Husniddin's Notes
31 subscribers
96 photos
16 videos
68 links
Kuzatishlarim natijasida paydo bo'lgan fikrlarim va xulosalarim bilan bo'lishib boraman.
Download Telegram
davletovuz
Cobalt
Bu hammaga kerak va ayni vaqtda hech kimga kerakmas moshina....
Forwarded from .
Дўстим ойлик маошини олиб, олдимда тақсимлади:
Банкка тўлов 400 000 сўм
Турли квитанцияларга 100 000 сўм
Онасига 200 000 сўм
Отасига 200 000 сўм...

Мен ажабландим:
- Отанг вафот этгандиларку?!
У табассум қилди, сўнг оғир хўрсиниб жавоб қилди:

- Ҳа отам ер юзида вафот этганлар, лекин қалбимда тириклар. Ҳар вақтдан ҳам кўра ҳозир менга кўпроқ муҳтожлар!

Ҳа, айрим ҳуқуқлар вафот этиш билан соқит бўлмайди.

"Роббим улар (ота-онам) мени кичикликда тарбия қилганларидек, уларга раҳм қилгин!" ("Исро" сураси, 24-оят).

Айман Ёғий

@MubashshirAhmad
Twitterda yozganlarimni kanalga ham yozishim kerakmikan deb o'ylab qolaman. Kanalda odatda uzunroq va ko'proq tahlil qilingan mavzudagi mantlarni joylashni afzal deb bilaman, qisqa xabarlar va fikrlar ham qiziqmi?
1
Twitter profilimdan kichik parcha.
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Instagramda bitta video ko'rib qoldim. Yigitdan 1 mln beraman, evaziga bir marta so'kinasan deb so'rashyapti. Yigitning javobi eshiting
Agar o'sha 1 mln mani peshomga rizq qilib yozilgan bo'lsa man uni olaman, u albatta manga keladi. Lekin hozir so'kinmayman.
🔥1
Husniddin's Notes
Agar o'sha 1 mln mani peshomga rizq qilib yozilgan bo'lsa man uni olaman, u albatta manga keladi.
Nima sababdan buni hozir qo'yayapman. Bu video qaror qilib bo'lingan va qilmoqchi bo'lgan ishimdan mani qaytardi. Ha bu ish manga pul olib kelardi, lekin qanday yo'l bilan...... Agar o'sha pul rizqim bo'lsa, oilamni farzandlarimni rizqi bo'lsa shundoq ham manga keladi, Alloh o'zi yetkazadi.....
1
Oxirgi yillarda bir nechta davlatlar 4 kunlik ish haftasiga o'tishni boshladi. Bular Islandiya, Buyuk britaniya, Germaniya, Yaponiya yaqinda Ispaniya ham o'tyapti ekan.

4 kunlik ish haftasi haqida juda ko'p ijobiy fikrlar yuribdi, manimcha ham bu taklif yaxshi. (kimga kamroq ishlab o'sha olyotgan oyligini olish yoqmaydi deysiz)

O'tgan kuni do'stlar bilan shu mavzuda gap ochilib qolganda turli xil fikrlar bo'ldi.
Oldin shartnomada ko'rsatilgandan ortiq ishlaganimizga haq to'lashni boshlasin korxonala, keyin 4 kunlik haqida gaplashsak yaxshi bo'lardi

degan qattiq argument kep qoldi.

Haqiqatda ham bizda mehnat qonunchiligi yaxshi ishlamaydi. O'rta korxonalar ijtimoiy soliq va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ini kamroq to'lash uchun xodimlarni oyliklarini minimal ko'rsatib, farqini naqt (konvert) ko'rinishida beradi.

Mehnat shartnomasida ish vaqti haftasiga 40 soatdan oshmasligi, oshgan taqdirda 1,5 barobar miqdorda qo'shimcha haq to'lanishi kerakligi aytilgan. Aksar davlat korxonalarida bu tartib hech qanaqasiga ishlamaydi, xodimlar kechga 21-22 gacha qolishadi va eng qiziq tomoni hech etirozini yozma bayon etolmaydi.

Barcha qonunlar ijrosini nazorat qiladigan, qonun buzulish xolatlari bo'lganda buni tekshirib tegishli jazo belgilaydigan davlat tashkilotlarini o'zida mehnat qonunchiligi buzulib turganda xususiy tashkilotlarga hech nima deb bo'lmaydi.

O'zbekiston 4 kunlik ish haftasiga o'tganda ham Juma va shanba kuni chiqib ishlashni talab qiladigan korxonalaru davlat tashkilotlari topiladi.

Shuning uchun bor qonunlarni ishlatishni, ularga amal qilishni boshlasak ham ancha rivojlangan bo'lardik.
👍1
Laziz Hamidov
O‘zbekistonning 2024-yildagi top-5 tashqi savdo hamkorlari.
Xitoy bilan Rossiyaga gaz eksport qilganmizmi shunda? Yoki boshqa narsami?
davletovuz
2025 йилда аҳоли хонадонлари, кичик тадбиркорлик субъектлари ва ижтимоий соҳа объектлари энергия истеъмолининг камида 40%и муқобил энергия манбалари - қуёш панеллари, гелиоколлекторлар ўрнатиш ҳисобидан қопланади.
Bosh prokuror o'rinbosari shunaqa deb tursa boshqalardan nima kutasan. Ochiqchasiga aholi va tadbirkorlarni majburlab quyosh panel qo'ydiramiz deyapti.
Senatori chiqib
Tillaqatori milliardlab kub gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqni kosasi oqarmaydi.

desa.

Bosh prokuror o'rinbosari
“Ушбу вазифалар ижроси сўзсиз таъминланади”

desa.

O'zi nima xoxlaysila xalqdan?
Bir nechta katta kanallarda O'zbekiston Osiyo qishki oyinlarida oltin medal olgani haqida yozishdi.

Birinchi bu haqida Twitter (hozirgi X platformasida ko'rgandim)

O'shandayoq xayolimga kelgan fikrdan o'zimni chalg'itgandim. Kechda shu xabarni yana ko'rgach tekshirib ko'rishga qaror qildim. Taxminlarim toʻgʻri chiqdi. "Sportchilarimiz" O'zbekiston nomidan yaqinda chiqishni boshlashgan ekan. Rossiya Ukrainaga qarshi hujum boshlagandan keyin aksar IT chilar davlatdan chiqib ketgandi. Mana sportchilar ham davlatni tark etyapti. Parij-2024 Olimpiadasida ham rossiyalik yakka kurashchi O'zbekiston uchun Oltin medal yutib bergandi.

Nima ham derdik sportchilarimizga omad.

O'zbekistonga xush kelibsizlar.
Har bir uchgan jism Sarlochin qushmas.
Vatan degan har kas Vatanparmas......
🔥1
25+
🔥21❤‍🔥1
Hayot doim muammolar bilan to‘la, lekin har birini navbat bilan hal qilish orqali o‘zini yengilroq his qilish mumkin.

©️gpt