Huquqiy axborot | Lotin
2.76K members
22 photos
4 videos
501 links
Yangi qonun hujjatlari, huquqiy islohotlar haqida tezkor maʼlumotlar taqdim etuvchi kanal

Savollar, huquqshunos maslahati uchun: www.advice.uz

Qonunchilikka takliflar uchun: @qonunchilikbot
Download Telegram
to view and join the conversation
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Islom taraqqiyot banki va Arab muvofiqlashtirish guruhi jamgʻarmalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi (428-son, 23.05.2019-y.)

Qaror bilan Islom taraqqiyot banki va Arab muvofiqlashtirish guruhi jamgʻarmalari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha Harakatlar rejasi tasdiqlandi.

Harakatlar rejasi doirasida “Obod qishloq” dasturini moliyalashtirishga Islom taraqqiyot banki jalb etiladi.

Oʻzbekiston Milliy universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Islom taraqqiyot banki oʻrtasida Memorandum imzolanadi.

Islom xususiy sektorini rivojlantirish korporatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi tashkil etiladi va hamkorlik kengaytiriladi.

2019–2021-yillarda Islom taraqqiyot banki bilan jami qiymati 2 mlrd 42 mln dollardan koʻproq miqdordagi 17 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Jumladan, “Bishkek–Dushanbe–Termiz” avtomobil yoʻli rekonstruksiya qilinadi.

Arab muvofiqlashtirish guruhi jamgʻarmalari 12 ta loyiha amalga oshiriladi, mazkur loyihalarning qiymati 1 mlrd dollardan koʻproq.

Oʻzbekistonda neyroxirurgiya xizmatini yuqori texnologik tibbiyot uskunalari bilan jihozlash ushbu loyihalar qatoridan joy olgan.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Bemor tibbiy yordam soʻrab murojaat qilgan va tibbiy yordam olayotgan paytda, quyidagi huquqlarga ega:
👉 shifokorni va shifoxonani tanlash;
👉 sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan sharoitda tekshiruvdan oʻtish, davolanish va parvarish qilinish;
👉 oʻz iltimosiga koʻra boshqa mutaxassislardan maslahatlar olish;
👉 tibbiy yordam soʻrab murojaat qilganligi, sogʻligʻining holati, qoʻyilgan tashxis toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda uni tekshirish va davolash chogʻida olingan boshqa maʼlumotlar sir saqlanishi;
👉 tibbiy aralashuvga oʻz ixtiyori bilan rozilik berish yoki uni rad etish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Xorijiy investorning ulushi 5 million AQSH dollaridan kam boʻlmagan korxonalar roʻyxatdan oʻtgan sanadan boshlab 10 yilda soliq qonunchiligida oʻzgarishlar yuz bergan hollarda, foyda soligʻi, qoʻshilgan qiymat soligʻi, mol-mulk soligʻi, yagona soliq toʻlovini toʻlashda mazkur korxonalar roʻyxatdan oʻtish sanasida amal qilgan meʼyorlarni va qoidalarni qoʻllashga haqlidirlar.

📍
Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Qonunchilikka muvofiq homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqani tayinlash va toʻlash uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos boʻladi.

Homiladorlik va tugʻish boʻyicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (bolnichniy list) homiladorlikning oʻttizinchi haftasidan boshlab hududiy ambulator-poliklinikalarning akusher-ginekologlari tomonidan bosh shifokor oʻrinbosari bilan birgalikda bir yoʻla bir yuz yigirma olti kalendar kuniga beriladi.

Homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa (shu jumladan, homila tushgan hollarda) vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida koʻrsatilgan barcha davr uchun toʻlanadi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Ommaviy axborot vositalari axborot manbaini yoki taxallusini qoʻygan muallifni ularning roziligisiz oshkor etishga haqli emas. Axborot manbai yoki muallif nomi faqat sud qarori bilan oshkor etilishi mumkin.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Isteʼmolchi maqbul sifatli nooziq-ovqat tovarini xarid qilgan kunidan eʼtiboran oʻn kun ichida ushbu tovar sotib olingan joydagi sotuvchidan uni ayni shunday tovarga almashtirib olishga bunday tovar sotuvda boʻlmasa, pulini qaytarib olishga haqli.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (429-son, 24.05.2019-y.) bilan Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga muvofiq, Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
👉 transport sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari;
👉 avtovokzallar, avtostansiyalar va bekatlarni qurish;
👉 Transport vazirligi tuzilmasidagi ixtisoslashtirilgan avtotransport korxonalari uchun yangi avtotransport vositalarini sotib olish;
👉 transport sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish;
👉 xodimlarni ragʻbatlantirish.

Jamgʻarma faoliyatini boshqarish va uning mablagʻlarini taqsimlash hayʼat tomonidan amalga oshiriladi.

Hayʼat oʻz faoliyatini Ijro etuvchi organ orqali amalga oshiradi. Uning tarkibi transport vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.

Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Maʼlumot_uchun
🇺🇿 2019-yil 28-may holatiga:

✳️ Eng kam:

👉 ish haqi — oyiga 202 730 soʻm;

👉 yoshga doir pensiyalar — oyiga 396 500 soʻm;

👉 bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 396 500 soʻm;

👉 zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 243 300 soʻm.

✳️ Valyutalar kurslari:

🇺🇸 1 USD = 8485.91 (+ 24.99) ↑

🇪🇺 1 EUR = 9505.92 (+ 66.92) ↑

🇷🇺 1 RUB = 131.52 (+ 0.46) ↑

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (430-son, 25.05.2019-y.) bilan Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha pitomniklar va plantatsiyalarni barpo etish va ularning davlat hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga muvofiq, pitomniklar va plantatsiyalarda yetishtirilgan yovvoyi oʻsimliklardan foydalanish uchun toʻlov hamda yigʻish va tayyorlash uchun ruxsatnomalar talab qilinmaydi.

Pitomnik – daraxt va buta oʻsimliklarining koʻchatlari hamda nihollarini tabiatni muhofaza qilish uchun yetishtirishga ixtisoslashtirilgan xoʻjalik.

Plantatsiyalar suv muhofazasi zonalaridan tashqari, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar, oʻrmon fondi yerlari, zaxira yerlarda va boshqa yerlarda barpo etiladi.

Pitomniklar esa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning yer uchastkalarida, oʻrmon xoʻjaligi va boshqa yerlarda barpo etiladi.

Pitomniklar va plantatsiyalarning reyestri Ekologiya va atrofni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan yuritiladi.

Pitomniklar va plantatsiyalarni reyestrga kiritish uchun plantatorlar koʻchatlarni ekish toʻgʻrisidagi dalolatnoma tuzilishidan koʻpi bilan 15 kun oldin Ekologiya qoʻmitasiga hujjatlar taqdim etiladi.

Koʻchatlar ekilishidan 7 kun avval ekologiya organining vakili ekish jarayonida ishtirok etishi uchun xabardor qilinadi.

Vakil ishtirokiga oid xabar olingan kundan 2 kun ichida ekologiya organi ekish jarayonida ishtirok etadigan vakil toʻgʻrisida maʼlumotni taqdim etadi.

Plantator ekish ishlari yakunidan soʻng 3 kunda ekologiya organlariga ekish dalolatnomasini yuboradi.

Ekologiya organlari 3 kunda pitomniklar va plantatsiyalarning reyestrga kiritilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilgan oʻzgartirishlar Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 2775-2, 27.05.2019-y.)

Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasi ariza olingan vaqtdan 7 ish kunida qaytariladi. Ilgari bu muddat 15 ish kunini tashkil etgan.

Arizaga endilikda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha yuridik shaxs qarzlarining solishtiruv dalolatnomasi, soliq hisoboti boʻyicha QQS hisob-kitobi va ilgari QQSning ortiqcha summasi qaytarilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ilova qilish talab etilmaydi.

Arizaga endilikda tovarlarni eksport qilinganligi va valyuta tushganligi toʻgʻrisida maʼlumot ilova qilinadi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Ichki ishlar organi xodimi jinoyat sodir etishda gumon qilinib (jumladan hujjati yoʻqligi uchun) ushlab turilgan shaxsga advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon orqali qoʻngʻiroq qilish yoki xabar berish, himoyachiga ega boʻlish, koʻrsatuvlar berishni rad etishga boʻlgan protsessual huquqlarini tushuntirishi, shuningdek u bergan koʻrsatuvlardan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning oʻziga qarshi foydalanilishi mumkinligini bildirishi shart.

Bunda u oʻzini tanishtirishi va ushlanayotgan shaxsning talabiga koʻra shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatishi shart.

Vakolatli shaxslar va fuqarolar qonunga xilof yoki asossiz ushlab turganlik yoxud ushlash vaqtida vakolatlari doirasidan chetga chiqqanlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladilar.

📍
Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Har bir bola tugʻilgan paytdan eʼtiboran familiya, ism, ota ismi olish, millati va fuqaroligiga ega boʻlish huquqiga, shuningdek ularni saqlab qolish huquqiga ega.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori bilan (434-son, 27.05.2019-y.) Ekologik taʼlimni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi

Konsepsiyaning maqsadi yosh avlodda ekologik bilim, ong va madaniyatni shakllantirish, ekologiya sohasidagi ilm-fanni innovatsion texnologiyalarni jalb qilgan holda takomillashtirishdan iborat.

Maktabgacha taʼlim muassasalarida “Ekolog bolajon” dasturi joriy etiladi va “Ekologik yoʻlakchalar” tashkil etiladi.

Shuningdek, “Ona tabiat” mavzusida ochiq havoda tanishtiruv soatlari oʻtkaziladi.

Maktablarda “Eng yaxshi ekologik toza maktab”, “Eng yaxshi ekolog oʻquvchi” koʻrik tanlovlari oʻtkaziladi.

Litseylar va kollejlar oʻquvchilari oʻrtasida “Ekologiya bilimdoni” musobaqasi tashkil etiladi.

Oliy taʼlim muassasalari, talabalar turar joylarida “Eko-klublar” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

2019-yil dekabrgacha ekologiya va atrof-muhit muhofazasiga oid zarur materiallar va boshqa maʼlumotlar berishga moʻljallangan “ekologiya.uz” sayti ishga tushiriladi.

Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi. Homilador ayolni yoki uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayolni ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda ish beruvchi rad etishning sabablarini ularga yozma ravishda maʼlum qilishi shart. Mazkur shaxslarni ishga qabul qilishni rad etganlik ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori bilan I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialiga 2019-2020 oʻquv yili uchun qabul kvotasi tasdiqlandi.

Unga koʻra, Filialga 2019-2020 oʻquv yilida 260 nafar talaba qabul qilinadi.

Ularning 30 nafari Filialning Qashqadaryo viloyatidagi hududiy tayyorlov boʻlimi bitiruvchilari hisobidan shakllantiriladi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (OʻRQ–543, 28.05.2019-y.)

Jinoyat kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish, qasddan bankrotlikka olib kelish uchun jarima miqdori eng kam oylik ish haqining 150 baravaridan (30 mln 409 ming 500 soʻmdan) 250 baravarigacha (50 mln 682 ming 500 soʻmgacha) oshirildi.

Ilgari bu miqdor eng kam oylik ish haqining 100 baravaridan (20 mln 273 ming soʻmdan) 200 baravarigacha (40 mln 546 ming soʻmgacha) edi.

Mazkur jinoyatlar uchun endilikda muayyan huquqdan mahrum qilish (yaʼni tadbirkorlik bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilish) jazosi qoʻllanilmaydi.

Mazkur oʻzgartirishlar 3 oydan soʻng kuchga kiradi.

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra gʻayriqonuniy ov, baliq ovlash mahsulotini, yovvoyi oʻsimliklarni yigʻish ham eng kam oylik ish haqining 10 baravaridan (2 mln 27 ming 300 soʻmdan) 15 baravarigacha (3 mln 40 ming 950 soʻmgacha) jarima solishga sabab boʻladi.

Ilgari faqat gʻayriqonuniy ov mahsulotlarini qabul qilish uchun javobgarlik mavjud edi.

Endilikda ov qilish va baliq ovlashning taqiqlangan qurollarini yoki vositalarini tayyorlash, olib kirish, saqlash, tashish yoki yuborish, olish yoxud sotish huquqbuzarlik quroli va ashyolarini musodara qilib:
👉 fuqarolarga eng kam oylik ish haqining 3 baravaridan (608 ming 190 soʻmdan) 5 baravarigacha (1 mln 13 ming 650 soʻmgacha);
👉 mansabdor shaxslarga 7 baravaridan (1 mln 419 ming 110 soʻmdan) 10 baravarigacha (2 mln 27 ming 300 soʻmgacha) jarima solishga sabab boʻladi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Prezidentning ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (PF–5731, 28.05.2019-y.)

Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq, 111 ta mamlakat fuqarolariga quyidagi miqdorda koʻchmas mulkni sotib olgan taqdirda Oʻzbekistonda yashash guvohnomasini olish huquqi berildi:

👉 Toshkent viloyati va Toshkent shahrida – 400 000 AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda;

👉 Samarqand, Buxoro, Namangan, Andijon, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida – 200 000 AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda;

👉 Qoraqalpogʻiston Respublikasi va respublikaning boshqa viloyatlarida – 100 000 AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda.

Endilikda gidlar (ekskursiya yetakchilari), kuzatib boruvchi-yoʻriqchilarning xizmatlari oliy yoki oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlim toʻgʻrisidagi diplomi yoki gidlar yoʻnalishi boʻyicha qayta

tayyorlash toʻgʻrisidagi guvohnomasi boʻlgan shaxslar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.

Ilgari mazkur faoliyat faqat Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan beriladigan malaka sertifikatini olgan shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin edi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Har bir fuqaro sogʻligʻini saqlash boʻyicha quyidagilar toʻgʻrisida maʼlumotlarni olish huquqiga ega:
👉 oʻz sogʻligʻining holati;
👉 tekshirish natijalari;
👉 qanday kasali borligi;
👉 qanday tashxis qoʻyilganligi;
👉 kasallikning bundan buyon qanday kechishiga oid taxminlar;
👉 davolash usullari va bu usullar bilan bogʻliq xavf-xatar;
👉 tibbiy aralashuvning ehtimol tutilgan turlari va ularning oqibatlari;
👉 amalga oshirilgan davolashning natijalari.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filiali tashkil etildi (2019-yil 28-may, 437-son).

Qishloq va suv xoʻjaligi sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni milliy va xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni taʼminlash Filialning asosiy vazifalaridan etib belgilandi.

Filialda oʻquv jarayoni 2019/2020 oʻquv yilidan boshlanadi hamda talabalarni qabul qilish soni har yili tasdiqlanadigan respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Shuningdek, qaror bilan Filial huzurida akademik litsey tashkil etildi.

Qarshi agrobiznes va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji – Filialga, Qovchin qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji binosi akademik litseyga berildi.

Mazkur kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari oʻqishni bitirgunlariga qadar Filial va akademik litsey binolarida oʻqishni davom ettiradilar.

Filial va akademik litsey onlayn maʼruza hamda masofaviy taʼlim uchun telekommunikatsiya jihozlari va infratuzilma bilan taʼminlanadi, shuningdek, ularni yuqori tezlikdagi internet hamda elektron taʼlim milliy tarmogʻiga ulash choralari koʻriladi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin