iDesign - Freepik.com va boshqa saytlardan daromad olish haqida.
152 subscribers
137 photos
42 links
Dizaynerlik orqali onlayn daromad olish yo'llarini o'rganamiz.

Savollar bo'lsa: @i_ibrahimov
Download Telegram
Bazi bir stock saytlar uchun qilgan ishlarimdan bir qismi
Karantindan oldin qilgan eskizim ekan(moziyga nazar)
Smart Tech kompaniyasi uchun flayer dizayni - design by @i_ibrahimov
Vertebra med klinikasi uchun ijtimoiy tarmoqlar uchun dizayn. Texnomart stilidan olingan xolda tayyorlandi. Umuman olganda Texnomartni SMM dizaynlari yoqadi.
EPA - kompaniyasi uchun SMM post dizayni - design by @i_ibrahimov
EPA kompaniyasi uchun SMM dizayn. Mahsulot xilma xilligini ko'rsatish talab etilgandi.
Assalomu alaykum. Ozgina ma'lumot ulashmoqchiman. Men bir qancha vaqt oldin etsy.com saytiga digital( elektron) fayllar yukladim sotish maqsadida. U yerda sotish uchun professional dizayner bo'lish shart emas. Oddiy matn redaktori Microsof Office Word dasturida oddiy Resume, Letterhead dizaynlarini qilib ham yaxshigina daromad olsa bo'lar ekan. Saytda ishlash uchun Paypal xamyoniga ega bo'lishingiz lozim. Ammo bizning mamlakatda bu xamyon ishlamaydi. Lekin bu tugadi degani emas. Westernbid.com sayti bor bu sayt sizga o'zining paypalidan foydalanish imkonini beradi va bu evazga ma'lum foiz oladi.
SHunday qilib siz zo'r dizayner emassiz ammo matn redaktorida yaxshigina ishlay olsangiz harakat qilib ko'rishni maslaaht beraman.
Assalomu alaykum.

Ancha vaqtdan beri ma'lumot tashlamadim. Xudo xoxlasa yana foydali bo'lgan ma'lumotlar bilan ulashaman.
Mening birinchi akkauntim Block bo'lgani uchun ancha vaqt freepik bilan shug'ullanmadim. Butun dunyoda shu bilan birgalikda yurtimizda ham bo'lgan Karantin menda yana onlayn daromad olish istagini uyg'otdi. Shunday qilib uydan hech qayoqqa chiqib bo'lmaydigan bir sharoitda ijodni boshladim. Bu safar yangi akkaunt ochmadim. Sherigimni akkaunti bor edi va u anchadan beri yurmayotgandi deyarli. Ruhsat oldim va dizaynlarni o'sha akkauntga yuklay boshladim. Bu safar tajriba borligi uchun hammasi ancha oson bo'ldi.
iDesign - Freepik.com va boshqa saytlardan daromad olish haqida.
Kamolxon | Freepik https://www.freepik.com/kamolxon
Manashu akkauntda faoliyat yurityapman. Qiziquvchilar bo'lsa kirib ko'rishlaring mumkin. Qilingan dizaynlarga chidasa bo'ladi🙃
Nasib qilsa kiyingi maqolamda freepik hozirda bir dona sotilgan faylga necha pul to'layapti va men qancha daromad ololdim. Shu haqida maqola yozaman.


Coming soon...
Assalomu alaykum!
Demak bazi informatsiyalar bilan bo'lishaman:
01) Freepik har 1000 dona yuklab olish uchun 75 Yevro to'lamoqda. 2020- yilgacha Dollar valyutasida to'lagan bo'lsa hozirda Yevro'da to'lash siyosatiga o'tgan
02) Freepikda soliq to'lash kuchaytirildi. 2021-yildan O'zbekiston fuqarolaridan 5% soliq ushlab qolinmoqda. Oldinlari soliq ushlanmagan
03) Freepik yashab turgan mamlakatingizdan olingan Rezidentlik sertifikatini yuklashni talab qilmoqda. Yuklamasangiz daromadingizdan 24% soliq ushlab qolinadi Ispaniya siyosatiga binoan. Yuklasangiz 5% olib qolinadi. Men bir amallab sertifikatni oldim,
04) Sayt tobora kuchayib bormoqda. Har bir yuklab olish uchun juda past narxda to'lasada yuklab olishlar soni yuqori
Demak kuni kecha freepikdagi pulimni naqd qilib oldim. 2 mln sum yechib oldim va yana biroz hisobimda pul ham qoldi. Bu bir oyli daromadim. Bu ko'rsatkich aslida baland hisoblanmaydi. Ammo men bir haftada atiga 10 soat vaqtimi sarflaganimdagi daromadim. Ramazondan kiyin astoydil kirishdim natijasini bir necha oydan kiyin ko'rsataman...
Freepikda faoliyat yurituvchi O'zbekistonliklar:

01) O'zim profilim hozirdagi https://www.freepik.com/kamolxon

02) Bu insonni ham taniyman https://www.freepik.com/55designs

03) Bu insonga shaxsan o'zim tavsiya berganman saytda sotishni https://www.freepik.com/mbukimbuki

04) Bu dizayner bilan ham muloqotda bo'lganman bir martta https://www.freepik.com/user7612031

05) Bu akkaunt egasi menga Rezidentlik sertifikatini olishda kotta yordam qildilar https://www.freepik.com/barbaliss
Freepik'da qaysi formatdagi fayllarga talab kuchli?

- Freepik EPS, PSD, JPEG formatdagi dizaynlarni qabul qiladi.
- PSD va EPS formatdagi dizaynlarni yuklab ko'rganman. Talab ikkalasida ham bir xil. Ya'ni sotuvda formatni ahamiyatini sezmaganman
Image Not Included - bu nima uchun kerak?

- Dizaynlarda pullik rasmlardan foydalanish mumkin emas. Foydalanilgan taqdirda maxsus litsenziyani ko'rsatish lozim. Bu ortiqcha bosh o'g'rig'i
- Bepul rasmlardan foydalansa bo'ladi. Faqat preview xolati uchun. Ushbu dizaynda odam rasmi ishlatilgan. Ammo asosiy fayl ichida rasm mavjud emas. Shu sababli " Image not inlcuded" yozuvi qo'yiladi. Bu sayt talablaridan biri
- Bepul rasmlarni unsplash.com | pexels.com kabi saytlardan olsa bo'ladi. Hattoki Freepikni o'zidagi bepul bo'lgan rasmlardan ham foydalansa bo'ladi. Ammo ehtiyotkorlik bilan. Shu sababli mutlaqo freepikga aloqasi bo'lmagan saytlardan olgan maqul