Huquqiy axborot | Lotin
2.61K members
73 photos
14 videos
1 file
1.03K links
Yangi qonun hujjatlari, huquqiy islohotlar haqida tezkor maʼlumotlar taqdim etuvchi kanal

Savollar, huquqshunos maslahati uchun: www.advice.uz

Qonunchilikka takliflar uchun: @qonunchilikbot
Download Telegram
to view and join the conversation
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi: tadbirkorning har bir taklifini koʻrib chiqamiz!

Siz tadbirkormisiz?

Qonunchilikdagi qarama-qarshiliklar...Ortiqcha talablarga duch keldingizmi?

Oʻz faoliyatingizni rivojlantirishga hissa qoʻshmoqchimisiz?

Unda takliflaringizni bizga ulashing!

Muammolaringizni eʼlon qiling!

Ularni birgalikda bartaraf etamiz!

Adliya vazirligi Sizga bu imkoniyatni taqdim etadi.

Takliflaringizni telegram messenjeridagi @tadbirkor_adliyabot boti orqali yuboring.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Oʻzbekiston eng islohotchi TOP-20 davlatlar ichida

Jahon banki: Biznes yuritishni yengillashtirishda eng katta islohotlar amalga oshirgan dunyodagi 20 ta top davlatlar ichida Oʻzbekiston ham eʼtirof etildi.

Jahon banki “Biznes yuritish” xalqaro reytingi doirasida oxirgi bir yil ichida biznesni yuritishda yengilliklarni nazarda tutuvchi eng koʻp islohotlarni amalga oshirgan 20 ta davlatni eʼtirof etdi. Bular ichida Oʻzbekistonda 5 ta yoʻnalishda amalga oshirilgan qadamlar alohida tan olindi.

Jahon banki xabariga koʻra, Oʻzbekiston oxirgi davrda minoritar investorlarni himoya qilishni mustahkamlagan, soliqlar toʻlash tizimini soddalashtirgan, shartnomalarni ijrosini amalga oshirishni kuchaytirgan, shuningdek tashqi savdo yoʻnalishida sezilarli yangiliklar kiritgan.

Bunday tashqari, tijorat tashkilotlarida mustaqil kengash aʼzolari boʻlishi yuzasidan yangi talablar va audit qoʻmitalarining mavqei mustahkamlandi.

Infratuzilma soliqlari foyda soligʻi bilan birlashtirilgani ham alohida taʼkidlangan. Jahon banki mediatsiya institutini rivojlantirishga qaratilgan qadamlarni ham eʼtirof etib, bu borada yagona huquqiy baza shakllanganini va mediatsiyadan foydalanishni ragʻbatlantirish mexanizmlari joriy etilganini taʼkidlagan.

Bojxona sohasida esa xavf-hatarni tahlil qilish asosida tekshiruvlarni amalga oshirish tartibotlari kiritilganini ham maʼqullagan.

Adliya vazirligi ushbu yoʻnalishda islohotlarni olib borishda ishtirok etgan barcha tashkilotlar va ularning mutasaddilarini ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini berish tartibi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Senat tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuni maʼqullandi

Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi valyutasining chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlashda faqat bozor mexanizmlaridan foydalaniladi.

Shuningdek, qonunga muvofiq, rezident yuridik shaxslar valyuta operatsiyalarini amalga oshirish maqsadida:
👉 oʻz mulkida valyuta qimmatliklariga ega boʻlishga;
👉 chet el valyutasini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasiga oʻtkazishga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasidan oʻtkazishga haqli.

Shu bilan birga, faoliyatni Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirish norezident yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida bank hisobvaraqlarini ochishi va ulardan foydalanishi uchun majburiy talabdir.

Qonunga, xalqaro amaliyotdan kelib chiqib, tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha aktivlarni repatriatsiya qilishga oid normalar kiritildi.

❗️Maʼqullangan qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda eʼlon qilingach rasmiy kuchga ega boʻladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Senat tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni maʼqullandi

Qonunga muvofiq, banklar amalga oshiradigan operatsiyalar roʻyxati bir qator yangi operatsiyalar bilan toʻldirildi.

Xususan, qimmatbaho metallardan yasalgan tangalarni sotib olish va sotish, elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va toʻlash kabi operatsiyalar shular jumlasidandir.

Qonun bilan, shuningdek, kreditorlar va omonatchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida banklar uchun taqiqlangan yoki cheklangan faoliyatga oid normalar belgilandi.

❗️Maʼqullangan qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda eʼlon qilingach rasmiy kuchga ega boʻladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Senat tomonidan “Mudofaa toʻgʻrisida”gi yangi tahrirdagi qonun maʼqullandi

Ushbu Qonunning maqsadi mudofaa sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Qonunning asosiy vazifalari mudofaani tashkil etishning va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini boshqarishning huquqiy asoslarini belgilashdan, mamlakat mudofaasini taʼminlashda davlat organlarining vakolatlarini, shuningdek fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, tashkilotlar va fuqarolarning ishtirok etishini aniqlashdan iborat etib belgilanmoqda.

Maʼqullangan Qonunga koʻra, mudofaa – bu Oʻzbekiston Respublikasining suverenitetini, hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilishni taʼminlash borasidagi siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ijtimoiy-huquqiy, axborotga oid, tashkiliy va boshqa tusdagi chora-tadbirlar tizimidir.

Mustaqillikni, suverenitetni, hududiy yaxlitlikni va konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish, davlatning harbiy xavfsizligini taʼminlash, Markaziy Osiyoda xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni, xavfsizlikni, barqarorlikni va yaxshi qoʻshnichilikni mustahkamlash, davlatning harbiy tashkilotini muntazam ravishda rivojlantirish, uni Oʻzbekiston Respublikasini qurolli himoya qilishga shay holatda saqlab turish mudofaa sohasidagi davlat siyosatining asosiy maqsadlari sifatida belgilanmoqda.

Qonunda, shuningdek, Qurolli Kuchlarning asosiy vazifalari, Qurolli Kuchlarni qoʻllash hamda mudofaani harbiy-iqtisodiy jihatdan taʼminlash masalalari ham belgilanmoqda.

❗️Maʼqullangan qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda eʼlon qilingach rasmiy kuchga ega boʻladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Senat tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Metsenatlik toʻgʻrisida”gi Qonuni maʼqullandi

Qonun madaniyat va sanʼatni, shuningdek madaniyat va sanʼat sohasidagi ilm-fanni, taʼlimni, maʼrifatni hamda boshqa faoliyatni rivojlantirish maqsadida homiylik faoliyatini amalga oshirish chogʻida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.

Qonunga tayanch tushunchalar kiritilib, unda metsenat, metsenatlik (metsenatlik faoliyati), metsenatlik koʻmagi, metsenatlik koʻmagini oluvchi tushunchalari ochib berilgan.

Qonunga koʻra metsenatlik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining madaniy meros obyektlarini saqlash, muhofaza qilish va ulardan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadlarida amalga oshiriladi.

Shuningdek, qonunga koʻra, jismoniy va yuridik shaxslar metsenatlik faoliyatini ixtiyoriylik hamda bu faoliyatning maqsadlarini erkin tanlash asosida moneliksiz amalga oshirishga haqlidir.

❗️Maʼqullangan qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda eʼlon qilingach rasmiy kuchga ega boʻladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Senat tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi axborot-kutubxona tizimi xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Qonuni maʼqullandi

Qonunga muvofiq, 21-may – Oʻzbekiston Respublikasining axborot-kutubxona tizimi xodimlari kuni, yaʼni kasb bayrami sifatida belgilanmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Senat tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Oliy darajali “Doʻstlik” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonuni maʼqullandi

Qonunga muvofiq, Oliy darajali “Doʻstlik” ordeni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va ayrim holatlarda fuqarosi boʻlmagan shaxslar qardosh xalqlar oʻrtasida koʻp asrlik doʻstlik va qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlash, jamiyat va xalqlarning birdamligini uygʻunlashtirishdagi alohida xizmatlari uchun mukofotlanadi.

Shuningdek, orden har tomonlama strategik hamkorlikni rivojlantirish, hududlararo kelishuvlarga erishishdagi sermahsul faoliyati hamda xalqlar oʻrtasidagi oʻzaro hamjihatlik va ishonchni mustahkamlashdagi faol ishtiroki uchun ham beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazida Oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslari tashkil etilgan.

Mazkur kurs uchun qabul kvotasi 100 (75 oʻzbek, 25 rus) tani, toʻlov-kontrakt miqdori esa 10 000 000 soʻmni tashkil etadi.

Qayta tayyorlash kurslariga 79 ta oliy taʼlim yoʻnalishini bitirgan talabgorlar suhbat tarzida oʻtkaziladigan kirish imtihonlari natijalariga koʻra qabul qilinadi.

Kursda oʻquv jarayonlari 2020-yilning yanvar oyidan boshlanib, 6 oy davom etadi.

Mazkur kurslarni tugatgan va belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxslar davlat organlari va boshqa tashkilotlarning yuridik xizmatlarida ishlash huquqiga ega boʻladi.

Kursga hujjatlarni topshirish 2019-yilning 31-oktyabriga qadar centertsul.uz yoki qabul.sentertsul.uz veb-saytlari orqali faqat elektron shaklda amalga oshiriladi.

Kurs haqida qoʻshimcha maʼlumotlarni Markazning rasmiy veb-sayti (www.centertsul.uz) hamda +998712332214 telefon raqamlari orqali olish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Oʻzbekiston tarixda birinchi bor Top-10 likka kirdi!

Jahon bankining nufuzli “Biznes yuritish” xalqaro reytingida Oʻzbekiston 7 ta pogʻonaga koʻtarildi va 69 oʻrinni egalladi.

Eng quvonarlisi esa, Adliya vazirligi va Davlat xizmatlari agentligi masʼul boʻlgan “Biznesni roʻyxatdan oʻtkazish” koʻrsatkichi boʻyicha dunyoning 190 ta davlatlari ichida 8-oʻrinni egallab, birinchi bor Oʻzbekiston tarixida Top-10 likka kirdik.

Biznesni yuritishni yengillashtirish boʻyicha oldimizda ulkan marralar va masʼuliyatli ishlar turibdi.

Bu borada barchamizga omad yor boʻlsin!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Bosh vazir nomzodi qanday tasdiqlanadi?

2019-yilda Oʻzbekistonda muhim siyosiy jarayon – Oliy Majlis va xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) kengashlariga saylovlar boʻlib oʻtadi.

Shunga koʻra, hozirda Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi boʻyicha saylov kampaniyasi boʻlib oʻtmoqda.

Lekin bu jarayonda ayrim bloger va OAVlar tomonidan qonunchilikka zid maʼlumot tarqatish, har xil asossiz soʻrovlar oʻtkazish holatlari uchramoqda.

Xususan, telegramdagi kanallarning birida ayrim mansabdor shaxslardan qaysi birining Bosh vazir boʻlishi mumkinligi haqida soʻrov oʻtkazilgan.

Bu kabi holatlar odamlar orasida turli mish-mishlar kelib chiqishiga va jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qilishga sabab boʻlishi mumkinligini inobatga olib, amaldagi qonunchilikda belgilab qoʻyilgan Bosh vazirni tasdiqlash tartibi haqida maʼlumot berishni lozim deb topdik.

Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga asosan Bosh vazir nomzodi Qonunchilik palatasiga saylovda eng koʻp deputatlik oʻrinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng koʻp deputatlik oʻrinlarini qoʻlga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan Prezidentga koʻrib chiqish uchun taklif etiladi.

Bunda, Prezident taqdim etilgan Bosh vazir lavozimiga nomzodni koʻrib chiqqanidan keyin uni Oliy Majlis palatalarining koʻrib chiqishi va tasdiqlashi uchun kiritadi.

Bosh vazir nomzodi uning uchun tegishincha Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari umumiy sonining yarmidan koʻpi tomonidan ovoz berilgan taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi.

Yaʼni, Bosh vazirni tasdiqlash jarayoni aniq tartibga solingan boʻlib, unda nafaqat saylovlarda koʻp ovoz olgan partiyaning fikri, balki Prezident, senatorlar va boshqa deputatlarning fikri ham hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Yuqoridagilarga koʻra, maʼlumot tarqatilayotganda jamiyat va davlat oldidagi maʼsuliyatni unutmaslikka chaqiramiz.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin