Huquqiy axborot | Lotin
2.76K members
22 photos
4 videos
501 links
Yangi qonun hujjatlari, huquqiy islohotlar haqida tezkor maʼlumotlar taqdim etuvchi kanal

Savollar, huquqshunos maslahati uchun: www.advice.uz

Qonunchilikka takliflar uchun: @qonunchilikbot
Download Telegram
to view and join the conversation
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi (649-son, 05.08.2019-y.)

Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Maslahat kengashi tashkil etildi.

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
👉 Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Maslahat kengashi toʻgʻrisidagi nizom;
👉 Maslahat kengashi tarkibi;
👉 Assotsiatsiya faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va samaradorligini oshirish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga koʻra, Maslahat kengashining asosiy vazifalaridan biri Assotsiatsiyani xorijga taʼlim olish va ishlash uchun chiqib ketgan hamda chiqishni rejalashtirgan oʻzbekistonlik yoshlarning koʻmakchisi va tayanchiga aylantirishdan iborat.

Maslahat kengashi oʻziga yuklangan vazifalarning bajarilishi boʻyicha Prezident Administratsiyasi va Hukumatga har olti oyda axborot kiritadi.

Qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturida har chorakda “Yoshlar bilan ochiq muloqot kunlari”ni tashkil etish hamda “Yosh vatandoshlar” xalqaro festivalini oʻtkazish kabilar nazarda tutilgan.

Shuningdek, Assotsiatsiya vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan yordam koʻrsatish uchun kunu tun xizmat koʻrsatuvchi ishonch telefoni va maxsus veb-portal ishga tushiriladi.

Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (650-son, 07.08.2019-y.) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Agentlik huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlandi.

Agentlik qimmatli qogʻozlar bozori va lotereyalar tashkil etish faoliyatini tartibga solish, shuningdek korporativ boshqaruvni rivojlantirish boʻyicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Agentlik faoliyatini mustaqil olib boradi va bevosita Bosh vazirga boʻysunadi.

Agentlikning asosiy vazifalaridan biri qimmatli qogʻozlar bozori va korporativ boshqaruvni shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishdan iborat.

Agentlik direktori Bosh vazir taqdimnomasiga koʻra Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Agentlik huzuridagi jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablagʻlari Agentlikning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida jamlanadi.

Manbalarning barcha turlari boʻyicha Jamgʻarma hisob raqamiga tushgan daromadlarga soliq solinmaydi.

Jamgʻarmani Agentlik direktori boshqaradi.

Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Qoʻshimcha kvota asosida maktabga qabul qilish uchun toʻlov bekor boʻldi

Bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi (VMQ 651-son qarori, 2019-yil 7-avgust).

Qarorga muvofiq, maktablarga qoʻshimcha kvota boʻyicha qabul maktablarning imkoniyatidan kelib chiqib, tegishli mikrohudud boʻyicha asosiy kvotaga tushmagan bolalar uchun amalga oshirilishi belgilandi.

Ilgari qoʻshimcha kvota – maktablarning imkoniyatidan kelib chiqib, mikrohududdan tashqarida istiqomat qilayotgan maktab yoshidagi, mikrohudud va mikrohududdan tashqari maktab yoshiga yetmagan (tegishli yilning 1-sentyabriga qadar 6 yoshga toʻladigan), shuningdek, maktablarda taʼlim berish tili boʻyicha boshlangʻich bilim (muloqot qilish) koʻnikmasiga ega boʻlmagan bolalar uchun ajratilar edi.

Endilikda, bolalarni maktablarga qoʻshimcha kvota asosida qabul qilish maktab direktorlari tomonidan amalga oshiriladi.

Ilgari bu jarayon Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirilar edi.

Bolalarni maktablarga qoʻshimcha kvota boʻyicha qabul qilish 10-avgustdan 31-avgustga qadar amalga oshirilishi belgilandi.

Shuningdek, maktablarga bolalarni qoʻshimcha kvota boʻyicha qabul qilishda undiriladigan toʻlov bekor qilindi.

