Husniddin's Notes
31 subscribers
96 photos
16 videos
69 links
Kuzatishlarim natijasida paydo bo'lgan fikrlarim va xulosalarim bilan bo'lishib boraman.
Download Telegram
Xatto tegnologik yangiliklar ham har doim xosildorlik (samaradorlik) oshishiga olib boravermaydi.

Avstraliyadagi Yir yoront xalqida - aborigenlar hayotida yuz bergan muhim texnologik yangilik - po'lat boltaning paydo bo'lishi maxsuldorlikni orttirish o'rniga uyquchilikka olib kelgan. Negaki bu mavjud talablarni osonroq bajarish imkonini bergani holda ko'proq ishlash uchun rag'bat uyg'otmagan.


©Mamlakatlar tanazzuli sabablari
Forwarded from Laziz Hamidov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Sal pastroqqa tushinglar”— Jahongir Ortiqxo'jayev jurnalist va blogerlar haqida

@lazizhamidov
Manda undan ham kam, atiga 17 ta, lekin baribir ora-sirada nimadur negativ yozib turaman. Biz dunyoni qo'lga olamiz.
😁2
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Сўнгги етти йилда тизимда 7 та вазир алмашди
Qoyile.....Vazirlar almashaveradi, tibbiyot borgan sari o'laveradi.... ayniqsa davlat tibbiyot muassasalarida. Hammasi ko'z bo'yamachilik uchun qilingan. Oilaviy poliklinikaga borsangiz, umringiz navbat kutish bilan o'tib ketadi, Agar Ultra tovush tekshiruviga tushmoqchi bo'lsangiz bormi, ertalab soat 7:00 da kelsangiz, navbatingiz soat 13:00 da keladi, hatto ko'p tarmoqli markaziy poliklinikada ham atiga bitt eng ko'p borsa 2 ta uzi apparati bor. Oilaviy shifokorlarga navbatda bitta bemor tursa bitta "dori firma" ni ishchisi turadi, kirib dorini reklama qilib, bonuslar vada qilish uchun..... Xususiy sektorga borsangiz bo'ladiku deyishingiz mumkin, u yerda ahvol bundan battar, klinikada bor barcha analizlarga yo'llanma yozib berishadi (otni kallasiday pul bo'ladi) hammasidan o'tasiz (davlat poliklinikalariga qaraganda ishingiz tez bitadi, lekin bor budingizni qoqib olishadi)....
Xullas kasal bo'lmanglar......

Shifokorlarni ham ayblab bo'lmaydi, tizim yaxshi emas.....

P.S.Vazirlar bunaqa tezlikda almashaversa hali beri bu tizim tuzalmaydi.
Jamiyatdagi muammolar, chekka hududlardagi kamchiliklar haqida doimo gapiramizku, lekin u muammolarni har doim ham davlat rahbariga aytishimiz to'g'ri emas.... biz o'z muammolarimizni o'z hududimizda "o'zimiz saylagan" deputat (vakilimiz)ga aytishimiz va u qonunchilik palatasi debatlarida, yillik budjet taqsimotida, qaysidir yangi qonun loyihasi ishlab chiqilayotganda bizni fikrimizni ,dardimizni bilgan, ichida bo'lgan holda o'zini go'yasini bizni nomimizdan olg'a surishi kerak..
(bularni hammasini ideal bo'lgan jamiyatda shunday bo'lishi kerak). Lekin bizda saylovlar haqqoniy bo'lishiga uncha ham ishonmayman... tuman va viloyat deputatlari Viloyat hokimligi tomonidan tanlanadi (tayinlanadi)...

Lolazorni oxirgi chiqgan soninida yaxshi savollar va javoblar bo'lgan ularda biri o'nglar va so'llar o'zi kimlar, bir biridan nimasi bilan farq qiladi degan savolga Kamoliddin aka sodda qilib javob berganla....
👍1🔥1
Instagram bilan Facebook ishlamay qolganmush.... 2 haftacha bo'ldi ikkalasini ham o'chirib tashlagandim....
Metro, Metrojonim, Metroqizg'aldoq.......
O'zi o'zbek bo'la turib, o'zbekchani bila turib, o'zbeklar bilan rus tilida gaplashadiganlar xoin, millat xoini...

#ózbektili
🔥2
Havo, havojonim, havo qizg'aldoq.......

Suv obi hayot bolajonlar.....
#toshkent2024 #nomusaffoosmon
Emushki 5 soatda shahar havosi toza bo'libdi... lekin chetroq hududlarda axvol yaxshi emas....
Munday o'ylab qarasam, faqat muammolar haqida yozgan ekanman. Yana hamma joy negativ deb nolib ham qo'yaman bazida. Yaxshi narsalar haqida o'ylashni boshlashim kerak manimcha....
Kamchilik tizimdami insonlardami......

Sog'liqni saqlash sohasini isloh qilish kerak. Unaqa bo'lishi kerak, bunaqa bo'lishi kerak deb yozolmayman. Chunki soha mutaxasisi emasman. Nima bo'lganda ham odamlar uchun qulay bo'lishi kerak.
Bozorga kirish oson bo'lgani uchun qo'lida puli bor, ortiqcha daromad qilmoqchi bo'lganlarni ko'pchiligi chetdan (Xitoydan) avtomobil olib kelib sotayotgandi. Taklif shunchalik ko'payib ketgandiki avtomobillarni narxi ham, sotilishi ham tushgandi. Endi narxi oshirish uchun bozorni yopishmoqchi.
😁1
Forwarded from Amir's blog
Ramadan Eid - Celebrating The Gift of Guidance

Ramazon hayitini kuni - Alloh Ibrohim alayhisalom qilgan duolarini ijobat qilgani va insoniyatga hidoyat berganini nishonlarkanmiz.
Tinchlik bo'laversin.... bu kecha jonini o'zingga omonat qilib uxlaganlarni o'zing omonda saqla Allohim....
1
Kecha kech bo'lganda film qidirib kinoteatrlar saytlariga kirsam, eng ko'p seans "Jannat onalar oyog'i ostida" filmida ekan. Shunga qaramay zallar to'lib bo'lgan. Eng oxirgi seansga chipta olib, filmni tomosha qilishga bordim. Ikki soatdan ko'proq davom etgan filmni tomosha qilar ekanman, vaqt qanday o'tganini sezmay ham qoldim. Juda ta'sirli ishlangan, filmlarni tahlil qilish bo'yicha ekspert bo'lmasam, qirg'iz kinoijodkorlari tomonidan yaratilgan ushbu film juda yaxshi ishlangan deb ayta olaman. Sujeti markaziy osiyo, va turkiy xalqlar mintalitetiga juda mos.....
Filmni ko'rishni tafsiya qilaman, ilojo bo'lsa onangiz bilan birga kelib ko'ring. "Piratskiy" videolardan emas, kinoteatrlarda, kinoijodkorlarni mehnatini qadrlar ko'ring....
2
Husniddin's Notes
Kecha kech bo'lganda film qidirib kinoteatrlar saytlariga kirsam, eng ko'p seans "Jannat onalar oyog'i ostida" filmida ekan. Shunga qaramay zallar to'lib bo'lgan. Eng oxirgi seansga chipta olib, filmni tomosha qilishga bordim. Ikki soatdan ko'proq davom etgan…
Film davomida ko'z yoshimni tiyib turolmagan vaziyatlar ko'p bo'ldi ( o'zi tabiatdan ko'ngli bo'sh insonman, salgina ta'sirlansam yig'layman). Kino tugaganda butun zal qarsak chaldi (kinolarga tez-tez tushib turaman, bunaqa hodisa hamma filmlarda ham bo'lavermaydi), zaldan chiqar ekanman tomoshabinlarga e'tibor bersam hammani ko'zi qizargan, hamma qaysidir darajada filmdan ta'sirlanib yig'lagan....
1🆒1