Insholar va bayonlar
5.55K subscribers
531 photos
20 videos
221 files
109 links
Assalomu alaykum. Xush kelibsiz Kanalimizga.

Kanalimizda topishingiz mumkun:

📝Insholar

📄Bayonlar

📋Testlar va yechimlar

📚Darslik va Qullanmalar
Download Telegram
Abdulla Qodiriyning
Hayoti va ijodi.

REJA:
1. A.Qodiriyning bolalik va yoshlik yillari.
2. A.Qodiriyning ilk ijodi.
3. A.Qodiriy – jurnalist.
4. A.Qodiriy – tanqidchi.

BAYONI:
Abdulla Qodiriy 1894-yil 10-aprelda bog’bon oilasida dunyoga keldi. “Boshida boy oilada tug’ildimmi yoki kambag’al oiladami, albatta, bilmadim, – deb yozadi A.Qodiriy, – ammo yoshim 7-8ga yetgach, qornim oshga to’ymog’onidan, ustim tuzukroq kiyim ko’rmaganidan aniq bildimki, besh jonning tomog’i faqat 80 yoshli bir chol otamning mehnatidan, 1300 sarjin bog’ning yozda yetishtirib beradigan hosilidan kelar ekan. Agar bahor yomon kelib, bog’ mevalari ofatga uchrab qolsa, biz ham ochliqqa duch kelib, qishi bilan jovrashib chiqar ekanmiz”.
Abdulla bolaligidayoq zehni o’tkir, o’qish-o’rganishga mehr-ishtiyoqi baland bo’lgan. Ammo oiladagi moddiy muhtojlik tufayli bir oz kechikib, 9-10 yoshlarida maktabga boradi. Ikki-uch yil eski maktabda o’qigach, 12 yoshida uni oiladagi nihoyatda qashshoqlik vajidan bir boyga xizmatchilikka beradilar. Xo’jayin savdogar kishi bo’lib, o’rischa yozuv-chizuvni biladigan odamga muhtoj edi. Abdullaning zehnini, o’qishga ishtiyoqini sezgan savdogar uni rus-tuzem maktabiga yuboradi. Ham o’qish, ham o’qishdan keyin xo’jayin qo’lida ishlash Abdulla uchun og’irlik qiladi, maktabga yaxshi bilim ololmaydi. Bu hol ikki davom etadi. So’ng bunga chidolmay, ota-onasiga yolvorib o’z uyiga qaytib keladi, shu yerda turib o’qishga qatnaydi. O’qishdan bo’sh vaqtlarida akasi yoniga kirib toqichilik hunarini o’rganadi. Ikki-uch yil shu toqichilik va bog’ ishlari bilan band bo’ladi. Bolalikda egallagan bu hunarlarni, ayniqsa, bog’dorchilikni u bir umr tark etolmaydi.
Abdulla rus-tuzem maktabini 1912-yil muvaffaqiyat bilan tugatdi. Bu maktabda o’qish, bolaligidanoq rus tilini egallash bo’lg’uvchi yozuvchi ijodiy taqdirida muhim kasb etdi, rus va jahon adabiyoti, madaniyati bilan tanishuvi uchun bevosita yo’l ochib berdi. Ikki yil o’tgach, Abdulla Toshkentdagi Abulqosim madrasasiga o’qishga kirdi. Madrasadagi qisqa ta’lim uning islom ilmi, arab va fors tillarini egallashi, keyinchalik bu sohalarni mustaqil o’zlashtirish uchun zamin hozirladi.
Abdulla 1912-yili Rasulmuhammadboy otliq savdogarga prikazchik bo’lib ishga kirdi. Bu savdogar boy insofli, ochiqko’ngil, mulla, ziyolilarni hurmat qiladigan kishi edi. Bu odam xonadonida yashab, uning savdo do’konida ishlab, Abdulla zamonasining ko’p ilg’or, ziyoli kishilari bilan tanishadi. 1914-yili boyning katta qizi Rahbaroyga uylanadi. Abdullaning bundan keyingi ham totuv, ham sertashvish hayoti, faoliyati umr yo’ldoshi Rahbaroy, u keyinchalik birin-ketin in’om etgan ikki o’g’il, ikki qiz – Nafiza, Habibulla, Adiba, Ma’sudlar bilan kechdi.
Abdulla ijodiy faoliyatining boshlanishi ham o’sha davrga to’g’ri keladi. “Shu miyonalarda, - deb eslaydi A.Qodiriy, - bozor vositasi bilan tatarlarda chiqadig’on gazetalarni o’qib, dunyoda gazeta degan gap borlig’iga imon keltirdim. 1913-yilda o’zbekcha “Sadoyi Turkiston”, “Samarqand”, “Oina” gazetalari chiqa boshlag’och, menda shularga gap yozib yurish fikri uyg’ondi”. “Sadoyi Turkiston” gazetasining 1914-yil 1-aprel sonida “Yangi masjid va maktab” sarlavhali xabari bosilgan. Bu xabar ostiga Abdulla Qodiriy deb imzo chekilgan. Shu tarzda matbuotda Abdulla Qodiriy nomi paydo bo’ldi. Oradan ko’p o’tmay shu nom ostida “Millatimga”, “Ahvolimiz” she’rlari, “Baxtsiz kuyov” dramasi, “Juvonboz” hikoyasi chiqdi. Bu asarlar Qodiriyning ijodidagi dastlabki izlanishlar bo’lib, ular o’sha davrning taraqqiyparvar harakati – jadidchilik g’oyalari bilan sug’orilgan, jadid adabiyoti ta’siri ostida yozilgan edi. Bu asarlarda Qodiriy qoloq odatlarni tanqid ostiga oladi, xalqni o’zligini anglashga, yangilikka da’vat etadi.
Yozuvchining “Juvonboz” asari bevosita Behbudiyning “Padarkush” dramasiga taqlidan yozilgan. Hikoyada o’qishni tashlab buzuq, shaltoq yo’llarga kirib ketgan boyvachcha otasining mol-mulkini sovuradi, sindiradi; ota-onani dog’da qoldirib, oxiri jinoyatga qo’l uradi, qamaladi. “Baxtsiz kuyov”da esa muallif qoloq odatlardan biri – hashamatli to’y ortiqch
OYBEKNING “NAVOIY” ROMANI.
Reja:
1. Asarning yozilish tarixi.
2. Romanning asosiy g’oyasi.
3. Asardagi tarixiy shaxslar.
4. Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro o’rtasidagi munosabatlar.
5. Romanning badiiy xususiyatlari.
 
BAYONI:
Oybek Navoiy hayoti va ijodi bilan 30-yillar arafasida faol qiziqa boshladi. U shu yillarda Yazdiy, Koshifiy, Qazviniy, Muhammad Tolib, Abdurazzoq Samarqandiy, Vosifiy, Mirxond singari tarixchi olimlarning asarlarini qunt bilan o’rganishga kirishdi, lekin 20-yillar oxiri – 30-yillarda o’zbek adabiyotida avj olgan noto’g’ri qarashlar tufayli Oybekka ham qator ayblar qo’yildi.
Oybek, bir tomoni, o’ziga qo’yilgan aybdan xalos bo’lish uchun “Qutlug’ qon” romaniga oddiy kambag’al xalq vakilini bosh qahramon sifatida tanladi. Lekin romanda tasvir etilgan voqealar mantiqi shuni ko’rsatdiki, yo’lchilar tarixning burilish nuqtalarida xalq ommasiga rahbarlik ham qilaolmaydilar, ta’sir ham o’tkaza bilmaydilar. Qolaversa, 30-yillarda oddiy ishchilar va dehqonlar orasidan yetishib chiqqan davlat va mamlakat rahbarlari ham mustabit markaz oldida na el-yurt manfaatini, na o’zlarini himoya qilaolmaydilar. Shuning uchun Oybek xalqqa ham, adabiyotga ham Navoiy singari daholar kerak degan xulosaga keldi.
“Qutlug’ qon romani” hali chop etilmay turib Oybek 1940-yil 6-yanvarda “Navoiy” romani ustida ish boshlab yubordi va uni 1942-yilning qish oylarida tugatdi. Roman turli muhokamalardan o’tib, 1944-yilda nashr etildi.
O’zbek xalqi tarixida XIV-XV asrlar alohida o’rinni egallaydi. Amir Temurning tarix sahnasiga chiqishi bilan yangi va qudratli o’zbek davlatchiligiga asos soladi. Sharqning hozirga qadar iftixori bo’lib kelgan mahobatli inshootlar – me’moriy obidalar bino etildi. Adabiyot, san’at va fan keng taraqqiy etdi. Ana shu taraqqiyotning timsoli va natijasi sifatida Alisher Navoiyning buyuk asarlari yaratildi. Navoiy faqat buyuk shoir bo’libgina qolmay XV asrning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, ma’rifiy hayotiga ham katta ta’sir o’tkazdi.
Ayrim tarixchilarda agar Husayn Boyqaro bo’lmaganida Navoiy shoir sifatida bunday yuksaklikka erishmagan bo’lardi degan fikr bor. Ehtimol, bu fikrda haqiqat urug’lari yo’q emasdir. Ammo eng muhimi shundaki, agar Navoiy boo’lmaganida Husayn Boyqaro ham davlatni va avom (xalq)ni idora etishda bu darajada muvaffaqiyat qozonmagan Husayn Boyqaroning o’zi ham, xalq ham, davlat ham allaqachonlar ichki nizolar va urushlarning qurboni bo’lgani bo’lardi. Shu so’zlarning o’zidanoq roman markazida Navoiy va Husayn Boyqaro obrazlari turishi yaqqol ko’rinib turibdi. Shubhasiz, Oybekning asosiy maqsadi Navoiyning ulug’ inson, shoir va davlat arbobi sifatidagi obrazini yaratishdir. Oybekning talqinicha, Navoiy siymosining ana shu uchala qirrasini o’zaro birlashtirib turadigan “magnit maydoni” uning insonparvarligidir. Oybek Navoiyning insonparvar shoir va davlat arbobi sifatidagi obrazini yaratish uchun asarga tarixiy shaxslar obrazi bilan birga badiiy to’qima obrazlarni ham kiritgan. Bular, birnchi navbatda, Navoiyning shogirdi Sultonmurod, uning do’sti Arslonqul va uning sevgilisi Dildordir. Bular roman voqealaridan oddiy xalq vakillari sifatida ishtirok etib Navoiyning ulug’ inson, shoir va davlat arbobi sifatidagi obrazini ochishga ko’maklashadi. Husayn Boyqaro, Jomiy, Behzod, Nizomulmulk, Majididdin singari o’nlab qahramonlar esa Oybek asariga to’ppa-to’g’ri tarix sahifalaridan kirib kelgan. Oybek bu qahramonlar obrazini yaratishda tarix haqiqatiga suyangan.
Shoir va tarjimon A.Naumovning yozishicha, Oybek u bilan suhbatida “Navoiy” romanining yaratilish tarixi haiqda so’zlab, unga: “Yozishdan avval men qahramonlarimni aniq tayin ko’rganman, ular, mening xayolimda, bir paytlar tarix shudgoriga tashlangan urug’dan o’sib chiqqandek edilar”, - degan ekan.
Adibning bu fikri nafaqat tarixiy shaxslar, balki to’qima obrazlarga ham taalluqlidir.
O’sha suhbatdoshning yozishicha, Oybek unga yana bunday so’zlarni aytgan: “Mening stolim ustida o’rta asrlardagi Hirotning o’zim chizgan xaritasi yotardi.

Manba @iramond
Menga yoqqan she'r
Reja:
1.Men yoqqan she'r Mirtemirning onaginam she'ri
2.Mirtemirning hayoti
3.She'rdan olgan hulosam
Menga yoqqan she'r bu Mirtemirning onaginam she'ri. Ushbu she’rda shoirning diliga qiynoq beruvchi, qalbini azoblovchi tuyg’u g’oyat samimiy aks ettirilgan. Shoir boshiga qora kunlar tushgan mahal oilasidan uzoqda tuhmat jabrini tortar ekan, to‘satdan onasining vafoti haqidagi sovuq xabar uning dilini teshib o‘tadi. Onasini hatto so‘nggi yo‘lga ham o‘zi kuzata olmagan farzandning qonli bag’ridan ushbu satrlar to‘kiladi…
2.Oʻzbekiston xalq shoiri, oʻzbek sheʼriyati taraqqiyotida oʻziga xos oʻrin tutgan shoir. Mirtemir Tursunov 1910-yilning 10-mayida Turkiston shahri yaqinidagi qishlogʻida tugʻildi.Mirtemir yoshligidan boshlab uqishga juda qiziqardi va maktabni a'lo baholarga tugatdi.Yoshligidan she'r yozishni boshladi.U "Qizil qalam" adabiy tashkilotining a’zosi sifatida Botu, Oltoy singari "millatchilar" bilan aloqada bo’lganligi uchun GPU tomonidan xibega olingan.Qamoqdan chiqqanidan keyin bir necha gazetalarda ishladi.Mirtemir 1978-yilning 23-yanvarida vafot etdi.
3.Mening Mirtemirning she'rlaridan olgan tasurootlarim juda ko'p.Mirtemirning she'rlari juda ma'noli, ko'ngilga yoqadigan she'rlardir.Mirtemirning she'rlari hayotga yaxshilikka yetaklaydi va juda ta'sirli she'rlari ham ko'p.Masalan:Onaginam she'ri menga yoqqan eng sevimli she'rlaridan biri hisoblanadi,chunki u she'r juda ta'sirli va dilga yoqadigan she'r.
@iramond
Rauf parfi sheriyatida yuksak badiiyat

Insho.
Reja:
1) Rauf parfi yuksak adib
2) Rauf parfi yuksak madaniyat soxibi
3rauf parfi sherlar ustasi

1)Rauf parfi yuksak adib. Biz bilamizki bu adibimiz juda sergayrat va matonatli shoirlarimizdan biri.Bu shoirning
sherlarida ozgacha zavq u shavq olish mumkun.Bizning milatimizda bunday shoirlarimiz borligidan albatta faxrlanishimiz kerak.
Biz bu shoirlarimizni juda hurmat qilamiz.Bizga bu shoirlarimiz sherlarida hayoti talim bera oladi.Shuningdek insonlar ruhiyatiga Yaxshi fikrlar olib kirishga qodir..

2) Rauf parfi yuksak madaniyat soxibi biz bu shoirimizni ardoqlashimiz kerak. Bu shoirimiz bizning qalbimizda yuksak Madaniyat ôchmas iz qoldirgan.
Bu shoirimiz haqida "Madaniyat va marifat "telekanalida efirga uzatilgan O'zbekiston Xalq shoiri Rauf parfi xotirasiga bagishlangan
Korsatuv efirga uzatildi.
Bunda Rauf parfi ijodida koplab sherlar va dostonlar mavjud
Har insonga zavq u Shavq bagishlay olgan shoirimizni abadiy yoda tutishimiz kerak..
3) Rauf parfi serqira ijodkor.Rauf parfi sherlar ustasi oz sherlari bilan qalbga iymon,
yuraka iliqlik olib kirgan bu shoirimiz juda kata huatka sadoqatga loyiqdir.Bu shoirimiz sherlarida ozgacha joziba tub-tub mano mavjud.Har birimiz bu shoirimiz ijodidan bahramand bolar ekanmiz bu shoirimiz dilda ochmas iz qoldirishi aniq.
Bu shoirimiz koplab sherlar yozgan masalan Moviy osmon etaklarida,Yoq shoir deb qarama atay,Shirin uhlar tong chogi godak kabi sermazmun she`rlari mavjud


#koʻzmunchoq
Kanalimiz a'zolar soni 6.5 K dan 6 K qoldi, Gruhimiz esa 2.8 K dan 2 K qoldi 😟
Imtihon o'tdi ish bitidi deb kanalni, Gruhni o'chiryabsizlarda?
Maylidaa.........😔
Kanalimizni qadrlaydiganlar bizga sodiq qolganlarga alohida tashakkur😊
Юз йилдан кейин, яъни 2120 йилда барчаларимиз қариндошларимиз билан биргаликда ер остида бўламиз. Биз қурган уйларда нотаниш одамлар яшайди. Йиққан мол -мулкимизга бошқалар эгалик қилади. Биз ҳақимизда ҳеч нарсани эслашмайди ҳам. Ичимизда ким ҳам отасининг бобосини эслай олади. (Бўлса ҳам жуда озчилик эслайди).

Бизлар ўша пайтда фақат, ёзув, сатрларда эсланамиз, исм ва шаклимиз унутилган тарихга айланади. Шундай экан нима учун келажакдаги мол-мулкимиз, уйларимиз ва аҳлларимиз ҳақида кўп бош қотирамиз. Ахир юз йилдан кейин булардан ҳеч наф йўқку?!

Бизнинг борлиғимиз коинот умри олдида бир лаҳза холос. Бизнинг умримиз унинг олдида кўз очиб -юмгунчалик фурсатдир. Биздан кейин ўнлаб авлодлар келади. Улар ҳам дунёни худди биз топширгандек кейинги авлодга топшириб, байроқни тутқазадилар. Улар орзуларининг тўртдан бирини ҳам амалга оширмасдан ўтиб кетадилар.
Шундай экан, дунёдаги ҳақиқий ҳажмимизни билиб олишимиз керак. У, биз тасаввур қилгандан ҳам кичикдир.

Юз йилдан кейин зулумот ва сукунат ичра юриб, дунё нақадар ҳақир эканини ва орзуларимиз чўпчак эканини биламиз.

Қанийди, умримизнинг барчасини жиддий ишлар, яхшиликларни жамғариш ва солиҳ амалларни қилишга сафарбар қилсак эди, деб орзу қиламиз.
Assalomu alaykum aziz kanalimiz aʼzolari hammangizni juma ayyomi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman deb hurmat bilan #koʻzmunchoq