Ilgari qoʻshimcha kvota boʻyicha maktablarga qabul qilish uchun bir bolaga nisbatan eng kam oylik ish haqining oʻn baravaridan kam boʻlmagan miqdorda yigʻim undirilishi nazarda tutilgan edi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanida “Xalqaro matematika maktabi”ni tashkil etish toʻgʻrsidagi Hukumat qarori qabul qilindi (654-son, 09.08.2019-y.)

Qarorga muvofiq, Qorakoʻl tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internatiga “xalqaro matematika maktabi” maqomi berildi.

Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda aniq va tabiiy fanlar, shuningdek, chet tillarini chuqur oʻqitish, oʻquvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish hamda ularni respublika va xalqaro fan olimpiadalariga qatnashishga tayyorlash xalqaro maktabning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

2019-2020 oʻquv yilidan boshlab maktabning 7-sinfiga 90 nafar oʻquvchi qabul qilinadi.

Xalqaro maktabda matematika faniga qiziquvchi xorijiy mamlakatlar fuqarolari ham shartnoma asosida taʼlim olishlari mumkin.

Shuningdek, oʻquvchilarga yanada chuqurroq bilim berish maqsadida xalqaro maktabga xorijiy mamlakatlardan ham oʻqituvchilarni ishga qabul qilishga ruxsat etildi.

2019-2020 oʻquv yilidan boshlab xalqaro maktab direktori, oʻrinbosarlari va oʻqituvchilariga byudjet mablagʻalari hisobidan 100 foiz qoʻshimcha ustama haq toʻlanadi.

Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori bilan Mahsulotni eksport qilishda tashish xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (660-son, 10.08.2019y.).

Nizomga koʻra, mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga mahsulotni eksport qilishda temir yoʻl transportida tashish boʻyicha xarajatlarining 50 foizigacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanishi tartibi belgilandi.

Eksportni ragʻbatlantirish agentligi manfaatdor subyektlarga kompensatsiya taqdim etish boʻyicha vakolatli organ etib belgilandi.

Shuningdek, manfaatdor subyektlar 2019-yil 1-maydan boshlab eksport qilgan mahsulotlari boʻyicha transport xarajatlarining 50 foizigacha qismiga kompensatsiya olish uchun ariza topshirish huquqiga ega.

Hujjatlar toʻliq taqdim etilganda vakolatli organ tomonidan arizalar 7 ish kuni davomida koʻrib chiqiladi.

Moliya vazirligi vakolatli organ buyurtmanomasiga asosan 3 ish kunida davlat byudjetidan subsidiya mablagʻlarini vakolatli organga, vakolatli organ esa ushbu mablagʻni 3 ish kuni mobaynida manfaatdor subyektning bankdagi hisob raqamiga oʻtkazib beradi.
Kompensatsiya berilgan manfaatdor subyektlarning reyestri yuritib boriladi.

Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan manfaatdor subyektlarga kompensatsiya taqdim etish uchun:
👉 manfaatdor subyekt Oʻzbekistonda davlat roʻyxatiga olingan;
👉 mahsulotlar Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan;
👉 mahsulotlar Oʻzbekiston bilan chegaradosh boʻlmagan mamlakatlarga eksport qilingan (tuxum mahsuloti bundan mustasno);
👉 mahsulot belgilangan tartibda eksportga rasmiylashtirilgan;
👉 mahsulot uchun kamida 30 foiz toʻlovlar tushgan yoki bank akkreditivi ochilgan;
👉 eksport shartnomasida mahsulotni yetkazish xarajati manfaatdor subyekt zimmasiga yuklangan va ushbu xarajatlar uchun toʻlovlar ushbu subyekt tomonidan amalga oshirilgan boʻlishi zarur.

Kompensatsiya olish uchun arizalarga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
👉 eksport yoki vositachilik sharnomasi;
👉 bojxona yuk deklaratsiyasi nusxasi;
👉 manfaatdor subyekt bilan temir yoʻl transportida yuklarni tashish boʻyicha tuzilgan shartnoma nusxasi;
👉 manfaatdor subyekt tomonidan temir yoʻl tashkilotiga toʻlovni amalga oshirganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
👉 mahsulot eksport qilingan davlat bojxona organi va yukni qabul qilgan temir yoʻl stansiyasi belgisi qoʻyilgan yukxat nusxasi;
👉 yuk yuborilgan stansiyadan yukni qabul qilib olgan soʻngi stansiyagacha boʻlgan masofa toʻgʻrisidagi maʼlumot;
👉 mahsulotlarning kelib chiqish sertifikati nusxasi.

Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori bilan Meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish asosidagi suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga ketgan xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi (664-son, 12.08.2019y.)

Nizom bilan, meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning yangi tashkil etilgan bog‘ va issiqxona xo‘jaliklarida suv tejovchi texnologiyalarini joriy qilishga ketgan xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi belgilandi.

2019 yil va undan keyingi yillardagi xarajatlarini qoplash bo‘yicha quyidagi miqdorda subsidiya ajratiladi:
👉 tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilingan 1 gektar maydon uchun bir martalaik 6 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda;
👉 maydoni 35 gektardan ziyod bog‘larda suv chiqarish uchun burg‘ulangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyasini qurishga 120 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda.

Subsidiya mablag‘lari 2019 yilda Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi huzuridagi jamg‘arma hisobidan, 2020- yildan boshlab esa jamg‘arma hamda davlat byudjetidan teng ulushlarda ajratiladi.

Xarajatlarning bir qismini qoplash istagini bildirgan ishlab chiqaruvchilar hududiy qishloq xo‘jaligi boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
👉 sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha vakolatli loyiha institutining loyihasi;
👉 tijorat banki bilan tuzilgan kredit shartnomasi hamda kredit ajratilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
👉 pudrat tashkilotlari bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;
👉 amalga oshirilgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi har yili 1-mayga qadar kelgusi yilda sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning yakuniy ro‘yxatini shakllantirib Hukumatga taqdim etadi.

Hujjat haqidagi to‘liq ma’lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida Qonun Prezident tomonidan imzolandi (OʻRQ–552-son, 13.08.2019-y.)

Qonunga koʻra, yer uchastkalarini xususiylashtirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
👉 doimiy foydalanish (egalik qilish) yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlari asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sotib olish;
👉 yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotish.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan jismoniy shaxslar va Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar yer uchastkalarini xususiylashtirishi mumkin.

Quyidagi yer uchastkalari xususiylashtirilmaydi:
👉 xususiylashtirilmaydigan foydali qazilmalar konlari, davlat mulkidagi strategik obyektlar joylashgan yer uchastkalari;
👉 rejalashtirish sxemalari boʻlmagan hududlarda joylashgan yer uchastkalari;
👉 tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlari va tarixiy-madaniy maqsadlar uchun moʻljallangan yerlar tarkibiga kiruvchi yer uchastkalari;
👉 oʻrmon va suv fondlarining, shaharlar va shaharchalarning umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, koʻchalar, tor koʻchalar, yoʻllar, sohil boʻylari, skverlar, xiyobonlar);
👉 xavfli moddalar bilan zararlangan va biogen zaharlanishga duchor boʻlgan yer uchastkalari;
👉 erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga berilgan yer uchastkalari.

Qonun 2020-yil 1-martdan eʼtiboran kuchga kiradi.

Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Qonunga muvofiq, koʻchmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza yer uchastkasi joylashgan tuman (shahar) hokimining nomiga davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali beriladi.

Mazkur ariza Yer uchastkalarini berish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha komissiya tomonidan 10 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.

Komissiyaning xulosasi hokimning yer uchastkalarini xususiylashtirish yoki ularni xususiylashtirishni rad etish haqidagi tegishli qarorini qabul qilish uchun asos boʻladi.

Yer uchastkalarini xususiylashtirishni rad etish haqidagi qaror komissiyaning salbiy xulosasi tuzilgan kunda qabul qilinadi va ushbu qaror ustidan maʼmuriy sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qaror xususiylashtiriladigan yer uchastkasi uchun tegishli toʻlov amalga oshirilganidan soʻng 3 ish kuni ichida qabul qilinadi.

Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish toʻgʻrisida
Prezident Farmoni qabul qilindi (PF–5780, 13.08.2019 y.)

Farmonga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklariga quyidagilar taqiqlandi:
👉 tadbirkorlarni oʻz faoliyatidan tashqari, shu jumladan, homiylik va xayriya yordami koʻrsatish, hududlarni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish, temir-tersak va makulatura yigʻish ishlariga majburiy jalb qilish;
👉 tadbirkorlarni qishloq xoʻjaligidagi mavsumiy ishlarga (ekish va yigʻib olish) va mehnat resurslari, pul mablagʻlari va boshqa moddiy boyliklarni yoʻnaltirish bilan bogʻliq boshqa tadbirlarga jalb qilish;
👉 tadbirkorlar ishtirokida majburiy tartibda, shu jumladan, ularga nisbatan maʼmuriy va boshqa choralarni qoʻllash tahdidi ostida yigʻilishlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish.

2020-yil 1-yanvardan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlarining quyidagi vakolatlari tegishli xalq deputatlari Kengashlariga beriladi:
👉 qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini olib qoʻyish va bir fermer xoʻjaligidan boshqasiga oʻtkazish;
👉 jismoniy va yuridik shaxslar egaligida boʻlgan, ular foydalanadigan va mulki boʻlgan yer uchastkalarini jamoat va davlat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish.

Kanalga ulanish
👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Farmonga muvofiq, 2020-yil 1-fevralga qadar Sirdaryo viloyatida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishni aprobatsiya qilish boʻyicha quyidagi maqsadlarda huquqiy eksperiment oʻtkaziladi:

👉 qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartib-taomillarining va mexanizmlarni amalda qoʻllash samaradorligini aniqlash;
👉 xususiylashtirish sohasidagi masʼul davlat organlari vakolatlarining amaliy samaradorligi, tartibga solinadigan munosabatlarni toʻliq qamrab olinishi jihatidan monitoring oʻtkazish;
👉 ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlarni yaratish va aholini biznes bilan shugʻullanishga jalb qilish;
👉 qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish.

2019-yil 1-sentyabrdan boshlab foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini (taʼlim muassasalari (akademik litsey va kasb-hunar kollejdan tashqari), sogʻliqni saqlash va sport, madaniyat obyektlari) hamda davlat tashkilotlarining boʻsh turgan yer uchastkalari doimiy foydalanish huquqini xoʻjalik faoliyatiga jalb qilish va sotish tartibi joriy etiladi.

2019-yil 1-oktyabrdan boshlab quyidagi tartiblar oʻrnatiladi:
👉 qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh yer uchastkalari faqat “E-IJRO AUKSION” orqali taqdim etiladi (Prezident va Hukumat qarorlariga koʻra yer uchastkalari berilishi bundan mustasno);
👉 jismoniy va yuridik shaxslarga “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimida yer uchastkasi va rejalashtirilayotgan qurilish maydonchasi maʼlumotlarini (keyinchalik elektron onlayn-auksionga qoʻyish uchun) joylashtirish boʻyicha takliflar kiritish huquqi beriladi.

Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida Prezident qarori qabul qilindi (PQ–4417-son, 13.08.2019y.).

Qaror bilan, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tuzilmasida iqtisodiyot va sanoat vazirining oʻrinbosari – Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori lavozimi joriy etildi.

Agentlik direktorining oʻrinbosari bir vaqtning oʻzida Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining ijrochi direktori hisoblanadi.

Shuningdek, hududlarda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻlimlari tashkil etiladi.

Jamgʻarma hisobidan loyihalari boʻyicha moliyaviy yordam koʻrsatiladigan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami toifalari roʻyxati tasdiqlanadi.

Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyaviy yordam olish haqidagi arizalari elektron hujjat aylanish tizimi orqali koʻrib chiqiladi.

Bundan tashqari, jamgʻarma tomonidan quyidagi imkoniyatlarga ega “Tadbirkor” axborot tizimi yaratiladi:
👉 banklar va Jamgʻarma oʻrtasida elektron hujjat aylanishi, shu jumladan, elektron raqamli imzo yordamida maʼlumot almashish;

👉 dasturiy taʼminotni Davlat soliq, statistika qoʻmitalari, Davlat xizmatlari agentligi va Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasining axborot tizimlari bilan integratsiyalash;

👉 bank kreditlari boʻyicha elektron raqamli imzodan foydalangan holda ishonchnoma va kafolatlar, shuningdek foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya berish toʻgʻrisida elektron shartnomalar tuzish;

👉 banklar va ularning mijozlariga Jamgʻarmaning rasmiy veb-sayti orqali real vaqt rejimida kredit buyurtmalarini koʻrib chiqish va ularning ijrosini nazorat qilish.

Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (667-son, 13.08.2019-y.) bilan Bank-moliya akademiyasi magistraturasi boʻyicha 2019/2020 oʻquv yiliga qabul kvotalari tasdiqlandi.

Unga koʻra, Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga 2019/2020 oʻquv yili uchun tegishli mutaxassisliklar boʻyicha jami 200 ta (shundan 75 ta grant, 125 ta kontrakt) kvota ajratildi.

Shuningdek, qaror bilan “Investitsiyalarni boshqarish (real sektor)” mutaxassisligi boʻyicha maqsadli qabul kvotalari taqsimlandi. Mazkur yoʻnalishda qabul kvotasi belgilangan vazirlik, idora va korxonalardan jami 14 ta etib belgilandi.

Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi

Farmonga muvofiq, 2020-yil 1-yanvardan:

👉 turizm faoliyati subyektlari va aviatashuvchilarning xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonga charter reyslarini tashkil qilish bo‘yicha xarajatlarining bir qismi har bir xorijiy turist uchun, u respublika hududida kamida besh kecha tunab qolgan taqdirda, 20 AQSh dollari, qish mavsumida (20-noyabrdan 20-fevralgacha) esa 50 AQSh dollari miqdorida qoplab beriladi;

👉 xorijiy kinokompaniyalarning O‘zbekiston hududida audiovizual mahsulotlar (kino, tele va videofilm, klip, multfilm, animelar) yaratishdagi xarajatlarining bir qismi (“rebate”) bitta mahsulot uchun 300 ming AQSh dollaridan oshmagan miqdorda qoplab beriladi;

👉 O‘zbekistonning tarixiy va afsonaviy shaxslari to‘g‘risidagi to‘liq metrajli badiiy, qisqa metrajli badiiy, xronikal hujjatli filmlarni suratga olish uchun 3 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda grantlar ajratiladi;

👉 tadbirkorlik sub’ektlarining respublika hududlarida (Toshkent shahridan tashqari) chet el taomlariga yoki alohida yo‘nalishga ixtisoslashtirilgan mavzuli ovqatlanish shoxobchalarini, shuningdek, “karaoke” zallari va turistik qo‘ngilochar muassasalarni tashkil etish xarajatlarining bir qismi har bir loyiha uchun 10 million so‘m miqdorida qoplanadi;

👉 tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha moddiy madaniy meros ob’ektlari hududlariga 5 tonnadan yuqori vaznga ega katta hajmli avtotransport vositalarining kirishiga cheklov qo‘yiladi;

👉 YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan madaniy meros ob’ektlari va davlat muhofazasiga olingan yodgorliklar hududida faqat mamlakatimizda ishlab chiqarilgan suvenir mahsulotlari sotiladi.

Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Turistik faoliyat va xizmatlar uchun soliq imtiyozlari berildi

Farmonga muvofiq, 2023-yil 1-yanvarga qadar quyidagilar:
👉 yetib borish qiyin boʻlgan va chekka joylarda kemping va “safari” turizmi xizmatlarini koʻrsatadigan yuridik shaxslar foyda, yer va mol-mulk soligʻi hamda yagona soliq toʻlovi;
👉 yuridik shaxslar jahon standartlariga mos golf majmualarini barpo etish loyihasi doirasida foyda, yer va mol-mulk soligʻidan, jalb qilingan xorijiy mutaxassisga haq toʻlashda yagona ijtimoiy toʻlovdan, loyiha uchun tovarlarni olib kirishda bojxona boji va aksiz soligʻidan;
👉 zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etadigan yuridik shaxslar ushbu faoliyat boʻyicha foyda, yer va mol-mulk soligʻi hamda yagona soliq toʻlovidan;
👉 respublikaga olib kiriladigan dor (osma) yoʻllarini, “banji-jamping” va “ziplayn” attraksionlarini, boshqariladigan (dirijabl, havo shari) va boshqarilmaydigan (erkin uchish) aerostatlar, gondolalar, “rafting” va “flaybording” uchun uskunalar, shuningdek, “buggy car”, faetonlar, joylashtirish vositasi sifatida tunab qolish uchun jihozlangan (gʻildirak ustidagi uylar) yoki kafe-furgonlarga aylantirilgan (“fudtrak”) yer usti transport vositalari bojxona boji va aksiz soligʻidan ozod etiladi.

Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan kasalliklar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisidagi buyruq Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (3176-son, 15.08.2019-y.)

Mazkur Roʻyxatda belgilangan kasalliklarga chalingan hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan yoʻllanma olgan shaxslarga byudjet mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladi.

Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
SHAXSIY EHTIYOJ UCHUN QUDUQ QAZISH TARTIBI BELGILANDI

Hukumat qarori bilan (672-son, 14.08.2019-y.) Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi

Qarorga koʻra, 2019-yil 1-sentyabrdan boshlab, yuridik shaxslar yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulashga ruxsatnoma olish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladilar.

Ruxsatnoma burgʻulash ishlarini bajarish davriga, lekin 1 yildan oshmagan muddatga Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan yuridik shaxslarga ularning murojaatiga asosan beriladi.

Davlat xizmatlari koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi (66 900 soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.

Quyidagilar uchun ruxsatnoma olish talab qilinmaydi:
👉 jismoniy shaxslarga chuqurligi 25 metrgacha boʻlgan quduqlarni qazish uchun va sutkasiga koʻpi bilan 5 kub metr hajmdagi yer osti suvlarini shaxsiy ehtiyoj uchun yakka tartibda olishga moʻljallanganda;
👉 gidrogeologiya korxonalari uchun yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash ishlari har yilgi mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturi doirasida amalga oshirilganda.

Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (675-son, 16.08.2019-y.) bilan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatiga kiritildi.

Eslatib oʻtamiz, Roʻyxatda shu paytgacha 86 ta tashkilot mavjud edi.

Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar 
O‘zbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholash tizimini yanada takomillashtirish va sinov laboratoriyalari kompleksini rivojlantirish to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi (PQ–4419-son, 15.08.2019 y.)

Qarorga ko‘ra 2020-yil 1-yanvardan “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” (“UzTest” )ga aylantiriladi.

2019-2020 yillarda xalqaro standartlarga muvofiq oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar sinovlarini amalga oshiradigan sinov va nazorat kompleksi tashkil etiladi.

2020-yil 1-yanvardan:

👉 akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari mahsulot sinovlarini “O‘zstandart” agentligi rasmiy saytida joylashtirilgan sinov dasturlari asosida o‘tkazadi;

👉 import qiluvchi va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarga muvofiqlik belgisidan foydalanganlik uchun 111 500 so‘m miqdorida bir martalik to‘lov belgilanadi;

👉 sertifikatlashtirish idoralariga o‘z brendlarini yaratish va ulardan foydalanish amaliyoti joriy etiladi.

Hujjat haqidagi to‘liq ma’lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
QORAKOʻL TERISI UCHUN SUBSIDIYA BERILADI

Qorakoʻlchilik tarmogʻini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Prezident qarori qabul qilindi (PQ–4420-son, 16.08.2019-y.)

Qaror bilan Respublika “Qorakoʻlchilik” uyushmasi huzurida Qorakoʻlchilikni rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etildi.

👉 2019–2023-yillarda qorakoʻlchilik xoʻjaliklariga yetishtirib eksportga sotilgan har bir dona qorakoʻl terisi uchun Davlat byudjetidan 50 ming soʻmdan va qorakoʻlcha terisi uchun 75 ming soʻmdan subsidiya ajratilishi belgilandi.
👉 Qorakoʻlchilik xom ashyolari asosida yaratiladigan immunitetni tiklovchi “Timoptin inyeksiyasi” va kamqonlikda qoʻllaniladigan “Eritim” preparatlarini ishlab chiqarish 10 baravargacha oshiriladi.
👉 Shuningdek, qarorga muvofiq Navoiy viloyatida qorakoʻl zotli qoʻylarning sur rangi boʻyicha, Qashqadaryo viloyatida qora va koʻk rangi boʻyicha yuqori elita sinfli nasldor qorakoʻl qoʻylar yetishtirishga ixtisoslashtirilgan Ilmiy-naslchilik tajriba stansiyalari tashkil etiladi.

Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin