iDesign - Freepik.com va boshqa saytlardan daromad olish haqida.
152 subscribers
137 photos
42 links
Dizaynerlik orqali onlayn daromad olish yo'llarini o'rganamiz.

Savollar bo'lsa: @i_ibrahimov
Download Telegram
Metal kesishga mo'ljallangan kesuvchi disc uchun
Bugun Biroz rasmni montaj qilishga to'g'ri keldi. Sababi ko'rib turganingizday qora rangli mahsulot ko'k rang bo'lib rasmga olingan edi. Baxtimga Photoshop bor))
Payvandlash(svarka) mahsuloti uchun SMM post dizayni
Payvandlash uskunasini davom ettiraman
Hozirda ishlab turgan kompaniyam SMM post dizaynlarida postga tel raqam va ortiqcha so'zlarni ishlatmayapman. Sababi postlar shundoq ham kompaniya profilidan chiqadi. Hamda insonlar telefon qilishdan ko'ra masofadan yozib ma'lumot olishni afzal bilmoqda. Shunday ekan postni ko'rib komentariya yozdiradigan postlar qilmoqdamiz. Ko'ramiz qanchalik samarador bo'lar ekan. Yakuniy xulosalarni yozaman albatta
Graphicrivet.net saytida o'z profilimni ochdim. Birinchi ishim ham saytda chop etildi. Birinchi sotuv ham bo'ldi. Nasib qilsa 2020 yil oxirga qadar bu saytda ancha ishlarni o'tkazib, ko'plab sotuvlarni qilaman😎
Lirik chekinish- santexnika va svarka xizmatlariga ehtiyoj sezsangiz
https://t.me/svarkasantexnika
shu kanalga ulanib oling ( tanishniki😁 )
#motivatsiya

Kecha Freepik Russia telegram gruppasida bir dizayner dariomadi haqida ma'lumot berdi. uNga ko'ra shutterstock saytidan 2000$ va freepik saytida 78000$ daromad olipti. Kamiga bu daromad bir oydagi summa ekan. Nahotki shuncha topish mumkin bo'lsa😳 profilini tashlayman o'zingiz hulosa qilib olaverasiz
Ikkita profilda ishlovchi dizayner yoki dizayner gruppasi. Xullas yuklab olingan fayllar soni milyondan ortiq. Ya'ni top contributorlardan. Demak gaplari rost shekilli oyiga 80 000$ daromad.))
Nima qilib o'tiripsiz, harakatdi boshlang!!!
#info
Envatoga 7 ta fayl yuklagandim. 2 tasi qabul qilindi. Va qabul qilingan dizaynlarda 10 ta sotuv bo'ldi. Dizaynni o'tishi oson emas. Lekin o'tgan fayl sotilme qolmaydi
mish mishlarga qaraganda Top new authors ga kiribman, fayllarim sonini ko'paytirishim uchun motivatsiya bo'ldi)
Assalomu aleykum. Karantinda zerikmayapsizlar degan umiddaman.
Bir foydali manba bilan bo'lishmoqchiman:
Ko'plab stock saytlar bilan tanishib chiqdim. Ularni orasida www.etsy.com sayti ham bor. Bu sayt asosan sovg'a buyumlarni sotishga ixtisoslashgan. Ammo digital bo'limida ko'plab dizaynlar ham sotiladi. Biroz oldin bir portfolioni ko'rib qoldim. Unda letterhead, vizitka va shu kabi fayllar bor ekan. Umumiy fayllar soni 84 tani tashkil etadi. Sotuvlar soni esa 1150 dona. Bir dona skachat narxi eng kamida 5$ qilib belgilangan. E'tiborimni tortgan jihati bunday fayllarni yangi boshlagan dizaynerlar ham qila oladi. Havolani tasheman o'zingiz ko'ring
Forwarded from IT-MAVZU
KWORK.ru - Bu saytda shunday frilanserlar borki – ular kuniga 100$ hatto 200$ gacha pul ishlashadi.

Xo'sh shuncha pul ishlash uchun nima qilish kerak?
Avvalo foydali xizmat turlarini o'rganishingiz kerak.
Masalan: sayt yuritish, fotoshop, ijtimoiy tarmoqlarda guruhlarni yuritish, sayt va guruhlarni rivojlantira olish, smm va shunga o'xshash xizmatlar. Xullas qiladigan ishingiz buyurtmachi uchun foydali bo'lsa bo'ldi.
Bularning hammasini internet orqali bepul o'qib o'rgansa bo'ladi.

Yodda tuting!
Pessimist odam Har bir imkoniyatda qiyinchilikni ko'radi.
Optimist odam esa Har bir qiyinchilikda imkoniyatni ko'radi.

👉 https://t.me/ITbusiness_school
https://t.me/ITbusiness_school
Kanal internetda pul topishni barcha yo'llarini o'rgatadi. Kuzatib borishni tavsiya qilaman
#help
Sizlardan iltimosim bor. Karantin vaqtida ko'plab insonlar daromadsiz qoldi. Iqtidorli, g'ayrati bor insonlarni kanalga taklif etinglar. Ayni vaqtda yurtimizda masofadan daromad olishni rivojlantirish jarayoni ketmoqda. Oz bo'lsa ham bir birimizga yordamimiz tegsin.
Bu multik dizaynni youtubedan ko'rib qildim. Karantindan unumli foydalanib qolayik!

Aytgancha dizayn illustrator dasturida qilingan. Yuz foiz vector formatda.