Huquqiy axborot | Lotin
2.63K members
72 photos
14 videos
1 file
1K links
Yangi qonun hujjatlari, huquqiy islohotlar haqida tezkor maʼlumotlar taqdim etuvchi kanal

Savollar, huquqshunos maslahati uchun: www.advice.uz

Qonunchilikka takliflar uchun: @qonunchilikbot
Download Telegram
to view and join the conversation
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (OʻRQ–540, 22.05.2019-y.)

“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, endilikda pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam oylik ish haqining oʻn barobaridan ortiq boʻlmagan miqdordagi oʻrtacha oylik ish haqi olinadi.

Ilgari ushbu miqdor eng kam oylik ish haqining sakkiz barobarini tashkil etgan.

“Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunga tibbiy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslar ham Xalq tabobati xizmatini koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash boʻyicha maxsus komissiya xulosasi asosida xalq tabobati boʻyicha faoliyat bilan shugʻullanishi mumkinligiga oid qoʻshimcha kiritildi.

Qonun bilan Senatdagi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi etib oʻzgartirildi.

Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Yoʻlovchilarni avtobusda tashish xavfsizligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi (2019-yil 22-may, 424-son)

Qarorga muvofiq, 2019-yil 1-sentyabrdan boshlab:

Tungi vaqtlarda viloyatlararo, shaharlararo, xalqaro va turistik yoʻnalishlar boʻyicha avtobuslarda yoʻlovchilarni tashish faqat maxsus jihozlangan xizmat avtomobillaridan foydalangan holda ichki ishlar organlari hamrohligida amalga oshiriladi.

Avtobuslarga ichki ishlar organlarining hamrohlik qilishi davlat xizmatlari koʻrsatish tartibida yoki shartnomalar tuzilgan holda pulli asosda kechadi.

Ichki ishlar organlari hamrohlik qiladigan avtobuslar bevosita qatnov yoʻliga chiqishdan oldin texnik holati yuzasidan majburiy tekshirishdan oʻtkaziladi.

Smenalar oʻrtasidagi dam olish vaqti 12 soatdan kamni tashkil etgan avtobuslar haydovchilarining safarga chiqishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Foydalanish muddati 15 yildan ortiq boʻlgan avtobuslarda yoʻlovchilarni tashishga litsenziya kartochkalari berilmaydi. 2021-yil 1-yanvardan boshlab esa bunday avtobuslarda yoʻlovchilarni tashish taqiqlanadi.

Xayriya maqsadlarida tashkil etilgan aholining ijtimoiy zaif toifalari sirasiga kiradigan ekskursiya qiluvchi, turistik va boshqa guruhlarni tashishni bajaruvchi avtomobillarga hamrohlik qilish bepul amalga oshiriladi.

Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligida qatnashuvchi davlatlarning Shaxslarni davlatlararo qidirish toʻgʻrisidagi shartnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatalari bajarilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrsidagi Prezident qarori qabul qilindi (PQ–4333, 23.05.2019-y.)

Qarorga muvofiq, Majburiy ijro byurosi Shaxslarni davlatlararo qidirish toʻgʻrisidagi shartnomaning sud qarorlarini ijro etishdan boʻyin tovlayotgan shaxslar joylashgan joyini aniqlash qismi boʻyicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirish boʻyicha vakolatli organ etib belgilandi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur shartnoma 2010-yil 10-dekabrda Moskva shahrida imzolangan.

Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida Prezident qarori qabul qilindi (PQ–4332, 23.05.2019-yil)

Qarorda taʼkidlanishicha, foydalanilmayotgan obyektlardan samarali foydalanish, shuningdek boʻsh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklashga qaratilgan investitsiya loyihalari (“yoʻl xaritalari”)ni ishlab chiqish boʻyicha idoralararo komissiyasining ishchi organi funksiyalari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi zimmasiga yuklatildi.

Vazirlikka qoʻshimcha ravishda 70 ta boshqaruv xodimlari shtat birligi, shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalariga 5 tadan shtat birliklari ajratildi.

Qarorga muvofiq, quyidagi lavozimlar joriy etildi:
👉 hokim oʻrinbosari – viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi;
👉 hokim oʻrinbosari – tuman (shahar) investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi.

Qaror bilan ayrim viloyat, shahar, tuman hokimliklaridagi bir qator lavozimlar, jumladan, Buxoro, Samarqand, Toshkent va Xorazm viloyatlari hokimliklaridagi hokimning investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi tugatildi.

Viloyatlarda, tumanlarda (shaharlarda) kichik sanoat zonalarini hamda Toshkent shahrida sanoatni rivojlantirish borasidagi vazifalar hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha tegishli birinchi oʻrinbosari zimmasiga yuklandi.

Shuningdek, qaror bilan Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi tashkil etilib, uning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari belgilandi.

