Husniddin's Notes
31 subscribers
96 photos
16 videos
68 links
Kuzatishlarim natijasida paydo bo'lgan fikrlarim va xulosalarim bilan bo'lishib boraman.
Download Telegram
Telefonimdan X( oldingi twitter) va Instagramni o'chirib tashlaganimga ham 2 oycha bo'lib qoldi. Har xil trendlar, negativlar, va kun mavzularidan ancha ajralib qoldim. Ijtimoiy tarmoqlarsz hayot ancha yaxshi sizlarga aytsam.
Qachondir ozish haqida o'ylayman deb o'ylamagandim.

Katta ehtimol bilan ortiqcha vazn yigish ham noto'g'ri odatlarni shakllanishi ortidan kelib chiqadi. Bir necha oy harakat qilib yaxshi natijaga erishiladi, va keyin yana odatiy hayot tarziga qaytilgandan keyin 2-3 oydan ketgan vazn qayta paydo bo'lib qoladi.
Kiyim olish effecti ham bor yana, semizligim sezilmasin deb sal kengroq turadigan kiyim olasan, qarabsanki, 3-4 oyda bu kiyim ham torlik qilib qoladi, yana kengorigini olasan, ortiqcha 20-25 kg vazn yig'ib qo'yganingni sezmay ham qolasan.
Ana endi o'tirib internetda ozish usullari haqida maqolalar o'qib o'tiribman.
Xullas do'stlar muammo aniq, yechimi ham aniq masala faqat harakatda qolyapti.
Mustaqillik bayramimiz muborak bo'lsin!
2
Intizom uzoq muddatli emas, balki qisqa muddatli strategiyadir.

®Atom odatlar.
👍2
Yaxshi so'z jon ozig'i.......

Ba'zi toifa insonlarga shunchaki yaxshi gapirishni imkoni yoq, chiqayotib qo'pol bo'lmayman, muloyim gaplashaman, ishimni bitirish uchun past ham ketaman deb chiqdim. Borganda uni sanga bo'lgan munosabatini ko'rasani yaxshi gapirging kelmay qoladi. So'zlashganda hatto yuzingga qaramaydigan odam odam emas. Yaxshiyam bitta korxona manfaatlari uchun ishlaymiz. Ishni tezroq bitirish uchun muloqot skillarimni oshirishim kerak.
4
Muhrim / Муҳрим
▪️Майли, биз ёшимизни яшаганмиз, лекин болалар-чи?
Aholimiz shu darajada davlatga ishonmay qo'yganki, o'ziga yordam berishga ishonmaydi, lekin farzandlari uchun qayg'uradi. Sizlar bo'lsa Saylov qilamiz deysizlar. Suf bunaqa saylovlarga.....
Muhrim / Муҳрим
Давлатимиздан ҳеч бўлмаса болалар ва ҳомиладорлар учун алоҳида чоралар кўрилишини сўраган бўлардим.
Qanisizlar Surxandaryolik deputatlar, senatorlar. Sizlarni xalq saylamagandan keyin xalq haqida qayg'urmaysizlar. Iningizga kirib ketib, faqat saylov oldi paydo bo'lasizlar....
Bundan kichkinaroq muammo toshkentda bo'lganida eski mashinalarni shaharga kiritmaslik to'g'risida qonun loyihasi 1 haftada tayyor bo'lgandi ( ishga tushmagan bo'lsa ham). Lekin Boysun poytaxtdan uzoqda, oddiy tuman aholisi katta shov shuv ko'tarolmaydi. Shu uchun bu haqida bosh qotirish shart emas. Sizlar gazimizni o'zimizga qimmat sotayotganlar bilan uchrashuv o'tkazaveringlar.
🔥2
Xushnudbek.uz
Tadbirkorlik subyektlarida ta’sischilik qilayotgan xodimlarga nisbatan ogohlantirish xatlari berilib, qayd etilgan qonunbuzilishi holatlari bartaraf etilmoqda.
Keyin ular tadbirkorlikdagi ulushini ammasiga, xolasiga, jiyaniga, do'stiga, amaki yoki tog'asiga o'tkazib beradi, va kelib qolgan joyidan davom ettiradi.......
😢1
davletovuz
Коррупцияга қарши курашиш агентлиги
Davlat korxonalaridan davlat banklariga qarab o'tishni boshlashdi.
Manga qiziq bo'lgani to'g'ridan to'g'ri tasischilani aniqlab tasischilikdan ketkazgandan ko'ra, shu ta'sischilani yaxshi biznesmen ekansan endi borib biznesni qilaver deb davlat xizmatidan bo'shatish yaxshi yechim emasmi.
Iqtisodchi Kundaligi
Shunda sug’urta qiladiganlar - xavfli ishlardagi ishchilarni ahvoli bo’yicha qayg’urishadi va ish beradigan tashkilotlarni muntazam xavfsizlikni ta’minlashlariga majburlashadi
Haqiqatda jahon tajribasidan foydalanish kerak shu sohada, lekin qachon degan savol paydo bo'ladi yana.

Jahon tajribasi andoza olinib, boshlangan, ammo hali hanuz oxiriga yetmagan ishlarni son sanog'i bo'lmasa kerak Jonajonda.....
Haydovchi qizni urib yuborgandan so‘ng mashinasidan tushdi-da, “o‘likni mashinamga ortmayman”, dedi. Haydovchida afsuslanish ham yo‘q edi. Agar u zudlik bilan yordam berganda balki qiz tirik qolarmidi”, deydi hodisa guvohi

Mana shunaqa avtoterroristlani deb yo'llarda qancha bolala xalok bo'lyapti, a bu sho'ring qurg'urlarda qilgan ishidan achinish hissi ham yoq.
Ertaga hech nima bo'lmaganday yana mashina haydab yuraveradi......
Bizni "adolatni Sud tizimimiz" bunaqalarga ozodlikda qolishi uchun lazeykani topib berishadi......

https://kun.uz/64228924
🔥1
Har bir harakatigiz qanday inson bo'lishingizga berilgan ovozdir!

Har bir odat aniq bir natija keltirishidan tashqari yana bir muhim narsa —o'zingizga bo'lgan ishonchni ham hosil qiladi. Qilayotgan ishingizni uddalay olishingizga ishonchingiz ortib boradi. Ijobiy ovozlar ko'payib, dalillar bir biriga ulanadi. Natijada o'zingiz haqingizda tasavvur ham o'zgara boshlaydi.
Albatta buning aksi ham kuzatilishi mumkin.har safar biron-bir yomon ishga qo'l o'zligingiz ham o'sha tomonga bitta ovoz beradi. Baxtingizga mukammal bo'lish shart emas. Har qanday saylovda ikkala nomzodga ham ovoz beriladi. G'olib bo'lish uchun esa bir ovozdan saylanish shart emas. Ko'proq ovozga ega bo'lish kifoya. Ba'zan yomon va samarasiz odatlarga ham izn bersangiz bo'ladi. Faqat ular ko'payib ketmasligini nazorat qilib tursangiz bas.


Atom odatlar kitobidan.
Gazeta.uz - Новости Узбекистана
Президент утвердил Программу неотложных мер по улучшению качества воздуха в Ташкенте.
Oldinroq ham yozganim kabi Toshkent bo'lsa kechiktirib bo'lmas choralarni ko'rish kerak. Boshqa viloyatlarda chorva mollari o'lmayotgan bo'lsa bo'ldi.
Muvaffaqiyat bu hayotda bir marta bo'ladigan hodisa emas, balki kundalik odatlar natijasidir.
Natijalar bu — odatlarning qay darajada yaxshi ekanini ko'rsatuvchi kechikkan mezondir.
2
Bilim xuddi ko'payib boradigan foiz singari ishlaydi.