qadr-qimmatiga bog’liq. Oilaning gullab yashnashi, to’la –to’kis shakllanishi, avvalo, xonadon kattalari kattalari bobo-buvilarimiz qo’lida. Bizning oilamizda bobom hamda otam o’qituvchi bo’lganligi sabab, biz farzandlari bilan ilmiy va hayotiy bilimlarini o’rtoqlashishadi hamda kelajakda komil inson  bo’lib yetishishimizda beminnat yordam ko’rsatishadi. Buvim hamda onajonim esa oilamiz tayanchi, mehr buloq singari barchaga mehr-muhabbat  ulashishadi. Shu bois ham buvijonimni har bir taomlarida shukronalik, mehr- muhabbat singari tuyg’ular taom bilan uyg’unlashib, sirli ta’m bag’ishlaydi. Oilamizda bu zotlarning o’rni o’zgacha deb bilaman. Bobom hamda buvim bilan uyimiz, xonadonimiz charog’on va nurga to’la. Ularning bizga aytgan har bir tanbehning o’zagida o’zgacha his tuyg’ular aks etadi. Bobomning ta’kidlashlaricha, oilani bir-biriga yaqinlashtiradigan tuyg’u bu mehr- muhabbat, ishonch va sadoqatdir. Mana shu uch tuyg’u asosida oila shakllanadi hamda ma’naviy va madaniy yetuklikka erishadi. Bobom har birimizning tug’ilgan kunimizda faqat kitob sovg’a qiladilar. Mana shu ham ularning bizga ko’rsatgan g’amxo’rligidir. Bobom ham otajonim ham ko’p aytadilar:              “Kitob – insonning yo’ldosh do’sti, dunyodagi eng ajoyib sovg’a, hamda eng katta boylik” deb. Bobom va buvijonimni mahalladagilarning barchasi o’z bobo-buvisidek ko’radi va hurmat qiladi. Mahallamiz asosan yosh oilalardan tashkil topganligi sabab, ularning ko’pchiligi bobomning qo’lida tahsil olgan. Shu bois am mahallada uyushtiralidigan xashar, to’y, ma’rakalar bobom va buvimsiz o’tkazilmaydi. Yaqinda bobom boshchiligida mamlakatimizda sport maydonchasi barpo etldi. Bobom xozirda nafaqada bo’lsalarda yanada ko’proq yurtimizga naf keltirishga, uni gullab- yashnashiga hissa qo’shib kelmoqdalar. Ba’zida mahalla bolalari bilan yangi qurilgan maydonchada futbol ham o’ynab turadilar. Shuning uchun ham mahallamiz bolalari bobomni o’z bobolaridek ko’rib, hurmat qilishadi. Bobomni mahallamizda hamma “Katta bobo” deb chaqiradi.
Buvijonim yoshliklarida oily o’quv yurtlarida ta’lim olmagan bo’lsalarda, xalq amaliy bezak san’ati bo’yicha anchagina malakaga egalar. Shuning uchun ham mahalladagi barcha  qizlarga milliy qadriyatlarimiz hisoblngan zardo’zlik, gilamchilik, kashtachilik, kandakorlik hamda tikuvchilikdan saboq beradilar. Buvim bu milliy qadriyatlarimizni biz yosh avlodlarga yetkazib berishda qo’ldan kelgancha harakat qilmoqdalar. Chunki biz o’zbek xalqining bu milliy qadriyatlari-yu an’analari, uning kelajagi barqarorligiga alohida ta’sir ko’rsatadi va uning istiqbolini belgilab beradi desam adashmayman. Shu bois ham xalqimizda:”Qarisi bor uyning, parisi bor” degan naql bor.
            Davlatimiz hech qachon xizmat qilganlarni, yurti yo’lida jon kuydirganlarni nazardan chetda qoldirmaydi. Shuning uchun ham mamlakatimizda yoshi ulug’ insonlarning munosib hayot kechirishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Chumki, ular yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, Vatanimiz har tomonlama yuksalishiga katta hissa qo’shgan bizning arboblarimizdir.
Keksalarmizga hurmat ko’rsatish yurtimizning, xalqimizning milliy qadriyatlaridan biri sanaladi. Yurtimizda amalgam oshirilayotgan barcha hayrli ishlar albatta mana shu keksa nuroniylarimizning duo-yu, fotihalari sharofatlari bilan. Bu duogo’y zotlarimiz yurtimiz farishtalari, boshimizdagi toj, ko’ksimizdagi  quvonchdir.
            Hech ikkilanmay mening bobom va buvim mahallamiz faxri deb ayta olaman:
Keksalarning ko’ngli osmondek tiniq,
Farzandlar mehriga doimo intiq.
Hayot sabog’ini nabiralariga,
Qo’lidan kelganch o’rgatar to’liq.
Bobolarning hech ham ochmaydi yodi,
Konglimizda har on mangu merosdir.
Doimo yodimizda nurli ovozi,
Keksalarning sehri bor bunda…
                