Markaz direktori Hukumat tomonidan tayinlanadi hamda u moddiy taʼminot, ijtimoiy va transport xizmati koʻrsatish shartlari boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.

Kanalga ulanish
👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Prezident qarori qabul qilindi

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

👉 2019-2025-yillarda mahalliy xomashyo geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, qazib olish va qayta ishlash asosida qurilish industriyasining xomashyo bazasini kengaytirish prognoz koʻrsatkichlari;

👉 2019-2025-yillarda diversifikatsiya qilish va mahsulot turlarini kengaytirish hisobiga qurilish materiallari ishlab chiqarishning maqsadli koʻrsatkichlari.

Mazkur koʻrsatkichlar doirasida ohaktosh ishlab chiqarish 13,1 mln tonnaga, gips toshi 1,8 mln tonnaga, tosh-shagʻal esa 5,6 mln metr kubga yetkaziladi.

Shuningdek, oboy ishlab chiqarish 47 barobarga, armatura ishlab chiqarish 3 barobarga va sement ishlab chiqarish 2 barobarga oshiriladi.

2019-yil 1-iyuldan:
👉 mahalliy qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilarning eksport mahsulotini sertifikatlashtirish xarajatlari Eksportni rivojlantirish agentligi tomonidan qoplanadi;
👉 tadbirkorlarning soliqqa tortish bazasi besh yilda teng ulushlarda noruda foydali qazilma boyliklari konlarini oʻzlashtirish uchun zarur boʻladigan muandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasini qurish xarajatlari miqdoriga miqdorga kamaytiriladi;
👉 texnogen mineral hosilalar haqidagi maʼlumotlar tadbirkorlarga bepul beriladi.

Qurilish materiallari sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun 2019-2021-yillarda xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy banklarning 500 mln dollaridan kam boʻlmagan imtiyozli kreditlari jalb qilinadi.

2019/2020 oʻquv yilidan Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Jizzax politexnika instituti va Fargʻona politexnika institutida quyidagi yoʻnalishlar ochiladi:
👉 “Qurilish materiallari, buyumlari va qurilmalarini ishlab chiqarish texnologiyalari”;
👉 “Yigʻma temirbeton, beton qurilmalar va buyumlarni ishlab chiqarish”;
👉 “Materialshunoslik va yangi turdagi qurilish materiallari texnologiyasi (turlari boʻyicha)”;
👉 “Devorbop va pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi”.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Prezident qaroriga muvofiq umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchilarining dars va toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish hamda sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa pedagogik yuklamalar boʻyicha hisobotlar va qoʻshimcha maʼlumotlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini taʼminlash bilan bogʻliq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (OʻRQ–542, 23.05.2019)

“Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq, prokuror endilikda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning ham noqonuniy qarorlarini bekor qilish hamda surishtiruv muddatini uzaytirish huquqiga ega.

Surishtiruvchi lavozimiga ham prokuror va tergovchi uchun qoʻyilgan talablarga javob beradigan fuqarolar, yaʼni oliy yuridik maʼlumotga ega, zarur kasbiy fazilatlari boʻlgan, zimmalariga yuklanadigan xizmat vazifalarini bajarishga sogʻligʻi imkon beradiganlar tayinlanadi.

Endilikda, tergov harakatlari shaxslarni turgan joyidagi huquqni muhofaza qilish organlariga keltirgan holatda videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishi mumkin.

Tergovni videokonferensaloqa orqali oʻtkazishga quyidagilar asos boʻladi:
👉 shaxsning tergovga sogʻligʻi yoki boshqa uzrli sababga koʻra borolmasligi;
👉 jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini taminlash zarurati tugʻilganda;
👉 kechiktirib boʻlmaydigan tergov harakatlari oʻtkazilganda;
👉 tergov oʻtkazish qiyinlashishi va ortiqcha xarajatlar chiqarishi mumkinligi haqida asoslar boʻlganida.

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, haydovchilarning svetoforning taqiqlovchi signalida yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida toʻxtash chizigʻini bosib kirishi ham eng kam oylik ish haqining ikkidan bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Jinoyat-ijroiya kodeksiga kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq, Prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirish huquqiga ega boʻldi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyalar (qoʻmitalar, kengashlar va ishchi guruhlar)ning Oʻzbekistonga oid qismlari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida Prezident qarori qabul qilindi (PQ–4331, 23.05.2019-yil)

Qarorga muvofiq, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik qismidagi faoliyatning asosiy vazifalari va yoʻnalishlari belgilandi.

Shunga koʻra, Vazirlar Mahkamasining Xalqaro hamkorlik boʻlimiga qoʻshimcha 3 ta shtat birligi kiritildi.

Qaror bilan quyidagi nizomlar tasdiqlandi:
👉 Oʻzbekiston va xorijiy mamlakatlar oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyalar (qoʻmitalar, kengashlar va ishchi guruhlar)ning Oʻzbekistonga oid qismlari toʻgʻrisidagi;
👉 Xorijiy mamlakatlar va tashkilotlar bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turistik hamkorlik masalalari boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish va oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi.

Hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari tarkibi Bosh vazir tomonidan tasdiqlanadi.

2019-yil 1-iyuldan hukumatlararo komissiyalarning hamraislari va aʼzolariga lavozim maoshining 50 foizigacha boʻlgan miqdorda moddiy ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllash tartibi joriy etiladi.

Mazkur komissiyalarning samaradorligi va natijadorligini baholashning asosiy mezonlari etib quyidagilar belgilandi:
👉 xorijiy hukumatlar bilan mavjud masalalarni hal qilishga yoʻnaltirilgan kelishuvlar soni;
👉 “biznes forumlar” doirasida jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hamda tuzilgan eksport kontraktlari hajmi;
👉 oliy va yuqori darajadagi tashriflar chogʻida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha kompleks masalalarning hal qilinishi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Ichki ishlar organlari xodimlari quyidagi holatlarda sizning avtomobilingizdan majburiy tartibda foydalanishi mumkin:
👉 tabiiy ofat yuz bergan joyga borish;
👉 shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarni tibbiy muassasalarga olib borish;
👉 jinoyat sodir etgan shaxslarni taʼqib qilish va ichki ishlar organlariga olib kelish;
👉 hodisa joyiga yoki ichki ishlar organlarining shaxsiy tarkibini jangovar trevoga boʻyicha toʻplash joyiga borish uchun.

Bu holatda, transport vositasidan foydalanilganligi faktini tasdiqlovchi hamda undan foydalangan ichki ishlar organi xodimini identifikatsiyalovchi hujjat beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Islom taraqqiyot banki va Arab muvofiqlashtirish guruhi jamgʻarmalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi (428-son, 23.05.2019-y.)

Qaror bilan Islom taraqqiyot banki va Arab muvofiqlashtirish guruhi jamgʻarmalari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha Harakatlar rejasi tasdiqlandi.

Harakatlar rejasi doirasida “Obod qishloq” dasturini moliyalashtirishga Islom taraqqiyot banki jalb etiladi.

Oʻzbekiston Milliy universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Islom taraqqiyot banki oʻrtasida Memorandum imzolanadi.

Islom xususiy sektorini rivojlantirish korporatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi tashkil etiladi va hamkorlik kengaytiriladi.

2019–2021-yillarda Islom taraqqiyot banki bilan jami qiymati 2 mlrd 42 mln dollardan koʻproq miqdordagi 17 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Jumladan, “Bishkek–Dushanbe–Termiz” avtomobil yoʻli rekonstruksiya qilinadi.

Arab muvofiqlashtirish guruhi jamgʻarmalari 12 ta loyiha amalga oshiriladi, mazkur loyihalarning qiymati 1 mlrd dollardan koʻproq.

Oʻzbekistonda neyroxirurgiya xizmatini yuqori texnologik tibbiyot uskunalari bilan jihozlash ushbu loyihalar qatoridan joy olgan.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Bemor tibbiy yordam soʻrab murojaat qilgan va tibbiy yordam olayotgan paytda, quyidagi huquqlarga ega:
👉 shifokorni va shifoxonani tanlash;
👉 sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan sharoitda tekshiruvdan oʻtish, davolanish va parvarish qilinish;
👉 oʻz iltimosiga koʻra boshqa mutaxassislardan maslahatlar olish;
👉 tibbiy yordam soʻrab murojaat qilganligi, sogʻligʻining holati, qoʻyilgan tashxis toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda uni tekshirish va davolash chogʻida olingan boshqa maʼlumotlar sir saqlanishi;
👉 tibbiy aralashuvga oʻz ixtiyori bilan rozilik berish yoki uni rad etish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Xorijiy investorning ulushi 5 million AQSH dollaridan kam boʻlmagan korxonalar roʻyxatdan oʻtgan sanadan boshlab 10 yilda soliq qonunchiligida oʻzgarishlar yuz bergan hollarda, foyda soligʻi, qoʻshilgan qiymat soligʻi, mol-mulk soligʻi, yagona soliq toʻlovini toʻlashda mazkur korxonalar roʻyxatdan oʻtish sanasida amal qilgan meʼyorlarni va qoidalarni qoʻllashga haqlidirlar.

📍
Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Qonunchilikka muvofiq homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqani tayinlash va toʻlash uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos boʻladi.

Homiladorlik va tugʻish boʻyicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (bolnichniy list) homiladorlikning oʻttizinchi haftasidan boshlab hududiy ambulator-poliklinikalarning akusher-ginekologlari tomonidan bosh shifokor oʻrinbosari bilan birgalikda bir yoʻla bir yuz yigirma olti kalendar kuniga beriladi.

Homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa (shu jumladan, homila tushgan hollarda) vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida koʻrsatilgan barcha davr uchun toʻlanadi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Ommaviy axborot vositalari axborot manbaini yoki taxallusini qoʻygan muallifni ularning roziligisiz oshkor etishga haqli emas. Axborot manbai yoki muallif nomi faqat sud qarori bilan oshkor etilishi mumkin.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Isteʼmolchi maqbul sifatli nooziq-ovqat tovarini xarid qilgan kunidan eʼtiboran oʻn kun ichida ushbu tovar sotib olingan joydagi sotuvchidan uni ayni shunday tovarga almashtirib olishga bunday tovar sotuvda boʻlmasa, pulini qaytarib olishga haqli.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (429-son, 24.05.2019-y.) bilan Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga muvofiq, Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
👉 transport sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari;
👉 avtovokzallar, avtostansiyalar va bekatlarni qurish;
👉 Transport vazirligi tuzilmasidagi ixtisoslashtirilgan avtotransport korxonalari uchun yangi avtotransport vositalarini sotib olish;
👉 transport sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish;
👉 xodimlarni ragʻbatlantirish.

Jamgʻarma faoliyatini boshqarish va uning mablagʻlarini taqsimlash hayʼat tomonidan amalga oshiriladi.

Hayʼat oʻz faoliyatini Ijro etuvchi organ orqali amalga oshiradi. Uning tarkibi transport vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.

Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Maʼlumot_uchun
🇺🇿 2019-yil 28-may holatiga:

✳️ Eng kam:

👉 ish haqi — oyiga 202 730 soʻm;

👉 yoshga doir pensiyalar — oyiga 396 500 soʻm;

👉 bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 396 500 soʻm;

👉 zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 243 300 soʻm.

✳️ Valyutalar kurslari:

🇺🇸 1 USD = 8485.91 (+ 24.99) ↑

🇪🇺 1 EUR = 9505.92 (+ 66.92) ↑

🇷🇺 1 RUB = 131.52 (+ 0.46) ↑

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (430-son, 25.05.2019-y.) bilan Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha pitomniklar va plantatsiyalarni barpo etish va ularning davlat hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga muvofiq, pitomniklar va plantatsiyalarda yetishtirilgan yovvoyi oʻsimliklardan foydalanish uchun toʻlov hamda yigʻish va tayyorlash uchun ruxsatnomalar talab qilinmaydi.

Pitomnik – daraxt va buta oʻsimliklarining koʻchatlari hamda nihollarini tabiatni muhofaza qilish uchun yetishtirishga ixtisoslashtirilgan xoʻjalik.

Plantatsiyalar suv muhofazasi zonalaridan tashqari, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar, oʻrmon fondi yerlari, zaxira yerlarda va boshqa yerlarda barpo etiladi.

Pitomniklar esa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning yer uchastkalarida, oʻrmon xoʻjaligi va boshqa yerlarda barpo etiladi.

Pitomniklar va plantatsiyalarning reyestri Ekologiya va atrofni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan yuritiladi.

Pitomniklar va plantatsiyalarni reyestrga kiritish uchun plantatorlar koʻchatlarni ekish toʻgʻrisidagi dalolatnoma tuzilishidan koʻpi bilan 15 kun oldin Ekologiya qoʻmitasiga hujjatlar taqdim etiladi.

Koʻchatlar ekilishidan 7 kun avval ekologiya organining vakili ekish jarayonida ishtirok etishi uchun xabardor qilinadi.

Vakil ishtirokiga oid xabar olingan kundan 2 kun ichida ekologiya organi ekish jarayonida ishtirok etadigan vakil toʻgʻrisida maʼlumotni taqdim etadi.

Plantator ekish ishlari yakunidan soʻng 3 kunda ekologiya organlariga ekish dalolatnomasini yuboradi.

Ekologiya organlari 3 kunda pitomniklar va plantatsiyalarning reyestrga kiritilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilgan oʻzgartirishlar Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 2775-2, 27.05.2019-y.)

Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasi ariza olingan vaqtdan 7 ish kunida qaytariladi. Ilgari bu muddat 15 ish kunini tashkil etgan.

Arizaga endilikda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha yuridik shaxs qarzlarining solishtiruv dalolatnomasi, soliq hisoboti boʻyicha QQS hisob-kitobi va ilgari QQSning ortiqcha summasi qaytarilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ilova qilish talab etilmaydi.

Arizaga endilikda tovarlarni eksport qilinganligi va valyuta tushganligi toʻgʻrisida maʼlumot ilova qilinadi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin