Husniddin's Notes
31 subscribers
96 photos
16 videos
69 links
Kuzatishlarim natijasida paydo bo'lgan fikrlarim va xulosalarim bilan bo'lishib boraman.
Download Telegram
Metro, Metrojonim, Metroqizg'aldoq.......
O'zi o'zbek bo'la turib, o'zbekchani bila turib, o'zbeklar bilan rus tilida gaplashadiganlar xoin, millat xoini...

#ózbektili
🔥2
Havo, havojonim, havo qizg'aldoq.......

Suv obi hayot bolajonlar.....
#toshkent2024 #nomusaffoosmon
Emushki 5 soatda shahar havosi toza bo'libdi... lekin chetroq hududlarda axvol yaxshi emas....
Munday o'ylab qarasam, faqat muammolar haqida yozgan ekanman. Yana hamma joy negativ deb nolib ham qo'yaman bazida. Yaxshi narsalar haqida o'ylashni boshlashim kerak manimcha....
Kamchilik tizimdami insonlardami......

Sog'liqni saqlash sohasini isloh qilish kerak. Unaqa bo'lishi kerak, bunaqa bo'lishi kerak deb yozolmayman. Chunki soha mutaxasisi emasman. Nima bo'lganda ham odamlar uchun qulay bo'lishi kerak.
Bozorga kirish oson bo'lgani uchun qo'lida puli bor, ortiqcha daromad qilmoqchi bo'lganlarni ko'pchiligi chetdan (Xitoydan) avtomobil olib kelib sotayotgandi. Taklif shunchalik ko'payib ketgandiki avtomobillarni narxi ham, sotilishi ham tushgandi. Endi narxi oshirish uchun bozorni yopishmoqchi.
😁1
Forwarded from Amir's blog
Ramadan Eid - Celebrating The Gift of Guidance

Ramazon hayitini kuni - Alloh Ibrohim alayhisalom qilgan duolarini ijobat qilgani va insoniyatga hidoyat berganini nishonlarkanmiz.
Tinchlik bo'laversin.... bu kecha jonini o'zingga omonat qilib uxlaganlarni o'zing omonda saqla Allohim....
1
Kecha kech bo'lganda film qidirib kinoteatrlar saytlariga kirsam, eng ko'p seans "Jannat onalar oyog'i ostida" filmida ekan. Shunga qaramay zallar to'lib bo'lgan. Eng oxirgi seansga chipta olib, filmni tomosha qilishga bordim. Ikki soatdan ko'proq davom etgan filmni tomosha qilar ekanman, vaqt qanday o'tganini sezmay ham qoldim. Juda ta'sirli ishlangan, filmlarni tahlil qilish bo'yicha ekspert bo'lmasam, qirg'iz kinoijodkorlari tomonidan yaratilgan ushbu film juda yaxshi ishlangan deb ayta olaman. Sujeti markaziy osiyo, va turkiy xalqlar mintalitetiga juda mos.....
Filmni ko'rishni tafsiya qilaman, ilojo bo'lsa onangiz bilan birga kelib ko'ring. "Piratskiy" videolardan emas, kinoteatrlarda, kinoijodkorlarni mehnatini qadrlar ko'ring....
2
Husniddin's Notes
Kecha kech bo'lganda film qidirib kinoteatrlar saytlariga kirsam, eng ko'p seans "Jannat onalar oyog'i ostida" filmida ekan. Shunga qaramay zallar to'lib bo'lgan. Eng oxirgi seansga chipta olib, filmni tomosha qilishga bordim. Ikki soatdan ko'proq davom etgan…
Film davomida ko'z yoshimni tiyib turolmagan vaziyatlar ko'p bo'ldi ( o'zi tabiatdan ko'ngli bo'sh insonman, salgina ta'sirlansam yig'layman). Kino tugaganda butun zal qarsak chaldi (kinolarga tez-tez tushib turaman, bunaqa hodisa hamma filmlarda ham bo'lavermaydi), zaldan chiqar ekanman tomoshabinlarga e'tibor bersam hammani ko'zi qizargan, hamma qaysidir darajada filmdan ta'sirlanib yig'lagan....
1🆒1
Husniddin's Notes
Качайте, качайте, качайте....
Bir ko'rishda bachkana, lekin motiv to'g'ri......
Qaysidir prikol videola oladigan 'viner' shunaqa video qilganida zo'r chiqardi... Jahongir aka kutdila, hech qaysi 'viner' qilmadi, oxiri o'zlari oldila shunaqa klipni.....
👍1
Gapirishga so'z yoq. Nima deb so'kishni ham bilmaysan. Shunaqa maqolalarni hokimliklar ham o'qisami, uyalsami qilgan ishidan. Yonida yurgan o'rinbosarlari ko'rsatsami shu maqolani hokimni o'ziga. Nahot hokimiyatda birorta mard inson yoqki,
qoyinglar hech bo'lmasa shu yetimlarni haqqini yemaylik

deyolmasa.......

Hokimlarni saylash tizimiga o'tsak, keyin mana shunaqa maqolalardan qo'rqadigan bo'ladi hokimlar, chunki bularni bahonasi bor, katta akalarini oldida bitta bahona bilan qutilib qoladi. Lekin saylov tizimiga o'tsak xalqni oldida bahona qilolmaydi....

Maqola
👍1
Husniddin's Notes
bitta bahona bilan qutilib qoladi.
Kutganizdek bahona ham topildi, ayb yuvildi, texnik xatolik ketgan ekan, va bu gapga hamma ishonishi kerak. Hokimlarimiz aldamaydiku axir bizni.