Husniddin's Notes
31 subscribers
96 photos
16 videos
68 links
Kuzatishlarim natijasida paydo bo'lgan fikrlarim va xulosalarim bilan bo'lishib boraman.
Download Telegram
Shamollab yotganingda o'zing, atrofingdagilar, qilayotgan amallaringni tahlil qilishga vaqt bo'larkan.
Kundalik hayotda qilayotgan ishlarizmini tahlil qilishga kam vaqt ajratarkanmiz, yoki umuman ajratmaymiz...
Minorni yangi progress nomli "REP"ini eshitib ko'rdim, Twitter da ancha muhokamaga sabab bo'lgandi, lekin achchiq haqiqatlar aytilgan.
Kimlar uchundur borttirish tuyulishi mumkin, lekin bizni jamiyat haqidagi fikrimiz faqat atrofimizdagi insonlar bilan cheklangan, ijtimoiy tarmoqlarda ham fikri bizga yoqmaganlarni "bloklab" o'zimizdan uzoq qilamiz. Atrofimizda faqat o'zimizga yoqadiganlarni qoldiramiz. Shu yo'sin "krugimiz" dan tashqaridagi muammolarni kech ilg'aymiz.....

https://youtu.be/eMa6F06vetI?si=L2g5KLcqjbjp0gpQ
Bu jahonda do’st yo’q deb qilma oh, qilma xitob,
O’zni top ham Haqni top der Tangri bergan bir Kitob,
Haqni topsang do’stni topding, do’st qidirsang Haqni top,
Zarra imkoning bol’sa, bir g’arib ko’nglini top!
Haqni topsang do’stni topding, do’st qidirsang Haqni top,
Zarra imkoning bol’sa, bir g’arib ko’nglini top!
Haq yo’linda qil savob, do’st bo’sang yonimda tur!
Harakat bor, natija yoq.....
Forwarded from bakiroo
Ўзбекистон Time журнали саҳифаларида
Xushnudbek.uz
1-dekabr kuni Farg‘ona vodiysidan boshqa barcha hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda
Farg'onaliklar arini o'ldirgan ekanmi))))

UzGidromed da kimni tanishi bo'lsa chiqib aytingla, Farg'onagayam qorni hal qilib bersin.......😄😄😄
bakiroo
Мато бўялдими, гул босилдими, нархи, рақобатбардошлилиги ошади, бозори кенгаяди, харидори кўпаяди. Буялмаган мато 3$ , бўлгани эса 6$ дан сотса бўлади 3 млрд доллар эмас, 6 млрд долларлик экспорт қилиш мумкин.
Tekstil haqida qayerdadur nimadur oqisam doim yodimga bitta hikoya kelaveradi. Kimdan eshitganim hozir aniq esimda yoq.

Bir o'zbek yigit turkiyaga borib tekstil sohasidagi tadbirkorga shogirt tushadi. Bir necha yillar davomida shu sohaning ikr chikrlarini o'rganadi va ustozidan fotiha olib vatanga qaytadi. Oradan bir necha yil o'tgach ustoz O'zbekistonga keladi va shogirdi bilan ko'rishgisi keladi. Ular ko'rishishadi, yillar davomida shogirdiga tekstil sohasini chuqur o'rgatgan uston ne ko'z bilan ko'rsinki shogirdi umuman boshqa faoliyat bilan shug'ullanyapti.
-Nega tekstil bilan shug'ullanmading? -degan savolga.
-Tekstildan uncha foyda topolmadim, hozirgi ishimdan yaxshi foyda ko'ryapman.- deya javob qaytaradi.
-Tekstilni qilganingda hozirgidan bir necha barobar ko'proq foyda ko'rarding. -deydi ustoz.


Ertak qilib yozdim o'ziyam rozi bo'lasila. Paxtada pul ko'p....
Do'stim jamoasi bilan ijtimoiy platforma qilishibdi, hamma o'zi anglab yetgan tavsiyalarini bo'lishib boradigan. Kirib o'qib ko'rsangiz siz bilmagan tavsiyalar ham chiqib qolar. O'zingiz tavsiya qo'shsangiz ham bo'ladi.



Qirq tavsiyaga o'tish
🔥3
Xushnudbek.uz
Qonunni qabul qilish jarayoni atigi 9 daqiqa davom etgan. Qonun ma’qullash uchun Senatga yuborilgan.
.


Yo tez ishlaganlari yaxshi, lekin 10 trln so'mni hisobotini 9 daqiqada ko'rib chiqish aqlga sig'maydi, davlatni puli Qanaqa ishlatilayotganini deputatlar so'ramasa boshqa davlat xizmatchilaridan umid yoq.