Insholar va bayonlar
5.52K subscribers
531 photos
20 videos
221 files
109 links
Assalomu alaykum. Xush kelibsiz Kanalimizga.

Kanalimizda topishingiz mumkun:

📝Insholar

📄Bayonlar

📋Testlar va yechimlar

📚Darslik va Qullanmalar
Download Telegram
Taʼlim tizimi ham mafkuraga boʻysundirilgan shoʻro davrida Oʻ.lar hukmron siyosatni oʻtkazuvchi kuchga aylantirildi. Ular bevosita taʼlimtarbiyaga tegishli boʻlmagan turli gʻoyaviy-siyosiy hamda tashkiliy ishlarga meʼyoridan ortiq jalb etildi. Oʻziga xos boʻlmagan ishlar bilan shugʻullanish Oʻ.lar obroʻsining pasayishiga olib keldi.
Sobiq Ittifoq tarkibidagi boshqa respublikalar singari Oʻzbekistonda ham 1936 yil 10 apr.dan SSSR MIK va XKS tomonidan shaxsiy Oʻ. unvoni (ixtisosligi) joriy etildi. Oʻshandan boshlab ped. oʻquv yurtini bitirgan va davlat imtihoni topshirgan shaxsga rasmiy tarzda Oʻ. ixtisosligi beriladigan boʻldi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Oʻ. tayyorlashga alohida eʼtibor berila boshlandi. Bu "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonun (1997 yil 29 avg .da qabul qilingan) va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida oʻz aksini topdi. Oʻzbekistonda Oʻ.lar universitetlar, ped. oʻquv yurtlarida tayyorlanadi. Oʻ. oʻz pedagogik faoliyati jarayonida ilmiy bilimlarni egallab, pedagogik qobiliyatini shakllantirib boradi. Mamlakatda oʻqituvchilar malakasini oshirish tizimi joriy etilgan, har bir Oʻ. ga oʻqituvchilar malakasini oshirish intlarida bepul pedagogik va metodik yordam olish imkoniyati berilgan. Mamlakatda har yili 1 oktyabrda "Oʻqituvchilar va murabbiylar" kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlanadi. Respublikada "Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi", "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi", "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi" singari faxriy unvonlar mavjud. Oʻ.larga maksimal darajada qisqa ish kuni va haq toʻlanadigan eng uzun mehnat taʼtili belgilangan. Shuningdek, Oʻ.lar uchun xalq taʼlimi va ped. gazeta va jur.lari, jumladan, oʻzbek tilida "Maʼrifat", rus tilida "Uchitelskaya gazeta" ("Oʻqituvchilar gazetasi") gaz.lari, "Xalq taʼlimi", "Boshlangʻich taʼlim", "Uzluksiz taʼlim", "Taʼlim taraqqiyoti", "Taʼlim va tarbiya", "Til va adabiyot taʼlimi" jur.lari, pedagogik va metodik adabiyotlar nashr etiladi.
2002/03 oʻquv yili boshida Oʻzbekistondagi kunduzgi umumiy taʼlim maktablarida 461,1 ming oʻqituvchi ishladi. Ulardan 5 kishi (M.Ismatova, M. Madaliyeva, M.Zokirov, V. Pak, A. Mahmudova) Oʻzbekiston Qahramonidir (2005).
Shuni aytish kerakki, Oʻ. alohida ijtimoiy hodisa boʻlib, jamiyat aʼzolarining shakllanishiga taʼsir koʻrsatgani uchun ham uning shaxslik sifatlari kasbiy fazilatlaridan muhimroq hisoblanadi. Chunki u jamiyatning buguni va ertangi kuni qiyofasini shakllantiradi. Shuning uchun ham Oʻ.ning professional jihatdangina yetuk boʻlishi kifoya qilmaydi. Uning maʼnaviy olami oʻquvchilarga singdirilishi koʻzda tutilgan ezgu insoniy sifatlarga toʻyingan boʻlishi kerak. Oʻ.lar tayyorlanadigan oʻquv yurtlarida ayni shu jihatga alohida eʼtibor qaratiladi.
Hozirgi pedagogika fani Oʻ.ning amaliyotchilik, tadqiqotchilik, tashkilotchilik, vositachilik, ijrochilik singari vazifalari borligini qayd etadi. Ana shu vazifalarni toʻla uddalaydigan Oʻ.gina bugungi yosh avlodning barkamol shaxslar sifatida shakllanishiga taʼsir koʻrsata oladi. Istiqlol davri Oʻ.larida ana shunday xususiyatlarni qaror toptirish mamlakat taraqqiyotini taʼminlash omilidir.

Bayon👆👆👆
@Iramond
"O`qituvchi" kasbi haqida
 
Dunyo imoratlari ichida eng ulug`i
maktab bo`lsa, kasblarning ichida
eng sharaflisi o`qituvchilik va murabbiylikdir.
                                   I. Karimov
   
Ustoz! Shu birgina  so`z zamirida  olam-olam ma'no va hurmat mujassam.   
O`qituvchi-sofdil, kamtarin, ma'naviy boy, ahloqan pok insondir.   Ularning poyiga guldastalar sochsak, doimo hurmatlarini ado etib,  ardoqlasak arziydi. Chunki ustozlar butun kuchlarini, aql-idroklarini,  bilim va zehnlarini, qalb qo`riyu sehrlarini shogirdlariga baxshida etgan zahmatkashlardir. Ular bizlarga oq-qorani, yaxshiyu-yomonni tanitib, qo`llarimizga ilk bor qalam tutqazib, "Ota", "Ona", "Vatan", "Ezgulik", "Baxt", "Saodat" kabi so`zlarni yozishga o`rgatgan buyuk  zotlardir. 
Donolarning aytishicha, elni ma'rifat asraydi. U elni taraqqiy  ettirib, ezgu niyati, orzu-umidiga yetkazadi. Demak, ustozlarning  zimmasida kelajagi buyuk davlat uchun komil, har tomonlama barkamol,  ma'naviy va axloqiy pok vatanparvar, mehnatsevar insonlarni yetkazib berishdek, yuksak vazifa turibdi.   
O`qituvchi zimmasiga hayot talablariga to`la javob beradigan va o`z zamoniga munosib kishilarni tarbiyalashdek ma'suliyatli vazifa yuklatilgan. Quyosh o`z nuri bilan butun tabiat, borlig`ni jonlantirgani kabi, o`qituvchi, murabbiy ham bor mahorati, ilmi bilan o`quvchi-yoshlar qalbini ilm ziyosi bilan to`ldirishga ahd qilgan buyuk kasb egasidir.                                      
                        Qiyos etgim keladi ustozlarim quyoshga,
                        O`z mehrini-nurini baxsh etadi har yoshga
 
       Hayotning go`zalligi, farovonligi, odobligi, qolaversa,istiqlolimizning ravnaqi muallim mehnati bilandir.
                        Jahonda bo`lmasa muallim agar,
                        hayot ham bo`lmasdi go`zal bu qadar.

 Istiqlol egalari bo`lmish yosh avlodni bilimli, savodxon, ma'naviy barkamol va jismonan sog`lom qilib voyaga yetkazishda o`qituvchi-murabbiylarning qissasi benixoya kattadir. Ular berayotgan puxta bilim va ibratli tarbiya katta hayot ostonasida turgan o`g`il-qizlarning vatanparvar hamda hayotda chin inson bo`lishlari, Vatanimizga, xalqimizga fidoiy va halol xizmat qiladigan insonlar bo`lib yetishishiga zamin bo`lib xizmat qiladi. 
O`qituvchilik-ma'suliyatli va mashaqqatli kasb, og`ir va davomli mehnatni, sabr-toqatni talab qiladigan savobli ish. Insoniyat kamoloti uchun bugun bilimi, iqtidori va hayotini baxsh etgan ustozlarning xizmatlarini hamma zamonlarda ham kishilar qurmatlab, o`zlarini esa e'zozlab kelishgan. O`z davrining mashhur pedagogi Abdulla Avloniy "Har bir millatning saodati, davlatlarning tinchi va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog`liqdir", deb yozgan edi. "Ustoz-otangdek ulug`", degan hikmatda olam-olam ma'no bor. Hatto otani  quyoshga qiyos etamiz, ko`klarga ko`tarib maqtaymiz. Ammo otaday ulug` deb nisbat beriluvchi inson bor, bu-ustozdir! haqiqatdan, ota-ona seni voyaga yetkazadi, ustoz esa unib-o`sishing, kamolatga erishishing, ilm-ma'rifat cho`qqilarini zabt etishinga  ko`maklashadi. O`z umrini, qalb qo`rini, aql-idrokini, tajribasi va bilimini sening yo`lingga sarf etadi.  Yutug`ingni ko`rib quvonadi, muvaffaqiyatsizligingdan ham-andux chekadi. O`qituvchi bog`bonga o`xshaydi. U tarbiyalab o`stirgan nihollarning hosili qanchadan-qancha avlodlarni bahramand qiladi. O`qituvchi va murabbiylarning ma'suliyatli, ammo sharafli kasblarini bir mash'alaga qiyos etish mumkin.

Bayon👆👆👆
@Iramond
MARDLAR QO`RIQLAYDI VATANNI !


Mamlakatimizda qurolli kuchlarimiz tashkil etilganining 25 yilligi munosabati bilan mamlakat hududidagi barcha joylarda, shu jumladan, Toshkent Davlat Agrar Universitetida ham Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlangan ma’naviy- ma’rifiy tadbirlar o’tkazildi. Mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, farovonlik va obodlik o’z-o’zidan kelmaydi. Bu ne’matlarning barqaror va mustahkam bo’lishi uchun qurolli kuchlarimizning vatan sarhadlarida tun-u kun sergak turib, uning har qarich yerini ko’z qorachig’idek asrashi natijasi amalga oshmoqda, desak mubolag’a bo’lmaydi. Istiqlol davrida yurtimizda ming-minglab vatanparvar yoshlar yetishib chiqayotganini yaxshi bilamiz. Ayniqsa, Vatanimiz sarhadlarini terrorchilik guruhlaridan himoya qilishda mardlik va jasorat ko’rsatib, qahramonlarcha
halok bo’lgan botir
yigitlarning jasorati
yoshlarning ajdodlarimizga
xos vatanparvarlik an’ana-
larini sadoqat bilan davom
ettirayotgani, ona yurt, uning
tinchligi, xalqimiz osoyish-
taligi bugungi navqiron
avlod uchun ham eng
muqaddas qadriyat bo’lib
qolayotganini ko’rsatadi. Biz
yoshlar Vatan taqdiriga
daxldorlik tuyg‘usi bilan
yashashimiz zarur. Ayni
vaqtda milliy armiyamizni,
himoyasida posbon bo‘lib
salohiyati va qudratini yanada oshirish, muxtasar aytganda, milliy armiyamiz tom ma’noda xalqimizning g‘urur-iftixoriga aylanishi uchun hissa qo‘shish – barchamizning muqaddas burchimiz bo‘lishi kerak deb o’ylayman. Biz o‘z oldimizga ota- bobolarimiz orzu qilgan, kerak bo‘lsa, jonini ham ayamagan ulug‘ maqsadni, ya’ni O‘zbekistonimizning hech kimdan kam bo‘lmagan hayot darajasiga erishishi va buyuk davlat qurish vazifasini qo‘yishimiz darkor. Mamlakatimizda ikkinchi jahon urushida jasorat ko‘rsatgan, olovli maydonlarda o‘z yurtining tinchligi va ozodligi, oilasi, farzandlarining xotirjamligi uchun kurashgan insonlar mudom xalqimiz ardog‘ida. Beayov janglarda jon fido qilgan bobolarimiz xotirasi qalblarimizda abadiy yashaydi. Bugun oramizda yashayotgan 6 ming 600 nafardan ziyod Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga davlatimiz tomonidan har tomonlama e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning 2012-yil 18- aprelda qabul qilingan “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni mamlakatimizda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga ko‘rsatilayotgan ehtiromning yana bir yorqin ifodasidir. Mazkur farmonga muvofiq barcha shahar va tumanlarda, qishloq va mahallalarda urush qatnashchilari va nogironlariga pul mukofotlari topshirildi. Avvalo ana shu ayovsiz urushda qatnashganlar, jang maydonlaridan qaytmagan lekin xalqimizning ko‘ksidagi, qalbidagi mudhish urush azob- uqubatlari, ayriliq yarasi hech qachon unutilmaydi. Barchamizning ishonchimiz komil: fashizmga qarshi kurashda o‘z ona yurtining tinch, osoyishta hayotini, beg‘ubor osmonini asrash uchun mardlik, jasorat va qahramonlik ko‘rsatgan, jon fido etgan yurtdoshlarimizning xotirasi abadiy yashaydi, xalqimiz o‘z o‘g‘lonlarining aziz nomlarini iftixor bilan eslaydi. O‘tganlar xotirasini o‘z yodida saqlab, e’zozlab yashash xalqimiz uchun eng muqaddas fazilat bo‘lib kelgan. Bunday odat milliy qadriyatimizga aylanib, qon-qonimiz, suyak-suyagimizga singib ketgan. Ushbu qadriyat xalqimizning o‘ziga xos, boshqalardan ajralib turadigan noyob fazilatidir.

Bayon👆👆👆 @Iramond
Kanalimizga Primqul Qodirov ni Yulduzli tunlar ni muxlislari bormikan kimga yoqsa bitta like👍
Insholar va bayonlar via @like
Kanalimizga Primqul Qodirov ni Yulduzli tunlar ni muxlislari bormikan kimga yoqsa bitta like👍
😁20 like bolsa usha Kitobni Elektron variantini tashlayman qani hamma like bossin👍
👆👆👆👆👆👆👆👆👆👆👆
Asalomu Alaykum kanalimiz a'zolari sizlarga yangi kanalni taklif qilamiz
Kirib Kuring yoqib qoladi👆👆👆
Vaqt Qadri

Vaqt atalmish daryo  bizni  Abadiylik dengizi sari oqizib boradi . Bizni xayotimiz dengizdan bir tomchi xolos . Bizning vaqtimish – tug’ilgandan to o’limgacha bo’lgan oraliqdir . Shunisi malumki xar kim , xar jonzot qachondir o’lish uchun tug’iladi Xech qanday istisno yo’q .   Xar bir laxza o’tmishga aylanadi , uni qaytarib xam , o’zgartirib xam bo’lmaydi . Biz vaxtdi boshqara olmaymiz uning na oxiri na boshi bor . 
        Inson umri chegaralangan , uning vaqti bexuda ketmasligi uchun inson o’z vaqtini xar bir daqiqasini qadrlashi , undan foydalanib qolishi kerak . Men tez tez yoshi o’tgan , otaxon – onaxonlardan - ,, Xayot bir zumda o’tib ketdi , ko’zni ochib yumguncha “ degan gaplarni eshitaman , ularning ko’pchiligi  umrini ko’p qismi bexuda o’tganidan afsus qilishadi . Ular 
,, Kechagina biz yosh navqiron , chiroyli , kuch- quvvatga to’la , bugun esa  kuch ketgan , ko’z nurim ketgan , yoshligim ketgan , qarilik qursin “ deb qo’yishadi . Etibor berganmisiz baxtli xayot kechira boshlaganiyizda baxtli kunlariyiz tez o’tib ketganday bo’ladi . Ko’pchilik o’z vaqtini  bekorga sarflaydi . yoshlikda  vaqt tugalmasday tuyuladi . Esingizga solib ko’ring boqchaga borgan 1 chi kuningiz , 1 sinfga borganingiz  xuddi u narsalar kecha bo’lganday bo’ladi . 
        Shunday ekan do’stlarim vaqtni tejang undan unimli foydalaning ! Shunday xayot kechiringki  keyin afsus chekmang , shunday yashangki atrofdagilar sizning borligingizga shukur qilishsiz , xammaga kulgu – quvonch ulashing , yaqinlaringizni qadriga yeting !

Bayon👆👆👆
@Iramond
SADDI ISKANDARIY

"SADDI ISKANDARIY" ("Iskandar devori") — "Hamsa" (Navoiy)ning yakunlovchi dostoni (1485). Asar 89 bob, 7215 baytdan iborat boʻlib, Navoiy ijodidagi hajman eng yirik epik asardir. Doston aruzning mutaqorib bahrida turkiyda yozilgan. Hamsanavislikning buyuk namoyandalari: Nizomiy Ganjaviy, Hisrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar Iskandar toʻgʻrisida doston yozib, oʻz "Hamsa"lariga kiritganlar. Dastlab musulmon dunyosida Qurʼoni karimning Kahf surasida nomi zikr etilgan hukmdor Zulqarnayn (Ikki shoxli, 18sura, 83 —98oyatlar) hamda yunon sarkardasi va davlat arbobi Aleksandrii bitta shaxs deb bilishgan va u sharkda Iskandar Zulqarnayn nomi bilan mashhur boʻlgan. Mazkur Iskandarnomalarga Iskandar timsolidagi Aleksandr faoliyati mavzu qilib olingan. Ammo asarlarda Iskandar timsoli tarixiylikdan tobora uzoqlashib, badiiy toʻqima obrazga aylana borgan. Har bir hamsanavis Iskandar timsolida oʻz ideallarini talqin etishga harakat qilgan.
Navoiy oʻz asari avvalida, salaflaridan farqli oʻlaroq, tarixiylikka, koʻproq tarix kitoblariga tayanib ish koʻrganini yozadi. Navoiy bu oʻrinda oʻz asarida Iskandar haqidagi boblar izchilligining Qurʼondagi Zulqarnayn haqidagi oyatlarga hamda tarixiy shaxs Aleksandr faoliyatiga muvofiq kelishini nazarda tutgan. Dostonning "S. I." deb nomlanishida ham Qurʼoni karimning Navoiy uchun birlamchi manba boʻlganligi seziladi.
Navoiy talkinida Iskandar odil shoh, u dunyoni kufrdan, jaholatdan tozalab, butun dunyoda adolatni joriy etish, bashariy tartibqoidalarni katta olamdagi tartibqoidalarga muvofiklashtirish maqsadida xalqlar ustiga yurishlar qilgan. Bu esa sufiyona talqin boʻlib, dostondagi muqaddima boblar, Iskandar voqealari hikoya qilingan boblar hamda unga ilova boblarda ham shoirning tasavvufiy qarashlari ustuvorligini koʻrish mumkin. Mas, Iskandar shisha sandiq yasab, dengiz tubiga tushadi, turfa ajoyibotlarni koʻrib, vataniga qaytadi. U vafot etar ekan, bir qoʻlini tobutdan chiqarib qoʻyishlarini soʻraydi. Asarda Navoiy insonni bu foniy dunyo hoyu havaslariga ortiqcha ruju qoʻymaslikka chaqirib, garchi Iskandar jahonni egallagan jahongir boʻlsada, u narigi dunyoga hech narsasiz ketayotganligiga ishora qiladi.
Doston turkiy adabiyotda koʻplab naziralar yozilishiga turtki boʻlgan (Abay, "Iskandar", 19-asr; Shayxzoda, Iskandar Zulqarnayn", 20-asr va boshqalar). Iskandar obrazi sheʼriyatda anʼanaviy obrazga aylangan.

Bayon
@Iramond
Yulduzli tunlar.pdf
1.1 MB
Pirimqul Qodirov
Yulduzli Tunlar

Hajmi 1.1 Mb📥
Insholar va bayonlar via @like
Yulduzli tunlar.pdf
Vaʼdaga muvofiq😁

😊Menga ham judayam Yoqdi uqing ketgan vaqtingizga achinmaysiz😉
Bag'rikenglik

Bugungi kunda xalqlar va dinlar orasidagi bag‘rikenglik, tolerantlik g‘oyasi dunyoda eng dolzarb masalalardan biridir. Bu borada YUNESKO tomonidan 1995-yil Parijda “Bag‘rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi” qabul qilingan. Birlashgan millatlar tashkiloti esa 16-noyabr “Bag‘rikenglik kuni” deb e'lon qilgan.
Ma'lumki, bag‘rikenglik g‘oyasi - turli millat va elatlar vakillarining bir zamin, bir vatanda olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashini anglatadi. Qadim-qadimdan milliy qadriyatlarimiz ezgulik g‘oyalariga asoslanib, yaxshilik, tinchlik, do‘stlik kabi fazilatlarga tayanib kelgan. Odamlarni halollik, poklik, mehr-oqibat va bag‘rikenglikka chorlagan.
Mustaqillik sharofati bilan 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydigan O‘zbekistonda turli millat va elat vakillari farovon yashashi, osoyishta hayot kechirishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Etnik munosobatlar va din sohasida olib borilayotgan izchil va oqilona siyosat tufayli mamlakatimizda millatlararo totuvlik, dinlar va konfessiyalararo hamkorlik qaror topdi. Konstitutsiyamizda «O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqyeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar», degan tamoyilning mustahkamlab qo‘yilishi esa, bu boradagi ishlarning qonuniy asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Milliy qadriyatlar diniy bag‘rikenglikni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Tolerantlik - o‘zligini anglagan millat vakillarini boshqa millat vakillarining kamsitishiga yo‘l qo‘ymaslik, ular bilan tinch-totuv hayot kechirishidir. Tolerantlik tuyg‘usi insonning xulq atvori, odob-axloqi, siyosiy-ma'naviy pokligi, o‘z xalqiga va milliy-tarixiy qadriyatlariga munosabatini belgilab beradi. Bu xususiyatlar esa har bir insonda bag‘rikenglik, baynalmilallik tuyg‘ularini uyg‘otadi.
Mazkur masalalarni kengroq tushuntirish va bu borada xodimlarning bilim va madaniyatini yanada oshirish maqsadida bugun Iqtisodiyot vazirligida “O‘zbek xalqining bag‘rikenglik va olijanoblik fazilatlarining ijtimoiy ahamiyati” mavzusiga bag‘ishlangan ma'naviyat-ma'rifat soati bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlikning markaziy apparati hamda tasarrufidagi tashkilotlari xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbarining birinchi o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur, Rus pravoslav cherkovining O‘rta Osiyo okrugi Toshkent va O‘zbekiston Yeparxiyasining vakili Protoiyerey Sergiy Alaxtayev, O‘zbekiston Respublikasi baynalmilal madaniyat markazi raisi Nasriddin Muhammadiyev, Rus madaniyat markazining raisi Aleksandr Aristov hamda Qozoq madaniyat markazining raisi Serikbay Usenovlar O‘zbekistonda bag‘rikenglikka doir ma'ruzalari bilan qatnashdilar.
Tadbirni vazir o‘rinbosari Sh.Fayzullayev ochib berib, birinchi so‘zni Protoiyerey Sergiy Alaxtayevga berdi. S.Alaxtayev o‘z ma'ruzasida bag‘rikenglik tushunchasini Xristian dini nuqtai nazaridan izohlab berib, u, birinchi navbatda, ota-bobolardan qolgan urf-odatlarga tayanishini, agar insoniyat ham madaniy, ham diniy urf-odatlarini saqlab qololmasa, natijada o‘zligini butkul yo‘qotishini aytib o‘tdi.
 
Navbatdagi so‘z O‘zbekiston Respublikasi baynalmilal madaniyat markazi raisi Nasriddin Muhammadiyevga berildi. Nasriddin Misriddinovich Respublika baynalmilal madaniyat markazi haqida gapirib, bu tashkilot mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning uzoqni ko‘ra bilish siyosati asosida vujudga kelgan tashabbusi bilan 1992-yil 3-yanvarda ta'sis etilganligini, hamda 2017-yilda tashkilotning 25 yilligi nishonlanishini aytib o‘tdi. Shuningdek, “baynalmilal” atamasiga izoh beraturib, bu - “internatsional” so‘zining arab tilidagi tarjimasidan olinganligini va “millatlararo” ma'nosiga egaligini tinglovchilarga tushuntirdi.
Notiqning ta'kidlashicha, ushbu markazning vazifasi mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan milliy madaniy markazlar ishini muvofiqlashtirish va ularga amaliy-metodik yordam ko‘rsatishdan iboratdir. Bugungi kunda Respublika baynalmilal madaniyat markazi 140 ga yaqin milliy madaniy markazlar ishini muvofiqlashtirmoqda. N.Muhammadiyev, shuningdek o‘z nutqida respublikada faoliyat olib borayotgan milliy madaniy markazlar bilan birgalikda yil davomida turli tadbirlar o‘tkazilishini, jumladan, bu yil “O‘zbekiston umumiy uyimiz” deb nomlangan do‘stlik va madaniyat festivali oltinchi marotaba tashkil etilayotganligi haqida so‘zlab berdi. 
Shayx Abdulaziz Mansur Islom dini bag‘rikenglik dini ekanligi, uning negizida o‘zga din vakillariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish g‘oyasi yotganligini aytib o‘tdi. Qaysi bir din bo‘lishiga qaramay, ularning barchasi insonlarni ezgulikka chaqirishini, ammo shunga qaramay turli tajovuzkor kuchlarning qo‘poruvchilik ishlari natijasida bugungi kunda diniy ekstremizm va terrorizm tushunchalari vujudga kelganligini, Alqoida, Xizb ut-Tahrir va ISHID kabi terrorchilik tashkilotlarining tahdidlari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbirda shuningdek Rus va Qozoq milliy madaniy markazlari rahbarlari ham so‘zga chiqib, markazlarning yurtimizda olib borayotgan faoliyatlari, o‘zaro munosabatlari va madaniy hamkorliklari haqida so‘zlab berdilar.
Tadbirning katta qismi suhbat tarzida o‘tkazilib, unda vazirlik xodimlari tomonidan mehmonlarga berilgan savollar muhokama qilindi. Jumladan, yoshlarimizni, kelajak avlodni turli qo‘poruvchilik yo‘llariga kirib qolmasliklari uchun mamlakatimizda qanday ishlar amalga oshirilayotganligi, ushbu yo‘nalishda Internet tizimi imkoniyatlaridan qay darajada foydalanilayotganligi, bugungi kunda yosh oilalarda ajrashish holatlari ko‘p kuzatilayotganligi va bunga qarshi qanday choralar ko‘rilayotganligi, Respublika baynalminal madaniyat markazi faoliyatida oxirgi yillarda qanday o‘zgarishlar bo‘lganligi kabi savollarga atroflicha javoblar berildi.
Ushbu ma'naviyat-ma'rifat soati o‘zbek va rus tillarida olib borildi. Tadbir ishtirokchilarda katta taasurot qoldirdi.

Bayon
@Iramond
,,Mening bobom,buvim- mahallamiz faxri”
Reja:
I. Kirish: 2015-yil-“Keksalarni e’zozlash yili”.  
II. Asosiy qism:
1. Oilamiz tayanchi.
2. Qariyalar- xonadonlarimizning fayzi va farishtasi.
3. Yoshlar hurmati – qarz,
  Keksalar hurmati – farz.
III. Xulosa:Keksalarni e’zozlash – barchamizning farzandlik burchimizdir.
Har qanday  jamiyatning  yoshi ulug’ odamlarga bo’lgan e’tibori va g’amxo’rligi uning madaniy darajasini belgilaydi.
                                                  Islom  Karimov.                                                                
     Hayotimizning  butun bir mazmuniga  aylangan bobo-buvijonlarimiz  hamisha e’zozda. Ularning oq-fotihalarini olib, har doim nasihatlariga quloq tutsak sira ham kam bo’lmaymiz.Ular  jamiyatimizning  tayanchi. Shuning uchun ham muhtaram prezidentimiz tomonidan 2015-yil  “Keksalarni e’zozlash yili’’ deb e’lon qilindi. Bu prezidentimizning keksalarga bo’lgan yuksak ishonchi va hurmatining yaqqol misolidir.
Har qanday jamiyatning yoshi ulug’ odamlarga bo’lgan e’tibori va g’amxo’rligi uning madaniy darajasini belgilaydi. Bir o’ylab ko’raylik, ,,Qarisi bor uyning parisi bor’’, Qari bilganini–pari bilmas”, degan maqol va hikmatli so’zlarimizda qanday chuqur ma’no bor. Haqiqatdan ham,qarisi bor uyning parisi bo’ladi. Ular bor joyda qut-baraka hech ham arimaydi. Keksa bobo-yu buvijonlarimizning yuzlaridan har doim nur yog’ilib turadi.Ularning bilmagan narsalari yo’q. Ular doimo o’tmishning qaynoq hikoyalaridan so’z ochib,o’tmishda bo’lgan bir-biridan qiziq voqealarni so’zlab beradilar.Urush qahramonlari bilan suhbat qurganimizda o’sha davr hayoti naqadar og’ir ekanligini ko’z oldimizga keltirdik.
Ayniqsa, II-jahon urushi  yillari…. Ular ayanchli, dahshatli voqealarni so’zlar ekan, ko’zidan yumalab chiqqan ko’z yoshlarini ham sezmay qoladilar. Ana shularni so’zlar ekanlar, bugungi dorilamon kunlarga behad shukronalar aytadilar. Uzundan-uzun duolarga qo’l ochib, hech qachon urush bo’lmasligini, tinchligimiz barqaro bo’lishini Ollohdan so’raydilar.
         O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ,,Keksalarni e’zozlash yili’’ davlat dasturi to’g’risidagi qarorida keksalarimizni e’zozlashimiz haqida quyidagilar bayon etilgan:
Keksalarning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash ko’lamini kengaytirish,yoshi ulug’ insonlar,ayniqsa,1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga ijtimoiy, pensiya ta’minoti va tibbiy xizmat ko’rsatishni takomillashtirish,oila va jamiyatda,yoshlarni jamiyatda, yoshlarni o’zbek xalqining ko’p asrlik qadriyat va an’analari ruhida tarbiyalashda keksalarning o’rnini mustahkamlash maqsadida,shuningdek,2015-yilning ,,Keksalarni e’zozlashyili’’ deb e’lon qilinishi munosabati bilan, keksalarga g’amxo’rlik ko’rsatish va e’tiborni kuchaytirish,ularning hayot darajasi va sifatini oshirish uchun qulay tashkiliy – huquqiy shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish,pensiya ta’minoti va ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, yoshi ulug’ insonlarga davlat xizmatlari, shu jumladan, turli ma’lumotnoma va tasdiqlovchi hujjatlarni olish xizmatlari ko’rsatishning eng qulay tizimini shakllantirish kerak.
 
Qat –qat kitoblardan izlab topmagan
Asl haqiqatlar so’zingizda jo.
Siz – ahli fayzsiz, siz – nurli qadam,
Har bir duoingiz bo’ladi bajo.
 
Siz duo qilsangiz,bo’lgay ijobat,
Gullar izingizda fayzu barokat,
O’zingiz donishmand,so’zingiz hikmat,
Davr keldi-qaddingiz uring,keksalar,
 
Qarilik gashtini suring,keksalar.
Ona yurt faxrisiz,iftixorisiz,
Navqiron vatanning ulug’vorisiz.
Bu yorug’ kunlarning bunyodkorisiz,
Zahmatlar huzurin ko’ring,keksalar,
Qarilik gashtini suring,keksalar.
Kecha bahor edi:tashvishdan yiroq,
Yoz-u kuz ham o’tdi sel bo’lib biroq.
Bugun dalangizga qor tushdi oppoq,
Ketmonni yoshlarga bering, keksalar,
Qarilik gashtini suring,keksalar.
  ,,Keksalarni e’zozlash yili’’da mening bobom yuksak e’tiborga sazovar bo’ldilar.
Mening bobom hecham tinib tinchimaydigan,mehnatdan qochmaydigan aqlli,dono va o’ta mehribon insonlar.Ular nafaqat bizning oilamiz tayanchi,balki mahallamizning ham tayanchi bo’lib ulgurgan.
     Mening bobom o’qituvchi bo’lgan.Ular rus tili va adabiyotidan dars berganlar.Ular hozir 83 yoshdalar.Shu yoshda bo’lishiga ham qaramay,qo’liga ketmonni olib dalada yer chopadilar.O’zlari urug’ qadab ,o’zlari hosilni yig’ishtirib oladilar,hech ham tinmaydilar.Hamma to’y-marakalarda qatnashadilar. Birontasini ham qoldirmaydilar.,,Uzoq yashay desang,sport bilan shug’ullan’’,deya sahardan turib olib yuguradilar,jismoniy mashqlarni bajaradilar.
      Uzundan-uzun hayot yo’lini bosib o’tgan bobomdan biz ko’p bilimlarni,ko’p narsalarni uqib oldik. Mening mana shunday mehrijahon bobom borligidan faxrlanaman.Ular bizning hayotimiz mazmunidir.
    Barchamizni oq yuvib, oq taragan,ona yurtimizning og’ir yukini,uning quvonch va tashvishini umr bo’yi yelkasida ko’tarib kelgan mo’tabar bobolarimiz va momolarimizni,ota-onalarimizni rozi qilish,ularning duosini olish- dunyodagi eng ulug’, eng savobli ish desak,mubolag’a bo’lmaydi.
      Hozirda har bir keksaga har tomonlama e’tibor qaratish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini kuchaytirish va oshirish, keksalarning hayot faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish, bunda ular uchun tuman va mahallalarda muloqot markazlari, qiziqishi bo’yicha klublar tashkil etishga alohida e’tibor qaratish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishlari uchun sharoit yaratish,televideniya,ommaviy axborat vositalari, kinoteatrlar,teatr va boshqa ma’daniy-ma’rifiy muassasalarda yoshi ulug’ insonlarning qiziqishlariga mos mavzuda yangi maxsus ko’rsatuvlar,spektakl va filmlar yaratish va efirga uzatish hajmini ko’paytirish e’tiborga olinmoqda.Mahallalar va fuqarolarning o’zini boshqarish organlari tashkiliy tuzilmasida keksalar va nogironlarga doimiy e’tibor qaqratadigan  sektorni mustahkamlash,bunda ularga xizmat  ko’rsatadigan idora v a  xizmatlar, birinchi navbvatda, pensiya,ijtimoiy va tibbiy ta’minot xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtrirish va nazorat qilishni nazarda tutadi.
    Keksalarimizni  hurmat qilish, ularga e’tibor va g’amxo’rlik ko’rsatish jamiyatimizning  o’ziga xos yuksak ma’naviy va madaniy belgisidir.O’zbek xalqiga azaldan xos bo’lgan bunday yuksak fazilatlar istiqlolimizning dastlabki yillaridan mamlakatimizda davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylandi.
Olloh o’zi yor ekan,keksalar e’zozdadur,
Mehrki bisyor ekan, keksalar e’zozdadur.
Hurlik deya intilgan, istiqlol deb birlashgan,
Tinchlik uchun kurashgan,keksalar e’zozdadur.
Oilada bosh bo’lgan,ham ko’zu ham qosh bo’lgan,
Doim ko’ngli yosh bo’lgan,keksalar e’zozdadur.
O’g’il-qizin sizlagan,kelajagin o’ylagan,
Haq so’zini so’zlagan,keksalar e’zozdadur.
Mahallada kayvoni, bekor o’tmas har oni,
Hayotimiz bog’boni, keksalar e’zozdadur.
Duolarga qo’l ochgan, oftob bo’lib nur sochgan,
Mehr ko’zini ochgan,keksalar e’zozdadur.
        Yolg’iz va ijtimoiy yordamga muhtoj keksalar uchun ,,Keksalar duosini olaylik’’ aksiyasini o’tkazish va tadbir doirasida ularni  zarur mebel va uy jihozlari, kiyim – kechak,  badiiy adabiyot, stol o’yinlari to’plamlari bilan ta’minlash rejalashtirilgan.  ,, Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin’’ shiori ostida  tadbirlar o’tkazish  mo’ljallangan.Bu tarbirlar doirasida har bir viloyatdan keksa avlod vakillarini mamlakatimizning diqqatga  sazovar joylari bilan tanishtirish uchun sayohat uyushtiriladi, ,,Eng  yaxshi mahalla guzari’’,  ,,Keksalar – oila tayanchi’’ hududiy ko’rik ,tanlovlari o’tkaziladi.Ularni farovon va munosib turmush sharoitlari bilan  ta’minlash uchun mahallalar, ,,Nuroniy’’ jamg’armasi, boshqa nodavlat  tashkilotlari va ijtimoiy tuzilmalar tomonidan moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash  ko’lami kengaytiriladi.
Urush va mehnat fronti faxriylari mamlakatimizdagi sanatoriy-sog’lomlashtirish muassasalariga borish uchun yiliga bir marta temir yo’l transportida bepul yurish huquqidan,shuningdek, havo transportidan  50 foiz miqdordagi chegirmadan foydalanishi mumkin.
  Sog’lomlashtirish sanatoriyalarida o’z sog’liqlarini tiklash uchun  keksalarimiz  bepul yo’llanma bilan borib kelishmoqda. Bizning qishlog’imizda ham nafaqaga chiqqan ustoz Shamsiddin Xolboyev o’tgan 2014-yilda sog’lomlashtirish sanatoriyasida dam olib qaytdilar.
      Muqaddas hadislarda: ,,Ota-onalarini keksalik vaqtida har ikkisini, yoki biri bo’lmaganda boshqasini rozi  qilib, jannatiy bo’lib olmagan farzand xor bo’lsin, xor bo’lsin va yana xor bo’lsin’’, -deyiladi. Qanday qutlug’ bashorat-a. Biz ota-onalarimizni,bobo-buvijonlarimizni poyiga bosh ursak, oppoq sochlarini silasak, ajin iz solgan qo’llarini yuzimizga bossak, yuragimizdagi  hech adog’I yo’q mehr buloqlarining ko’zi ochilib ketadi.Bu mehr buloqlarining oldida mol-dunyoning, zeb-u zarning bir chaqalik ham qadri yo’q.
      Rivot:
   ,,Bir kuni Mirzo Ulug’bekdan ,,Siz nega siyosatdan ko’ra ilmga ko’proq qiziqqansiz?’’ deb so’raganlarida, shunday javob bergan ekan: ,,Men ilmning qudratini bobomdan bildim.Bir safar bobomning tizzasida o’ltirar edim. Banogoh huzuri muborakka bir kishi kirdi.Bobom shoshib o’rnidan turdi.Men uning tizzasidan tushib ketdim.Bobom bunga parvo ham qilmasdan, haligi odamni qarshi olishga oshiqdi.Keyin bilsam, o’sha kishi bobomga bir paytlar ilm o’rgatgan ustozi ekan.Olimlik martabasi podsholikdan ham ulug’roq ekanini o’shanda bilganman.Shunda  ko’nglimda olim bo’lish havasi uyg’ongan edi’’.
   Mana rivoyatda ko’rinib turibdiki, azaldan keksalarimiz o’zlarining ustozlarini doimo hurmat qilib kelishgan. Bizga ham mana shunday fazilat donishmand keksa bobolarimizdan o’tgan.
      Abdurahmon Jomiy keksalikka bag’ishlab bitgan qasidasini ,,Boshim daraxt kabi oppoq bo’lib gulladi,Bunday  gullashdan keladigan hosil mening g’amim mevasidir’’degan mazmundagi bayt bilan boshlagan edi.Shu jihatdan olib qaraganda,qarilik mavzusiga a’loqador she’rlar va boshqa asarlarda g’amgin bir kayfiyat,mahzunlik seziladi.Navoiyning insonni hushyor torttiradigan, keksa odam ko’ngli nozikligi haqidagi mazkur qit’asi bu fikrni tasdiqlayda:
  Qarilar xotiri nozikdur,ey tifl,
  Shikastidin qilib vahm,o’lma gustoh.
  Unutungmuki, atfol o’ynag’anda,
   Sinar oz mayl ko’rgandin quruq shoh.
       Keksalik mavzusining badiiy asarlarda tez-tez tilga olinishi, birinchi navbatda, nasihat qilish, ibrat ko’rsatish, umrni munosib yashab  o’tishga undash istagi bilan bog’liq.
     Ko’mak berib har ishda, ro’zg’orida sarishta,
     Har biri bir farishta keksalar e’zozdadur.
     Sog’lom fikri siyrati, xotirjamlik  niyati,
     Elu-yurtning hurmati keksalar e’zozdadur.
     Ezgulikni yoqlagan, iymonini poklagan,
     Xalq ishonchin oqlagan keksalar e’zozdadur.
      Sarbalanddur himmati, tiriklikda jannati,
      Yuksak qadr-qimmati keksalar e’zozdadur.
      Keksalikni tan olmas, chayir bilagi tolmas,
      Bari keskir dur olmas keksalar e’zozdadur.
      Ko’ring, jannat makonda, bir bo’lib jonu-tanda,
      Ozod-obod Vatanda, keksalar e’zozdadur.
      Xizmat kamar belida, yaxshiliklar dilida,
      ,,Qo’y’’muchali yilida keksalar e’zozdadur.
    Bugungi  dorilamon kunlarda  umrguzaronlik qilayotgan faxriylarni hurmat qilish, e’zozlash, ularga e’tibor qaratish barchamizning farzandlik burchimizdir. Prezidentimiz Islom Karimovning ,,O’zbekiston Respublikasi fuqarolari – 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ,,Ikkinchi jahon urushidagi G’alabaning 70 yilligi’’ esdalik yubiliy medali bilan  mukofatlash to’g’risidagi’’ farmoni ham keksalarga ko’rsatilayotgan g’amxo’rlikning yana bir yorqin tasdig’I bo’ldi.Ushbu farmon fashizm ustidan qozonilgan G’alabaga bebaho hissa qo’shgan yurtdoshlarimiz-1914-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini munosib hurmat-ehtirom bilan sharaflash maqsadida qabul qilindi.
  Inson jasoratini esga olish va uni qadrlash bebaho ma’naviy boylik, hech narsa bilan o’lchab bo’lmaydigan qadriyatlarimizdan biridir.
   Mamlakatimizda keksalarni har tomonlama rag’batlantirishga doir amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ular uchun nafaqat moddiy,ayni paytda katta ma’naviy-ruhiy madaddir.Yurtimizda bunday hurmat, e’tibor va g’amxo’rlik uchun chuqur minnatdotchilik tuyg’usi fuqarolarimizning tinch va osuda hayoti, ertangi kunga bo’lgan mustahkam ishonchida,yosh avlodni Vatanga, mustaqillikning buyuk g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda o’z ifodasini topmoqda.
     Mamlakatimizda yoshi ulug’ insonlarning munosib hayot kechirishi uchun barcha sharoit yaratilmoqda.Zero, ular yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, Vatanimizning iqtisodiy salohiyati yuksalishiga katta hissa qo’shgan.
    Azizlar, o’tayotgan kunimizning qutlug’ tongini g’ururimiz borlig’imiz bo’lgan  munis onaxonlarimizning, nuroniy otaxonlarimizning ko’ngillarini  osmon qadar ko’tarshdan boshlaylik.
Mo’tabar,nuroniy onaxonlarim,
Piru  badavlatim, otaxonlarim,
Dunyo tinchin so’rab turgan jonlarim,
Dunyo turguncha turing, keksalar,
 
Qarilik gashtini suring, keksalar. 

Insho
@Iramond
Ism, ot — bolaning tugʻilganligi qayd etilayotganda unga beriladigan nom. Ism shaxslarni oila, avlod, mahalla, jamoa doirasida ajratishga imkon beradi. Odatda, chaqaloqqa Ismni otaonasi, qarindosh-urugʻ, oiladagi keksa kishilar tanlaydilar. Qanday Ism qoʻyilishi estetik va etik tamoiillar, Ism tanlovchilarning orzu-istaklari, tasavvur va dunyokarashlari, milliy xu-susiyat va b. bilan bogʻlangandir. Ism qoʻyishda dinning taʼsiri, ayniqsa, kuchli boʻldi. Xristianlik vujudga kelib, monoteistik dinga aylanganidan keyin Bibliyaaagi paygʻambarlarning Ismlari jahondagi koʻpgina xalqlarda ommaviy Ismlar boʻlib qoldi. Islom dinining tarqalishi Markaziy Osiyo xalqlari, xususan, oʻzbeklarda bu din tushunchalari bilan bogʻliq Ismlarning koʻpayishiga olib keldi. Xalqimiz Qurʼoni karimda tilga olingan Allohning goʻzal ismlarini (qarang al-Asmo al-Husno), Muhammad (s.a.v)ning nomlarini oʻz farzandlariga qoʻyishni rasm qildi. Xullas, har bir Ism muayyan sabab bilan paydo boʻlib, oʻzining tarixi, geografik tarqalishi, hududi va maz-munigaega. Qadimqadimdan Ism qoʻyishning turli rasm-rusm, udumlari saqlanib qolgan, chunki bolaning sogʻ boʻlishi, yashab ketishi, kelgusi baxti unga qoʻyiladigan Ism bilan bogʻliq boʻladi, deb hisoblangan. Kishiga muvaffaqiyatli tanlangan Ism uning taqdiri, hayotiga katta taʼsir koʻrsatadi, Ism odamning ruhiyatini oʻzida mu-jassam qiladi, kishi oʻz Ismiga oʻxshay-di, deb ishonishgan. Musulmon oilalarida bolaga Ism qoʻyish bilan bogʻliq alohida marosim oʻtkazib kelinadi (qarang aqiqa).
Ismga eʼtibor chaqaloqqa Ism tanlashdan va uni tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma (metrika)ga yozishdan boshlanadi. Mualliflik huquqiga, oila huquqida merosxoʻrni belgilash va sh. k.dagi bir qancha huquqiy munosabatlar Ism bilan bogʻlangandir. Oʻzbekiston Respublikasining OK bolaning Ism olish huquqini belgilaydi (69-modda). Bu huquq bolaning shaxsiy huquqi doirasiga kiradi. Amaldagi qonunlarga binoan, bolaga Ism ota-onaning keli-shuviga binoan qoʻyiladi, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari buni hisobga olishga maj-bur. Bolaga Ism qoʻyishda ota-ona oʻrtasida kelishuv boʻlmasa, mazkur nizo vasiylik va homiylik organi tomonidan bola, shuningdek, uning otaonasi manfaatlarini eʼtiborga olib hal etiladi. Bola Ismini oʻzgartirish tartibi OKda belgilab berilgan (70-mod-da). Unga koʻra, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi ota-onaning birgalikdagi arizasiga binoan, bola 16 yoshga toʻlguncha bola manfaatlarini eʼtiborga olib, uning Ismini oʻzgartirishga hakli. 10 yoshga toʻlgan bolaning Ismini oʻzgartirishga faqat uning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Tilshunoslikda kishilar Ismlarini oʻrganadigan alohida soha antroponimika deb ataladi. Ismni til fakti sifatida onomastika oʻrganadi

Bayon
Tinchlik va totuvlik mezoni


Bu yil Konstitutsiyamiz qabul qilinganiga yigirma olti yil toʻladi. Oʻtgan davr mobaynida Asosiy qonunimizning mustaqil, demokratik davlatimiz yuksalishi yoʻlida ahamiyati beqiyos, islohotlarimiz tub zamirida esa oʻz oʻrniga ega.
Oʻzbekiston Konstitutsiyasining eʼtiborga molik jihati shundaki, u nafaqat demokratik va liberal normalarni, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizni oʻzida mujassam etgan, balki milliy konstitutsiyalar tarixida noyob xususiyati bilan, aniqrogʻi, demokratik jarayonda, loyihasi ikki marotaba umumxalq muhokamasiga qoʻyilib qabul qilingani bilan ahamiyatlidir.
Konstitutsiya asosiy qonun sifatida bir qator funksiyalarni bajarishi bilan jamiyat hayotida muhim siyosiy-huquqiy ahamiyatga ham egadir. Birinchisi, bu yuridik vazifasidir. Barcha qonunlar Konstitutsiyamiz asosida qabul qilinadi. Demak, u oliy yuridik kuchga egadir. Ikkinchisi, bu – siyosiy vazifasi. Barcha siyosiy partiyalar va siyosiy kuchlar Konstitutsiyada belgilangan meʼyorlar asosida faoliyat koʻrsatadi. Siyosiy tizimni va siyosiy institutlar faoliyatini belgilab beradi. Konstitutsiya oʻzgarsa, siyosiy tizim ham oʻzgaradi. Uchinchisi, bu – mafkuraviy vazifasi. Konstitutsiya jamiyatda mafkuraviy vosita sifatida taʼsir kuchiga ega. Yaʼni, yuksak tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlib, shaxs va jamiyat, shaxs va davlat oʻrtasidagi munosabatlarni belgilab beradi.
OʻzA muxbirining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Erkin Xolboʻtayev bilan suhbati amaldagi qonunchiligimiz va konstitutsiyaviy jamiyat tamoyillari xususida kechdi.
– Oʻtgan davr mobaynida Konstitutsiyamiz qabul qilinishi bilan biz Oʻzbekiston kelajagini, yangitdan barpo etilayotgan davlatimizning chuqur mazmuni, maʼno-mohiyatini, siyosiy, iqtisodiy, gumanitar va maʼnaviy taraqqiyotning, yurtimiz qiyofasini, uning xalqaro hamjamiyatdagi oʻrni va nufuzini tubdan oʻzgartirib yuborgan mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilishning pirovard maqsadlarini aniq-ravshan belgilab olganimizni haqli ravishda yuksak baholaymiz, – dedi Erkin Xolboʻtayev. – Gʻurur va iftixor bilan aytish mumkinki, Bosh qomusimizning yaratilishi xalqimizning uzoq yillik orzu-istaklari, ozodlik sogʻinchi tantanasi boʻldi. Asosiy qonunimiz uch ming yillik milliy davlatchilik tajribamizga tayanilgan holda, xalqimizning tarixiy anʼanalari, koʻp asrlik qadriyatlarimiz, milliy mentalitetimiz mujassami oʻlaroq maydonga chiqdi. Qolaversa, milliy manfaatlarimiz, kelajagi buyuk davlat barpo etish yoʻlidagi intilishlarimizdan kelib chiqib, turli demokratik mamlakatlar toʻplagan insonparvar konstitutsiyaviy tajribani hisobga olgani bilan ham alohida ahamiyat kasb etadi.
– Yoshlarning huquq va erkinliklarini taʼminlash eng katta qadriyatlardan biri. Bu Bosh qomusimizda ham oʻz aksini topgan, albatta. Demoqchi boʻlganim, suhbatimizni yoshlar va Konstitutsiya haqida davom ettirsak.
– Bosh qomusimiz buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati sifatida fuqarolarning huquq va erkinliklari bilan birga, milliy taraqqiyotimizning asosiy yoʻnalishlarini ham belgilab berdi. Konstitutsiya oʻzbek xalqining mustaqillikka, milliy davlatchilikka, ajdodlarimizning urf-odatlari va boy maʼnaviy merosini qayta tiklashga boʻlgan orzu-umidlarining qonuniy mexanizmlarini yaratishga, ijtimoiy taraqqiyotning inson manfaatlari, uning huquq va erkinliklariga mos ravishda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼnaviy, siyosiy-huquqiy jihatlarini mustahkamlashga qaratilgandir. Shu bilan birga, Konstitutsiyamizda yoshlar masalalari, ularning huquq va manfaatlarining kafolatlari oʻz yechimini topgan, bu qadriyatlarimizdan biri sifatida mustahkamlab qoʻyilgan. Jumladan, Konstitutsiyamizning 41moddasida har kimning bilim olish huquqi kafolatlangan. Shuningdek, 18-moddaga muvofiq, Oʻzbekistonda barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida teng ekani belgilangan.
Yoshlar kasb-hunar tanlashda, mehnat qilishda, bilim olishda, dam olishda, ish faoliyatini yuritishda, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotda konstitutsiyaviy huquq va kafolatlardan teng foydalanadi.
– Bosh qomusimiz mamlakatni tadrijiy, bosqichma-bosqich rivojlantirishning oʻziga xos tizimini yaratish hamda uni hayotga izchil tatbiq etish uchun ham huquqiy asos vazifasini oʻtaydi, toʻgʻrimi?
– Albatta, Bosh qomusimizning amal qilishi barqaror konstitutsiyaviy tartib oʻrnatishga xizmat qildi. Davlat tuzilishi sohasida huquqiy davlatchilikning muhim belgisi – hokimiyat vakolatlari boʻlinishi prinsipi asosida davlat organlari tizimi shakllantirildi. Ushbu konstitutsiyaviy tamoyilni hayotga izchil tatbiq qilish hokimiyatlar oʻrtasida oʻzaro munosabatlar mexanizmining samarali amal qilishi va manfaatlar muvozanatini taʼminladi. Joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakolatlari hamda nazorat vazifalarining roli kuchaytirildi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat tubdan isloh qilindi.. Mamlakatda ikki palatali parlamentning tashkil etilishi qonun ijodkorligi sifatini jiddiy ravishda oshirish, umumdavlat va hududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishishga xizmat qildi. Tarkib jihatidan asosan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari vakillaridan tashkil topgan yuqori palata – Senat hududlar manfaatlarini ifoda etmoqda, quyi – Qonunchilik palatasi esa, oʻz faoliyatini doimiy professional asosda amalga oshirayapti.
Konstitutsiyaga asoslangan qonunlarda davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarning faqat koʻppartiyaviylik asosida oʻtkazilishi qatʼiy belgilab qoʻyildi. Siyosiy partiyalarning mamlakatimiz oliy qonunchilik organi, joylardagi hokimiyat vakillik organlari faoliyatidagi roli va taʼsiri sezilarli darajada ortdi. Bugungi kunda jahon hamjamiyatining hayrati va havasini uygʻotadigan natijalar ham Asosiy qonunimiz prinsipi bilan qadrlanadi.
– Islohot – islohot uchun emas, avvalo, inson uchun tamoyili hayotga izchil joriy etilmoqda. Siz deputat sifatida ushbu tamoyilning amaldagi ifodasini qanday tasavvur qilasiz?
– Mazkur konsepsiya asosida davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishga qaratilgan konstitutsiyaviy islohotlarni yanada chuqurlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Konstitutsiyaga davlat hokimiyati subyektlari oʻrtasida vakolatlarni taqsimlashning aniq va tizimli huquqiy mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritdi. Konstitutsiyamizda muhrlab qoʻyilgan davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga boʻlinishi prinsipiga rioya qilingan holda, parlamentning amaliy roli kuchaytirilmoqda. Bu, eng avvalo, qonun ijodkorligida oʻz ifodasini topmoqda. Qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining sifati va asoslanishi tubdan yaxshilandi. Ularda umumdavlat va mintaqaviy manfaatlar oʻrtasidagi mutanosiblik hamda uygʻunlik samarali taʼminlanmoqda.
Qabul qilinayotgan qonun hujjatlari puxta va chuqur asoslangan boʻlishi uchun soʻnggi vaqtlarda ularni tayyorlashda xalqaro huquq, chet el qonun hujjatlari normalari hamda huquqni qoʻllash amaliyotining qiyosiy tahlili hisobga olinmoqda. Parlament Qonunchilik palatasi qoʻmitalarida qonun loyihalarini muhokama qilishda ekspertlar, olimlar, mutaxassislar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, saylovchilar vakillari faol ishtirok etmoqda. Qonun ijodkorligi faoliyatiga bevosita saylovchilarni kengroq jalb etish maqsadida qonun loyihalari korxona, tashkilot, muassasalar, mahallalar, oʻquv yurtlarida ham mahalliy Kengashlar deputatlari ishtirokida muhokama qilinmoqda. Qonun loyihalarini tayyorlashda siyosiy partiyalarning roli va taʼsiri sezilarli darajada ortdi. Parlament faoliyatida gʻoya va dasturlar raqobati kuchaymoqda, har bir siyosiy partiya oʻz oldiga qoʻygan maqsadlarga ana shunday raqobat orqali erishishga intilmoqda.