Husniddin's Notes
31 subscribers
96 photos
16 videos
68 links
Kuzatishlarim natijasida paydo bo'lgan fikrlarim va xulosalarim bilan bo'lishib boraman.
Download Telegram
Paltau sharsharasiga qilingan sayohatdan foto suratlar.
Sizdan ugina bizdan bugina

Ozarbayjonliklar bizda chorvoqni qayta qurayotgan bo'lsa, o'zimiznikilar Ozarbayjonda bog' qurarmish.
Xushnudbek.uz
Ular 2019-2023-yillar davomida talabalarning stipendiya, kontrakt, rag‘batlantirish, yotoqxona pullari, davlat xaridlari, xodimlarning ustama va rag‘batlantirish mablag‘larini (jami 53,6 mlrd so‘m) soxta hujjatlar orqali talon-toroj qilib kelgan.
Bunaqa firibgarliklar hamma universitetlarda bor. ADU ni rektorini bu uchun qamalgan deb oʻylamayman. U boshqa ishi uchun qamalgan sabab qilib mana shu jinoyati koʻrsatilgan. Istalgan davlat universitetida xizmat tekshiruvi yaxshilab oʻtkazilsa shunaqa firibgarlikni topish mumkin.
Ayrim OTM larda rektor va yordamchilari shunchalik uddaburon boʻlib ketganki, hech qanday iz qoldirmasdan pullarni talabalarni kartasiga tushirib, talabalarni osonlikcha aldab tushgan qoʻshimcha mukofot pullarini naxt shaklda yigʻib olishadi.

Davlat OTM larini tirsagigacha ham emas, yelkasigacha korrupsiya botqogʻiga botgan.

Bu koʻrinib qoʻlgan bitta holat xolos.
Hozir avtobusda ketayotib quyidagi kichik hisob kitoblarni qilgandim.

Oʻtgan 4 hafta davomida Instagram, YouTube va X uchun jami ~100 soat vaqtimni sarflabman.

Instagram uchun ~48 soat
YouTube uchun ~ 30 soat
X (Twitter) uchun ~ 20 soat

Bularni orasida telegramni hisoblamadim, chunki telegramda asosan ish yuzasidan foydalaman, bekorga sarflangan vaqt ham bor lekin.


4 hafta muddat jami 672 soat boʻlsa uning 1/3 qismi uyqu bilan oʻtadi ( sutkasiga oʻrtacha 8 soatdan uxlaganda). Sutkaning foydali vaqtlari esa 4 haftada 448 soat boʻlarkan. Shundan ~22% manda bekorga oʻtib ketibdi.

Sizlardache holat qanaqa? Silardayam shunaqami, yoki bitta man vaqtimni bekorga ketkazyapmanmi?

P.S. Instagram da qanda oʻtirganimni qanday qilib bilaman deyotgan boʻlsangiz, zamonaviy telefonlarda ekrandan foydalanish vaqtini oʻlchab boradigan dasturi bor. Oʻsha yerdan koʻrsangiz boʻladi.
Xushnudbek.uz
Shunga qaramay, o‘qituvchilarning o’z lavozim majburiyatidan tashqari ishlarni bajarish holatini nazoratga olmagani sababli maktab direktori Z.M lavozimidan ozod etilgan.
Faqat direktorni emas, tuman viloyta XTB boshliqlarini ham ishdan olish, vazirlikka xayfsan e'lon qilish kerak edi. Respublika boʻyicha necha mingta maktab bor, poytaxdan uzoq tumandagi hamma maktablarda axvol shunaqa. Davlat tamirlashga pul ajratmagan keyin direktor bechora nima qilsin. Kerak boʻlsa oʻsha materiallariga ham oʻqituvchilar oyligidan pul yigʻib olib bergan.

Ajratilgan pullarni yeydigan direktorlar boshqa masala.
Kecha kechki payt, oʻqishga (OTM) hujjat topshirgan abituryentlarning test va tanlov natijalari e'lon qilindi. Hayajonli onlar. Oʻzim imtihon topshirib mandatni kutgan paytarimni esladim. Bu yil oʻtish ballari ancha baland boʻlibdi.

Talaba boʻlganlarga oʻqishda omad tilaymiz. Davlat granti deb koʻp ham xursand boʻlmang, yoki toʻlov kontrakti ekan deb ham xafa boʻlmang. Bu yilgi tizim boʻyicha yaxshi oʻqisangiz davlat grantiga oʻtishingiz, yaxshi oʻqimasangiz toʻlov kontraktiga tushishingiz mumkin.

Ozgina maslahat:
Fanlarni yaxshi oʻqing, ishonchli doʻstlar orttiring, oʻz sohangiz boʻyicha tekinga boʻlsa ham amaliyot boshlang. 1-2 yil talabalik payti tekinga yoki kam oylikka ishlash qoʻrqinchli emas, asosiysi oʻz sohangiz, yoʻnalishingiz boʻyicha ishlang.
❤‍🔥1🔥1👌1
Islomning tabiiy va sodda g'oyasi bunday: "Bugun boy bo'lsang, boshqalarga yordam ber. Ertaga muhtoj bo'lib qolsang boshqalar senga yordam berishadi. Shunda xayolingni "Ertaga faqir bo'lib qolsam, holim ne kechar ekan?" degan fikr bilan mashg'ul qilmaysan. Shuningdek, ertaga oxiratga ravona bo'lsang, xotining, bola-chaqang ne ko'yga tushishlarini o'ylab ham tashvish qilmaysan. O'zingga bir musibat yetsa, bemorlikka uchrasang, yong'inga yoki suv toshqiniga duchor bo'lsang, holing ne kechishini o'ylab tashvish qilmaysan. Safarga chiqganda molim tugab qolsa nima qilaman, deb bosh qotirib yurmaysan. Zakot seni bunga o'xshash hollardan qutqaradi. O'zing to'plagan molning ikki yarim foizini Alloh taoloning sug'urta muassasasiga bersang bo'ldi. Keyin barcha ofatlardan emin bo'lib yuraverasan.Sen hozir mazkur molga muhtoj emassan.Uni hozir muhtoj bo'lib turganlarga berib tur. Ular uni o'z hojatlariga ishlatib tursinlar. Ertaga bu mablag' to'laligicha saning o'zingga qaytib keladi. Balki sening farzandlaringni hojati tushib qolsa, hozirgisidan ham ko'proq bo'lib qaytib keladi"


—Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, "Mo'mimning najoti. Mufassal zakot kitobi"


O'zing to'plagan molning ikki yarim foizini Alloh taoloning sug'urta muassasasiga bersang bo'ldi.

Juda ajoyib taqqoslash.
❤‍🔥11
Inson ijtimoiy mavjudod.

Inson har doim kimlar bilandur muloq qilishga intiladi. Qayerdadir eshitgandim:
Buyuklaring kitoblarini o'qish bu o'sha kitob mualliflari bilan muloqotdir. Tiriklar orasidagi oddiy odamlar bilan muloqotdan ko'ra buyuklar bilan muloqot ancha avzal va foydali

Ijtimoiy tarmoqlardagi (Instagram, FaceBook, Twitter) hisoblarimni o'chirganimga 2 haftadan oshdi. Ish vaqtimda ham, bo'sh vaqtimda ham, ozgina bekor bo'lsam ham ijtimoiy tarmoqda nimadur ko'rish yoki o'qishga o'rganib qolganim ancha sezildi o'zimga.

Bu postni ham hozir "komentida kimdur nimadur dermikan" deb yozyapman.
Yangi qurilgan basseynga aboniment olib shug'ullanishga borsa bo'lsamikan?
Endi shu 1946 ta robotni nima maqsadda ishlatamiz? Rekord kitobga kirishdan tashqari albatta.
Barchamizga Mustaqillik bayrami muborak boʻlsin.
Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin.
🔥2❤‍🔥1
@alif_uzbekistan bank ochayotgan ekan, va bu yaxshi. O'zi banklar ko'paygani yaxshi.
Oʻzbekistonda yer sotib olib qurilish qilish AQSh dagidan qiyinroqmi?
Reels ni oxiriga koʻrmasdan keyingisiga oʻtkazib tursam, yoshligimdagi "Kusto Hayratdaaaa" degan prikol esimga tushdi. Oʻshanda ham boʻshlovchi bir kanaldan boshqa kanalga toʻxtamasdan olinsa ovozi qanaqa eshitilishini oʻxshatib bergan. Reels lar ham shunaqa, bitta eshitmay keyingisini ochamiz, gohida qiziq qiziq holatlar boʻlib qoladi.

Bitta shifokor 5 kunda dedi (manimcha ozdirmoqchi edi) oxirigacha eshitmay keyingisiga oʻtkazdim unda bitta usta chiqib uyingizni bitirib beramiz deb turibdida.😁
Forwarded from davletovuz
Ёзишларича, олий таълим, фан ва инновациялар вазирининг барча ўринбосарлари лавозимидан озод этилган.