Huquqiy axborot | Lotin
2.67K members
69 photos
12 videos
1 file
968 links
Yangi qonun hujjatlari, huquqiy islohotlar haqida tezkor maʼlumotlar taqdim etuvchi kanal

Savollar, huquqshunos maslahati uchun: www.advice.uz

Qonunchilikka takliflar uchun: @qonunchilikbot
Download Telegram
to view and join the conversation
#Saylov_2019
Siyosiy partiya oʻzining saylovda ishtirok etishini qoʻllab-quvvatlovchi kamida 40 000 saylovchining imzosini toʻplagan taqdirdagina deputatlikka nomzodlar koʻrsatishi mumkin.

Bunda har bir saylovchi bitta yoki bir nechta siyosiy partiyani qoʻllab-quvvatlab imzo qoʻyishga haqli.

Saylovchilarning imzosini toʻplash ish, xizmat, oʻqish, yashash joyida, saylovoldi tadbirlarida, shuningdek tashviqot yuritish va imzo toʻplash qonun bilan taqiqlanmagan boshqa joylarda amalga oshiriladi.

Imzo toʻplayotgan shaxs tomonidan saylovchilarni majburlash va oʻziga ogʻdirib olishning har qanday shakli qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019
Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, mahalliy Kengashlarga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasi esa tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida 70 kun qolganida rais, rais oʻrinbosari, kotib va 6 – 8 nafar aʼzodan iborat tarkibda tuziladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019
Uchastka saylov komissiyasi okrug saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida 40 kun qolganida 5 — 19 nafar aʼzodan, shu jumladan rais, rais oʻrinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuziladi.

Agar komissiya 7 nafargacha aʼzodan iborat tarkibda tuzilsa, rais va kotib saylanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
#Saylov_2019
21 yoshga toʻlgan, oʻrta yoki oliy maʼlumotga, qoida tariqasida, saylov sohasida ish tajribasiga va aholi oʻrtasida hurmatga ega fuqarolar viloyat, tuman va shahar hamda okrug va uchastka saylov komissiyalarining aʼzosi boʻlishi mumkin.

Boshqa saylov komissiyalari va siyosiy partiyalarning aʼzolari, hokimlar, prokuratura va sudlarning mansabdorlari, nomzodlarning yaqin qarindoshlari va ishonchli vakillari, shuningdek nomzodlarga bevosita boʻysunuvchi shaxslar saylov komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin emas.

Uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining yarmidan koʻpi bitta tashkilotdan tavsiya etilishi mumkin emas.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019
Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga to‘lgan, ro‘yxat tuzilayotgan paytda mazkur saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolarning familiyalari saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladi.

Har bir saylovchi faqat bitta saylovchilar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin.

Saylovchilar ro‘yxatiga har bir saylovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va yashash joyi manzili kiritiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019
Okrug saylov komissiyasi saylov uchastkalarining tartib raqamini belgilaydi hamda telefon raqami, joyi va ovoz berish binosini koʻrsatgan holda saylovchilarni har bir uchastkaning chegaralari toʻgʻrisida xabardor etadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019
Saylov uchastkalari okrug saylov komissiyalari tomonidan saylovga kamida 60 kun qolganida, qoida tariqasida, saylovchilar soni kamida 20 va ko‘pi 3000 nafardan oshmagan holda tuziladi.

Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bir vaqtda o‘tkazilganda, Qonunchilik palatasi bo‘yicha okrug saylov komissiyalari tomonidan yagona saylov uchastkalari tuziladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019

Okrug va uchastka saylov komissiyalarini tuzish tartibi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019

Saylov kuniga qadar mamlakatimizda ovoz berish huquqiga ega saylovchilarning umumiy soni taxminan yigirma million olti yuz ming nafar atrofida boʻlishidan kelib chiqib, har bir saylov okrugidagi oʻrtacha saylovchilar soni 137 ming 279 nafarni tashkil etmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga saylov oʻtkazish tartibi

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019
Uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolar tegishli tarzda jihozlanishi va quyidagilarga ega boʻlishi kerak:

👉 Davlat bayrogʻi (binoning ustida va ichida);

👉 Davlat gerbi (binoning ichida);

👉 saylov uchastkasining tartib raqami koʻrsatilgan peshlavha;

👉 yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalari;

👉 zarurat boʻlsa, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinalari;

👉 kuzatuvchilar uchun alohida joylar;

👉 saylov sanasiga bagʻishlangan plakatlar;

👉 saylov uchastkasining xaritasi;

👉 uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining tarkibi, ish rejasi, navbatchiliklar jadvali haqidagi axborot;

👉 saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga taalluqli maʼlumotlar joylashtiriladigan maxsus stend;

👉 barcha roʻyxatga olingan nomzodlarning MSK, viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan nashr qilingan tarjimayi holi va dasturi;

👉 zarur mebel, ofis texnika vositalari (telefon, printer, Internet jahon axborot tarmogʻiga ulangan va Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimiga kirish imkoniyatiga ega boʻlgan kompyuterlar, seyf, kanselyariya tovarlari);

👉 yongʻinga qarshi vositalar.

Ovoz berish xonalari yorugʻ va keng boʻlishi, alohida kirish va chiqish joyi boʻlishi, shuningdek ularda jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun nishab yoʻlkalar nazarda tutilgan boʻlishi lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019

Boshqa davlatlarda parlament saylovlari uchun qancha mablagʻ sarflanadi?

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019

Mamlakatimizning bosh saylov organi haqida nimalarni bilamiz?

U qachon va qanday tashkil etilgan?

Uning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

Shu va shu singari savollarga Markaziy Saylov komissiyasi raisi oʻrinbosari Mahmud Shuhratovich Istamov bilan boʻlib oʻtgan suhbat jarayonidan javob topishingiz mumkin.

📹 👉 http://bit.ly/32f8ybk

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019
Qonunchilik palatasi deputatlari sayloviga doir saylov byulletenining shakli va matni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, mahalliy Kengashlar sayloviga doir saylov byulleteni shakli va matni esa viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari tomonidan tasdiqlanadi.

Nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi saylov byulleteniga uning tugʻilgan yili, egallab turgan lavozimi (mashgʻulotining turi), ish joyi va uni nomzod etib koʻrsatgan siyosiy partiya koʻrsatilgan holda alifbo tartibida kiritiladi.

Saylov byulletenida uni toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi tushuntirish boʻlishi kerak.

Saylov byulletenlari davlat tilida, shuningdek okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan tegishli okrug aholisining koʻpchiligi soʻzlashadigan tillarda nashr etiladi.

Saylov byulletenlari Brayl alifbosi asosida tayyorlanishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019
Ommaviy axborot vositalarining vakillari saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarni yoritish, saylov kuni ovoz berish binolarida hozir boʻlish, shu jumladan ovozlarni sanab chiqish chogʻida hozir boʻlish huquqiga ega.

Ommaviy axborot vositalari vakillarining vakolatlari Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari tomonidan berilgan hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.

Boshqa davlatlarning ommaviy axborot vositalari vakillarini Markaziy saylov komissiyasi akkreditatsiyadan oʻtkazadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019
Davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish uchun kerakli boʻlgan binolar va jihozlarni saylov komissiyalari ixtiyoriga bepul berib turishi shart.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019
Saylov komissiyasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori quyi saylov komissiyalari, shuningdek barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari, mehnat jamoalari va harbiy qismlar, korxonalarning, muassasalarning va tashkilotlarning rahbarlari ijro etishi uchun majburiydir.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019
OAV vakillari saylov kampaniyasi davrida xolis axborotlarni keng, tezkor va erkin tarqatish, shuningdek oʻz faoliyatini Oʻzbekiston qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tashkil etishi uchun akkreditatsiya qilinadi.

Bunda:
👉 respublika miqyosidagi OAV vakillari — MSK tomonidan;
👉 viloyat miqyosidagi OAV vakillari — viloyat saylov komissiyasi tomonidan;
👉 tuman (shahar) miqyosidagi OAV vakillari — tuman (shahar) saylov komissiyasi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019
Oʻzbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalari tuzilishi mumkin.

Ushbu uchastkalarni okrugga biriktirish toʻgʻrisidagi masala Markaziy saylov komissiyasi tomonidan hal etiladi.

Shunga koʻra, Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 1-noyabrda 971-son qarori qabul qilinib, xorijiy davlatlarda tuzilgan 53 ta saylov uchastkasi respublikamizdagi 12 ta saylov okrugiga biriktirildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019

SAYLOVLARDA OVOZ BERISH TARTIBINI BILASIZMI?

1. Ovoz berish vaqti va joyini qayerdan bilsa boʻladi?

Bu haqda uchastka saylov komissiyasi saylovchilarni saylovdan kamida 10 kun oldin xabardor qiladi.

2. Ovoz berish qachon oʻtkaziladi?

Saylov kuni (22-dekabr) soat 8.00 dan 20.00 gacha ovoz berish mumkin.

3. Ovoz berish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat shartmi?

Ha, shart. Saylovchi uchastka saylov komissiyasining aʼzosiga oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatib, saylovchilar roʻyxatiga imzo qoʻygandan soʻng unga saylov byulleteni beriladi.

4. Fuqaroning familiyasi saylovchilar roʻyxatida boʻlmasa, nima boʻladi?

Bunday holda saylovchi shaxsi, fuqaroligi va yashash joyini tasdiqlovchi hujjati asosida saylovchilar roʻyxatining ilovasiga kiritiladi va unga saylov byulleteni beriladi.

5. Ovoz berish vaqtida saylov byulleteni buzib qoʻyilsa-chi?

Saylovchining iltimosiga koʻra yangisiga almashtirilishi mumkin.

6. Ovoz berish xonasiga yaqin qarindoshlar birga kirsa boʻladimi?

Ovoz berish xonasida saylov byulletenini toʻldirish chogʻida ovoz beruvchi shaxsdan boshqa shaxslarning boʻlishi taqiqlanadi.

7. Saylovchi byulletenni mustaqil ravishda toʻldirish imkoniyatiga ega boʻlmasa-chi?

Bunday holda saylovchi oʻz xohishiga koʻra yashirin ovoz berish xonasiga boshqa shaxsni taklif qilishga haqli. Saylov komissiyasi tarkibiga kiradigan shaxslar, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari bundan mustasno.

8. Vaqtincha yashash joyi boʻyicha ham saylovda ishtirok etish mumkinmi?

Ha mumkin. Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga toʻlgan fuqarolar doimiy yoki vaqtincha yashash joylaridagi saylov uchastkasida ovoz berishi mumkin.

9. Kasalligi yoki boshqa sabablarga koʻra ovoz berishga kela olmagan saylovchilar nima qiladi?

Tegishli komissiyaning kamida 2 nafar aʼzosi koʻchma saylov qutisi bilan saylovchining turgan joyiga boradi.

10. Kimlar ovoz berish huquqiga ega emas?

👉 sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan;

👉 ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar.

11. Muddatidan oldin ovoz berish mumkinmi?

Ha mumkin, saylov kunida yashash joyida boʻla olmaydigan fuqarolar tegishli uchastka saylov komissiyasiga ariza asosida murojaat qiladi.

Arizada, saylov kunida yashash joyida boʻla olmaslik sabablari (taʼtil, xizmat safari, xorijga chiqish va h.k.) koʻrsatiladi.

12. Muddatidan oldin ovoz berish qachon oʻtkaziladi?

Saylovga 10 kun qolganida boshlanadi va saylovga 3 kun qolganida tugallanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin