iDesign - Freepik.com va boshqa saytlardan daromad olish haqida.
152 subscribers
137 photos
42 links
Dizaynerlik orqali onlayn daromad olish yo'llarini o'rganamiz.

Savollar bo'lsa: @i_ibrahimov
Download Telegram
Bir qancha vaqt oldin Ismoil Safarov jamoasi imkoniyati cheklangan insonlarga dizaynni o'rgatishlarini reja qilganlari haqida eshitdim. Shundan so'ng jamiyatimizdagi imkoniyati cheklangan insonlarga uyda o'tirib microstock saytlarda daromad olishni o'rgatish eng maqbul yo'l bo'ladi degan fikrga keldim. Ismoil Safarov bilan kelishdik va SMM bo'yicha kurslarini oxiriga internetda daromad olish haqidagi darslikni ham qo'shishni reja qildik. Ammo menda bazi kutilmagan shaxsiy ishlar chiqib qoldi va oqibatda bu proekt qolib ketti. Rostan ham imkoniyati cheklangan insonlar uchun internetda daromad olish eng yaxshi yo'llardan biri. Sababi kimdur real proektlarda mijozlar bilan uchrashuvga bora olmasligi, kimdur muloqot qila olmasligi mumkin. Microstocklarda esa ularni hech biri shart emas. Shunchaki internet, kompyuter va dizaynerlik salohiyati zarur.

Nasib qilsa bu g'oyani albatta amalga oshiraman.
Ismoil Safarov - Web design kursini ham boshlab yuborishipti.
Bu reklama emas. Bu tavsiya. Bu insonni bilimiga va metodikasiga ishonaman.
Bazi platformalarga paypal akkaunt kerak bo'lyapti. Aksiga olib Paypal elektron to'lovlar bilan ishlaydigan bu kompaniya yurtimizda ishlamas ekan. Adashmasam 2 yil oldin paypal'ni O'zbekistonda ishlashini vada qilishgan edi. Vadalari esdan chiqib ketgan shekilli. Amazon.com saytida tijorat qilish qo'shni davlat sharofati bilan bizga ham ochildi. Paypal'ni ham kimdur bizga olib kelib berishini kutamiz shekilli.

Yurtimizda paypal akkauntiga ega insonlar bormi? qanday qilib ochish yo'llarini bizga ham o'rgatib qo'yishsa bo'lar ekan.
amazon.com - saytida mahsulot sotuvchi hamyurtlarimiz bormi?
Onlayn savdolar bo'yicha o'rganishdaman. Amazon haqida ham bir necha soatlik darsliklarni ko'rib chiqdim. Darslarni ko'rish boshqa amaliy bilimga ega insondan maslahat olish boshqa. Yaxshi tomoni amazon.com payoneer elektron to'lov tizimida ishlar ekan.
Internet orqali daromad topishni o'rgataman deb yangi e-commerce kursini ochgan yigitni ko'p kishi tanisa kerak. Kimdur shu kursni sotib olib o'rganib chiqqandan so'ng kurs haqidagi yakuniy xulosani men bilan ham o'rtoqlashsa xursand bo'lardim.

Undan oldingi Amazon bo'yicha kursini qisqa xulosasini sizlarga aytishim mumkin. Kursni sotib olganman va Youtubedan bepul o'rganish yana bir bor eng yaxshi yo'l ekanligini tushunib yettim. Xulosani tushundiz deb umid qilaman.
Assalomu alaykum. Bir nechta postlar oldin www.etsy.com saytida mahsulot sotishni boshlaganimni yozgan edim.
Endi jiddiy kirishadigan vaqt keldi. Sherigim bilan nasib qilsa unispace nomi ostida profilni jonlantirishga kirishdik. Hozirda saytdagi profilim uchun Digital mahsulot tayorlash jarayonidamiz.
Yaxshimi yoki yomonmi olingan tajriba bilan bo'lishib turaman.
iDesign - Freepik.com va boshqa saytlardan daromad olish haqida.
Internet orqali daromad topishni o'rgataman deb yangi e-commerce kursini ochgan yigitni ko'p kishi tanisa kerak. Kimdur shu kursni sotib olib o'rganib chiqqandan so'ng kurs haqidagi yakuniy xulosani men bilan ham o'rtoqlashsa xursand bo'lardim. Undan oldingi…
Manashu mavzu bugun bazi kanallarda avjiga chiqdi. Amazon FBA kursini sotib olganman. Kursdan norozilar menejeriga yozilar boshqa pullik kursiga bepul a'zo qilamiz diyilgan ekan. Menejeriga yozib quydim. Qani ko'ramiz gaplar qanchalik isbotini topadi.
U bolani shaxsiyati bilan ishim yo'q. Boshqa bizneslari bilanam. Menga faqat kurs qiziq
Freepik.com - saytidagi bazi yangiliklar:
- narx tushti. Dizaynerlar ishlari borgan sari qiymatsizlanib borayotgandek.
- sayt imtohin uchun 20 ta yuklash kerak bo'lgan limitni 10 taga tushurdi.
- tekshiruv darajasi ancha osonlashgan. Kuchli bo'lmagan ishlar ham o'tmoqda.
-tekshiruv jarayoni vaqti ancha tezlashgan. 3 kunda faylni tekshirib chop etishyapti.
adobestock.com - saytiga fayllarimni yuklab qo'ydim. Ijod kelmaganda boshqa saytlarga yuklayapman.
Qisqa qilib aytganda birinchi minimal mablag'ni ishlab topib uni yechib ham oldim. Sayt ancha qiziq ekan. U yerda bir dona sotuv kamida 1$ keltriyapti. Narx zo'r. Ammo hozircha sotuv kam meni profilimda.
Yaxshiyam microstocklar so'mda to'lashmaydi😁
Freepik.com - narxdi eng past darajaga tushurdi. Butun vaqtini shu ishga tikkanlar uchun bozor qiyinlashib bormoqda.
iDesign - Freepik.com va boshqa saytlardan daromad olish haqida.
Freepik.com - narxdi eng past darajaga tushurdi. Butun vaqtini shu ishga tikkanlar uchun bozor qiyinlashib bormoqda.
Xulosaga erta ekan. Sayt yangi narx tizimida ishlashni bu oydan boshladi. Hozircha stabil aniq belgilangan narxni bilolmadim. Statistika xar kuni turlicha bo'lmoqda. Bugun narxlar eski xolatiga ko'tarilipti.
Yil davomida ko'plab bilimlarni o'zlashtirish imkoniyati bo'ldi, kelgusi yilda bundan ham ko'proq imkoniyat bo'ladi degan umiddaman. Eng muhimi sog'likni asraylar.
freepik.com saytidan 3D modelllarni ham yuklab olishingiz mumikin, Bu sayt jamiki yo'nalishni o'ziniki qilib oladi shekilli. Hozircha 3D mahsulotlarni boshqa dizaynerlar sota olmaydi. Sayt faqat o'zi yasagan modellarni yuklamoqda. Ammo bu test rejimi bo'lgani uchun bo'lsa kerak. Tez orada 3D modellarni freepik.com saytida ham sotib daromad olsa bo'ladi deb o'ylayman
Undan tashqari bir qancha vaqt oldin freepik video yo'nalishiga ham kirib kelgan. Faqat bu alohida proekt bo'lib boshqa saytda faoliyatini boshlagan. Sayt: ww.videvo.net
Bundan 3 yil oldin karantinda o'tirib freepik.com saytiga fayl yuklashni boshlagan edim.

3 yil ichida 4 745 yevro pul ishlabman. Umuman oganda qo'shimcha daromad uchun yomon emas. Agarda $ ga olib o'tilsa 5000$ dan sal ko'proqqa aylanadi.
Oxirgi 11 oyda hech narsa saytga yuklamadim. Hozirda freepik.com da faoliyatim to'xtagan desa ham bo'ladi

Agarda siz talaba yoki imkoniyatingiz biror ishda ishlashga to'g'ri kelmasa, oyligingiz yetarli bo'lmasa bu saytda ishlashni maslahat beraman.
2025 yilda jami topgan daromadingizni hisoblab ko'rdingizmi? Bu yillik daromadingiz o'tgan yilgi bilan teng bo'lsa demak siz bu yilda o'tgan yilga nisbatan yomonroq hayot kechirdingiz. Sababi inflatsiya sabab sizning bu yilgi daromadingiz xarid quvvatini 7% ga yo'qotgan. Shunday ekan agarda daromadingiz kamida 7% dan o'sgan bo'lsa u holda sizda oldinga siljish bor.