https://t.me/iRamond
Vatan –inson  inson tug’ilgan muqaddas  zamin, uning qalbida  abadiy qoladi va hech qachon unitilmaydi. Vatan tushunchasi  va unga  bo’lgan muhabbat ona suti,  ona bag’ri, ona mehr-muhabbati, ona allasi bilan  yuragiga bajo bo’ladi.
        Vatan deganda ota-momolarimiz, avlod-ajdodlarimiz o’tgan kindik qoni to’kilgan ona Yerni tushunamiz. Avlod — ajdodlarini   bilgan va qadrlagan  inson  uchun ular yashagan makon jonajon  Vatandir.
    Vatanni qalban, chuqur his qilish uchun xalqning Vatanparvarlik namunalarini bilish, uni e’zozlash,  qadriga yetish, mustahkamlash kerak. Mana shu tuyg’ular,  manashu go’zal insoniy  oliy fazilatlar bugungu  erkin kunimiz uchun haqiqiy  Vatanparvarlik namunasidir.
         Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov o’zining “O’zbekistonning o’z istiqlol va  taraqqiyot yo’li ” risolasida “O’zbekiston-har bir o’zbek, bu  zaminda yashayotgan har bir millat vakili uchun sevimli Vatandir”, — deya O’zbekiston fuqorasining  Vatanparvarligini , umuman, Vatanparvarlik mazmunini aniq ko’rsatadi. Risolada aytilishicha, O’zbekiston fuqarosining Vatanparvarligi — bu qayta o’zgarishlar yo’lini ko’rsatuvchi, ko’zlangan maqsaddan chetga chiqmaydigan  yo’lchi yulduz, ishonchli  kompasdir… O’z mamlakati bilan  faxrlanadigan  inson juda  ko’p narsalarga  qodirdir. Bu esa oilaning ham? O’z vatanining ham shon- shuhratini  oshiradi.
        Muhammad Bobur  Hindistonda qudratli va shavqatli saltanat bunyod etadi.  U hayotning barcha  noz-ne`matlaridan,  lazzatlaridan istagancha bahramand bo’lish imkoniga ega. Biroq Bobur bekamu ko’st hayot  bilan o’zizni baxtli  inson deb hisoblaganmi? yo’q, albatta. Unga hamisha bir narsa yetishmagan,  uni hamisha bir tuyg’u  qiynagan, qalbini o’rtagan. Bu Vatan sog’inchi  va tuyg’usi edi.
              Tole’ yo’qki  jonimga balolig’ bo’ldi,
              Har ishniki ayladim,  xatolig’ bo’ldi.
              O’z yerni qo’yib,  hind sari yuzlandim
              Yo rab netayin, ne yuz qarolig’ bo’ldi
        Buyuk vatandoshimiz, Vatanparvar inson Abdurauf Fitrat asarining boshida o’z  yurtining qayg’usi  taqdiri haqida quyidagi  so’zlarni bitgan:
        ’’ Ey ulug’ Turon…  sen mening Vatanimsan… Yurtim, Turonim,  sendan ayrilmoq-mening o’limim. Sening uchun o’lmoq –mening tirikligimdur. Panohim, sajdagohim, umudim! Yotlaring seni shu kunga soldilar… Zolimlar seni kimsasizmi ko’rdilar! Yo’q, sen kimsasiz emassan. Mana, men chin ko’nglim  bilan sening yo’lingda ulurg’a  rozi… Men sening uchun  yasharman, sening uchun o’lurman. Ey tiriklikning muqaddas o’chog’i! O’lim- sening  o’limingni istaganlarga, nafrat-sani ko`mgani kelganlarga!”.
             Vatan tuyg’su –bu o’z halqini sevish, u bilan  faxrlanish , uni hurmat qilish va qdriga yetish degandir.
         Vatan tuyg’su – bu  shu aziz Vatanni  o’zining halol  peshona teri  bilan bilan obod etgan  ajdodlarimizni doimo  eslamoq demakdir. Vatan tuyg’su-bu o’z aqli, idroki bilan jahon taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan Vatandosh buyuk allomalarimiz, mutafakkirlarimiz, hadis va tasavvuf  ilmining sultonlarini unutmaslik  demakdir. Vatan tuyg’usu — bu ona Vatanimiz ozodligi yo’lida shaxid bo’lgan buyuk ajdodlarimizni yodda tutish demakdir.
Marhamat ko'k yozuv ustiga bosing 👇👆
Ona buyuk zot.
Har  bir oilaning  tinch-totuv, barqaror, xotirjam bo’lishi, farzandlarining sog’lom va barkamol  bo’lishi, oilada sog`lom muhit, sog’lom turmush tarzining mavjudligi  har jihatdan bir inson zimmasiga tushadi. Mana shunday mas`ulyatli va  va sharafli vazifani chin dildan, hech nolimay boshini  mag’rur ko’tarib, hayot qiyinchiliklariga o`zida kuch topib, atrofdagilariga  madadkor  inson bu – ayol, ya`ni mo’tabar ona.
 
Ayol! Bu so’z zamirida  olam-olam   ma`no mujassam. Uni qanchalar  ta`rif qilsang, shunchalar qalbing  yayraydi. Ne-ne shoirlar  madhini kuylab  she`rlar yozgan. Buyuk allomalar qalbidagi eng javohir  so’zlar bilan uning ta`rifini keltiriladi. Bu dunyo go’zalligini hayot falsafasini va ma`no ma`rifatini avvalambor ayol siymosining uning fidoi qalb, vafo va sadoqatida ko’ramiz, his etamiz.
 
Ayol! Naqadar buyuk zot. Faqat uning farzand uchun  kechalari  bedor o’tkazgan, farzand kamoli uchun yelib yugurgan, oilasining tinch yashashi uchun  har ishga tayyor, atrofdagilarga beminnat mehr bergan betakror zot.
 
Ayol! Hayot saboqlarini beruvchi, jonkuyar mehribon zot. Katta-yu kichikka  doimo birday yordam bera oladigan, doimo to`g’ri yo’l ko`rsata oladigan murabbiy. Oilada hammani ko’ngliga yo`l topadigan mehribon ona. Yurt koriga yaraydigan  farzandlarni  kamolga yetkazayotgan  volida, aziz insonni  qo’llab quvatlaydigan  sevimli rafiqa. O’zi ona bo’lsada, bir daqiqa ham  farzand ekanligini unutmay  doimo ota ona xizmatiga shay turgan inson balki uning buyukligi ham shundadur balki shuning uchun ham barchamiz unung oldida doimo ta`zimdadirmiz… Zero, ona, ayol  dunyoning ustunidir.    
 
Ayolga baxt bering, saodat bering,
Demang, yuribdiku kulib jilmayib.
Ayol kulib turib o’lishi mumkin.
Dunyoni olishi mumkin jilmayib.
Ayolga baxt bering saodat bering,
Gar ko’zlari kulib tursada
Bo’g’zining ostida necha ming hasrat
Oy yuzlari kulib tursada
Ko’nglini ko’taring hech bo’lmaganda
Qo’lini silashda sharofat toting
Yig’lab turganida hech bo’lmaganda
Yoshini artishga muruvvat bo’ling
Nogoh yerga tushsa oppoq ro’moli
Bosib o’tmaslikka shafoat toping.  
  Zulfiya Mo’minova.
 
Ayol   haqida she’r yozmagan, ashula kuylamagan qo’shiqchi bo’lmasa kerak. Boisi, ayol  eng avvalo ona. Ona jamiyat uchun, Vatan uchun barkamol farzandlarni tarbiyalab beradi. Farzandni chin dildan duo qiladigan, baxt-u saodatini so’raydigan, bolasini barcha tashlab ketsa hamki, uni ham yomon, ham yaxshi kunida qo’llab-quvvatlaydigan inson bu – farishta sifat onajonlarimizdir. Onajonlarimiz faraznd uchun kerak bo’lsa o’z umrini ham bag’shida etadi. Shoir Ibrohim Davron she’rida ham xuddi shunday ma’nolar aks etgan.
 
Olis bir qishloqda bir mushtipar onaizor yashar ekan.  Barcha qatori urush degan balo uning ham ko’ngliga ayriliq va ozor yetkazgan ekan. Onaning hovlisi o’rtasida kattakon bir daraxt bo’lib, bu daraxt uning yakka-yu, yagona o’g’lidan meros bo’lib qolgan ekan. O’g’il urushga ketmasdan oldin bu daraxtni qurib, unga ayricha mehr qo’ygan ekan. Bahor boshlangandan to kech kuzga qadar, ona bu daraxt soyasida o’tirib jigarporasini yo’qlab turar ekan. Bu daraxtni u  o’z  o’glidek bilib, unga suyanar, dardlarini unga to’kib sochar ekan.  Va har gal daraxt bilan sirlashayotganida qalbidan “Bu daraxtning  mevasi o’g’limning yuziga, shitirlashi esa, yolg’izimning so’zlariga qiyos” deya ko’nglidan o’tkazar ekan. Qishu-yoz onaizor xuddi farzandini tarbiyalagandek, daraxtni parvarish qilar ekan. Bu holatni ko’rib, Allohdan ilohim bu daraxtni ayozlardan saqlagin deb aytgimiz keladi. 
 
Haqiqatan ham, ona bu buyuk  zot. Men ularni yerdagi farishtalarga qiyoslashim keladi.
Prezidentimiz Islom Karimov  Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 23 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ta’kidlanganidek, “Ayollarga sharqona ehtirom ko’rsatish – biz uchun ota-bobolarimizdan qolgan ibratli meros bo’lib, biz bunday an’analarga sodiq bo’lib yashaymiz.
Biz  mustaqillikka erishganimizdan so’ng, sog’lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, birinchi navbatda, oila, onalik va bolalikni himoya qilish masalasini o’zimiz uchun eng muhim, ustivor vazifa sifatida belgilab oldik. Bu borada zarur huquqiy-me’yoriy bazani takomillashtirish, millat genofondini yaxshilash, aholining hayot darajasi va sifatini oshirish borasida qanday ulkan ishlar amalga oshirganimiz barchamizga yaxshi ma’lum, albatta”.
Muhtaram yurtboshimizning joriy yilni “Sog’lom ona va bola yili” deya e’tirof etishlari   ham ayollarimizga, ham yurt poydevori sanalmish yoshlarga qanday e’tibor berilayotganidan darak.  Zero, Vatanning gullab yashnashi avvalo farzand tarbiyachisi bo’lmish onalarimiz zimmasidadir. 
 
Hozirda ayollarimiz nafaqat uy bekasi, balki, jamiyatda o’z o’rniga ega pedagog, shifokor, rahbar, deputat, olima, shoira hamdirlar.  Bu esa  barchamizning baxtimizdir. 
VATAN MADHI

Vatandan shirinroq narsa yo`q. Axir, odamlar nimaniki muqaddas deb hisoblasa, nimaniki teran mazmun bilan sug`orilgan deb bilsa, bularning barini ularga Vatan o`rgatgan emasmi? Mayli, ko`pgina odamlar o`zga yurtlarning qudrati-yu ajoyibotidan zavqlansin, imoratlarning dabdaba-yu vasvasasiga qoyil bo`lsin, lekin hamma Vatanini sevadi. O`zga yurtning behisob mo`jizalarini ko`pchilik ko`rgan, ammo hech kim ularga mahliyo bo`lib o`z yurtini unutib qo`ygan emas-ku?! Barcha odamlar Ollohdan Vatanini farovonlikda boshqa shaharlarga teng qilishni so`raydi-yu, lekin tanlashga kelganda har qancha faqir-u ko`rimsiz bo`lsa- da, faqat o`z Vatanini tanlaydi. Vatan hamma odamlar uchun shu qadar azizki, qonun chiqaruvchilar hamma joyda eng katta jinoyatlar uchun oliy jazo sifatida Vatandan badarg`a qilishni belgilab qo`yishgan. Axir, janglarda safda turganlar uchun eng oliy, eng ulug` xitob –Vatan uchun jangga undaydigan xitobdir. Bu xitobni eshitgan hech bir odam undan bo`yin tovlashni o`ziga munosib bilmaydi-da . Negaki, ” Vatan” so`zi hurkak odamga ham jasorat bag`ishlaydi.

Bayon👆👆👆
https://t.me/iRamond
Insonlar o`rtasidagi munosabatlar
 
Munosabatlar turli maqsad va yo`nalishlarga qaratilgan aloqalar yug`indisidir.Insonlar doim ish yuzasidan yoki zarurat yuzasidan bir-birlari bilan aloqada, ya`ni munosabatda bo`ladilar.Mana,siz talaba  bo`ldingiz. Institutda o`z o`rtoqlaringiz, o`zingizdan katta talabalar bilan ham munosabatda bo`lyapsiz. Professor – o`qituvchilar sizga saboq berganlarida biror ish, zarurat yuzasidan sizga ish buyuradilar. Demak, siz munosabatda , muomaladasiz. Bu munosabat ta’lim maqsadiga qaratilgandir.
Munosabatni, boshqacha, muomala deb ham ataydilar. Siz o`qishdan uyga ketayotganingizda og’ir yuk ko`tarib ketayotgan otaxonga yordamlashdingiz. Yo`l-yo`lakay otaxon bilan suhbatlashib, tanishib ham oldingiz. Bu ham munosabat. Ayniqsa, talabalar ayollarga, qizlarga nisbatan juda ehtiyotkorona munosabatda bo`lishlari kerak, ularni doimo hurmat qilishlari, ularga qo`llaridan kelgunicha yordam berishlari lozim.
Siz  oila ehtiyojini qondirish uchun do`konga yoki bozorga xaridor bo`lib borib, sotuvchi bilan gaplashish chog’ida iqtisodiy munosabatga kirishdingiz. Iqtisodiy munosabatlar iqtisodga aloqador maqsad va yo`nalishlarda olib boriladi. Masalan, talabalar yangi yilga yoki biron bir boshqa bayramga atab kecha o`tkazishmoqchi. Buning uchun ular kafe ma’muriyati bilan shartnoma tuzishi, ya’ni zarur miqdordagi oziq –ovqatlar, kechani o`tkazib beradigan artistlar va boshqa tashkiliy ishlar yuzasidan kelishib olishi zarur bo`ladi. Bu ham iqtisodiy munosabatlarning bir turidir. Xuddi shunday iqtisodiy munosabatlar yakka shaxslar, korxonalar, firmalar, jamoa xo`jaliklari, fermer xo`jaliklari va davlatlar orasida ham bo`ladi.
Ammo, eng muhimi biz qanday munosabatga kirishmaylik, inson ekanligimizni unutmasligimiz lozim: biz hamisha bir-birimizga nisbatan e’tiborli, oqibatli bo`lishimiz, insonlardan qo`limizdan kelgan yaxshiligimizni ayamasligimiz kerak!
 
Bayon👆👆👆
https://t.me/iRamond
7-sinflarga bilimlar bellashuvining tuman saralash
bosqichi uchun bayon matni
 
I variant
Aqlli va tadbirsiz odam
Aqlli odamlar hamisha hushyor bo`ladilar, hodisalar jilovini o`z qo`llarida saqlab, xavfli girdobga tushmasdansohilga yetib oladilar.
Tadbirsiz odamlarga kelsak, ular ikkilanadigan, jasoratsiz, tez-tez fikrlaridan qaytadigan bo`ladilar, biror hodisa ro`y berganida ular o`zlarini yo`qotib qo`yadilar. O`z baxtlarini saqlab qolish qobiliyatidan mahrum bo`lganliklaridanoh-voh qilib, o`zlarini har yoqqa uradilar. Uch baliq hikoyasidagi kun ularning boshiga keladi.
Naql qiladilarki, yo`ldan uzoq, o`tkinchilardan, xoli bir yerda ko`l bor edi, unda uchta baliq yashar edi. Bulardan ikkisi tadbirkor va ehtiyotkor, biri esa xom va tajribasiz edi. Kunlardan birida tasodifan ikki ovchi ko`l yonidan o`tib qoldi, ko`zlari uchta baliqqa tushdi. Ular ertaga kelib, uchchala baliqni tutishga  va’dalashib, jo`nab ketdilar. Baliqlar ularning ovozlarini eshitgan edilar. Ularning biri tadbirli bo`lib, zolim zamonaning zulmi va g’addor falakning vafosizligini ko`rgan, suv kelar tarafdan chiqib, boshqa ko`lga borib oldi. Ko`p o`tmay baliqchilar kelib, suvning kirar va chiqar tomonini mahkam brkitdilar.
Birinchi baliqqa nisbatan tajribasizroq, lekin aql va farosatdan mahrum bo`lmagan ikkinchi baliq vaziyatni ko`rib shunday deid:
• Fursatni qo`ldan berdim. Endi tadbir va hiylani ishga solish payti keldi. Tipirchilab u yo`-bu yoqqa qochgan bilan foyda yo`q. Umidsizlikka tushmay, najot yo`lini axtarmoq
Shunday deb baliq suv yuziga qalqib chiqdi va o`zini o`lganga solib yotdi. Bir baliqchi uni olib, o`lgan gumon qildi va suv chiqib ketadigan ariq bo`yiga tashladi. Baliq sudrala-sudrala oqar suvga tushib oldi, hiyla ishlatib, o`z jonini qutqardi.
Xom va tadbirsiz baliq esa o`zini yo`qotib, u yoqdan –bu yoqqa qochib yurar, goho suv ostiga sho`g’ib, goho yuizaga chiqar edi. U oxir oqibat baliqchilar to`riga ilindi.
Bayon👆👆👆👆
https://t.me/iRamond
Shu aziz Vatan barchamizniki

Men o`zbek millatiga mansub emasman, ammo taqdir taqazosi bilan O`zbekistonda dunyoga kelib, shu yerda voyaga yetganman, Shuning uchun O`zbekistonni ona vatanim sifatida sevaman va ardoqlayman. Vatan deb atalmish bu ko`hna zamin mustaqillik tufayli yan ham chiroy ochdi. Butun dunyoga yuz tutdi. Vatan so`zi hech qachon bugungidek mag’rur jaranglamaydi. O`zbekistonliklar  o`z Vatanini doimo e’zozlab kelganlar. Uning har bir qarich tuprog’ini qadriga yetganlar. Shunday ekan, Vatanni xuddi ota-onani sevgan kabi sevmoq kerak. Uning ozodligi, pokligi uchun kurashmoq zarur. Kelajakda O`zbekiston jahonga mashhur va ma’lum, iqtisodiyoti qudratli, yuksak madaniyatli buyuk davlat bo`ladi. Bunga ishonchimiz komil.
Bugungi O`zbekistonimiz bilan ham har qancha faxrlansak arziydi. Men har tong Toshkentning go`zalligi, fayzi bilan zavqlanaman. O`zimizga o`xshab minglab talabalar qatorida o`quv yurtimga shoshilaman. Qalbim faxr-iftixorga to`ladi. “O`zbekiston” milliy bog’idagi Alisher Navoiy, Amir Temur xiyobonidagi Amir Temur haykalini ziyorat qilar ekanman, shunday bobolarim borligidan mag’rurlanaman. Toshkentdagi Mustaqillik maydoni Turkiston, Xalqlar do`stligi saroyi kabi inshoatlardan olam-olam zavq –shavq olaman. Shu aziz Vatan – O`zbekiston barchamizniki ekan, uning har bir sarhadini yomon ko`zlardan asrash bizning burchimiz bo`lmog’i kerak. Vatan tinchligi, osoyishtaligi, farovonligi yo`lida jonimizni ham ayamasligimiz zarur. Zero, Vatanimiz bir, tqadirimiz birdir.

Bayon👆👆👆
https://t.me/iRamond
Alla
Alla – farzand haqidagi, onaning farzandga tilanadigan yaxshi tilaklari, orzu-umidlari haqidagi qo`shiq. Allada onalar hech kimga ayta olmagan sirlarini, dardlarini kuylaganlar. Onalar qadimdan o`z bolalari beshigi tepasida kechasi bo`lsin, kunduzi bo`lsin, alla aytib kelishgan. Alla o`z ohangi bilan bolaga ona nafasini yetkazib turadi. Go`dakni xotirjam qiladi, elitadi, orom olib uxlashga imkon beradi.
Onalar o`z his-tuyg’ulari, orzu-armonlari, istak-niyatlarini, dard –hasratlarini ham allalarga qo`shib aytganlar. Alla axloqiy, tarbiyaviy, didaktik, an’anaviy ijod namunalaridan iborat bo`lgan. Uni tinglagan bola ona mehrni sut bilan  o`z taniga, shuuriga singdiradi.
Alla insonga ong qatlamlarida bir umr mungli , hazin, nurli qo`shiq bo`lib saqlanib qoladi.
Alla! Onalarning jonbaxsh qo`shig’i. ona bolasiga halovat beradigan yoqimli allasi bilan ruhiy lazzat bulog’ini ochadi. Bola she’riyat va qo`shiqqa umrbod maftun bo`ladi. Inson dunyo go`zalligini ilk bor ona allasi sadolari bilan his qiladi. Ona mehri bilan qalbimizga g’unchalar isi, yaproqlar shitiri, yurt mehri jo bo`ladi. Uning maroqli kuyi o`ta ta’sirli hayotbaxsh qudratga egadir.
Alla eshitmagan bolada bu xususiyatlar bo`lmaydi. Manqurtlik (zombi) mana shundan kelib chiqadi. Bola o`z onasini o`zga ayollardan farqlay olamydi. Unda o`ziga onalik xislatini topolmaydi. Alla nafaqat onaning bolaga mehri, balki bolaning onaga mehr-oqibatini ham ma’nan ta’minlaydi.
O`zbek onasi alla aytarkan, u allalar bir-biriga siar o`xshamaydi.  Hatto bir onaning bugun allasi kechagisiga o`xshamasligi mumkin. Ayni paytda, allalarda hamma ona va bolaga xos bo`lgan umumiylik ham bor. Bu mehr, bu – muhabbat!
Donishmandlarimizning aytishicha, alladan yaxshiroq qo`shiq, onadan xushovoz xonanda yo`q.
 
Bayon👆👆👆
https://t.me/iRamond
2_5343543167150982313.pdf
484.7 KB
ДТМ томонидан тузилган, мажбурий ҳисобланган ТАРИХ, МАТЕМАТИКА, РУС ТИЛИ фанларидан апробация саволлари PDF форматда (ўзбек тилида)
GUZALLIK

Insonning aziz va mukarram qilib yaratilganligi ayon haqiqat va uning murakkab, tushunarsiz mavjudot ekanligi ham sir emas. Shu sababli bani bashar o’z hayotida ko’p qoqinadi, aksar yaxshilig-u yomonliklar ichida surinadi. Mirzakalon Ismoiliy bu nozik masalalar tegrasida nazokat va tabiiylik bilan qalam tebratadi. Binobarin, inson Olloh tomonidan yaratilgan jamiki suvrat-u siyratlarning mukammali ekan, u shunga monand ravishda fe’l-atvorga, go’zallikka ega bo’lmog’i lozim, lekin go’zallik deganda nimani tushunamiz? Shahlo ko’zlar, chiroyli kiyim-bosh, qimmatbaho taqinchoq-u bezaklarnimi? Menimcha, go’zallikning o’z qonunlari, qoliplari bor. Yuqorida sanalgan narsalar bilan ”chiroyli odam” bo’lish mumkin, lekin ”go’zal inson” bo’lish uchun esa uni odamiylik fazilatlari to’ldirishi kerak. ”Go’zallik ham bamisoli daraxt. Yaprog’i-axloq, ildizi-ichki dunyo, mevasi-yaxshi fazilat. Xulosa qilib aytganda, odam bolasidagi go’zallik tabiat ato qilgan husn-jamoldan tashqari, yana eng yaxshi xulq-atvorni, insondagi eng yaxshi fazilatlarni o’z ichiga olgan odamiylikdaniboratdir. Mana shunda go’zallik insonga husn beradi. Bu xil go’zallik yaproqlarsiz, ildizlarsiz qurishi muqarrar bo’lgan daraxtga sira-sira o’xshamaydi, qurimaydigan, boqiy go’zallikdir,-deydi M.Ismoiliy.(127 so’z)

Bayon👆👆👆
https://t.me/iRamond
USTOZLARNI HURMATLASH

Har bir inson uchun o’z muallimini va ustozini e’zozlash, hurmat va ehtiromini ado etish shartdir. Negaki, bu zotlar har qanday insonning ruhini tarbiyalaydi, ma’naviy boylik bilan to’ldiradi, har qanday ruhiy va maishiy kamchilik hamda illatlarni poklaydi, jaholat degan buyuk aybdan xoli va ozod qiladi. Muallim va ustoz shunday zotki, u insoniyatni ilm bezagi bilan ziynatlaydi, ularga chiroyli va yoqimli fazilatlar bilan chiroy va oro beradi, tushuntirish bilan foydasiz narsalardan odamni xalos etadi, insonni haqiqiy komil inson darajasiga yetkazish bilan bilim xazinasini ularning qalblariga joylaydi. Muallim va ustoz shunday zotki, u sening insonlik haq-huquqlaring nimadan iborat ekanini tushuntirib beradi, yaramas, yomon ishlardan qaytaradi va eng yaxshi ishlar va vazifalar sari yo’l ko’rsatadi. Ular sening yuksakliging va kamolga yetishingni o’ylashib, hamisha jon kuydirishadi, el ichida o’ylab, butun kuch va imkoniyatingni ishga solishadi. Muallim va ustozning vaqatlari qimmatli ekanligini bilib, aytganlariga diqqat bilan quloq sol. Bordi-yu biron nimani tushunmay qolsang, odob va muloyimlik bilan qayta so’rashing zarur. Muallim va ustozing nima so’rasalar kulib turib, odob va ikrom bilan chiroyli so’zlarni saralab javob ber. Ilm maskanidan tashqarida yoki ko’cha-ko’yda ularni ko’rib qolsang, ta’zim bajo qil, qo’lingni ko’ksingga qo’yib salom ber. (140 so’z)

Bayon👆👆👆
https://t.me/iRamond
Fonetika testlar.docx
25.1 KB
Abiturentlar uchun yangi darsliklar bo'yicha tuzilgan testlar👇👇👇👇👇