Husniddin's Notes
31 subscribers
96 photos
16 videos
68 links
Kuzatishlarim natijasida paydo bo'lgan fikrlarim va xulosalarim bilan bo'lishib boraman.
Download Telegram
Reels ni oxiriga koʻrmasdan keyingisiga oʻtkazib tursam, yoshligimdagi "Kusto Hayratdaaaa" degan prikol esimga tushdi. Oʻshanda ham boʻshlovchi bir kanaldan boshqa kanalga toʻxtamasdan olinsa ovozi qanaqa eshitilishini oʻxshatib bergan. Reels lar ham shunaqa, bitta eshitmay keyingisini ochamiz, gohida qiziq qiziq holatlar boʻlib qoladi.

Bitta shifokor 5 kunda dedi (manimcha ozdirmoqchi edi) oxirigacha eshitmay keyingisiga oʻtkazdim unda bitta usta chiqib uyingizni bitirib beramiz deb turibdida.😁
Forwarded from davletovuz
Ёзишларича, олий таълим, фан ва инновациялар вазирининг барча ўринбосарлари лавозимидан озод этилган.
Xushnudbek.uz
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Shahrisabz shahrida piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan maktab o‘quvchisi katta tezlikda kelayotgan Damas'dan arang qochib qolgani aks etgan video tarqaldi.
E'tibor berib qaralsa ushbu videodagi "piyodalar o'tish joyi" da harakat yo'nalishini ajratib turuvchi tosiq kesib piyodalar uchun qulaylik yaratilmagan, zebra chiziqlar o'chib ketgan. Maktab oldi bo'ladigan bo'lsa sun'iy do'nglik yaratilmagan, eng asosiysi svetafor o'rnatilmagan.

Hokimiyat shunaqa kamchiliklarni tuzatishi kerak, jazolash ham albatta kerak, ayovsiz jazolash kerak. Lekin oqibatlar bilan emas sabablar bilan kurashish kerak.
Avval kim?, Keyin nima?...........


tez orada
davletovuz
Тошкент вилоятида овқатдан захарланган боғча тарбияланувчилари 1940 нафарни ташкил этмоқда
Bogʻchalar vaziri istefo bersin. Bunaqa sharmandalikdan keyin vazir ishdan ketishi kerak. 2000 ta bola. Butun respublika boʻylab shov shuv boʻlmagan xolatlar qancha. Yaqinda Kun uz midi Gazeta Uz midi, bogʻchalarga oziq-ovqat yetkazib berish tizimidagi korrupsiya va ogʻirliklar haqida reportaj qilgandi, ungayam munosabat bildirishmadi. Deputatlar birortasi vazirlikka soʻrov yuboradimi?
Prokrotura?
Bolalar ombudsmani?
Bu tashkilotlar ishlamasa nima uchun kerak. Yana BTM yigilishida bolalar salomatligi haqida nutq soʻzlaymizmi.
Ichki ishlar Vaziri MMA assotsiatsiyasi raisi etib saylanibdi.

Qiziq ichki ishlar bilan bog'liq bo'lgan oxirgi voqea va hodisalarga mukofot ekanmi bu.
Hech bir ish Allohni iznisz bo'lmaydi, hammamiz unikimiz va albatta unga qaytamiz. Jahl otiga mingmang, mingan bo'lsangiz uni jilovlashni o'rganing.
1
Yaxshi yangilik Haj va Umra safarlariga Musulmonlar idorasi orqali ketish uchun oldin, idoraga borib navbatga yozdirish kerak edi. Hozir navbatni online hisobga qo'yishni imkonini beruvchi platformani ishga tushirishibdi. Agar Mahram (ayoliz yoki onangiz )bilan ketmoqchi bo'lsayiz ariza to'ldirish davomida ularni tanlashiz mumkin. Hozircha test rejimida ishlamoqda ekan, va faqat Hajga borish uchun ariza qoldirish funksiyasi ishlayapti, yaqin kunlarda umraga ariza qoldirish, hududni o'zgartirish kabi xizmatlari ham ishga tushsa kerak.
🔥1
Shuxrat akadan qiziq fikrlar.
Katta oila boʻlish yaxshi.....
Forwarded from Dilroz Abrayeva
Ҳар бир ота-она, ҳар бир ўқитувчи ва таълим соҳасидаги ҳар бир раҳбар кўриши керак бўлган видео экан.

PISA тадқиқоти асосчиси Андреас Шляйхернинг нутқидан эътиборимни тортган жиҳатлар:

Ўзбекистонлик ўқувчилар ўрганганларини яхши такрорлайди, холос.
Ўқитувчилар ўқувчиларга маълум билимларни беради, ўқувчилар эса буни эслаб қолиб, тестларда намойиш эта олади. Ўқувчиларга жавоби аниқ бўлмаган, ижодий ечим талаб қиладиган ва фикрлаш қобилиятининг ўзига хослигини баҳолаш керак бўладиган масалалар берилганда, ўзбекистонлик ўқувчилар бундай топшириқларни бажаришга тайёр эмаслиги кўринган. Аслида эса айнан шу хусусият сунъий интеллектдан фарқлаб туради.


Ўзбекистонлик ўқувчиларнинг кўпчилиги яхши билим берадиган ўқитувчиси борлигини айтган, лекин
Менинг кимлигимни ва ким бўлишни исташимни тушуна оладиган яхши мураббийим йўқ, деган фикрни берган. Ўзбекистонда ўқувчиларни қўллаб-қувватлаш сифати паст. Масалан, Вьетнамда ўнта ўқувчидан тўққизтаси “менга ёрдам керак бўлганда, ўқитувчимга ишонишим, ундан қўллаб-қувватлаш олишим мумкин”, деб айтган. Ўқитувчилар ва ўқувчилар ўртасида кучли алоқа бор ва бу ўқувчилар муваффақияти учун муҳим. Ўзбекистонда эса айнан шу нарса паст экан. Масалан, пандемия даврида ўқитувчилар билим етказиб туришган, лекин ижтимоий муносабатлар суст бўлган. Масалан, пандемия вақтида атиги 13 фоиз ўқувчи ўқитувчиси ундан ҳол-аҳвол сўраганини айтган.


Вьетнам қандай қилиб таълимда илғор мамлакатга айлангани ҳақида бу ерда яхши мақола ҳам бор экан.

Ўзбекистонда кўпчилик ўқувчилар жавобларни билади, лекин савол беришга одатланмаган.

Ўқувчиларга эътироз билдирилганда, улар эътирозни синовдан ўтказиб, савол бера олмайди. Сунъий интеллект даврида дунё жавобларни ёдлаганимиз учун эмас, балки уни шубҳа остига олиб, тўғри савол қўя олганимиз учун тақдирлайди.


Ўқувчиларимизда ижодий ва танқидий фикрлаш, когнитивлик пастлиги, осонгина амалга ошириладиган, аммо қийин бажарилаётган ишлар, камроқ мавзуни чуқурроқ ўрганиш, билим эмас билимни қандай қўллаш муҳимлиги ва ота-онанинг таълимдаги ўрни ҳақида ҳам жуда қизиқ фикрлар бор. Кўришни жудаям тавсия қиламан.

@dilroz_abrayeva
Komissiya tuzilgani, va havo yaxshilanishi uchun tezkor choralar koʻrilayotgani yaxshi. Lekin nima uchun faqat toshkentda? Fargʻona, Andijon, Navoi...., umuman qishloqlar, chekka tumanlarda ham chora koʻriladimi?
Yoki faqat Toshkentlikla 'tozaroq' havodan nafas olishga haqlimi.
Oqibatlarga emas, sabablarga yechim qidirsa boʻlmaydimi....
Forwarded from davletovuz
2026 йилда энг йирик солиқ тўловчиларнинг бюджет тушумларидаги улушлари прогнози
Shoshilsang bo'ladigan ishni ham bo'lmaydigan qilib qo'yishing mumkin, shoshilma, sabrli bo'l......
1