Huquqiy axborot | Lotin
2.8K members
24 photos
4 videos
536 links
Yangi qonun hujjatlari, huquqiy islohotlar haqida tezkor maʼlumotlar taqdim etuvchi kanal

Savollar, huquqshunos maslahati uchun: www.advice.uz

Qonunchilikka takliflar uchun: @qonunchilikbot
Download Telegram
to view and join the conversation
#Bilasizmi
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining shtatdagi xodimlari sog‘liqni saqlash muassasalarida belgilangan tartibda bepul tibbiy tekshiruvdan o‘tadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Banklar tomonidan oliy taʼlim muassasalarining kunduzgi boʻlimlariga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan talabalarning oʻqishi uchun ularning oʻzlariga, ota-onalari yoki vasiylariga taʼlim kreditlari berilishi mumkin.

Taʼlim kreditlari talabalar uchun bakalavriatga oʻqishga qabul qilinganda 10 yilgacha va magistraturaga oʻqishga qabul qilinganda 5 yilgacha boʻlgan muddatga beriladi.

Banklar tomonidan berilgan taʼlim kreditlari boʻyicha:
👉 chin yetimlar, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlar hamda bolalikdan I va II guruh nogironlariga – nol foiz stavkasi (foizsiz kredit);
👉 talabalarning qolgan toifalariga – Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan yuqori boʻlmagan foiz stavkalari belgilanadi.

Taʼlim krediti uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a)
ariza;
b) toʻlov-kontrakt shartnomasi (kontrakt);
g) kreditni qaytarishning taʼminlanishi toʻgʻrisida hujjat;
d) imtiyozli taʼlim kreditlari olish huquqiga ega boʻlgan chin yetimlar, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II guruh nogironlari, kam taʼminlangan oilalardan chiqqanlar tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar.

Qarz oluvchi yuqoridagi hujjatlarni bankka taqdim etish bilan ayni bir vaqtda pasportini shaxsan koʻrsatadi. Bank pasportdan va taqdim etilgan boshqa hujjatlardan zarur koʻchirmalar va nusxalar olishga haqlidir.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Qonunga muvofiq yer uchastkalarini xususiylashtirish ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi. Yaʼni, yuridik va jismoniy shaxslar oʻz xohishlari va manfaatlaridan kelib chiqqan holda yerlarni xususiylashtiradi.

Bunda yer uchastkalarini xususiylashtirishga majburlash taqiqlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Bloger post ostidagi sharhlarni oʻchirishga majburmi?

2014-yilda
“Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq (ushbu talablar blogerga ham taaluqli) veb-sayt va (yoki) veb-sayt sahifasidan quyidagi maqsadlarda foydalanilishiga yoʻl qoʻyilmasligi shart:
👉 mavjud konstitutsiyaviy tuzumni, hududiy yaxlitlikni zoʻrlik bilan oʻzgartirishga daʼvat etish;
👉 urush, zoʻravonlik va terrorizmni, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm gʻoyalarini targʻib qilish;
👉 davlat siri boʻlgan maʼlumotlarni yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oshkor etish;
👉 milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatuvchi, shuningdek fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yoʻl qoʻyuvchi axborotni tarqatish;
👉 giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni targʻib qilish;
👉 pornografiyani targʻib qilish;
👉 qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikka sabab boʻladigan boshqa harakatlarni sodir etish.

Demak, postlar tagidagi sharhlarda yuqorida qayd etib oʻtilgan axborotlar mavjud boʻlgan fikrlar, chaqiriqlar boʻlsa, qonun talabiga koʻra blogerlar u sharhlarni oʻchirishi lozim boʻladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Asarlardan nusxa olish va ularni tarqatish mumkinmi?

Qonunchilika koʻra, asarlardan yoki turdosh huquq obyektlari (ijro, fonogramma, koʻrsatuv va eshittirishlar)dan qonunga xilof ravishda foydalanish, takrorlash, tarqatish taqiqlanadi.

Buning uchun aybdor hisoblangan shaxslar tegishli javobgarlikka tortiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Non mahsulotlarini tashish va sotish tartibi mavjudmi?

Qonunchilikka asosan non mahsulotlari faqat ularni tashishga moʻljallangan ixtisoslashtirilgan avtomashinalarda tashilishi lozim.

Texnik reglament yoki standartlar talabiga muvofiq boʻlmagan va notoʻgʻri saqlash tufayli buzilgan non mahsulotlarini sotish taqiqlanadi.

Xaridorlarga non mahsulotlari maxsus anjom yoki qoʻlqoplar vositasida berilishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi:
Hukumatning 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari tasdiqlangan.

❗️Qoidalar egallab turgan lavozimidan qatʼi nazar, vazirlik, idoralar va hokimlik xodimlarining kasbiy odob-axloqining umumiy prinsiplari va xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalari yigʻindisidan iborat.

Qoidalarga asosan:

👉davlat xizmatchilari xushmuomala, iltifotli, odobli, eʼtiborli, fuqarolar va hamkasblari bilan munosabatda sabr-toqatli boʻlishi, ularni hurmat qilishi shart.
❗️ Davlat xizmatchilari oʻziga boʻysunuvchilarga va fuqarolarga nisbatan qoʻpollik qilmasligi, odamlarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitmasligi, ularga asossiz psixologik va jismoniy taʼsir koʻrsatish holatlariga yoʻl qoʻymasligi lozim.

❗️ Siyosiy, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqlik, shuningdek shaxsiy vajlar va boshqa subyektiv sabablar davlat xizmatchilarining qonun hujjatlari talablarini va Odob-axloq qoidalarini buzishi uchun asos boʻla olmaydi.

👉Rahbar oʻziga boʻysunuvchi xodimlarga nisbatan yuqori professionalizm, soflik va adolatda oʻrnak boʻlishi, davlat organida yoxud uning tarkibiy yoki hududiy boʻlinmasida maʼnaviy-psixologik muhit shakllanishiga koʻmaklashishi lozim, u boʻysunuvchi xodimlardan ularning xizmat vazifalari doirasidan chiqib ketadigan topshiriqlarni bajarishini talab qilmasligi, shuningdek qonunga xilof xatti-harakatlarni sodir etishga undamasligi kerak.

❗️Rahbar kadrlarni qarindoshlik, hamshaharlik yoki shaxsiy sadoqat belgilari boʻyicha tanlash va joy-joyiga qoʻyish holatlariga yoʻl qoʻymasligi kerak. U guruhbozlik, mahalliychilik, favoritizm koʻrinishlarining, shuningdek oʻz xizmat vazifalarini bajarish jarayonida boshqa salbiy omillarning qatʼiy ravishda oldini olishi lozim.

👉Rahbar oʻziga boʻysunuvchi, xizmatdagi xulq-atvori prinsiplari va qoidalarini buzayotgan xodimlarning xatti-harakatlariga (harakatsizligiga) yoʻl qoʻyilmasligi choralarini koʻrmaganligi uchun javob beradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Hokimlarning yer ajratishdagi vakolatlari qisqartirildi

Kanalga ulanish
👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
ABITURIYENTLAR TALABALIKKA TAVSIYA ETILGANLIGINI QACHON BILISHI MUMKIN?

Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani boʻyicha maʼlumot test sinovlari yakunlangan kundan boshlab bir hafta muddat ichida Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi.

Talabalikka tavsiya qilinmagan abituriyentlar belgilangan kvotadan tashqari qoʻshimcha toʻlov-kontrakt boʻyicha oʻqishga qabul qilinishi mumkin.
Belgilangan kvotadan tashqari qoʻshimcha ravishda toʻlov-kontrakt boʻyicha oʻqishga qabul qilish Oliy taʼlim muassasalarining takliflariga muvofiq, ularning imkoniyatlari, tanlov va toʻplangan ballar miqdoridan kelib chiqib, Davlat komissiyasi qarori asosida belgilanadi.

Qoʻshimcha qabulni amalga oshirish takliflari oliy taʼlim muassasalari tomonidan boʻysunuvi boʻyicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda 15-oktyabrga qadar Davlat komissiyasiga kiritiladi.
Davlat komissiyasi oliy taʼlim muassasalarining imkoniyati, tanlov va toʻplangan ballar miqdoridan kelib chiqib, oshirilgan toʻlov-kontrakt sharti bilan abituriyentlarni qoʻshimcha qabul qilish koʻrsatkichlari yuzasidan 20-oktyabrga qadar qaror qabul qiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Ijtimoiy tarmoqlarda kasb vazifasini bajarayotgan shaxslarga nisbatan ayrim fuqarolar tomonidan kuch ishlatish holatlari aks etgan videoyozuvlar tarqalmoqda. Bunday holatda qonunchilikda qanday javobgarlik koʻzda tutilgan?

Oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarayotgan shaxslarga nisbatan noqonuniy harakatlarni sodir etish javobgarlikka sabab boʻladi.

Xususan, bunday harakatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan: ⬇️
👉 qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish – 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan;
👉 qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish – 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan;
👉 haqorat qilish – eng kam oylik ish haqining 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan;
👉 mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish – 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
TEST NATIJALARI BOʻYICHA APPELYATSIYA BERISH TARTIBI QANDAY?

Qonunchilikka koʻra, test sinovlari natijasidan norozi boʻlgan abituriyentlar 21-avgustdan 30-avgustgacha (belgilangan ish vaqtiga muvofiq) boʻlgan muddatda apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.

Shundan soʻng abituriyentga xabarnoma yuborilishi, bunda u xabarnomada belgilangan kunda pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart.

Shikoyat apellyatsiya komissiyasi tomonidan abituriyent ishtirokida, uning yozma javoblari asosida koʻrib chiqiladi.

Abituriyentga javoblar varaqasi nusxasi, test topshiriqlari notoʻgʻri bajarilgan javoblar roʻyxati hamda test sinovlarida berilgan test topshiriqlari kitobi beriladi.

Taqdim etilgan hujjatlar asosida abituriyent har bir notoʻgʻri test topshirigʻiga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi.

Komissiya apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda abituriyent murojaat qilganda unga ushbu qarordan koʻchirma beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
DARAXTLARNI KESGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK BOR

Qonunchilikda daraxtlar, butalarni, boshqa oʻrmon oʻsimliklari va nihollarni gʻayriqonuniy ravishda kesish, shikastlantirish yoki yoʻq qilish uchun javobgarlik mavjud.

Bunda fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa yigirma baravarigacha jarima belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
YUNESKO Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan moddiy madaniy meros obyektlari hududida obodonlashtirish va qurilish ishlari olib borilmaydi (YUNESKO ishlari boʻyicha milliy komissiya bilan kelishilgan holatlar bundan mustasno).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
MAKTABLARDA KIMLAR BEPUL DARSLIKLAR BILAN TAʼMINLANADI?

Birinchi sinf, “Mehribonlik” uyi, maxsus maktab, maktab-internatlari va ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar oʻquvchilari maktabning kutubxona jamgʻarmasi tomonidan darsliklar toʻplami bilan bepul taʼminlanadi.

Bunda ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar oʻquvchilari roʻyxati 1-sentyabrgacha fuqarolar yigʻini iltimosnomasi va ota-onalar qoʻmitasi xulosasi asosida maktabning pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
MUSTAQILLIK BAYRAMIDA NECHA KUN DAM OLAMIZ?

Prezident farmoniga koʻra:
👉 haftasiga 5 kun ishlaydiganlar – 31-avgustdan 3-sentyabrgacha (4 kun);
👉 haftasiga 6 kun ishlaydiganlar – 1-2-sentyabr kunlari (2 kun) dam oladi.
Xususan:
👉 31-avgust (shanba) – kalendar boʻyicha dam olish kuni (6 kun ishlaydiganlar uchun ish kuni);
👉 1-sentyabr (yakshanba) – ishlanmaydigan bayram kuni;
👉 2-sentyabr (dushanba) – qoʻshimcha ishlanmaydigan kun;
👉 3-sentyabr (seshanba) – 7-sentyabr, shanbadan koʻchirilgan dam olish kuni (6 kun ishlaydiganlar uchun ish kuni).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
ICHKI ISHLAR XODIMI JISMONIY KUCH ISHLATISHGA HAQLIMI?

Qonunchilikka koʻra, agar ichki ishlar xodimi zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni kuch ishlatmasdan turib bajarishining iloji boʻlmasa, u quyidagi hollarda kuch ishlatishi, jumladan kurashning jang usullarini qoʻllashi mumkin: ⬇️
👉 jinoyatlarga va maʼmuriy huquqbuzarliklarga chek qoʻyish uchun;
👉 jinoyatlar yoki maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni eng yaqindagi ichki ishlar organiga yoxud huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib borish va bu shaxslarni ushlab turish uchun;
👉 ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablariga qarshilik koʻrsatilishini bartaraf etish uchun.

Jismoniy kuch ishlatilishi shaxslarning xatti-harakatlari xususiyatiga va xavflilik darajasiga muvofiq boʻlishi kerak.

Jismoniy kuch ishlatilganligi
va maxsus vositalar qoʻllanilganligi natijasida shaxslarning hayotiga, sogʻligʻiga yoki mol-mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat haqida ichki ishlar organlari prokurorga darhol xabar berishi shart.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
NOSTRIFIKATSIYA QILISH TARTIBINI BILASIZMI?

Qonunchilikka koʻra xorijiy davlatda oliy taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Talabgor Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishi mumkin.

Bunda 669 000 soʻm miqdorida yigʻim undiriladi.

Hujjatlar Ekspert komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilib ijobiy yoki salbiy xulosa beriladi.

Ijobiy xulosa berilgan talabgor taʼlim olgan taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha test sinovi topshiradi.

Test natijalari boʻyicha minimal ball (55 ball va undan yuqori) olgan talabgorning taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlari tan olinadi (nostrifikatsiya qilinadi).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
MASJIDLAR QANDAY TARTIBDA OCHILADI?

Diniy tashkilotlar
Hukumat tomonidan tasdiqlangan maxsus nizomga asosan adliya organlarida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.

Mahalliy diniy tashkilotlar, shu jumladan masjidlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun hujjatlar tegishli hududiy adliya organiga taqdim etiladi.

Adliya organi tomonidan ushbu ariza uch oygacha muddatda koʻrib chiqiladi va roʻyxatdan oʻtkazish yoki rad etish toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilinadi.

🔵 Eslatib oʻtamiz, diniy tashkilotlar faqat davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻnggina yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan holda oʻz faoliyatini amalga oshirishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Qonunchilikka koʻra kam taʼminlangan oilalardan boʻlgan oʻquvchilar bepul qishki kiyim-bosh toʻplami bilan taʼminlanadi.

Ushbu toʻplamga quyidagilar kiradi:
• Palto yoki kurtka
• Etik
• Telpak
• Qoʻlqop
Kam taʼminlangan oilalardan boʻlgan oʻquvchilar maktab rahbari va ota-onalar qoʻmitasi tomonidan aniqlanadi.
Oʻquvchilarga kiyim-bosh va poyabzallar sentyabr oyida berilishi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin